Научная статья на тему 'LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
706
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Labguldoshlar oilasi / dorivor xususiyatlar / kimyoviy tarkibi / baykal ko‘kamarani / qator tishli devortagi o‘t / tog‘ quddusi / gulrayhon / dorivor ro‘zmarin / sertuk panseriya. / Labgulodash family / medicinal properties / chemical composition / Baikal blueberry / row-toothed wallwort / mountain sedum / rosemary / medicinal rosemary / sertuk panseria.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Haydarov, Z. Yusupova, F. Sayramov, O. Rahmonova

Labguldoshlar oilsiga 200 ga yaqin turkum, 3000 ga yaqin tur kiradi. Orta Osiyoda 53 turkumga mansub 460 turi uchraydi. O‘zbekistonda esa 42 turkumga mansub 210 turi o‘sadi. Yalpizdoshlar O‘zbekistonda keng tarqalgan oilalardan bolib, ular foydali (dorivor) turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. Jumladan, Kapalakqonmas (Ajuga Regel), Bozulbang (Lagochilus L.), Arslonquyruq (Leonurus L.), Yalpiz (Mentha L.), Tog‘rayxon (Origanum L.), Mavrak (Salvia L.), Tog‘quddusi (Betonica L.), Kakliko‘t (Thymus L.) va Kiyikot (Ziziphora Vved.) turkumlarining vakillaridan juda qadimdan tibbiyotda, oziq-ovqat, qandolatchilikda va parfyumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES OF LAMIACEAE FAMILY KNOWN AND UNKNOWN

The family of labguldoshas includes about 200 genera and about 3000 species. 460 species belonging to 53 genera are found in Central Asia. 210 species belonging to 42 families grow in Uzbekistan. Peppermints are one of the widespread families in Uzbekistan, and they are distinguished from other families by their wealth of useful (medicinal) species. Including Butterfly (Ajuga Regel), Bozulbang (Lagochilus L.), Arslonquyruq (Leonurus L.), Mint (Mentha L.), Tog'raikhan (Origanum L.), Mavrak (Salvia L.), Togguddusi (Betonica L.), representatives of the genus Kakliko't (Thymus L.) and Kiyikot (Ziziphora Vved.) have been used in medicine, food, confectionery and perfume industry for a long time.

Текст научной работы на тему «LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

LAMIACEAE OILA VAKILLARINING BIZ BILGAN VA BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Haydarov Mavlonjon Mashrabovich

FarDU Zootexniya va agronomiya kafedrasi katta o'qituvchisi

Z.A.Yusupova Farg'ona Davlat universiteti Sayramov Fayzullo Baratjon o'g'li Rahmonova Ozoda Mansurbek qizi FarDU, Zootexniya fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.7222054

Annotatsiya. Labguldoshlar oilsiga 200 ga yaqin turkum, 3000 ga yaqin tur kiradi. Orta Osiyoda 53 turkumga mansub 460 turi uchraydi. O'zbekistonda esa 42 turkumga mansub 210 turi o'sadi. Yalpizdoshlar O'zbekistonda keng tarqalgan oilalardan bolib, ularfoydali (dorivor) turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. Jumladan, Kapalakqonmas (Ajuga Regel), Bozulbang (Lagochilus L.), Arslonquyruq (Leonurus L.), Yalpiz (Mentha L.), Tog'rayxon (Origanum L.), Mavrak (Salvia L.), Tog'quddusi (Betonica L.), Kakliko't (Thymus L.) va Kiyikot (Ziziphora Vved.) turkumlarining vakillaridan juda qadimdan tibbiyotda, oziq-ovqat, qandolatchilikda va parfyumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda.

Kalit so'zlar: Labguldoshlar oilasi, dorivor xususiyatlar, kimyoviy tarkibi, baykal ko'kamarani, qator tishli devortagi o't, tog' quddusi, gulrayhon, dorivor ro'zmarin, sertuk panseriya.

ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА СЕМЕЙСТВА LAMIACEAE, ИЗВЕСТНЫЕ И

НЕИЗВЕСТНЫЕ

Аннотация. Семейство лабгульдош включает около 200 родов и около 3000 видов. В Средней Азии встречается 460 видов, принадлежащих к 53 родам. В Узбекистане произрастает 210 видов, принадлежащих к 42 семействам. Перечные мяты — одно из широко распространенных в Узбекистане семейств, отличающееся от других семейств богатством полезных (лекарственных) видов. В том числе Баттерфляй (Ajuga Regel), Бозулбанг (Lagochilus L.), Арслонкуйрук (Leonurus L.), Минт (Mentha L.), Тог'райхан (Origanum L.), Маврак (Salvia L.), Тоггуддуси (Betonica L.) , представители рода Какликот (Thymus L.) и Кийикот (Ziziphora Vved.) давно используются в медицине, пищевой, кондитерской и парфюмерной промышленности.

Ключевые слова: семейство Лабгулодаш, лечебные свойства, химический состав, голубика байкальская, белянка зубчатая, очиток горный, багульник лекарственный, багульник лекарственный, сертук пансерия.

MEDICINAL PROPERTIES OF LAMIACEAE FAMILY KNOWN AND

UNKNOWN

Abstract. The family of labguldoshas includes about 200 genera and about 3000 species. 460 species belonging to 53 genera are found in Central Asia. 210 species belonging to 42 families grow in Uzbekistan. Peppermints are one of the widespread families in Uzbekistan, and they are distinguished from other families by their wealth of useful (medicinal) species. Including Butterfly (Ajuga Regel), Bozulbang (Lagochilus L.), Arslonquyruq (Leonurus L.), Mint (Mentha L.), Tog'raikhan (Origanum L.), Mavrak (Salvia L.), Togguddusi (Betonica L.),

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

representatives of the genus Kakliko't (Thymus L.) and Kiyikot (Ziziphora Vved.) have been used in medicine, food, confectionery and perfume industry for a long time.

Key words: Labgulodash family, medicinal properties, chemical composition, Baikal blueberry, row-toothed wallwort, mountain sedum, rosemary, medicinal rosemary, sertuk panseria.

KIRISH

Bugungi kunda dorivor o'simliklarga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyo pandemiyasida insonlar sog'lig'iga alohida e'tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko'rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o'simliklarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun dorivori o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish lozim.

TADQIQOT MATERIALLARI VA MUHOKAMA

Labguldoshlar oila vakillari asosan bir yillik va ko'p yillik o't-o'simlik, chala buta, kamdan-kam tropik mamlakatlarda o'sadigan buta va daraxtlardan iborat. Poyalari 4 qirrali. Barglari oddiy, qarama-qarshi joylashgan, yonbargchalari yo'q. Gullari simoz topgullarda o'rnashgan. Ular 3 gulli dixaziy yoki murakkab tuzilgan, qo'sh gajak topgullardan iborat. Gullari zigomorf, 5 bolakli, gulkosachasi 5 tishli, bazan 2 labli, ustki labi 3 bargchali, ostkisi 2 bargchali. Gultoji 5 bolakli, odatda 2 labli, ostkichi 3 tojbargchali, ustkisi 2 tojbargli. Changchisi 4 ta. Changchi iplari gultoj nayiga birikkan. Urug'chisi 2 meva bargli. Tugunchasi ustki, 2 uyali, har bir uya 2 urug'kurtakli. Har qaysi urug'kurtak orasida barvaqt to'siq hosil boladi. Natijada tuguncha gavzabondoshlarnikiga o'xshash 4 bo'lakchaga ajraladi. Gullari proterandriya, changchi urug'chiga nisbatan tezroq yetiladi. Mevasi bir urug'li 4 ta yong'oqchaga ajraladi. Urug'i deyarli endospermasiz. Hashoratlar yordamida chetdan changlanadi.

Baykal ko'kamarani (Scutellaria baisalensis georgi) labguldoshlar oilasiga mansub, bo'yi 15-35 (50) sm ga yetadiganko'p yillik o't o'simlikdir. Tibbiyotda ildizi ishlatiladi. Tarkibida flavonoidlar, efir moyi, smolalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Ildizi qaynatmasi qon bosimi oshishi, bosh og'rig'i, uyqusizlik va asab kasalliklarida qon bosimni tushuruvchi vosita sifatida qo'llaniladi (1- rasm).

1-rasm

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qator tishli devortagi o't (Marrubium alternidens rech )-labguldoshlar oilasiga mansub, bo'yi 30-80 sm ga yetadigan ko'p yillik o't o'simlikdir. O'rta Osiya va Kavkazda iflos yerlarida, aholi yashaydigan joylarda, yo'l yoqalari, devor taglari va boshqa yerlarda o'sadi. Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, staxidrin, smolalar, marrubin va boshqa achchiq birikmalar, vitamin C, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Yer ustki qismining qaynatmasi xalq orasida tomoq og'rig'i, nafas yo'llarining surunkali shamollashi va tish og'rig'i kabi kasalliklarida og'iz va tomoq chayishda ishlatiladi. Surmasi esa tinchlantiruvchi va qon bosimni pasaytiruvchi tasirga ega ekanligi tajribada aniqlangan.

2-rasm

Tog' quddusi (Stachus betoniciflora rupr) - labguldoshlar oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 40-100 sm ga yetadigan ko'p yillik o't o'simlik. Ildizlari ingichka, poyalar tort qirrali, ostki qismida uzun tukchalar bilan qoplangan, ustki qismida tukchalari tarqoq joylashgan. Barglari chozinchoq-tuxumsimon, asosida qiyalangan, yumaloq-tishsimon, uzunligi 13-15 sm va eni 4-5 sm, yuqoridagi barglari maydaroq, cheti boylab arrasimon, lansetsimon, eng yuqoridagi barglar butun, otroq, pastki barglari qisqa bandlarda, tomtoq uchli, tarqoq tuklangan, ostki qismida esa bog'lamlar ustida uzun tukli. Gullari o'troq, ular halqada 10-12 ta bo'lib joylashgan, uchki qismida boshoqsimon shaklidagi to'pgulni hosil qiladi. Halqalar bir-biriga yaqinlashgan, bazida faqat bitta yoki ikkita pastkilaridan turtib chiqib turadi. Gulyonbarglari lansetsimon, uzunligi 610 (17) mm, o'tkirlashgan, kosachadan qisqaroq yoki unga deyarli teng, tuklangan, bazan qizg'ish rangli. Kosachabarg yopishgan, kalta tukli, uzunligi 10-13 mm, 10 ta bog'lamli va ingichka-uchburchaksimon, dag'al tukli uchli tishchali, naychadan 2 marta qisqaroq. Gultojibarglari uzunligi 15-20 mm, to'q qizil yoki pushti-binafsha, tashqi tomondan tarqoq tuklangan yoki mayin tukli, uning naychasi kosachabargdan ancha chiqib turadi, bukilgan joy ikki labli, yuqori lablari biroz ichiga botgan, pastki qismidagiga teng, pastkilari uch bo'lakli, o'rta bolaklari keng tuxumsimon, yon bolaklar teskari tuxumsimon, o'rtadagilardan biroz qisqaroq. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, flavonoidlar, alkaloidlar, staxidrin, iridoidlar, vitamin C va K, smolalar, achchiq va boshqa moddalar bor. Tog'qudusi barglari tarkibida 54 mg askorbin kislotasi va urug'larida 42% yog' mavjud. Suyuq eksrtakti yallig'lanish va fibromioma natijasida bachadondan qon ketishini to'xtatish hamda tug'uruqdan so'ng va abortdan keyingi bachadon qisqarishini kuchaytirish uchun qo'llaniladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Gulrayhon (Satureja hortensis L.) - labguldoshlar oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 10-20 sm ga yetadigan bir yillik o't o'simlik. Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Yer ustki qismining damlamasi xalq orasida bosh og'riganda, yo'tal, tumov, ich ketganda, ovqat xazm qilish buzilganda, qorin dam bo'lganda, ko'ngil aynib qusganda va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Siydik va yel haydovchi, burishtiruvchi, terlatuvchi, bakteriyalarga va spazmga qarshi vosita sifatida qo'llaniladi.

3-rasm

Dorivor ro'zmarin (Rosmarinus officinalis)- labguldoshlar oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 1,5-2 metrga yetadigan doimiy yashil buta. Vatani O'rta yer dengizi bo'yi mamlakatlari. Qrim, Kavkaz va bazan O'rta Osiyoda manzarali va xushbo'y o'simlik sifatida o'stiriladi. Tibbiyotda yosh novdalari ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, triterpen birikmalar, alkaloidlar, oshlovchi va boshqa moddalar mavjud. Surmasi og'iz bo'shlig'i yallig'langanda uni chayish va chipqonlarni davolash uchun qo'llaniladi.

Turkiston arslonqulog'i - labguldoshlar oilasiga mansub bo'lib, ko'p yillik o'simlik. Poyasi bir nechta yoki ko'p sonli, tik turuvchi, oddiy yoki yuqori qismi tarvaqaylab shoxlangan, mayda tukli yoki silliq, balandligi 10-150 sm. Barglari keng tuxumsimon-yumaloq, kaftsimon bolingan, rombsimon teskari chozinchoq, o'tkir yoki otkirlashgan, chuqur patsimon-bo'lakli yoki patsimon bo'lingan, odatda bo'laklari cho'zilgan, o'tkir yoki o'tkirlashgan, deyarli silliq yoki birmuncha zich yopishgan kalta tuklar bilan qoplangan, uzun bandli; gulyonbarglari kichraygan, yuqoriga qarab tez kichrayib boradi, murakkab bo'linmagan. Gullari o'troq, kam gulli, pastki qismida oralari juda kengaygan, yuqorida esa birmuncha yaqinlashgan halqalarda, gulyonbarglar qo'ltig'ida joylashgan. turkiston arslonquyrug'i o'simligini yer ustki qismi qaynatmasi yurak va meda kasalliklarini davolashda hamda nerv sistemasi kasalligida tinchlantiruvchi vosita sifatida qo'llaniladi. O'simlik tarkibida efir moyi, flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Yer ustki qismining surmasi tinchlantiruvchi va qon bosimni pasaytiruvchi tasirga ega ekanligi aniqlangan.

Sertuk panseriya ( Panzeria lanata L. ) - labguldoshlar oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 1530 sm gacha yetadigan ko'p yillik sertukli o't o'simlik. Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida efir moyi, organik kislotalar, oshlovchi moddalar bor. Xalq tabobatida yer ustki

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qismining damlamasi istisqo va bod kasalliklarini davolash uchun qo'llaniladi. O'simlikning dori preparatlari tinchlantiruvchi, mayda qon tomirlarni kengaytiruvchi, qon bosimni pasaytiruvchi va yurak ishini yaxshilovchi tasirga ega ekanligi aniqlangan va shu maqsadlarda ishlatishga tavsiya etilgan.

4-rasm

XULOSA

Xulosa qilib aytganda labguldoshlar oila vakillarini deyarli barcha turlari dorivor o'simlik hisoblanadi. Masalan arslonquyruqning dorivor preparatlari tinchlantiruvchi dori sifatida gipertoniya, nerv qo'zg'alishi va ba'zi yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda tog'rayhondan tayyorlangan preparatlar ichak atoniyasi kasalligida hamda ishtaha ochuvchi va ovqat hazm qilish jarayonini yaxshilovchi dori sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari u balg'am ko'chiruvchi dori va terlatuvchi vosita sifatida ham qo'llaniladi. Efir moyi esa tish og'rig'ini qoldirish uchun ishlatiladi.

REFERENCES

1. Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O'simlikshunoslik.Toshkent 2018.

2. Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

3. O'.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya «tafakkur-bo'stoni» nashriyoti Toshkent - 2018

4. Saminov A., Ismoiljonova D., Rahmataliyeva M. Dorivor sut qushqo'nmas osimligining foydali xususiyatlari va undan oqilona foyalanish //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D4. - C. 155-159.

5. A6gypax,HMOBa M. A. Dorivor o'simliklarning o'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D3. - C. 3542.

6. O'G'Li S. A. A., Qizi I. D. E., Qizi K. I. T. Dorivor momordika yetishtirish va o 'simlikning o'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D4. -C. 14-18.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

7. Yusupova Z., Saminov A., Sayramov F. Salvia-l marmarak turkumi vakillarining o'zbekistonda tarqalishi, hayotiy shakllari va ishlatilishi //Science and innovation. -2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 13-19.

8. Хайдаров М. М., Турдалиев А. Т. Саминов ААУ Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах //Тенденции развития науки и образования. -2021. - №. 80-3. - С. 45-47.

9. Saminov A., Sodiqova M., Rahmataliyeva M. Dorivor topinambur o 'simligini yetishtirish va uning o 'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. -№. D6. - С. 116-119.

10. Saminov A., Ne'matova D., Aliyeva M. Dorivor rozmarin o 'simligini ko 'paytirish va undan sohalarda samarali foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 79-82.

11. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodárstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.

12. Mukhtarovna N. R., Alimardonugli S. A., Botiraliyevich U. N. Features of treatment of winter wheat seeds by different processors //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

13. Turdaliev A. T. et al. Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2022. - Т. 1068. - №. 1. - С. 012047.

14. Тешабоев, Н., Мукимов, З., & Абдурахимова, М. (2021, August). The effect of yield between cotton rows: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1351. in research support center conferences (no. 18.06). research support center conferences stone gravely black gray soils

15. M Abdurahimova, Z Rajavaliyeva, M Alijonova ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (9), 614-617 Deep processing on cotton

16. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : (419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.