Научная статья на тему 'ABU RAYHON BERUNIYNING SAYDANA ASARI-DORIVOR O’SIMLIKLAR XAZINASI'

ABU RAYHON BERUNIYNING SAYDANA ASARI-DORIVOR O’SIMLIKLAR XAZINASI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

720
154
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
olim / asar / ilm fan / dorivor òsimliklar / geodeziya / mineralogiya / geologiya / geodeziya / matematika / arifmetika / tibbiyot / farmakogeneziya / bodom / gulxayri / dalachoy / mavrak / safròt / sachratqi sano

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nargiza Abduvaliyevna Asqarova, Ismigul Sharif Qizi Shavkatova

Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati biz yoshlar uchun baģoyatda ibratli komil inson timsolidir.Ularning bizgacha yetib kelgan asarlari xalqimiz hayotidagi eng boy ma'naviy meroslardan biridir.Ayniqsa ularning " Kitob as-Saydana fit-Tib" asari xalqimiz tavobati uchun dorivor òsimliklar haqida ma'lumot beruvchi eng boy manba desak mubolaģa bòlmaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABU RAYHON BERUNIYNING SAYDANA ASARI-DORIVOR O’SIMLIKLAR XAZINASI»

ABU RAYHON BERUNIYNING SAYDANA ASARI-DORIVOR

O'SIMLIKLAR XAZINASI

Nargiza Abduvaliyevna Asqarova

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o'qituvchisi

Ismigul Sharif qizi Shavkatova Tibbiy pedagogika va Xalq tabobati fakulteti 2-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

Buyuk bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniyning hayoti va faoliyati biz yoshlar uchun bagoyatda ibratli komil inson timsolidir.Ularning bizgacha yetib kelgan asarlari xalqimiz hayotidagi eng boy ma'naviy meroslardan biridir.Ayniqsa ularning " Kitob as-Saydana fit-Tib" asari xalqimiz tavobati uchun dorivor osimliklar haqida ma'lumot beruvchi eng boy manba desak mubolaga bolmaydi.

Kalit so'zlar: olim,asar,ilm fan,dorivor osimliklar, geodeziya,mineralogiya, geologiya,geodeziya, matematika, arifmetika, tibbiyot, farmakogeneziya, bodom, gulxayri, dalachoy, mavrak, safrot, sachratqi sano.

Beruniy — Xorazmning buyuk allomasi, tarix, geografiya, filologiya, astronomiya, matematika, geodeziya, mineralogiya, farmakologiya, geologiya va boshqa ko'plab fanlarda oid qomusiy asarlar muallifi. Beruniy O'rta Sharqda ilk bora Yer Quyosh atrofida aylanishi mumkinligini aytib, Yerning aylana o'lchamini aniqlagan.

Beruniyni chinakam o'rta asrlar Sharqining ilm-fan qomusiy olimi desak mubolag'a bo'lmaydi. Amerikalik tarixchi Dj.Sarton buyuk olim haqida: "Astronomiya va matematika, astrologiya va jo'g'rofiya, antropologiya va etnografiya, arxeologiya va falsafa, botanika va minerologiya uning buyuk nomisiz qashshoqlashib qolgan bo'lardi" degan.

Uning to'liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy. 973 yil 4 sentyabr kuni Xorazmning qadimiy poytaxti Kot shahrida dunyoga kelgan. Beruniy hayotining erta damlari haqida ma'lumot kam, faqat chin yetim bo'lganligi ma'lum. Burni katta bo'lganligi sababli uni "Burunli" deya atashgan. Biroq, ko'rimsiz tashqi ko'rinishi ostida ziyrak aql

290

egasi yashiringan bo'lib, vaziri va amakivachchasi Xorazmshoh Iroq nazari ostiga tushadi. Qarigan chog'ida Beruniy shunday yozadi: "... Iroqlar oilasi menga non-choy berib, odamlar orasiga olib chiqdi..."

U mukammal matematik va falsafiy bilim edi. Beruniyning birinchi ustozi astronomiya, matematika va trigonometriya bo'yicha tayanch asarlar muallifi Abu Nasr Mansur ibn Iroq al-Jadiy bo'lgan.

Beruniyning fikricha, tabiatda barcha narsa tabiat qonuniyati asosida o'zgaradi, bu qonuniyatlarni esa faqatgina ilm-fan yordamida anglash mumkin. Uning asosiy asarlari matematika va astronomiyaga bag'ishlangan bo'lib, Xorazmning xo'jalik hayotida ulkan amaliy ahamiyatga ega bo'lgan - yer sug'orilishi va savdo sayohatlari haqida yozilgan

U davrda astronomiya fani oldidagi masalalar solnomani mukammallashtirish hamda osmondagi yulduzlar orqali Yerning joylashuvini aniqlashdan iborat bo 'lgan. Quyosh va Oyning osmondagi aniqroq joylashuvini belgilab, ekliptikning ekvatorga engashishi, quyosh va yulduz yillarining uzunligi va boshqalar kabi astronomik doimiyliklarni o'lchay olish muhim bo'lgan. Bu esa o'z o'rnida, matematika fani rivojini, xususan, bir tarafadan yassi va sferik trigonometriya, boshqasidan aniqroq belgilash uchun asaboblarni talab qilar edi. Beruniyning bu sohalardagi yutuqlari bir necha asrlar davomida tengsiz yutuq bo'lib xizmat qildi. Beruniy Yer radiusini uning aylana shaklga egaligidan kelib chiqqan holda, deyarli aniq belgilagan (6000 km dan ortiq). Beruniy ayrim astronomik muammolar asosida qadim yunon va qadim hind faylasuflarining taraqqiyparvar g'oyalarini qabul qilib, ularni takomillashtirgan: to'q jismlar, ya'ni sayyoralardan farqli o'laroq, Quyosh va yulduzlarning bir xil olovli tabiatini ma'qullagan; yulduzlar harakatini aniqlab, Yerga nisbatan ularning bahaybat o'lchamini belgilagan; Yerning tortish kuchini o'rgangan. Beruniy Quyosh Yer atrofida emas, balki Yer uning atrofida aylanishini tasdiqlab, Ptolomeyning dunyo geosentrik tizimini ma'qullashga doir barcha gumonlarga nuqta qo'ygan.

U shafaq va kun botishi ufq orqasida yashiringan quyosh nurlaridagi chang zarralarining chiqishi oqibatida yuzaga kelishini tushuntirib bergan. Quyosh tutilishi vaqtida (Quyosh toji) atrofida paydo bo'luvchi yorqin tarovat haqida "Tutunga o'xshash" tabiat fikrini aytgan. Beruniy geodezik o'lchovlarning astronomik usullarini ishlab chiqqan. V. Snelliusdan 600 yil avval masofada trigonometrik o'lcham usulini taklif qilgan. O'sha davrlarda foydalanilgan (astrolyabiya, kvadrant, sekstant) asosiy astronomik asboblarni mukammallashtirgan. 400 yil davomida dunyodagi eng katta hisoblangan radiusi 7,5 metrlik birinchi siljimas kvadrantni Quyosh va sayyoralarni kuzatish

291

uchun ixtiro qilgan. U tomonidan olib borilgan ekliptikaning ekvatorga egilganligini o'lchash ishlari aniqligi bo'yicha ko'p asrlar davomida tengsiz bo'lgan.

Qadimiy xalqlar xronologiyasi" nomli ilk asarida (1000 yil) Beruniy o'sha davrlarda ma'lum bo'lgan barcha xalqlarga tegishli solnoma tizimlarini ta'riflab chiqqan. U tomonidan qilingan astronomik tadqiqotlar va boshqa ilmiy ishlar "Astronomiyaning asosiy boshlanish sharhlari kitobi"da yozilgan.

Kot va Qo'rg'on shaharlarida mahalliy boshqaruvchilar saroylarida, keyinroq shoh Ma'mun saroyida Xorazmda yashagan, taniqli olimlar jamlangan akademiyani boshqargan. Unda Ibn Sino hamda al-Xorazmiylar algebra fani asoschilari bo'lishgan. Ibn Sino bilan o'zaro yozishmalari saqlanib qolgan. Unda Arastu kitobi haqida mulohazalar bilan almashinilgan.

1017 yildan boshlab, ya'ni Xorazm sulton Mahmud G'aznaviy tomonidan bosib olingach, G'azna shahrida sulton Mahmud va uning vorislari Ma'sud hamda Ma'dudlar saroyida yashaydi, Mahmudning Hindistonga qilgan safarlarida qatnashib, bir necha yil shu yerlarda yashaydi ham. Al Beruniy ijodida "G'azna" bosqichi eng sersamara bosqich bo'lgan. Shu yillar Hindistonga qilingan safarlari uning tayanch asari bo'lmish "Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi" ("Hindiston)1030 yil tamomlangan) dan joy olgan. Sulton Mahmudning o'limidan so'ng taxtni uning o'g'li Ma'sud egallaydi. U Beruniyga juda iltifotli bo'lgan. Beruniy M'sud haqida shunday deydi: "U menga butunday ijod bilan shug'ullanishim uchun sharoit yaratib berdi, meni o'z rahnamoligiga oldi..."

Bu yillar Beruniy umumiy jahon xaritasi keltirilgan eng asosiy asari "Ma'sudning astronomiya va yulduzlarga oid qonuni" asarini yozadi.

Beruniyning ilmiy merosi 150 ta asarni o'z ichiga olgan bo'lib, ular matematika, astronomiya, jo'g'rofiya, minerologiya, tarix, etnografiya, filologiya va falsafaga doir. Tabiat hodisalarini tekshiruvchi olim o'rnida u raqaml ar tushunchasi kengayishi, kubik tenglamalar nazariyasi, sferik trigonometriyaga o'z hissasini qo'shgan, trigonometrik jadvalini tuzgan. Arab, fors, yunon, suriy va sanskrit tillarini bilgan va bir tildan boshqasiga tarjima qilishning tabiiy-ilmiy terminologiyalari qoidalarini ishlab chiqqan.

1030 yil yakunlangan "Hindiston" asarida hindlarning yashash tarzi, madaniyati va ilm-fanlari haqida batafsil ma'lumot bergan, ularning diniy-falsafiy tizimlarini bayon qilgan. Al Beruniy o'z ishlarida taqqosiy usuldan foydalangan: "Men hindlarning borlik nazariyasini keltirmoqdaman, bir vaqtning o'zida yunonlar nazariyasini ham keltirib o'tmoqdamanki, bu ikki xalqning o'zaro bog'liqligini

292

yoritmoqchiman", deb yozadi. Shu bilan birga u Gomer, Platon, Arastu, Galen va boshqa yunon olimlarini ham eslab o'tgan, hind va islom fikrlarini taqqoslagan, ayniqsa, so'fiychilik ta'limotini alohida ajratib, hindlardagi sankxi va yoga nazariyalariga juda yaqinligini aytgan. Turli xalqlar an'analarini taqqoslar ekan, slavyanlar, tibetliklar, xazar, turk va boshqa xalqlarning turmush tarzi an'analari haqida aytib o'tgan.

Al Beruniy tomonidan arab grafikasi asosida yaratilgan transkripsiya tizimi ko'p jihatdan hind tilidagi so'zlarni urdu tiliga o'girish bo'yicha zamonaviy tizimidan ilgarilagan.

"Hindiston" asarini yozish bilan bir vaqtda "Sankxi" va "Yogasutra Patandjal" asarlarini arab tiliga tarjima qilib, Ptolomeyning "Evklid va Almagesi"ini sanskritga qayta ishlashni boshlagan.

Tadqiqotchi o'rnida al Beruniy bilimni astoydil tajriba bilan tekshirish kerakligini alohida ta'kidlagan: tadqiqotlar vaqtida yuzaga keluvchi ikkilanishlarni "bartaraf qilish... mumkin ham, shuningdek, qayta tekshirish ham". Al Beruniyning tadqiqotchilik bilimi mushohadaga taqqoslangan edi. Go'yo Arastuning kosmik tizimga oid mushahadalarini shubhaga qo'ygani kabi.

Qarilik chog'ida ko'z nuridan ayriladi, lekin hayotining so'nggi daqiqalarigacha hayot "mexanizmi" tetik ruhdadir, degan. Yerga 1048 yil G'azna shahrida qo'yilgan

O'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy Xorazmning qadimgi poytaxti Kot shahrida tug'ildi va yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi ortib bordi. U o'z zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geogeziya, geologiya, minerologiya, tarix, tibbiyot kabilarni chuqur o'rgandi.

Beruniy 100 dan ortiq kitoblarni yozib bizga meros qoldirgan. Shulardan 30 ga yaqini bizgacha yetib kelgan. Jumladan, «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Xorazmning mashhur kishilari», «Geodeziya», «Munajjimlik san'atining boshlang'ich tushunchalari», «Hindiston», kitoblaridir. Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin ikkita muhim kitobni yozgan. Bulardan biri «Minerologiya»dir . Bu risola o'z zamonasining tengi yo'q asari hisoblangan.

Beruniyning oxirgi asari -«Dorivor o'simliklar haqidagi kitob»ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar «Saydana» nomi bilan mashhur. Bu asarda Beruniy Sharq, ayniqsa Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini bergan. Jumladan "Saydana" asarida 1116 tur dorivorni tavsiflaydi. Shundan 750

293

turi o'simliklardan, 101 turi hayvonlardan, qolgan 255 turi minerallardandir. "Saydana" asarining asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, unda Abu Rayxon Beruniy dorishunoslik o'zi alohida fan bo'lishligini ta'kidlab, shu bilan farmokologiya fanini asoslaydi. Beruniyning mazkur asarida keltirilgan va tibbiyotda hozir ham keng qo'llanib kelinayotgan, ayrimlari bilan tanishtirmoqchiman.

Bodom

Bodom ra'nodoshlar oilasidan, bo'yi 2-5 m, ba'zan 8m ga yetadigan daraxt, shirin va achchiq xillari mavjud. Fevral-mart oylarida gullaydi. Mevasi iyulda pishadi. Mag'zi tarkibida 42-62 % moy, vitamin B2, 2 % emulsiya oshqozon-ichak og'rig'ini qoldirish, bodom moyi esa ich yumshatuvchi dori sifatida ishlatiladi.

Gulxayri

Gulxayri- gulxayridoshlar oilasiga mansub,bo'yi 150-160 sm tik o'sadigan o't o'simlik. Bargi yuraksimon, poyasida ketma-ket joylashadi. Iyundan sentyabrgacha gullaydi. Gullari har xil tusda yakka yoki to'p bo'lib ochiladi. Mevasi yassi, yumaloq, quruq, serurug'. Ildizida shilimshiq moddalar, kraxmal, aspargin mavjud. Balg'am ko'chiruvchi, nafas yo'li yallig'lanishiga qarshi preparat tayyorlashda qo'llaniladi.

Mavrak

Mavrak-labguldoshlar oilasiga mansub, ko'p yillik o't, bo'yi 20-50 sm ga yetadi. Barglari oddiy, uzun bandli, poyasining yuqori qismida qarama-qarshi joylashadi. Iyun-iyul oylarida gullaydi, gullari qisqa bandli, boshoqsimon. Mevasi yassi, yumaloq, yong'oqcha shaklida. Efir moyi olinadi. Yaralanishga qarshi muhofaza vositasi tarzida qo'llaniladi.

Xmel

Xmel-qulmoq tutdoshlar oilasiga mansub ko'p yillik, ikki uyli, bo'yi 6 metrgacha yetadigan o'simlik. Barglari aylana tarzida, to'rt qirrali poyasida qarama -qarshi joylashgan. Iyul oylaridan boshlab gullaydi, guli mayda, boshoqli. Mevasi yong'oqchadan iborat. Tarkibida efir moylari, smola, xmelin alkoloidi mavjud.

Mingdevona

Mingdevona -ituzumdoshlar oilasiga mansub, ikki yillik o't. bargi tuxumsimon, poyada ketma-ket joylashgan. Barglari sariq, to'pgul hosil qiladi. Mevasi ko'p urug'li ko'sakdan iborat. U yoz bo'yi gullab meva beradi. Ildizidan quyuq va quruq ekstrakt dori va moy olinadi. Bargi bronxial astmada chekiladigan astmamatal tarkibiga qo'shiladi.

Ro'yan

Ro'yan-ro'yandoshlar oilasiga mansub, bo'yi 1,5 m ga yetadigan, barglari lansetsimon ko'p yillik o't. Iyul-avgustda

294

gullaydi. Gullari mayda, shingilga to'plangan. Ildizpoyasi tarkibida oksiantraxinon va bir qator hosilalari erkin holda glikozid shaklida uchraydi. Ildizpoyasidan tayyorlangan ekstrakti ilmiy tibbiyotda qo'llaniladi.

Dalachoy

Dalachoy (sariqchoy)-tikn o'suvchi o't, bo'yi 30-100 sm dalachoydoshlar oilasiga mansub o'simlik. Bargi oddiy, poyada qarama-qarshi joylashgan. May-avgust oylarida gullaydi. Gullaгi tillarangli, mevasi uch xonali, seгuгug', pishganda ochiladigan ko'sakdan iborat. Yer osti qismida 10-12 % oshlovchi moddalar, 0,4 % gipeгitsin, bo'yoq moddalar, flavinoidlaг, kaгotin, vitamin C mavjud. Yer usti qismidan damlama, qiyom, suyuq ekstrakt va bakteriorsidimanin preparat tayyorlanadi.

Safroo't

Safгoo't-sigiгquyгuqdosЫaг oilasiga mansub ko'p yillik, balandligi 60 sm ga yetadigan o't. Bailan lansetsimon, qarama-qarshi joylashgan. May-avgust oylarida gullaydi. Guli yakka holda uzun bandi bilan barg qo'ltig'iga birikadi. Mevasi semrng' tuxumsimon ko'sakdan iboгat.

Sachratqi

Sachratqi-muгakkabguldosЫaг oilasiga mansub ko'pyillik o't,bo'yi 30-100 sm ga yetadi. Bargi lansetsimon, poyada ketma-ket joylashadi. Iyun oyidan boshlab sovuq tushguncha gullaydi. Gillari havorang savatchaga to'plangan. Mevasi pista shaklida. Barcha a'zolari sut shirasiga boy. Ildizida achchiq glikozidlintabin, inulin, qand moddasi B1 vitamini, bargida C vitamin bor. Sachratqidan tayyorlangan suyuq ekstrakt qand kasalini davolashda ishlatiladi.

Sano

Sano-dukkakdoshlar oilasiga mansub, bo'yi 1 m gacha yetadigan, yarim buta o'simlik. Poyasi shoxlangan. Bargi juft patli, muгakkab ketma-ket joylashgan. Iyun oyining oxirlarida gullaydi. Gullari shingil hosil qiladi. Mevasi yassi, yapaloq, tuxumsimon, ko'p umg'li danak shaklida. Bargidan damlama va kukun tayyorlanadi, surgi sifatida ishlatiladi.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan mazkur dorivor o'simliklaT Bemniy davгida tabobatda keng iste'molda bo'lgan va tibbiyotda ko'p asrlar taraqqiyot yo'lida muhim ahamiyatga molik bo'lgan, hozir ham farmakologiyada katta axamiyatga egadir. A.R.Beruniy yoshligidan to umrining oxirigacha tabiarni o'rganishga katta ahamiyat bergan. Bu haqda "Saydana" asarida shunday hikoya qiladi: "Yoshligimdanoq qandoq bo'lsa ham ma'rifat olishga qattiq berilgan va shundan lazzatlangan edim. Shohid keltirish

295

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

yuzasidan shuni aytish kifoya: yerimizga bir rumlik kelib qolgan edi. Men unga donlar, urug'lar, mevalar, o'simliklar va boshqa narsalar keltirib nomlarini so'radim va ularni yozib oldim" Mazkur asar 1927 yili Turkiyaning Bursa shahridagi kutubxonadan topilgan. 1973 yili rus tiliga tarjima qilinib, izohlar bilan nashr etilgan

REFRENCES

1. Pirmat Shermuhamedov. "Dahoning tug'ilishi yoxud Abu Rayhon Beruniy qismati". Toshkent sh.

2. Ma'naviyat yulduzlari" (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi.

3. Cochrane Library: Cochrane Reviewshttps://www.cochranelibrary.com

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.