INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
NOYOB TURDAGI DORIVOR O'SIMLIKLAR BIOEKOLOGIYASI VA
TIBBIYOTDAGI AHAMIYATI 1Isaqov Tohirjon Tursunboy o'g'li, 2Mamatyusupova Ro'zixon G'ofirjon qizi, 3Esonova
Iroda Usmon qizi
1Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, assistent
O'zbekiston, Andijon 2,3Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, talaba O'zbekiston, Andijon https://doi.org/10.5281/zenodo.8013787
Annotatsiya. Ma'lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50 % dorivor o'simliklar xon-ashyosidan tayyorlanadi. Biroq tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli ular kamayib, yo'qolib ketish arafasiga kelib qolgan. Ushbu maqolada noyob dorivor o'simliklarning biologik tuzilishi, kimyoviy tarkibi va tibbiyotda ishlatilishi haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Xantal, chakanda, gangituvchi bozulbang, afsonak, poya, barg, gul, meva, ildiz, vitamin, moy, avitaminoz, oshlovchi moddalar, ipekakuana, efir moyi, lagoxilin, karotin, gemofiliya, flavanoidlar.
Xantal (Sinapis juncea) o'simligi krestguldoshlar (Brassicaceae) oilasiga mansub. O'simlikni asosan 2 ta turi bor qora xantal va qo'ng'ir xantal.
Qo'ng'ir xantal bir yillik, bo'yi 40-50 sm ga yetadigan o't o'simlik. Poyasi tik o'suvchi, shoxlangan, tuksiz. Ildizoldi va poyaning pastki barglari patsimon qirqilgan, lirasimon bo'lib poyada bandi bilan ketma-ket o'rnashgan. Barglari poyaning yuqori qismiga chiqqani sari siyraklashib, plantikasi kamroq qirqilib va bandi qisqarib boradi. Poyaning uchki qismidagi barglari butun va poyada bandsiz o'rnashgan. Gullari shingilga o'rnashgan to'pgul. Kosachabargi 4 ta, tojibargi 4 ta, tilla-sariq rangga bo'yalgan, otaligi 6 ta bo'lib, shundan ikkitasi kalta, onalik tuguni ikki xonali, yuqorida joylashgan. Mevasi-chiziqsimon, ingichka, usti g'adir-budur, poyaga yonboshlamagan va pishganda ochiladigan 7-12 mm uzunlikdagi qo'zoq xisoblanadi. Urug'i mayda, yumaloq shaklli, och sariq yoki qo'ng'ir. May oyida gullaydi, mevasi iyulda pishib yetiladi.
Qo'ng'ir xantalning asosan urig'i tarkibida 15% sinigrin glikozidi bo'ladi. Sinigrin urug' tarkibidagi mirozin fermenti tasirida glukoza, kaliy bisulfat va allilizotiotsianatga parchalanadi. Xantal urug'ida 1.17-2.89 % efir moyi, 23-47 % yog' va 26% gacha oqsil moddalar, vitaminlardan A, B, C, K mavjud. Bundan tashqari xantal tarkibida oqsillar, uglevodlar, shaker kabilar bor.
Xantal o'simligidan tayyorlangan preparatlar yallig'lanish xarakteriga ega bo'lgan kasalliklarda, miozit, bronxit va bod kasalliklarida qo'llaniladi. Xantal yog'larni parchalaydi va oqsillarni hazm qilishini rag'batlantiradi, shuning uchun organizmda metobolizmni yaxshilaydi. Minerallar tufayli xantal qon tomirlari va yurak faoliyatini yaxshilaydi, suyak tizimini mustahkamlaydi va tirnoq va sochlarning sog'lig'ini saqlaydi. Xantal mahsuloti tarkibidagi to'yinmagan yog' kislotalar tanadan zararli xolesterolni tanadan olib chiqib ketadi.
Strafantus (Strophanthus) o'simligi kendirdoshlar (Apocupaseae) oilasiga mansub ko'p yillik liana o'simlik bo'lib, bargi tuxumsimon, sertukli, o'tkir uchli, poyada qarama-qarshi
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
o'rnashgan. Gullari yarimta soyabonga to'plangan. Gulkosachasi chuqur 5 ga qirqilgan, tojbargi 5 ta bo'lib, ustki tomoni oq, ichi esa sariq. Xar qaysi tojibargning uchki qismida osilgan, uzun, buralgan ipchalari bo'ladi. Otaligi 5 ta, onalik tuguni yarim pastga joylashgan. Mevasi- ikki bo'lakli, to'q qo'ng'ir rangli, bir xonali, ko'p urug'li, 1 m uzunlikdagi pishganda ochiladigan bargcha.
Strofant o'simligining urug'idan K-strofantozid, K-strofantin, simarin va shu kabi yurak glikozidlari ajratib olingan. Urug'i tarkibidagi glikozidlar yig'indisining miqdori 8-10 %, K-stofantozid miqdori 2-3 % bo'ladi. Urug' tarkibida yurak glikozidlaridan tashqari 30 % yog', saponinlar va boshqa moddalar bor.
Strofant o'simligining preparatlari yurak kompensatsiyasi buzilishida, nefrit, yurak astmasi hamda ba'zi og'ir, yuqumli va boshqa kasalliklar natijasida yurak ishini qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Gangituvchi bozulbang (Lagochilus inebrians) yasnotkadoshlar (Lamiaceae) oilasiga kiradigan ko'p yillik, bo'yi 20-70 sm ga yetadigan o't o'simlik. Poyasi sershox, ko'tariluvchi, asos qismi yog'ochlangan, to'rt qirrali, qattiq bezli tuklar bilan qoplangan. Bargi oddiy, uch-besh bo'lakka qirqilgan, poyada bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari pushti rangli, poyada va shohlarida yarim-xalqa shaklida joylashgan. Mevasi- 4 ta yong'oqcha.
Bozulbang tarkibida vitamin K, 0.6-1.97% lagoxilin, 0.67% flavon glikozidlar, 0.0680.22 % efir moyi, 0.20 % staxidrin, 44-77 % askorbin kislota, 6-7 % organik kislotalar, 5-10 % karotin, 2.58-2.78 % oshlovchi va boshqa moddalar hamda kalsiy, temir tuzlari bo'ladi. Bozulbang bargi tarkibida lagoxilin, 0.03 % efir moyi, 11-14 % oshlovchi moddalar, organik kislotalar, 7-10 % karotin va 77-100 % vitamin C bor.
Bozulbangning dorivor preparatlari bachadondan, o'pkadan qon oqishini, burun qonashini va gemorroidal qon oqishini to'xtatish, gemofiliya hamda Verlgof kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi.
Jumrutsimon chakanda (Hippophae rhamnoides L.) jiydadoshlar (Elaeagnaceae) oilasiga kiruvchi bo'yi 4-5 m ga yetadigan ikki uyli buta yoki daraxtcha. Poyasi sershox va tikanli bo'lib, qo'ng'ir-yashil po'stloq bilan qoplangan. Bargi oddiy, chiziqsimon yoki chiziqsimon-lansetsimon, tekis qirrali, yuqori tomoni kulrang-to'q qizil, pastki tomoni esa oq yoki qo'ng'ir rang yulduzsimon tangachalar bilan qoplangan, shuning uchun biroz sarg'ish, qo'ng'ir kulrang yoki oq tusli. Barglari poyada kalta bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari bir jinsli, ko'rimsiz. Otalik gullari mayda, kumush-qo'ng'ir rangli bo'lib, kalta boshoqchaga to'plangan. Otalik gulidagi gulqo'rg'oni 2 ta ellipsimon bargchadan tashkil topgan. Changchilari 4 ta, urug'chi gullari 2-5 tadan bo'lib qisqa bandi bilan shoxchalar qo'ltig'ida o'rnashgan. Onalik gulida gulqo'rg'oni naychasimon, ikki bo'lakli, ichki tomoni sariq rangga bo'yalgan. Onalik tuguni bir xonali, yuqorida joylashgan. Mevasi dumaloq yoki cho'zinchoq, to'q sariq yoki qizg'ish rangli, sersuv, danakli meva. Aprel-may oylarida gullaydi, mevasi avgustdan boshlab oktyabrgacha pishadi. Mevasi to'kilmasdan kelasi yil bahorgacha o'simlikda saqlanib qoladi.
Chakanda o'simligining mevasi tarkibida 450 mg vitamin C, vitamin B1, B2, 145 mg %, 60 mg % karotin va boshqa karotinoidlar, folat kislota, 9 % gacha yog', flavonoidlar, 3.65 % qand, ursol lislota, 2.64 % organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bo'ladi. Urug'i tarkibida 12.5 % yog', vitamin B1, B2, 14.3mg % vitamin E va 0.3 mg % karotin bor.
Chakanda moyi yarim quriydigan, quyuq konsistensiyali, to'q sariq, o'ziga xos hidga va mazaga ega. Moy tarkibida 180-300 mg % karotinoidlar, 110-165 mg % vitamin E bo'ladi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
Davolash uchun ishlatiladigan chakanda moyi siqib shirasi olingan mevadan kungaboqar moyida ekstraksiya qilib olinadi.
Chakanda moyi og'riq qoldiruvchi va yarani tez bitiradigan ta'sirga ega. Radioaktiv nurlar bilan davolanganda uning ta'siridan zararlangan teri, shilliq pardalar, yaralar va kuygan qizilo'ngach hamda me'da shilliq qavatlari, me'da yarasi, vitamin yetishmasligidan kelib chiqqan avitaminoz hamda ba'zi ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
Afsonak (Thermopsis) dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga kiradigan ko'p yillik, bo'yi 1040 sm ga yetadigan o't o'simlik bo'lib, undan tik o'suvchi, shoxlanmagan yoki kam shoxlangan bir nechta poya o'sib chiqadi. Bargi panjasimon uch plastinkali bo'lib, qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o'rnashgan. Gullari sariq, shingilga to'plangan, kapalakguldoshlarga xos tuzilgan. Mevasi cho'ziq, pishganda ochiladigan dukkak xisoblanadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust-sentyabrda pishadi.
O'simlikning yer ustki qismi tarkibida 0.5-3.6 % alkaloid bo'ladi. XI DF ga ko'ra, o'simlikning yer ustki qismida alkaloidlar yig'indisining miqdori 1.5 % dan kam bo'lmasligi kerak. O'simlik tarkibida alkaoidlardan tashqari saponinlar, oshlovchi moddalar, flavanoidlar hamda termopsilansin glikozidi bor.
Afsonak turlarining preparatlari balg'am ko'chiruvchi, sitizin alkaloidi esa nafas markazini qo'zg'atuvchi dori sifatida ishlatiladi. Afsonak chet eldan keltiriladigan, balg'am ko'chiruvchi ta'sirga ega bo'lgan ipekakuana o'simligining ildizi o'rnida ishlatishga tavsiya etilgan va shu maqsadda ishlatiladi. Afsonak me'da shirasining ajralishini kuchaytiradi. Shuning uchun uning dorivor preparatlari me'da va ichak kasalligi bo'lgan bemorlarga berish to'g'ri kelmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Respublikamiz sharoitida o'sadigan dorivor o'simliklarni juda xam turlari ko'p. Mahalliy aholi bunday o'simliklarning mo'jizaviy kuchi haqida oldindan bilishadi. Ular iste'mol qilinadi, ziravor sifatida ovqatlarga qo'shiladi, choy damlanadi, dori sifatida ishlatiladi, shuningdek kosmetologiya yo'nalishida ham qo'llaniladi. Kundalik turmushimizda iste'mol etiladigan meva, sabzavot, ziravorlar bilan birga dorivor o'simliklardan uy sharoitida damlama, qaynatmalar tayyorlab, turli xil kasalliklarni oldini olish mumkin. Har bir mahsulot tarkibida tabiiy minerallar, vitaminlar va biologik faol moddalar mavjud.
REFERENCES
1. Isaqov, T., & Mamatyusupova, R. (2022). MEDICINAL PROPERTIES OF ALOE PLANT. Science and Innovation, 1(7), 623-626.
2. Topvoldiev, T., Mirzayeva, Z. O. K., & Isaqov, T. T. O. G. L. (2021). GROWING BITTER WATERMELON IN UZBEKISTAN AND ITS HEALING PROPERTIES. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1433-1436.
3. Isaqov, T., & Esonova, I. (2022). MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN MEDICINE. Science and Innovation, 1(7), 428-433.
4. Isaqov, T., & Mamatyusupova, R. (2022). ALOE O 'SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI. Science and innovation, 1(D7), 623-626.
5. Isaqov, T., & Esonova, I. (2022). QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O 'SIMLIKLAR VA ULARNING TIBBIYOTDA QO 'LLANILISHI. Science and innovation, 1(D7), 428-433.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
6. Исаков, Т. Т. (2021). CYNARA SCOLYMUS L.) БИОЭКОЛОГИЯ РАСТЕНИЙ И АГРОТЕХНИКА РОСТА. Экономика и социум, (12-1 (91)), 1079-1082.
7. Исаков, Т. Т. (2021). БИОЛОГИЯ РАСТЕНИЙ МАКСАР (CARTHAMUS L.) И ЗНАЧЕНИЕ В НАЦИОНАЛЬНОЙ ЭКОНОМИКЕ. Экономика и социум, (11-1 (90)), 1044-1047.
8. Исаков, Т. Т. (2021). ВИДЫ РАСТЕНИЙ АДОНИСА И ЛЕКАРСТВЕННЫЙ ПРЕПАРАТ. Экономика и социум, (12-1 (91)), 1075-1078.