Научная статья на тему 'RA‘NODOSHLAR (ROSACEAE) OILASI VAKILI NA’MATAKNING (ROSA) DORIVORLIK HUSUSIYATI'

RA‘NODOSHLAR (ROSACEAE) OILASI VAKILI NA’MATAKNING (ROSA) DORIVORLIK HUSUSIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
907
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
Rosaceae / Rubus / Hulthemia / Hulthemia / Fragaria / rezavor / pectin / karotin / ateroskleroz / gastrit. / Rosaceae / Rubus / Hulthemia / Hulthemia / Fragaria / berry / pectin / carotene / atherosclerosis / gastritis.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Tursunboyeva Sadoqat Bakirjon Qizi

Maqolada na’matak mevasining xalq tabobatida odamning immunitetini oshirishdagi foydali xususiyatlari: na’matak mevasidan shifobaxsh damlamalar tayyorlash ularning organizmni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilashdagi ahamiyati haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES OF ROSA, A REPRESENTATIVE OF THE ROSACEAE FAMILY

The article talks about the beneficial properties of namatak fruit in folk medicine to increase human immunity: preparation of medicinal infusions from namatak fruit and their importance in strengthening the body and improving metabolism.

Текст научной работы на тему «RA‘NODOSHLAR (ROSACEAE) OILASI VAKILI NA’MATAKNING (ROSA) DORIVORLIK HUSUSIYATI»

RA�NODOSHLAR (ROSACEAE) OILASI VAKILI NA�MATAKNING (ROSA) DORIVORLIK HUSUSIYATI

Tursunboyeva Sadoqat Bakirjon qizi

Andijon davlat Pedagogika instituti

Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Biologiya yo�nalishi 2-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7977054

Qabul qilindi: 26.05.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-05-220-222

Annotatsiya: Maqolada na�matak mevasining xalq tabobatida odamning immunitetini oshirishdagi foydali xususiyatlari: na�matak mevasidan shifobaxsh damlamalar tayyorlash ularning organizmni quvvatlantirish, modda almashinuvini yaxshilashdagi ahamiyati haqida so�z boradi.

Kalit so�zlar: Rosaceae, Rubus, Hulthemia, Hulthemia, Fragaria, rezavor, pectin, karotin, ateroskleroz, gastrit.

Abstract: The article talks about the beneficial properties of namatak fruit in folk medicine to increase human immunity: preparation of medicinal infusions from namatak fruit and their importance in strengthening the body and improving metabolism.

Key words: Rosaceae, Rubus, Hulthemia, Hulthemia, Fragaria, berry, pectin, carotene, atherosclerosis, gastritis.

ASOSIY QISM.

Bu oilaga shimoliy yarimsharning mo�tadil iqlimli mintaqalarida o�sadigan 120 turkumga mansub 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko�p yillik o�tlar kiradi. O�zbekistonda uning 35 turkumga mansub 153 turi o�sadi. Ra?nodoshlar, atirguldoshlar (Rosaceae) � ikki urug? pallali o�simliklar oilasi. Daraxt, buta va o�tlardan iborat. Barglari ketmaket joylashgan. Gullari to?g?ri, asosan, ikki jinsli, yakka yoki ko?pincha to?pgulda o�rnashgan. Changchisi ko?p; meva barglari bitta va ko?p bo?ladi. Mevasi � po?stli, ko?sakcha, olma, danak va boshqa ko?rinishda bo?ladi. Butun yer sharida tarqalgan. Asosan, Shimoliy yarimsharning mo?tadil va subtropik hududlarida tarqalgan.

Rosaceae oilasi ko?pincha quyidagi kenja oilalar: tobulgidoshchalar (mevasi � ko?p po?stli); olmadoshchalar (mevasi� olma); atirguldoshchalar (mevasi � ko?p ko?sakcha); ol xo?ridoshchalar (mevasi � danakcha)ga bo?linadi. Ra�nodoshlar oilasiga mevali (olma, nok, behi, olcha, olvoli gilos, olxo?ri, o?rik, shaftoli va boshqalar), rezavor mevali (malina, qulupnay, maymunjon va boshqalar), manzarali (atirgul, tobulg?i va boshqalar) o?simliklar kiradi. Ra�nodoshchalar oilasiga Maymunjon (Rubus), Na�matak (Rosa), Pochaqirqar (Hulthemia), Qulupnay (Fragaria) kabi turkumlar kiradi.

Quyida biz namatak turkumi va uning dorivorlik xususiyati bilan tanishib chiqamiz.

Namatak (Rosa) guli va mevasining tuzilishi.

Tog� va to�qaylarda na�matak turkumiga mansub turlar o�sadi. Ulardan biri oddiy na�matak (ra�no)dir. U bo�yi 3-4 m ga yetadigan, poyasi ko�p, tikanli sershox buta. Iyun-iyul oylarida gullaydi. Gullari yirik, eni 8-9 sm, asosan och pushti rangda bo�ladi. Na�matakning soxta mevasi to�q qizil, etdor, uzunchoq tuxumsimon, uzunligi 2-3 sm. O�zbekistonda bu turkumga mansub 13 tur o�simlik o�sadi. Na�matak madaniy atigullarning yovvoyi turi hisoblanadi. Na�matak mevasi tarkibida 4-6 %, ba�zan 18% gacha vitamin C, 0,3 mg % vitamin B2, K1, 12-18 mg % karotin, 18 % qandlar, 4-5% oshlovchi moddalar, 2 % atrofida limon va olma kislotalari, 3,7 % pektin va boshqa moddalar bo�ladi. Na�matak urug�ida moy, ildizi va bargida esa oshlovchi moddalar bo�ladi. Na�matak o�simligining mevasi tarkibida bir necha xil vitaminlar aralashmasi bor, shu sababli preparatlari avitaminoz kasalliklarini davolashda va oldini olishda ishlatiladi. Bundan tashqari, na�matak mevasi konditer sanoatida mahsulotlarni vitaminlashtirish uchun qo�llaniladi.

Na�matak turlarining mevasidan karotolin preparati va na�matak moyi tayyorlanadi. Karotolin mevaning yumshoq etli qismining moyli ekstrakti bo�lib, tropik yaralar, ekzema (gush), eritrodermitning ba�zi turlari va yaralangan shilliq pardalarni davolash uchun surtiladi yoki dokaga shimdirilib, shikastlangan joyga qo�yiladi. Na�matak moyi maxsus usul bilan mevadan tayyorlanadi. Moyni tropik yaralar, dermatozlar, sassiq dimog�, yarali kolit, yotoq va boshqa yara, yorilishlarni davolash uchun ularga surtiladi yoki dokaga shimdirilib, qo�yiladi.

Na?matak mevalari tarkibida juda ko�p miqdorda vitamin S (4-8%, ba?zan 18% gacha boradi), P, K, B gruppasi, karotinlar bilan bir qatorda flavonoidlar, qand, organiq kislotalar (olma kislotasi 1,8-2% gacha, limon kislotasi 2% atrofida), pektin va oshlovchi moddalar, likopin va riboksantin, shuningdek kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor. Meva urug�larida vitamin E mavjud. Mevalaridan dori-darmon olinishida katta manba hisoblanadi.V. Kulikov keltirgan ma?lumotlarga qaraganda, o�simlik mevalaridan tayyorlangan preparatlar antiseptik, umumdarmon bag�ishlovchi, aterosklerozga davo bo�luvchi manba sifatida ishlatiladi. Na?matak mevalarida P-vitaminlar yig�indisi bo�lganligi tufayli mayda qon tomirchalari devorlarining elastikligini oshirib, uni mustahkamlaydi.

V.V.Lebedevning keltirgan ma?lumotlariga qaraganda, na?matak ildizlari asosida tayyorlangan qaynatma ovqatni hazm qiluvchi organlarning faoliyatini uyg�unlashtirib, uning fermentative aktivligini me?yorga keltiradi. �.D. Turova na?matak preparatlari, inson organizmida havfli bo�lgan yurak toj tomirlari aterosklerozida holestirin miqdorinin kamaytirishi haqida ma?lumotlar keltiradi. Bundan tashqari na?matak o�t qopchasi kasalligi holetsistitda hamda o�t ajralishini sustlashishi bilan bog�liq bo�lgan kasalliklarda ijobiy natija beradi.

Tibbiyotda ishlatish uchun mevadan damlama, ekstrakt va sharbat (ho�l mevasidan) hamda tabletkalar, holosas kabi dorivor preparatlar tayyorlanadi. Mazkur preparatlar avitaminoz xastaligini, ateroskerozni davolashda, o�t haydash maqsadida, tavsiya etiladi. Mevalari halq tabobatida qadim zamonlardan beri ishlatib kelinadi. Uning mevalaridan tayyorlangan damlamada o�pka sili, jigar, o�t qopchasining yallig�lanishi, ichak, buyrak, qovuq kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Shuningdek, na?matakning mevasi asosida tayyorlangan qaynatma qon to�xtatuvchi, isitma tushiruvchi omil sifatida iste?mol qilinadi.

No�jo�ya ta�siri: Na�matak tarkibidagi askorbin kislotasi tish emalini yemirish xususiyatiga ega. Shu bois o�simlik damlamasidan iste�mol qilgach, og�izni iliq suv bilan chayish kerak. Kimlarga mumkin emas: qizil allergik toshmalarga moyilligi bor kishilarga tavsiya etilmaydi. Shuningdek, oshqozon yarasi, gastrit, yurak xastaliklarida shifokor ko�rsatmasi bilan qabul qilish lozim.

XULOSA.

Har qanday dorivor o�simliklar mevasidan va boshqa qismlaridan damlamalarini shifokor tavsiyasiga ko�ra iste�mol qilish tavsiya etiladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. O�.Pratov, A.S.To�xtayev, F.O�.Azimova. Botanika. �T.: �O�zbekiston�, 2005.

2. S.M.Mustafayev Botanika (anatomiya, morfologiya, sistematika) Flora Uzbekistana. V 6-i t. � Tashkent: AN UzSSR, 1941-1962.

3. O. Mavlonov �Biologiya�. �T.: �Nihol�, 2008.

www.wikipedia.org

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.