Научная статья на тему 'NA'MATAK O'SIMLIGINI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATI'

NA'MATAK O'SIMLIGINI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
122
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
namatak parvarishi / agrotexnik omillar / namatak turlari / namatak morfologiyasi / biologiyasi / tarkibidagi kimyoviy moddalar.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, Erkinjonova Irodaxon Ilhomjon Qizi

Maqolada na’matak o‘simligining shifobaxshlik xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va yetishtirish texnoliyasi haqida bayon etilgan. Na’matak o’simligini tashqi ko’rinishi va kimyoviy tarkibi o’rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NA'MATAK O'SIMLIGINI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATI»

NA'MATAK O'SIMLIGINI SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATI 1Davronov Qaxramonjon Anvarjonovich, 2Erkinjonova Irodaxon Ilhomjon qizi

1Q.x.f.d., dotsent - Farg'ona davlat universiteti 2Farg'ona davlat universiteti 20.78-B- guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214645

Annotatsiya. Maqolada na'matak o'simligining shifobaxshlik xususiyatlari, biologiyasi, morfologiyasi va yetishtirish texnoliyasi haqida bayon etilgan. Na'matak o'simligini tashqi ko'rinishi va kimyoviy tarkibi o'rganildi.

Kalit so'zlar: namatak parvarishi, agrotexnik omillar, namatak turlari, namatak morfologiyasi, biologiyasi, tarkibidagi kimyoviy moddalar.

Na'matak turlari bo'yi 2 m ga etadigan tikanli buta. Novdasi egiluvchan bo'lib, yaltiroq qo'ng'ir-qizil yoki qizil-jigarrang tusli po'stloq hamda tikanlar bilan qoplangan. Bargi toq patli, poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Bargchasi (5-7 ta) tuxumsimon shaklli va arrasim on qirrali. Gullari yirik, yakka yoki 2-3 tadan shoxlarga o'rnashgan. Guli qizil, pushti, sariq yoki oq rangli, xushbuy hidli. Gul oldi barglari lansetsimon. Kosacha bargi va tojbargi 5 tadan, otalik va onaliklar ko 'p sonli. Mevasi - gul o'rnidan hosil bo'ladigan shirali soxta meva. Ichida onaliklaridan hosil bo'lgan bir nechta haqiqiy meva - yong'oqchalar bor. Yong'oqcha o'tkir uchli, sertuk bo'lib, burchaksimon shaklga ega. May oyidan boshlab, iyulgacha gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda pishadi. Na'matakturlari o'rmonlarda, ariq bo'ylarida, butalar orasida, tog'larning quruq toshloq yon bag'irlarida va boshqa yerlarda o'sadi. Na'matakning ayrim turlari bir-biridan mevasining,novda po'stlog'idagi tikanning rangi, shakli, katta-kichikligi hamda novdadagi tikanlar soni va joylashishiga qarab farq qiladi.

Geografik tarqalishi

May na'mataki Moldova, Ukraina, Belorus, Boltiq bo'yi, Rossiyaning Yevropa qismining o'rmon va o'rmon-cho'lzonasida, g'arbiy va Sharqiy Sibirda, Qog'ozistonda uchraydi Tikanli na'matak Sibirning nina bargli o 'rmonlarida, Uzoq Sharqda, Tyan-Shan o'rmonlarida hamda Belorus, Boltiq bo'yi, Rossiya Yevropa qismining shimoliy tumanlarida uchraydi. Dauriya na'matagi asosan Sharqiy Sibirning janubiy tumanlarida va Uzoq Sharqda uchraydi. Fedchenko na'matagi Asosan 0'rta Osiyoda (Tyan-Shan, PomirOloy tog'larida) tog' yon bag'irlarida o'sadi. 0'zbekistonning Toshkent, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog'li hududlarida ko'p tarqalgan. Burushgan na'matak Uzoq Sharq, Kamchatka va Saxalinda dengizning qumloq yerli qirg'oqlarida o'sadi. Sobiq Ittifoqning Yevropa qismida bog'lar va parklarda ko'plab ekiladi. Qo'qonna'matagi.O'rta Osiyoning tog'li hududlari (g'arbiy Tyan-Shan, Pomir Oloy tog'lari) ning o'rta qismigacha bo'lgan tog' yonbag'irlarida o'sadi. 0'zbekistonning Toshkent, Namangan, Farg'ona,Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi tog'li yerlarda tarqalgan.

Kimyoviy tarkibi

Mahsulot tarkibida (quruq holda hisoblaganda) 4-6%, ba'zan 18% gacha vitamin S, 0,3 mg % vitamin V2, K 1 (1 g mahsulotda 40 biologik birlik miqdorida), vitamin R, 12-18 mg % karotin, 18% atrofida qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2% atrofida limon va olma kislotalari, 3,7% pektin va boshqa m oddalar boMadi. . XI DF ga ko'ra vitamin S butun holdagi m ahsulotda 1%, tozalab qirqilgan m ahsulotda 2%, kukun holidagisida esa 1,6% dan kam bo'lmasligi kerak. Na'matak urug'ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo'ladi.

Ishlatilishi

Na'matak o'simligidan ko'p turdagi biologik faol moddalar olish mumkin. - Ushbu moddalar farmasevtikada preparatlar tayyorlashda qo'llaniladi. Qolaversa, o'simlikning shifobaxshlik xususiyati juda yuqori. Mevasi tarkibida askorbin kislotasi, glyukoza, fruktoza, uglevodlar, B guruh vitaminlari uchraydi. O'simlik mevasining kimyoviy tarkibi, farmakologik xossalari va uni kompleks qayta ishlashni o'rganish jarayonida sanoatda na'matakdan foydalanish texnologiyasini takomilalshtirish bo'yicha yangi tahlillar amalga oshirdik. Ma'lumki, sanoatda na'matakni birlamchi qayta ishlash jarayonida multivitaminli konsentrat hosil bo'ladi. Biroq ushbu konsentrat qayta ishlatilmaydi. Bunday chiqindilarda ko'p miqdorda biologik faol moddalar, jumladan, vitaminlar uchraydi. Ultrasonik ishlov berish yo'li bilan na'matak mevasi chiqindilariga qo'shimcha ishlov berish orqali quruq ekstrakt va bir qator vitaminlar olish mumkin. O'simlikning biologik faol moddalarini tabiiy tarkibida qo'llash inson tana a'zolarini davolash uchun zarur bo'lgan keng ko'lamli farmatsevtik ta'sirlarni ta'minlaydi. Shuningdek, na'matakni birlamchi qayta ishlashda askorbin va 5 foizli sirka kislotasi ajratib olish mumkin. Na'matakning kimyoviy tarkibi, farmakologik xossalarini o'rganish natijasida olingan tahlillar na'matakning vitaminlarga boy, shifobaxsh o'simlik ekanligini ko'rsatadi. Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan na'matak mevalarining damlamasi askorbin kislotasi va C vitaminining tabiiy manbai sanaladi. Bundan tashqari, u bir qator foydali mikroelementlar, shu jumladan kaliy, magniy, kaltsiy va natriyni o'z ichiga oladi. Na'matak organizmning himoya kuchlarini mushtahkamlaydi va kuchaytiradi, qon tomirlarini mustahkamlaydi, yurak ishini barqarorlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi. Hazm qilish tizimini me'yorga keltiradi. Na'matak siropi yoki mevalardan tayyorlangan choy qish mavsumida viruslar faollashganda va immunitet darajasi pasayganda juda samarali hisoblanadi. Agar ushbu xalqona vosita muntazam ravishda qabul qilinadigan bo'lsa, unda shamollashdan saqlanish, shifo jarayonini tezlashtirish va kasallikdan keyin tezroq tiklanish mumkin bo'ladi. Na'matak damlamasi gemoglobinni ko'paytirish va kamqonlik rivojlanishining oldini olishga, gepatit kasalligini davolashda yordam beradi. Na'matak tarkibidagi moddalar antioksidantlik xususiyatiga ega bo'lib, qarish jarayonini sekinlashtirish xususiyatiga ega. Na'matak o'simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na'matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo'laniladi. Na'matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na'matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq-etli qismining moyli ekstrakti (tarkibida asosan karotinoidlar hamda tokoferollar, to 'yinm agan yog' kislotalar va boshqa moddalar saqlanadi) bo'lib, tropikyaralar, ekzema (gush), yeritrodermitning ba'zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo'yiladi. Na'matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar (terining turli yalligManish va diatez kasalligi), sassiq dimog' (ozena), yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlam i davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo'yiladi. Itburun na'matak (R. canina) mevasida 4— 6%, ba'zan 18% cha C, B2, K, B oilasi vitaminlari, 18 mg% cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota, oshlovchi va boshqa moddalar bo'lib, tibbiyotda avitaminozning oldini olish va davolashda qo'llanadi. Na'matakning manzarali turlari — atirgullardan olinadigan xushbo'y efir moyi (atirgul moyi), asosan, parfyumeriyada, undan tayyorlanadigan atirgul suvi (Aqua Rosae) farmatsevtikada dorilarning hidi va mazasini yaxshilash uchun ishlatiladi.

Dori, damlama tayyorlash va ishlatish.

Og'zi yopiladigan idishga 2 stakan suv quyiladi va ustiga 1 osh qoshiq maydalangan (danagidan xolos etilgan) mevadan solib, 10 minut davomida qaynatiladi. So'ngra 1 sutka davomida qo'yiladi. Qaynatma dokada suzib, unga shakar qoshib shira beriladi. Qaynatmadan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi. Pishib yetilgan mevadan 2 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynagan suvga 10 minut past olovda qaynatiladi. Keyin olib 1 soat sovutiladi. Dokadan suzib olib kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

Na'matak suvli ekstrakti. "Xolosas" ni dorixonadan olib, bolalarga choy qoshiqda, kattalarga osh qoshiqda kuniga 3 mahal beriladi.

100 gr mahsulotning oziqaviy qiymati

Oziqaviy qiymati

Kaloriyasi 162 kkal

Yog'lar 0.3 g

Uglevodlar 38 g

Oqsil 1.6 g

Natriy 4 mg

Kaliy 429 mg

Temir 11 mg

Magniy 69 mg

Vitamin A 217 mg

Vitamin B6 0,1 mg

Vitamin C 426 mg

Shifobaxsh damlamalari

Na'matak — erta bahorda chiroyli pushti rangli gullaydigan, yozning oxiri va sentyabr oyining boshida pishib yetilgan mevalari bilan quvontiradigan ko'p yillik buta. Xalq orasida bu o'simlik «yovvoyi atirgul» deb ham ataladi.Uning gullari dorivor xususiyatlarga ega emas, ammo mevalari xalq tabobatida keng qo'llaniladi. Odatda tabobatda na'matak damlamasidan foydalaniladi. Shifokorlar shamollashning oldini olish va davolash uchun tavsiya etishadigan na'matak mevalarining damlamasi — askorbin kislotasi yoxud vitamin C ning tabiiy manbai sanaladi. Ushbu o'simlik mevalarida C vitamini ekzotik limon va apelsinga qaraganda 50 barobar, qora smorodina tarkibidagidan esa 10 barobarga ko'proq. Bundan tashqari, u bir qator foydali mikroelementlar, shu jumladan kaliy, magniy, kaltsiy va natriyni o'z ichiga oladi.

Kuz-qish davrida ichishni tavsiya etiladigan damlama odam organizmiga qanday ta'sir qiladi? Bunday vositaning xususiyatlari quyidagilardan iborat. Organizmning himoya kuchlarini mushtahkamlaydi va kuchaytiradi;

Qon tomirlarini mustahkamlaydi;

Yurak ishini barqarorlashtiradi;

Qon bosimini pasaytiradi;

Hazm qilish tizimini me'yorga keltiradi;

Xolesterin darajasini pasaytiradi;

Organizmni hujayra darajasida intoksikatsiya qiladi (na'matak kuchli antioksidant ta'sirga

ega);

Barcha a'zolar regeneratsiyasini rag'batlantiradi.

Homiladorlik paytida na'matak alohida ahamiyatga ega. Na'matak damlamasi bo'lajak onalarga toksikoz xurujlarini yengishga, qizil qon tanachalarini yoxud eritrositlar shakllantirishni rag'batlantirishga, gemoglobinni ko'paytirishga va kamqonlik rivojlanishining oldini olishga yordam beradi.

Bunday damlamalar homilador ayollarda sezilarli darajada pasaygan immunitetni rag'batlantiradi. Shunday qilib, O'RVI yoki gripp bilan kasallanish xavfi kamayadi, agar bu sodir bo'lsa ham, unda kasallik oson va asoratlarsiz kechadi.

Na'matak mevasi tarkibida juda ko'p miqdorda C vitamin mavjud (18% gacha boradi). P, K, B guruhi vitaminlari vaflavanoidlar, organik kislotalar, qand, pektin, oshlovchi moddalar, likopin, tuzlardan kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor.

Meva urug'ida E vitamini va moylar bor.

Na'matak mevalari ko'pincha avitaminoz kasalliklarida qo'llaniladi. Urug'dan olingan moyi va mevasining yumshoq qismidan tayyorlangan moyli ekstrakti «karatolin» kuyganni, tropik yaralarni ekzema, teri kasalliklarini, rentgendan kuygan joylar, yarali kolit va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.

Na'matak turlarining ba'zi turlaridan vitaminli kosentlar, sharbat tayyorlanadi, C vitamini olinadi, quruq mevasidan tabletka va habdori tayyorlanadi. Askorbin kilota ko'p kompleks dorilar tarkibiga kiradi.

Mevasidan tayyorlanadigan xolosas preparati jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Xalq tabobatida damlama va qaynatmalaridan me'da-ichak kasalliklari, bachadondan qon oqishini to'xtatuvchi, isitma tushiruvchi, o't va siydik haydovchi sifatida ishlatiladi. Bu damlama bilan milk shamollashi va qon oqishida chayiladi.

Na'matak mevasi odamni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilash, urug'lari esa buyrak va siydik yo'llari kasalliklarida haydovchi sifatida ishlatiladi.

Mahsulotning tashqi ko'rinishi

Tayyormahsulot har xil shakldagi (sharsimon, tuxumsimon yoki cho'ziq-tuxumsimon) va katta-kichiklikdagi (uzunligi G,7-3 sm, diametri G,6-1, 7 sm), to'q sarg'ish-qizil yoki to'q qizil rangli soxta mevadan iborat. Soxta mevaning uch tomonida teshikchalari bor (gulkosachasidan tozalangandan so'ng hosil bo'ladi).Mahsulotning ustki tomoni yaltiroq, burishgan, ichki tomoni esa xira. Yong'oqchalari (haqiqiy mevasi) qattiq, sariq rangli, burchakli bo'lib, oq tuklar bilan qoplangan. Mahsulot hidsiz, ustki devori nordon-shirin, bir oz burishtiruvchi mazaga ega.

XI DFga ko'ra butun mahsulot uchun: namligi 15%, umumiy kuli 3%, na'matak boshqa qismlarining aralashmalari (poya, barg, kosachabarg va meva bandlari) 2%, qoraygan, kuygan, hasharotlar bilan zararlangan mevalararalashmasi 1 %, teshigining diametri 3 mm li elakdan o'tadigan maydalangan mevalar, shu jumladan, ayrim yong'oqchalar 3%, organik aralashmalar G,5% va mineral aralashmalar G,5% dan oshmasligi lozim. Qirqilgan mahsulot uchun: namligi 15%, umumiy kuli 3%, tuklardan va yong'oqchalardan tozalanmagan meva qismi 5%, yong'oqchalar, tuklar, gul bandi va butun mevalar aralashmasi 0,5%, qoraygan, kuygan va hasharotlar bilan zararlangan qismlari 1%, organik aralashmalar G,5% va mineral aralashmalar 0,5% dan oshiq bo'lmasligi kerak. XI DF ga ko'ra xolosas, karotolin va sharbat tayyorlanadigan mahsulot tarkibida organik kislotalar miqdori 2,6% dan kam bo'lmasligi, namligi 15% dan, umumiy kuli 4% dan, na'matakning boshqa qismlari (shoxchalar bo'lakchalari, gul kosachasi vameva bandi) 2% dan, qoraygan, kuygan, hasharotlar bilan zararlangan va kasallangan mevalar 3% dan, teshigining diametri 3 mm bo'lgan elakdan o'tadigan meva bo'lakchalari, jum ladan,

yong'oqchalar 3% dan, pishmagan (yashil rangdan sariq ranggacha bo'lgan) mevalar 5% dan, organik aralashmalar 0,5% dan va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak. Xolosas preparati asosan itburunna'matakmevasidan,karotolinpreparativa sharbat na'matakning hamma turlari mevasidan tayyorlanadi.

O'stirish texnologiyasi

Na'matak turlari ko'p urug' va meva berishi bilan birgalikda polikarpik o'simlik hisoblanadi. Adabiyotlarda ko'rsatilishicha va olib borilgan tajribalar natijalari na'm atak urug'larini qiyin unuvchi urug'lar qatoriga kirishi aniqlangan. Haqiqatan ham tabiatda bu o 'simlikni yosh nihollari kamdan-kam hollarda uchrashi kuzatilgan. Na'matak urug'larini tayyorlashda O'zbekiston sharoitida avgust oyini birinchi yarmida o'simlik mevasi sarg'ish-qizg'ish rangga o'ta boshlaganda yig'iladi. O'simlik mevalari urug'idan ajratilib, 1 qism uruqqa 3 qism qum bilan aralashtiriladi. Aralashma 60-70 sm chuqurlikdagi o'raga solinib usti yopilgan holda, har 10-15 kunda namlab, iloji bo'lsa 1 oyda bir marta urug'larni chuqurdan olib yana aralashtirilgan holda qayta ko'mib qo'yiladi. Urug'lar shu usulda stratifikatsiya qilinganda ularni unuvchanligi ortadi. Tayyorlangan urug'lar kuzda 30- 35 sm chuqurlikda haydalgan, go'ng va fosforli o'g'itlar bilan o'g'itlangan, boronalab tekislangan yerlarga (erta bahorda), qator oralig'i 65-70 sm li jo'yaklarga sepiladi yoki 55-65 sm jo'yaklarga ko'chat oralig'i 10-15 sm qilib 3-4 tadan urug'lar 1,0-1,5 sm chuqurlikda ekib chiqiladi. Ekilgan urug'larni ustiga 1 sm qalinlikda mayda chiritilgan go'ng yoki yog'och qipig'i ham sepilsa namlikni saqlab turishga yordam beradi. Shu bilan birga nihollarni sovuq urishidan asraydi. Bahorning kelishiga qarab, dastlabki nihollar mart oyining birinchi dekadasida o'sib chiqadi. Mart oyida o'simlikni begona o'tlardan tozalab qator oralariga ishlov beriladi. Har oyda 3-4 martadan sug'orilib, kultivatsiya qilinadi. May-iyun va iyul oylarida gektar hisobiga 50-60 kg azotli o'g'itlar bilan oziqlantirish nihollarni yaxshi o'sishiga yordam beradi.

Na'matakning meva va urug'lari.

Na'matak o'simligida zam burug'li un shudring kasalligi tez tarqalishi mumkinligini hisobga olgan holda aprel oyidan boshlab har oyda ikki martadan oltingugurt kukuni purkab turiladi. Ayrim na'matak o'simligini pol-pol qilib ham ekish mumkin. Buning uchun yuqoridagi usulda tayyorlangan urug'larni kech kuz noyabr-dekabr oylarida yoki fevral oyida uzunligi 5-8 m, 166 eni 1,0-1,5 ш pol qilinib tuproqlari yumshatilib, fevral oylarida urug'lar sepiladi. Urug'ni ustiga 1,5-2,0 sm qalinlikda chiritilgan go'ng yoki yog'och qipig'i sepiladi. Yog'ingarchilik kam bo'lgan vaqtlarda urug' ekilgan maydonlar sug'orilib turiladi. Nihollar unib chiqqandan keyin ham azotli o'g'itlar bilan oziqlantirilib, tez-tez sug'orib turiladi. May oyida nihollarga oltingugurt kukuni purkaladi. Yaxshi parvarish qilinganda may oyining birinchi dekadalarida nihollarni bo'yi 10-15 sm, poyada 6-8 tagacha barglar paydo bo'ladi va ildizlari 10-12sm ga etadi. Shu nihollarni ildizlarini 1,0-2,0 sm chilpib, qator oraliqlari 60-65 sm, ko'chat oralig'i 10-15 sm qilib suv quyilib zaxlatilgan egatlarga ekib chiqiladi va tez-tez sug'orilib turiladi.

REFERENCES

1. Ш.Т. Хужаев, Э.А.Холмуродов " Энтомология, кишлок хужалик экинларини х,имоя к;илиш ва Агротоксикология асослари " Тошкент -2014.

2. Sh.T.Xo'jayev " O'simliklarni zararkunandalardan uyg'unlashgan himoya qilishningzamonaviy usul va vositalari" Toshkent- 2015

3. Г.Д. Абдуллаева. М.К.Мирзаитова. Н.К.Сиддикова . "Вридители шиповника" Вестник наука и образаванияб (24-3(78))- 2019 г

4. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

5. Tangirova G.I (2020). ИНТЕРАКТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ И ЕГО ДИДАКТИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ. Science and Education, 1 (Special Issue3).

6. Shofqorov, A. M., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Alimova, E. B. (2020). O'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI MAQOLLARDA "DO'STLIK" KONSEPTI IFODALANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

7. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O'ZBEK VA XORIJIY TILLARDA ANTONIMLAR TAVSIFI, O'RNI VA ULARNIG TURLI JIHATDAN TASNIFLANISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.