DORIVOR MOMORDIKA YETISHTIRISH VA O'SIMLIKNING O'ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI Saminov Avazbek Alimardon o'g'li
Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Ismoiljonova Durdona Erkinjon qizi
FDU, talabasi Kamoliddinova Iroda Toxirjon qizi
FDU, talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6840144
Annotatsiya. Maqolada momordika o'simligini ko'paytirish hamda takomillashtirish orqali dorivor o'simliklar salmog'iniyanada oshirish bilan birga undan samaralifoydalanishyo'llari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: Momordika, "momordicus", liana, urug', ekish, va parvarishlash, gul, meva, preparat, tarkib.
ВЫРАЩИВАНИЕ МОМОРДИКИ ЛЕКАРСТВЕННОЙ И ОСОБЕННОСТИ
РАСТЕНИЯ
Аннотация. В статье рассматриваются способы увеличения массы лекарственных растений за счет увеличения и улучшения растения, а также способы его более эффективного использования.
Ключевые слова: момордика, «момордикус», лиана, семена, посадка и уход, цветок, плод, препарат, композиция.
MEDICINAL MOMORDICA CULTIVATION AND SPECIFIC CHARACTERISTICS OF THE PLANT
Abstract. The article discusses ways to increase the weight of medicinal plants by increasing and improving the plant, as well as ways to use it more effectively.
Keywords: momordica, "momordicus", liana, seed, planting, and care, flower, fruit, drug, composition.
KIRISH
Momordika - Janubiy Osiyoda tarqalgan bu o'simlik o'zining antiqa nomlari va tashqi ko'rinishi bilan ko'plab insonlarni o'ziga muhlis qilib qo'yadi. Biroq bu o'simlik haqida batafsil ma'lumotlar kamligi, uning ajoyib meva va boshqa qismlarini qanday maqsadda foydalanish ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Lekin momordika ajoyib ekzotik o'simlik sifatida boshqa dorivor o'simliklar bilan raqobatlasha oladi desak adashmagan bo'lamiz.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Momordika - Qovoqdoshlar oilasiga mansub, 60 ga yaqin turi mavjud bo'lgan bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar, kichik butalar kabi hayotiy shakllarni o'z ichiga oldi. Momordika -Lianalarga o'xshash ilashib o'suvchi o'simlik bo'lib uning uzunligi 2-6 metrga yetadigan o'simlik
hisoblanadi, uning yirik o'ymakor barglari och yashil rangga ega. Uning kelib chiqish tarixida ko'plab ajoyib nomlari mavjud bo'lib ular quyidagilardan iborat: telba bodring, hind anori, achchiq qovun, Hind yoki Xitoy telba bodringi va shunga o'xshash nomlarga ega o'simlikdir. Ismining o'zi bu o'simlik, lotincha "momordicus"dan kelib chiqib "tishlash" degan ma'noni bildiradi. Mamordikani ko'p turlari ichida iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli ikki turi Momordica Charantia va Momordica Cochinchin foydaniladi.
TADQIQOT NATIJALALARI
Momordika o'simligini ekish va parvarish qilish:
Momordikana urug'lari ochiq yerga ekish mumkin. O'simlik termofil bo'lganligi sababli ko'chatlaridan yetishtirish ham yaxshi samara beradi. Urug'larini yirik to'liq yetuk bo'lganlari yakka tanlash usulida saralanib olinadi. Urug'lar unishi uchun o'z iqlimiga yaqin bo'lgan harorat talab qilinib bu harorat kamida +22 +25 C0 bo'lishi lozimdir. Ekishdan oldin urug'larni namligi muhitda ko'p saqlamaslik kerak, aks holda ular chirib qolishi mumkin.
Shuningdek, sug'oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy, fizik-kimyoviy, biogeokimyoviy va boshqa xossa-xususiyatlarini Turdaliyev A.T., Isagaliyev M., Eshpulatov Sh.Ya., Haydarov M.M., Asqarov K.A., va boshqalar tomonidan o'rganilgan.
Momordikaning ildizi tizmi kuchsiz zaif bo'lganligi uchun tuproq bo'shashi va organik birikmalar bilan yaxshi ta'minlangan bo'lishi kerak. Urug'lar ko'chat holiga keltirgandan so'ng quyosh bilan yaxshi ta'minlanishi, hadan ortiq nam bo'lmagan tuproqa olma daraxti gulab bo'lgandan so'ng, tuproq qatlami isishni boshlagan vaqtda o'tkaziladi. Momordika ko'chatini o'g'itlar bilan oziqlantirish qoidalari quyidagilardan iborat.
- dastlabki oziqlantirish. O'simlikning gullashi bilan oziqlantirish talab etiladi bunda ammofosga bir
qoshiq , suv 10 litrli chelakda ertib quyiladi.
- o'rta oziqlantirish. Gullashdan keyin birinchi meva paydo bo'lgan paytida. Atala 1 stakan,
nitrofosga ikki osh qoshiq .Har birini 10 litrli chelakda suv bilan eritiladi va foydaniladi.
- so'ngi oziqlantirish. Hosilni yeg'ishdan 3 hafta avval. Har qanday murakkab tarkibli o'g'itlardan
foydalanish mumkin.
Birinchi sariq gulida o'simlik changlanishi zarur bo'ladi. O'simlik o'sadigan joylarida hashoratlar bo'lmas yoki kam bo'lsa mustaqil ravishda changlanadi. Bu turli jinsli gullarni bir biriga tekazish orqali sodir bo'ladi. Mevalari avgust oyining ikkinchi yarmidan to'liq pishib yetilgan bo'ladi. So'ngi yillarda mamordika o'simlikning parnik va balkonlarda, yopiq xonalarda maxsus tuvaklarda o'stirilmoqda.
Momordika o'simligidan kimyoviy preparatlardan tashqari an'anaviy sharq tabobatida chinakam dorivor mahsulotga aylantirib foydanilnmoqda. Bu esa sog'lom turmush tarzini kimyoviy moddalar siz dorivor o'simliklar mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish qobiliyati ta'minlab qo'shimcha o'rganishni talab qilsa-da tasdiqlangan dorivor xususiyatlari, to'g'ri ishlatilganda ko'zlangan maqsadga erishiladi.
O'simlik qismlarini o'ziga xos dorivorlik xususiyatlari:
Urug'lari yallig'lanishga qarshi, isitma tushiruvchi, antiseptik va shishni yengillashtirish xususiyatlariga ega.
Mevalari - Cho'zinchoq shaklda, mevalari pishish davrida o'z rangini och sariqdan to'q sariqgacha o'zgartiradi. Uning barcha qismlari maxsus bezli tuklar bilan qoplangan. Shuning uchun o'simlik bilan ishlash vaqtida odam terisini tirnalishi hatto terida kuyishlar pado bo'lishi mumkin.
Shuning uchun qo'lqoplar bilan ishlash tafsiya etiladi. Pishgan mevasining ichki qismida to'q qizil go'shtdor meva eti mavjud. Shu qismi anor o'simligining perikarpasi (meva eti) ga o'xshab fotosuratlarda yaxshi ko'rinadi. Mevalar o'zida juda ko'p dorivorli xususiyatlarini o'zida mujassam etgan. Bu qismi noyoblik jihatdan o'simlikning barcha qismlaridan ustundir. Ular saraton hujayralarini o'sishiga to'sqinlik qilib kasallikni faoliyatini susaytiradi hatto ba'zan butunlay davolash darajasiga ham erishish mumkin. Momardika ekstrakti melanomalarni, sarkoma va leykemiya kasalligiga uchragan bemorlarni davolash paytida ishlatilib ijobiy samaraga erishiladi. Bundan tashqari momordika o'simligidan gepatit, jigar saratoni yuqumli va surunkali hastaliklarda davolaniladi.
O'simlik tarkibida oshqozon osti bezi hujayralarini sonini ko'paytirish va insulin gormoni ishlab chiqarish xususiyatini ta'minlaydigan harontin moddasi borligi tufayli qandli diabet bilan og'rigan bemorlarni sog'lig'ini saqlab shakar miqdorini kamaytirib turadi. Tanani toksinlardan tozalab immunitetni oshiradi. Yangi mevasida foli kislotalari bor bo'lib suyaklanish jarayonida qatnashadi. Eng kuchli antioksidant likopen ham bor.
Barglari tarkibida P va uglevodlar, oqsilarga juda ham boy. Barglaridagi ekstrakti oddiy stafilokoklarni shu bilan birga OIV ni ham yo'qotishi mumkin.
Ildizidan tritepen saponini mavjud ekanligi aniqlanib revmatizimni kasalligi davolanadi.Bundan tashqari ildizidan bronxitda ekspektoron sifatida faol ishlatiladi.
Momordikani vazn yo'qotishda foydalanish mumkin.Chunki o'simlik tarkibida 80-85 foiz suv bor.Biz uning bargi, poyasi, urug'larini ildizni yeyishimiz mumkin.Shu qismlarida flavonoidlar va organik kislotalar mavjud.
Momordikaning kimyoviy tarkibi va xossalari:
Momordika o'simligining oziqaviy qiymati 100 g mahsulotda 15-19 kkalga teng bo'lib, bundan tashqari o'simlikda yog' miqdori 0,1 g, uglevodlar -3 g ,oqsil -0,8 g , suv 80 g tashkil etadi. Momordikaning mevasi juda ko'p foydali moddalarni o'z ichiga oladi: A, B, F, E, C,va PP vitaminlari, shuningdek flavonoidlar, alkaloidlar , organik kislotalar, aminokislotalar. Urug'idan moy va momorditsin alkaloidi aniqlangan. Ildizidan tritepen saponini mavjud. Bu o'simlikning mevasi bilan birga barcha qismlari shifobaxshdir.
O'simlik qismlaridan olinadigan mahsulotni chiqish shakllari:
Farmasevtika sanoatida o'simlik ekstrakti o'z ichiga olgan yengil tuzli eritma ishlab chiqariladi. Eritma og'iz orqali qabul qilinadi,teri ostiga ,mushak ichiga, tomir ichiga yuboriladi.
MUHOKAMA
Xalq tabobatida mamordika o'simlikning mevalari va urug'lari damlamani, qaynatmani tayyorlash uchun ishlatiladi.
Urug'larning qaynatmasi-skleroz, diyuretik, prostatit, hemoroid uchun ishlatiladi. 20 dona urug' bo'laklarini maydalab, bir stakan qaynoq suv quyib past olovda 10 daqiqa davomida qaynatiladi.Bir necha soat turib olib, filtrlang va kuniga 3-4 marta 50 ml dan qo'llaash kifoya qiladi.
Mevasidan tayyorlangan damlamasi - yo'tal, revmatizim, burun oqishi, toshbaqa kasaliga yaxshi natija beradi. Mevalari maydalanib, shisha idishga solib 0,5 litr spirt quyiladi so'ng usti yopiladi va 2 hafta salqin qorong'i joyda saqlanadi. So'ng ushbu damlama tayyor holga kelgach uni och qoringa 30 daqiqa oldin 1choy qoshiqdan 3 mahal 3 kun ichiladi. Lekin bu o'simlikning xususiyatini rasmiy tibbiyot tasdiqlanmagan.
Momordika o'simlikdan oziq ovqat sanoatida kek va turli pishiriqlarni bezashda ishlatiladi. Yaponiyada ham bu sabzavot o'simlik mashhur bo'lib, odamning uzoq umr ko'rish sabablaridan biri sifatida tanilgan. Yurtimizda bu ekzotik o'simlikni koreys do'konlarida ham ko'rish mumkin. Momordika o'simlikning ko'plab foydali xususiyatlarga ega bo'lishidan qat'iy nazar, uni iste'mol qilishda me'yoriy talablarga rioya qilish kerak.
Momordika o'simligidan foydalanish mumkin bo'lmagan holatlar: ushbu ekzotik preparatni homilador ayollar va emizikli onalar, ushbu o'simlikni tark etishlari kerak. XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish kerakki momordika mevasidan tayyorlangan damlamasi hamda o'simlikni qolgan qismlari ham ko'plab foyadali xususiyatlarga ega bo'lib, shu bilan birga aks ta'siri ham mavjudligini unutmaslik zarur. O'simlik yana oziq-ovqat sanoatida hamda manzarali va estetik zavq olish uchun ham ekib o'stirish mumkin.
REFERENCES
1. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент
2. Xolmatov H.X, Ahmedov O' .A. Farmakognoziya. Toshkent 1995
3. Atabayeva X. O'simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.
4. Bo'riyev X.S. Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug'chiligi. T. "Mehnat". 1999.
5. Saminov A.A.O'G'Li, Nasriddinova D.K.Qizi., Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 26-30.
6. Эшпулатов Ш.Я., Тешабоев Н.И., Мамадалиев М.З.У. Евразийский Союз Ученых, 2021 Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины
7. Mukhtarovna, N.R., Alimardon ugli S.A., and Botiraliyevich U.N., "Features of treatment of winter wheat seeds by different processors." International Engineering Journal For Research & Development 6 (2021): 3-3.
8. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : ( 419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X
9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). Ecological culture is a demand of today. In Конференции.
10. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodarstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.
11. Askarov K., Musayev I., Turdaliev A., Eshpulatov Sh. (2020) "Geochemical barriers in irrigated soils and the impact of them on plants." European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, pp. 3082-3089.
12. Obidov M., Isagaliyev M., Turdaliyev A., Abdukhakimova Kh. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L. //International Journal of Modern Agriculture, Volume 10. No.1. 2021. P. 94-101. (Web of Sciences).
13. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. - 2021. -№ 80-3. - С. 45-47. - DOI 13.18411/trnio-12-2021-121.
14. Турдалиев А.Т., Аскаров К.А., Мирзаев Ф.А.У. Морфологические особенности орошаемых почв Центральной Ферганы //Почвы и окружающая среда. - 2019. - Т. 2. №3. С. 56-61.
15. Saminov A.A. O'G'Li, Abdug'aniyeva D.O'. Qizi., Nazirova B.H.Qizi. Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 297-300.
16. Mamanazarov B. S., Xoshimova N.G., Saminov A.A., Petrushka o'simligini yetishtirish va undan oqilona foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 259-262.