Научная статья на тему 'DORIVOR ROZMARIN O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH VA UNDAN SOHALARDA SAMARALI FOYDALANISH'

DORIVOR ROZMARIN O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH VA UNDAN SOHALARDA SAMARALI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
941
75
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rozmarin / dorivor efir moyi / spazm / revmatizmi / qalamcha. / rosemary / medicinal essential oil / spasm / rheumatism / pen.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Saminov, D Ne’matova, M. Aliyeva

Maqolada rozmarin o‘simligini ko‘paytirish usullarini takomillashtirish orqali dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalarga yosh nihollarini yetkazib berish hamda o‘simlik xom ashyolardan samarali foydalanish yo’llari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REPRODUCTION OF THE MEDICINAL ROSEMARY PLANT AND ITS EFFECTIVE USE IN THE FIELD

the article highlights the ways of delivering young sprouts to plantations where medicinal plants are grown, as well as the effective use of herbal raw materials by improving the methods of reproduction of the rosemary plant.

Текст научной работы на тему «DORIVOR ROZMARIN O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH VA UNDAN SOHALARDA SAMARALI FOYDALANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DORIVOR ROZMARIN O'SIMLIGINI KO'PAYTIRISH VA UNDAN SOHALARDA

SAMARALI FOYDALANISH Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Ne'matova Dildora Sherzodjon qizi FDU talabasi Aliyeva Mushtariy Ilhomjon qizi

FDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7110410

Annotatsiya. Maqolada rozmarin o'simligini ko'paytirish usullarini takomillashtirish orqali dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalarga yosh nihollarini yetkazib berish hamda o'simlikxom ashyolardan samaralifoydalanishyo'llariyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: rozmarin, dorivor efir moyi, spazm, revmatizmi, qalamcha.

РАЗМНОЖЕНИЕ ЛЕКАРСТВЕННОГО РОЗМАРИНА И ЕГО ЭФФЕКТИВНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В ПОЛЕВЫХ УСЛОВИЯХ

Аннотация. В статье освещены способы доставки молодых ростков на плантации, где выращивают лекарственные растения, а также эффективное использование растительного сырья путем совершенствования методов размножения розмарина.

Ключевые слова: розмарин, лекарственное эфирное масло, спазм, ревматизм, черенки.

REPRODUCTION OF THE MEDICINAL ROSEMARY PLANT AND ITS EFFECTIVE

USE IN THE FIELD

Abstract. the article highlights the ways of delivering young sprouts to plantations where medicinal plants are grown, as well as the effective use of herbal raw materials by improving the methods of reproduction of the rosemary plant.

Keywords: rosemary, medicinal essential oil, spasm, rheumatism, pen.

KIRISH

Dorivor rozmarin (Rosmarius Officinalius L)-Labguldoshlar oilasi rozmarin (Rosmarius) turkumiga mansub o'simlik bo'lib, Vatani O'rta yer dengizi atrofidagi davlatlardir. Yevropa va Afrika davlatlarida qadimdan ekib o'stiriladi. O'simlikni madaniylashtirilganiga 2 ming yildan ortiqroq bo'lib, hozirda Ispaniya, Fransiya, Jazoir, Tunis, Yugoslaviya va Hindistonda asosiy efir - moyli o'simlik sifatida katta maydonlarda ekib o'stirib foydalanilmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'simlik Rossiyaga 1816 - yilda Qrimdagi Nikitin botanika bog'iga keltirib ekilganligi ma'lum. Endilikda bu o'simlikni O'zbekistonda ham ekib o'stirish va undan foydalanish mumkinligi aniqlandi. Rozmarin asosan oxakli tuproqlarda juda yaxshi o'sadi. Bo'yi 50-100 sm gacha yetadigan doim yashil buta. Poyasi tik o'suvchi, shoxlangan, yosh novdalari to'rt qirrali. Ildiz tizimi yaxshi taraqqiy etib, tuproqqa 3-4 m gacha kirib boradi [11, 12, 13]. Barglarining uzunligi 4 sm, eni 0,3 sm, cho'zinchoq qalam shaklda, bandsiz yoki qisqa bandi bilan poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari ikki labli mayda, och binafsha rangda. Urug'i tuxumsimon, jigarrang, usti silliq, uzunligi 2-2,5 mm, eni 1-1,5 mm. Mevasi dumaloq-silliq, jigarrang yong'oq. 1000 dona urug' vazni 1,2-1,4 g keladi.[1, 2]

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Rozmarin novdalarining yuqori qismida, gulida, bargida efir moyi saqlaydi. Efir moyi tarkibida a - pinen, sineol, borneol, L -kamfora, kariofillen, bornilasetat, limonen, smola va boshqa moddalar bor. Rozmarin kuchli hushbo'y va yoqimli hidga ega. Bargi, guli, yosh novdalari quruq holda baliq mahsulotlariga ishlov berishda qo'llaniladi. U oz miqdorda qovurilgan go'sht, qovurilgan tovuq, qiyma go'sht, qo'ziqorinli salatlar, sabzavotli qaynatma va boshqa taomlarga ta'm beruvchi ziravor hisoblanadi [3, 15]. TADQIQOT NATIJALARI

O'simlikni plantatsiyasini tashkil etish uchun birinchi o'rinda, ko'chat tayyorlash zarur. Bizning sharoitda o'simlik urug' bermaydi. Shu sababli vegetativ usulda qalamchalaridan ko'paytiriladi. Yetilmagan (hali yog'ochlashmagan) qalamchalarga ishlov berish uchun past, chala yetilganlari uchun o'rta, yog'ochlangan qalamchalar uchun esa yuqori darajadagi o'stiruvchi moddalar aralashmasi ishlatiladi. Shuningdek, qalamcha tayyorlashda geteroauksindan (tuman hosil qiluvchi moslama yo'qligida) foydalanish ildiz otishini 10-15 % ga oshiradi. Oz miqdorda margansovka eritmasi yordamida ishlov berish ham ildiz otishni tezlashtirib, tuproqdagi chirish jarayonini pasaytiradi [8, 9, 10].

Qalamchalar iyul-avgust oylarida poyasi yog'ochlangan novdalardan 15-20 sm uzunlikda kesiladi. Nam matoga o'ralgan qalamchalar 25-30 tadan qilib bog'lanadi va boylamlar suvli idishchaga yoki har qanaqa shisha, sirlangan, zanglamaydigan po'lat idishga joylanadi. Eritma qatlami 3-3,5 smdan ko'p va 1,5-2 sm dan kam bo'lmasligi kerak. Rozmarin o'simligi bizni hududda asosan unumdor bo'lgan o'zimiz ekadigan yerlar yani sug'oriladigan yerlarda ekish maqsadga muvofiq hisoblanadi. O'simlik yiliga 8-9 martagacha sug'oriladi, har 2-3 sug'orishdan so'ng kultivatsiya qilinadi.[4, 5, 6]

Rozmarinning foydali xususiyatlari Rozmarindan qadim zamonlarda dorivor vosita sifatida foydalanishgan. Uning foydali xususiyatlari to'g'risida har bir xalqda turlicha qarashlar bo'lgan: Rimliklar uni xotirani yaxshilaydi deb hisoblashsa, Greklar o'simlik yordamida yaralarni davolashgan, Xitoyliklar esa uning yordamida bosh og'rig'idan xalos bo'lganlar.

Hozirgi paytga kelib olimlarimiz rozmarin bilan bog'liq ilmiy ishlar olib borishib quyidagi xususiyatlarini o'rganishgan. Rozmarin o'zida juda ko'p miqdordagi efir moylarini, A va C guruh vitaminlarini, kaliy, kalsiy va natriyni saqlaydi[2]. O'simlikning yer ustki barglari va yosh poyalaridan tayyorlangan damlama va spirtdagi eritmalari (nastoykasi) bosh og'rig'ida oshqozon - ichak kasalliklari, shamollashda, ayollarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda ijobiy naf beradi. Shu bilan birga organizmni tetiklashtirib, quvvat bag'ishlash xususiyatiga ham ega. Barglarida o'ziga xos hid va ta'm berganligi sababli rozmarin go'shtli mahsulotlarni pishirishda va ularni uzoq vaqt saqlashda hamda ziravor sifatida ham qo'llaniladi. Konditer mahsulotlariga qo'shib tayyorlanganda o'ziga xos ta'm va maza beradi. O'simlik qish mavsumida ham barglarini to'kmasligi va o'ziga xos hid tarqatib turishini hisobga olgan xolda u bog' va xiyobonlar, hovli va dam olish maskanlarida manzarali buta sifatida ham o'stiriladi. [3, 14, 18]

Rozmarinning shifobaxshlik xusussiyatlari qorin va muskullar og'rig'ida yordam beradi; revmatizm, radikulit va fibromialgiyada yordam beradi; spazmda yordam beradi; oshqozon buzilganida ham yordam beradi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qon bosimi oshishini oldini oladi;

mikrob va zamburug'larga qarshi kurashadi;

antioksidant vositasini bajarib, miyadagi qarilik belgilari paydo bo'lishini sustlashtiradi.

Rozmarinning salbiy jixatlari

Rozmarin ziravor sifatida kam miqdorda ovqatlarga, choy va limonadlarga solishga yaxshi bo'lib, me'yoridan ortiq iste'mol qilinganda esa, ovqat hazm qilish muammolarining kelib chiqishiga, bosh og'rig'iga va qon bosimining ko'tarilishiga sababchi bo'lishi mumkin.

Quyidagi insonlar esa undan juda kam miqdorda iste'mol qilishlari kerak:

homilador ayollar;

kron kasalligi, oshqozon yarasi va qorin sanchishi kasalliklaridan aziyat chekuvchi insonlarga;

gipertoniya kasalligiga duchor bo'lgan kishilarga salbiy tasir ko'rsatadi.

MUHOKAMA

Rozmarin o'simligini ko'p miqdori ham zarar hisoblanadi. Rozmarin o'simligi asosan parfumeriya va tibbiyotda keng qo'llaniladi, bundan tashqari oziq-ovqat sanoatida ziravor sifatida ham foydalaniladi.

Dorivor rozmarinning ham o'ziga xos foydali va salbiy jihatlari ham albatda mavjud. Bu esa o'zimizga ya'ni undan qanday foydalanishimizga bog'liq.

O'simlikdan foydalanishda o'ziga xos foydali va salbiy jixatlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir. O'simlikni foydali xossalarini bilish bilan biz uchun ayni kerak bo'lgan foydali jixatlaridan samarali foydalanishimiz mumkin [15, 16 , 17].

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish lozim, hozirgi kunda tabiiy dorilarga bo'lgan talab juda ham ortmoqda chunki, har qanday kasallikni su'niy vositalardan emas, balki tabiiy vositalar bilan davolash samarali xisoblanadi. Dorivor rozmarin o'simligining yer ustki barglari va yosh poyalaridan tayyorlangan damlama va spirtdagi eritmalari (nastoykasi) bosh og'rig'ida oshqozon - ichak kasalliklari, shamollashda, ayollarda uchraydigan ayrim xastaliklarni davolashda ijobiy natija berishi va boshqa foydali jixatlaridan samarali foydalangan holda, rozmarin o'simligini yetishtirishimiz va yanada keng maydondagi plantatsiyalarni yaratishimiz zarur.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O'simlikshunoslik.Toshkent 2018.

2. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

3. Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

4. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

5. Saminov A.A.O'g'li, Nasriddinova D.K.Qizi., Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 26-30.

6. Эшпулатов Ш.Я., Тешабоев Н.И., Мамадалиев М.З.У. Евразийский Союз Ученых, 2021 Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины

7. Mukhtarovna, N.R., Alimardon ugli S.A., and Botiraliyevich U.N., "Features of treatment of winter wheat seeds by different processors." International Engineering Journal For Research & Development 6 (2021): 3-3.

8. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : (419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X

9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). Ecological culture is a demand of today. In Конференции.

10. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodarstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.

11. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. - 2021.

- № 80-3. - С. 45-47. - DOI 13.18411/trnio-12-2021-121.

12. O'G'Li S. A. A., O'g'li K. H. A., Qizi N. D. K. NA'MATAK (ROSA) NING SIZ VA BIZ BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1.

- №. D6. - С. 7-12.

13. Yusupova Z. A., O'g'li S. A. A., O'g'li S. F. B. SALVIA-L MARMARAK TURKUMI VAKILLARINING O'ZBEKISTONDA TARQALISHI, HAYOTIY SHAKLLARI VA ISHLATILISHI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 13-19.

14. Saminov A.A. O'g'li, Abdug'aniyeva D.O'. Qizi., Nazirova B.H.Qizi. Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 297-300.

15. Mamanazarov B. S., Xoshimova N.G., Saminov A.A., Petrushka o'simligini yetishtirish va undan oqilona foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 259-262.

16. Тешабоев Н. И., Бобоев Б. К. Влияние качества зернопроизводства на эффективность урожая //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 31-34.

17. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.