Научная статья на тему 'DORIVOR XOM ASHYOSI BARG XISOBLANGAN O‘SIMLIKLARNI TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI'

DORIVOR XOM ASHYOSI BARG XISOBLANGAN O‘SIMLIKLARNI TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
529
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Oddiy belladonna / angishvonagul / evkalipt / oddiy oqqaldirmoq / qora mingdevona / qalampir yalpiz / uchbarg / katta zubturum / ortosifon (buyrak choy) / dorivor marmarak / sano / oddiy bangidevona / ikki uyli gazanda / oddiy toloknyanka / oddiy brusnika

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — M.A.Abdurahimova

Xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o‘simliklarning soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha ko‘p. Oddiy belladonna Atropa belladonna L.; Kavkaz belladonnasi Atropa caucasica Kreuyer; ituzumdoshlar Solanaceae oilasiga kiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DORIVOR XOM ASHYOSI BARG XISOBLANGAN O‘SIMLIKLARNI TIBBIYOTDA QO‘LLANILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

DORIVOR XOM ASHYOSI BARG XISOBLANGAN O' SIMLIKLARNI TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI M.A.Abdurahimova

FarDU o'qituvchi https://doi.org/10.5281/zenodo.8002599

Annotatsiya. Xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o'simliklarning soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha kop. Oddiy belladonna - Atropa belladonna L.; Kavkaz belladonnasi - Atropa caucasica Kreuyer; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.

Kalit so'zlar: Oddiy belladonna, angishvonagul, evkalipt, oddiy oqqaldirmoq, qora mingdevona, qalampir yalpiz, uchbarg, katta zubturum, ortosifon (buyrak choy), dorivor marmarak, sano, oddiy bangidevona, ikki uyli gazanda, oddiy toloknyanka, oddiy brusnika.

Ma'lumki, xalq tabobatida ishlatiladigan dorivor o'simliklarning soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha ko'p. Masalan, O'zbekiston xalq tabobatida 500 dan ortiq o'simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin shulardan l00 dan ortig'i ilmiy tibbiyotda ishlatiladi.

Agar xalq tabobatida ishlatiladigan o'simliklar har taraflama va chuqur o'rganilsa, ularning ichidan shifobaxsh xususiyatga ega bo'lganlarini topilishi aniqdir.

Belladonna bargi, yer ustki qismi va ildizi - folla, herba yet radices belladonnae

Oddiy belladonna - Atropa belladonna L.; Kavkaz belladonnasi - Atropa caucasica Kreuyer; ituzumdoshlar - Solanaceae oilasiga kiradi.

O'simlikning hamma qismi zaharli.Dorivor belladonna o'simligi poyasining yuqori qismi bezli tuklar bilan qoplangan, tojbargi to'qroq. Kavkaz belladonnasining poyasi tuksiz bo'ladi.

Tibbiyotda har ikkala o'simlik ham bir xilda ishlatiladi.

Mahsulot tayyorlash. Yovvoyi holda o'sadigan o'simlik bargi bir yozning o'zida 2 marta qo'l bilan terib olinadi. Plantatsiyalarda o'stiriladiganlarining bargi yoz bo'yi 3-4 marta yig'ilaveradi. O'simlik gullashi bilanoq poyaning pastki qismidagi barglar, gullash oxirida esa yangi shoxlardagi barglar yig'iladi. Urug' hosil bo'lganidan so'ng o'simlikning yer ustki qismi 10 sm uzunlikda o'rib olinadi. Agar o'simlik o'rib olinganidan so'ng yangi shoxlar paydo qilsa, ulardagi barglar ham 1-2 marta yig'ib olinadi. O'rib olingan mahsulotni 4 sm uzunlikda qirqib, so'ngra quritiladi.

Plantatsiyalardagi belladonna 5-6 yil davomida o'stiriladi. Oxirgi marta yer ustki qismi o'rib olingandan keyin ildizini kovlab, yuvib, tuproqlardan tozalanadi va 10-20 sm uzunlikda (ko'pincha uzunasiga ham) qirqiladi.

O'simlik ildizi ochiq yerda, bargi va yer ustki qismi quritgichlarda (400 dan oshiq bo'lmagan haroratda) quritiladi. Agar barg ochiq havoda uzoq vaqt quritilsa, alkaloidlari parchalanib ketishi mumkin.

Qirqilgan yer ustki qismi va ildizi galen preparatlari tayyorlash hamda ildizidan atropin alkaloidi olish uchun zavodlarga yuboriladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot o'simlik bargidan, yer ustki qismidan va ildizidan iborat.

Belladonnaning bargi oddiy, ellipssimon va tuxumsimon, o'tkir uchli, tekis qirrali, yashil yoki qo'ng'ir-yashil rangli, kalta bandli, yupqa, tuksiz, mo'rt, uzunligi 25 sm ga, eni 13 sm ga yetadi. Mahsulot hidsiz bo'lib, achchiq-o'tkir mazasi bor.

Barg namni tez tortib oladigan - gigroskopik bo'lganligi sababli, uni quruq xonalarda va og'zi yopiladigan idishlarda saqlash kerak.

Mahsulot tarkibida alkaloidlardan tashqari oz miqdorda uchuvchan asoslar: N-metilpirrolin, N-metilpirrolidin va piridin, ildizida yana kusgigrin bo'ladi. Atropin, giossiamin, skopolamin (giossin), apoatropin (atropamin) va belladonin belladonnaning asosiy alkaloidlaridir.

Belladonna o'simligining yer ustki qismida alkaloidlardan tashqari, davolash uchun ahamiyatsiz bo'lgan metileskulin glikozidi ham bo'ladi. Uning fluoressensiya berish xususiyati bor, shuning uchun belladonna o'simligi bilan zaharlanganlikni aniqlashda sud tibbiyot (sud-meditsina) ekspertizasida katta ahamiyatga ega.

Bargdan tayyorlangan spirtli ajratmaga ammiak eritmasidan bir tomchi tomizilsa, eritmada glikozid metileskulin yoki uning aglikoni metileskuletin ("xrizatrop kislota") bo'lgani uchun ko'k fluoressensiya hosil bo'ladi.

Ishlatilishi. Belladonna preparatlari turli spazmatik hollarda (ichak va siydik yo'llari spazmida) antispazmatik hamda me'da va o'n ikki barmoq ichakning yara kasalligida, xoletsistit, o't pufagining tosh kasalligida, buyrak sanchig'ida og'riq qoldiruvchi dori sifatida, shuningdek, bronxial astma kasalligini davolashda hamda so'lak va shilliq bezlari ajratadigan suyuqlikni kamaytirishda ishlatiladi. Bulardan tashqari, ko'z kasalliklarida ko'z qorachig'ini kengaytirish uchun ham qo'llaniladi. Ildiz preparati Parkinson kasalligini davolash uchun beriladi.

Belladonna o'simligining alkaloidlaridan tibbiyotda atropin va skopolamin ishlatiladi, giossiamin ko'proq zaharli bo'lgani uchun ishlatilmaydi.Dorivor preparatlari. Atropin alkaloidining tuzi - atropin sulfat, bargidan va yer ustki kismidan quyuq hamda quruq ekstrakt, nastoyka tayyorlanadi.

Ildizning vinoda tayyorlangan qaynatmasi.

Bargi astmaga qarshi ishlatiladigan yig'ma-kukun (poroshok) tarkibiga kiradi.

Bulardan tashqari, belladonna bargi va ildizidan tayyorlangan ekstraktlar "korabella" tabletkasi, solutan, bekarbon, besalol, bellalgin, bellastezin, bepasal, me'da kasalligida ishlatiladigan tabletkalar, "betiol" shamchasi, "anuzol" shamchasi, o'simlik alkaloidlarining yig'indisi esa bellataminal, akliman (Chexoslovakiyada chiqariladi), lenbiren (Ruminiyada chiqariladi) kabi murakkab preparatlar tarkibiga kiradi.

EVKALIPT BARGLARI VA MOYI -Chiviqsimon evkalipt - Eucalyptus viminalis Labill.; kulrang evkalipt - Eucalyptus cinerea F.et Mull. sharsimon (zangori) evkalipt -Eucalyptus globulus Labill.; mirtadoshlar - Myrtaceae oilasiga kiradi.Chiviqsimon evkalipt 50 m gacha balandlikdagi doim yashil daraxt. Poya po'stlog'ining po'kagi (probka qismi) silliq, oq rangli, deyarli butunlay ko'chib tushib ketadi. Yosh barglari tor yoki keng lansetsimon, yaltiroq, och yoki to'q yashil, uzunligi 5-10 sm, eni 1,5-3 sm bo'lib, bandsiz (yoki poyani o'rab oluvchi) poyada qarama-qarshi joylashadi. Qari barglari lansetsimon yoki o'roqsimon biroz qayrilgan, uzunligi 11-18 sm bo'lib, bandi bilan poyada ketma-ket o'rnashgan. Gullari barg qo'ltig'idan o'sib chiqqan soyabonga to'plangan.Kulrang evkalipt bo'yi 25 m gacha bo'lgan doim yashil

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

daraxt. Po'stloq po'kagi to'q jigarrang, shoxlaridagi esa qizg'ish oq rangli bo'ladi. Bo'lak-bo'lak bo'lib ko'chadi. Yosh barglari tuxumsimon, dumaloq yoki yuraksimon-lansetsimon shaklli, uzunligi 3,5-4,5 sm, eni 3-5,5 sm bo'lib, bandsiz yoki qisqa bandi bilan qarama-qarshi o'rnashgan. Qari barglari yuraksimon-lansetsimon, tuxumsimon yoki lansetsimon, uzunligi 10-13 sm, eni5 sm gacha bo'lib, bandsiz yoki bandi bilan qarama-qarshi joylashgan. Gullari barg qo'ltig'idan o'sib chiqqan soyabonga to'plangan.Zangori evkalipt bo'yi 50-70 m ga yetadigan doim yashil daraxt. O'simlikning yosh barglari zangori, tuxumsimon, qalin mum qavat bilan qoplangan bo'lib, poyada bandsiz qarama-qarshi joylashgan, 3-4 yilgi barglari esa to'q yashil, ingichka lansetsimon, o'roqqa o'xshash egilgan bo'lib, qisqa bandlari bilan poyada ketma-ket va yerga nisbatan tik o'rnashgan. Shuning uchun evkalipt daraxti soya bermaydi. Guli yakka-yakka, bandsiz, barg qo'ltig'iga joylashgan. Gulkosachasi naychasimon, onalik tuguni bilan birlashgan. Gul g'unchasida kosacha qopqoq bilan yopilgan bo'lib, otaliklari va 4 ta tojbargini berkitib turadi. Gul ochilganidan keyin qopqoq tushib ketadi. Otaligi ko'p sonli, onalik tuguni pastga joylashgan. Mevasi - to'rt qirrali chanoq.

Evkalipt turlari juda tez o'sadigan yirik daraxt bo'lib, 3 yoshdagisining uzunligi 8 m, 10 yoshdagisi - 25 m keladi. Ba'zi turlarining bo'yi 150 m gacha, tanasining yo'g'onligi esa 25 m gacha yetadi. Evkalipt - 3,5 yoshdan gullay boshlaydi. Evkalipt turlari asosan barglarining tashqi tuzilishi bilan bir-biridan farq qiladi.

Geografik tarqalishi. Evkaliptning vatani Avstraliya. Kavkaz (asosan Adjariya va Abxaziyada, Ozarbayjonda), Ukrainaning janubida (Qrimda), Krasnodar o'lkasining Qora dengiz bo'ylariga yaqin yerlarda, Moldova va boshqa joylarda o'stiriladi. U-120 haroratda qurib qolishi mumkin. Sobiq Ittifoqda yetishtirilgan yangi navlari -140 ga chidaydi.

Evkaliptlar tez o'suvchi va ko'p suv talab qiladigan daraxt bo'lganidan botqoqliklarni quritish va bezgakni yo'qotish maqsadida ekiladi.Plantatsiyalarda dorivor o'simlik sifatida o'stirilgan evkaliptlarning 70 % i chiviqsimon evkalipt va 25 % i kulrang evkalipt hisobiga to'g'ri keladi.

Mahsulot tayyorlash. Evkaliptning uchchala turidan barglar terib olinadi. Bir yillik barglar, asosan noyabr oyidan keyin tayyorlanadi. O'tgan yilgi barglarni hamma vaqt ham yig'ish mumkin.

Mahsulot asosan noyabr oyidan aprelgacha, efir moyini kun to'plagan vaqtida tayyorlanadi. Buning uchun maxsus o'stirilgan plantatsiyalarda daraxtlarning yosh serbargli shoxlari 70-80 sm uzunlikda qirqib olinadi. So'ngra barglari ajralib, 10 sm gacha qalinlikda yoyib quritiladi.

Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Tayyor mahsulot har xil shakldagi barglar aralashmasidan iborat. Zangori evkaliptning 4-5 yilgi barglari bandli, o'tkir uchli, qalin, lansetsimon, kulrang-yashil, uzunligi 10-30 sm, eni 3-4 sm bo'lib, o'roqqa o'xshab qayrilgan. Yosh barglari esa bandsiz, tuxumsimon, zangori rangli, yumshoq, uzunligi 7-16 sm, eni 1-9 sm.Kulrang evkaliptning qari barglari qisqa bandli, cho'ziq tuxumsimon, uzunligi 10-13 sm, eni 1-5 sm. Yosh barglari esa bandsiz, yumaloq - tuxumsimon, uzunligi 3,5-4 sm va eni 3-5,5 sm.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2G23

Har uchchala turdagi barglar plastinkasi tekis qirrali, tuksiz, nihoyatda mayda qora dog'lari ko'p bo'lib, xushbo'y hidi va yoqimli, achchiqroq mazasi bor. Qirqilgan mahsulot 1 - 5 mm li turli formadagi bo'lakchalardan tashkil topgan.XI DFga ko'ra mahsulot namlitsi 14 %, umumiy kuli 5 %, qoraygan va qo'ng'ir rangga aylangan barglar 3 %, evkaliptning boshqa qismlari (shoxcha, gul va mevalap) 2 %, teshigining diametri 3 mm li elakdan o'tadigan mayda qismi 1 % (butun mahsulot uchun,) , organik aralashmalar 0,5 % va mineral aralashmalar 0,5% dan oshmasligi kerak. Qirkilgan mahsulot uchun 5 mm dan yirik bo'lakchalar 5 % dan, teshigining diametri 0,5 mm li elakdan o'tadigan mayda qismi 10 % dan yuqori bo'lmasligi kerak.

Kimyoviy tarkibi. Evkalipt bargi tarkibida 1,5-3 % efir moyi, 10 % oshlovchi va boshqa moddalar bo'ladi. XI DFga ko'ra efir moyining miqdori kulrang va sharsimon evkalipt barglarida 2,5 % dan, chiviqsimon evkalipt bargida 1 %, maydalangan bargda esa 0,8-1,5 % dan kam bo'lmasligi kerak.

Tibbiyotda ishlatiladigan evkalipt efir moyi evkalipt turlarining barglaridan suv bug'i yordamida haydab olinib, so'ngra tarkibidagi turli aldegidlardan tozalanadi. Tozalanmagan efir moyi esa og'iz va burunning shilliq pardalarini qichitadi, kishini aksirtiradi va yo'taltiradi. Shuning uchun bunday moy tibbiyotda ishlatilmaydi.

Ishlatilishi. Evkalipt preparatlari va efir moyi antiseptik xususiyatga ega bo'lganidan bezgak, qizilcha hamda nafas yo'li kasalliklarini davolashda va gijjalarni haydashda ishlatiladi. Bargining damlamasi me'da - ichak kasal-liklari va ginekologik kasalliklarni hamda yiringli yaralarni davolashda qo'llaniladi. Nastoykasi isitmaga qarshi va bronxit, gripp kasalliklari hamda yo'tal tytganda ishlatiladi. Evkalipt efir moyi nafas yo'llari kasallanganda va xonalarga purkash uchun hamda gripp kasalligida ishlatiladigan ingafen tayyorlashda qo'llaniladi.

Dorivor preparatlari. Efir moyi, evkaliptol, bargidan damlama, qaynatma va nastoyka tayyorlanadi.Evkalipt barglaridan bakteriyalarga qarshi ta'sir qiluvchi, xlorofilipt nomli dorivor preparat (barg xlorofillarining aralashmasidan tashkil topgan) olingan. Uning 1 % li spirtdagi, 2 % li moydagi va 0,25% li ampuladagi eritmalari kuygan joylarni, trofik yaralarni, bachadon qini shilliq pardasining jarohatlanishi va boshqa stafilokokk kasalliklarni davolashda qo'llaniladi.

REFERENCES

1. "Tayyor dori turlari texnologiyasi" (laboratoriya mashg'ulotlarini bajarish bo'yicha o'quv uslubiy qo'llanma. Toshkent. "KOLORINT GROU' MCHJ" 2012. 132 b.

2. Dori texnologiyasi. Toshkent. 2009. 1 tom. 236 b.

3. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. "KARLO xususiy firmasi". 2007. 213 b. (laboratoriya mashg'ulotlari uchun qo'llanma)

4. Руководство к лабораторним занятиямъо технологии лекарственних форм. Алмати. "Эффект". 2007. 239 с.

5. Dori texnologiyasi. Toshkent. 2009. 3 tom. 252 b.

6. Tayyor dori turlari texnologiyasi. Toshkent. 2010. "EXTREMUM 'RESS". 367 b. (darslik)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.