Научная статья на тему 'CHILONJIYDA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT, TARKIBI, XALQ TABOBATIDA QO’LLANILISHI, XUSUSIYATLARI VA ULARNING HAR XIL TURLARI, O’STIRISH UCHUN SHAROIT'

CHILONJIYDA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT, TARKIBI, XALQ TABOBATIDA QO’LLANILISHI, XUSUSIYATLARI VA ULARNING HAR XIL TURLARI, O’STIRISH UCHUN SHAROIT Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1511
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GLIKOZIDLAR / ASKORBIN KISLOTA / VITAMINLAR / LARENGIT / ASTMA / O'PKA KASALLIKLARI VA HAR XIL YARALAR / MIRT URUG'I / CHILONJIYDA URUG'I / NEVRASTENIYA / ISTERIYA / KARDIONEVROZ

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Qo'Yliyeva M.U., Ernazarova M., Usmonova M., Imomova Yu.

Chilonjiyda o’simligidan tayyorlangan turli preparat va damlamalarning inson organizmidagi har xil kasalliklarning oldini olish,ularning qo’llanilish va ta’sirini o’rganish.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GENERAL INFORMATION ABOUT CHILANJI, COMPOSITION, APPLICATION IN FOLK MEDICINE, CHARACTERISTICS AND DIFFERENT TYPES, CONDITIONS FOR GROWTH

To study the prevention, application and effects of various drugs and tinctures made from the plant Chilanji in the human body.

Текст научной работы на тему «CHILONJIYDA HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT, TARKIBI, XALQ TABOBATIDA QO’LLANILISHI, XUSUSIYATLARI VA ULARNING HAR XIL TURLARI, O’STIRISH UCHUN SHAROIT»

Qo'yliyeva M.U.

mudiri

Samarqand tibbiyot instituti farmasevtik texnologiya kafedrasi

Ernazarova M. assistenti

Samarqand tibbiyot instituti farmasevtik texnalogiya kafedrasi

Usmonova M. assistenti

Samarqand tibbiyot institute farmasevtik texnalogiya kafedrasi

Imomova Yu. assistenti

Samarqand tibbiyot institute farmasevtik texnalogiya kafedrasi

CHILONJIYDA HAQIDA UMUMIY MA'LUMOT, TARKIBI, XALQ TABOBATIDA QO'LLANILISHI, XUSUSIYATLARI VA ULARNING HAR XIL TURLARI, O'STIRISH UCHUN SHAROIT

Annotatsiya: Chilonjiyda o 'simligidan tayyorlangan turli preparat va damlamalarning inson organizmidagi har xil kasalliklarning oldini olish,ularning qo'llanilish va ta'sirini o'rganish.

Kalit so'z: Glikozidlar, askorbin kislota, vitaminlar, larengit, astma, o'pka kasalliklari va har xil yaralar, mirt urug'i, chilonjiyda urug'i, nevrasteniya, isteriya, kardionevroz.

Qo'yliyeva M.U.

head of the department of pharmaceutical technology

Samarkand Medical Institute Ernazarova M. assistant

department of pharmaceutical technology Samarkand Medical Institute Usmonova M. assistant

department of pharmaceutical technology Samarkand Medical Institute Imomova Yu. assistant

department of pharmaceutical technology Samarkand Medical Institute

GENERAL INFORMATION ABOUT CHILANJI, COMPOSITION, APPLICATION IN FOLK MEDICINE, CHARACTERISTICS AND DIFFERENT TYPES, CONDITIONS FOR GROWTH

Annotation: To study the prevention, application and effects of various drugs and tinctures made from the plant Chilanji in the human body.

Keywords: Glycosides, ascorbic acid, vitamins, laryngitis, asthma, lung diseases and various wounds, myrtle seeds, chilonji seeds, neurasthenia, hysteria, cardioneurosis.

Umumiy ma'lumot: Chilonjiyda Xitoy xurmosi ( Ziziphus )-jumrutdoshlar oilasi, zizifus turkumiga mansub daraxt yoki buta, bargi tuxumsimon, yaltiroq,chetlari mayda arra tishli. May oxiri iyul boshlarida gullaydi, gullashi 30-35 kun davom etadi.Guli xushbo'y, ikki jinsli, mayda, sarg'imtirko'kish.O'zidan va chetdan changlanadi. Sentabr oxirida pishadi. Eti och yashil, oq, shirin.

Tarkibi: 19-20% qand, 0.3-0.5% kislota, 2.8-2.9% oqsil, 1.73% kul moddasi, 500-523 mg S va R, A vitaminlari, ildiz, barg va po'stlog'ida 4-9.5% oshlovchi moddalar, karotin, bargida esa alkaloidlar, flavoidlar va boshqa shifobaxsh moddalar bor. Chilonjiyda mevasi tarkibida 20-30 % qandlar, 2.5 % gacha organic kislotalar, danagida 30 % gacha moy buladi.Chilonjiyda bargida 700 mg % C vitamin, 1.77 % glikozidlar, 2.64 % organik kislotalar, karotin, 1.6 % rutin, 1.7 % anesteziya qiluvchi birikma, 7.5 % oshlovchi moddalar mavjud.

Chilon navlari Monosaxaridlar saxaroza Olma kislota

Inversiyagacha Inversiyadan keyin

Pen-Zao 48.0 55.7 7.7 0.86

Si-le-da-zao 52.8 61.6 8.8 0.70

Yuan-Zao 49.5 60.64 11.14 0.65

Chan- Zao 53.9 57.2 3.3 1.02

Ba-da-Zao 51.6 51.6 0.0 0.94

Aoy-tyan-slo-u 44.72 59.5 14.78 0.39

Ban-xo-shuan 55.20 57.30 2.1 0.94

Xalq tabobatida qo'llanilishi: Tana a'zolarining tarangligini oshiruvchi, peshob haydovchi, balg'am ko'chiruvchi dorivor vosita sifatida qo'llaniladi. Chilonjiyda mevasidan tayyorlangan damlama ko'krag og'rig'i, yo'tal, chechak, kamqonlik va ich ketish kasalliklarida og'riq qoldiruvchi va qon to'xtatuvchi dori sifatida ishlatiladi. Bu o'simlikdan Abu Ali ibn Sino yashagan davrdan oldin ham dorivor vosita sifatida foydalanilgan. Chilonjiyda mevasi ayniqsa uning talqoni burushtiruvchi vosita sifatida ta'sir etadi. Shuning uchun ich ketganda yaxshi davo bo'ladi. Chilonjiydaning ozroq miqdori ichni qotiradi, lekin ko'p yeyilsa yomon hazm bo'lgani uchun surib ketishi mumkin. Meva kukinidan asal bilan aralashtirib tayyorlangan surtma yaralarga davo bo'lgan. Chilonjiyda bergining damlamasi astma va o'pka kasalliklariga davo qilingan. Ushbu damlama issiq shishlarni yo'qotishda ham ishlatiladi. Boshdagi qazg'oqn yo'q qilish, boshni tozalash, sochni mustahkamlash,to'kilishini to'xtatish hamda

sochni o'stirish uchun Abu Ali ibn Sino meva qaynatmasi bilan daraxt yelimining eritmasida boshni yuvishni buyurgan.Yog'li taom organizmga og'riqli qilganda kashtan, mirt va chilonjiyda mevasini yeyish tavsiya qilingan.Og'iz ichidagi yaralarni davolashda behi, chilonjiyda mevasi va mirt urug'i tavsiya eetilgan. Ko'krakda va o'pkada shish bo'lganda hamda plevritda chilonjiyda, binafsha va ko'knori yoki tozalangan arpa, chilonjiyda, binafsha, ko'knori urug'i qaynatmasi buyurilgan.

Xitoy an'anaviy tibbiyotida chilonjiyda mevasi organizm tonusini oshiruvchi va siydik haydovchi vosita sifatida, boshqa dorivor o'simliklar bilan birgalikda yumshatuvchi va balg'am ko'chiruvchi dori sifatida bronxial astmaga, nevrasteniyaga ham davo qilishga ishlatiladi.Xitoyda chilonjiyda mevasidan Landutzao nomli dorivor mahsulot tayyorlanadi. Buning uchun parpi degan o'simlikning tuganak ildizi suvda qaynatiladi, hosil bo'lgan bug'ida chilonjiyda mevasi surgi sifatida ishlatiladi, shuningdek quruq yutal, me'da spazmi va og'rig'i, ich ketish kasalliklariga davo qilish uchun qo'llaniladi. Chilonjiyda danagining sof holda ( qovurilgan va qovurilmagani ) hamda boshqa dorivor o'simliklar mahsulotlari bilan birgalikda nevrasteniya, isteriya, kardionevroz, bosh aylanishi, yurakning tez urushi, uyqusizlik, gipertoniya kasalliklarida tanovul qilinadi.

Chilonjiyda mevasidan damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishda qaynab turgan 1 stakan suvga 20 gr maydalangan mevadan solib, 1 soatga damlab qo'yiladi. So'ngra dokadan suzib olinadi. Kuniga 3 mahal ovqatdan yarim soat oldin 2 osh qoshiqdan ichiladi.

Xususiyatlari: Asab tizimini faoliyatini yaxshilaydi, ruhiy charchoqni kamaytiradi, normal uyquni ta'minlaydi, stress, vaxima, depressiyaga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, o'ta ta'sirchanlikda yordam beradi, hayajondagi yurak o'ynashida samarali yordam beradi. Miya hujayralarining yangilanishiga ko'mak beradi, ruhiy kayfiyatni yaxshilaydi, xotirani kuchaytiradi.

Vitamin C miqdori ko'p bo'lganligi tufayli immunitetni oshirib, viruslarga qarshi ta'sir qiladi, o'tkir respirator xastaliklari, gripp, bronxit, larengit, tuberklyoz va ko'k yo'talda yuqori samara beradi. Organizmdan shlak, toksin, yomon xolestrenni chiqarib, qon tomirlarni hosil bo'lishining ildini olib, miokard infarkti, insultlarning profilaktikasini ta'minlaydi. Yurak qon tomir kasalliklari bilan xastalangan bemorlarning beminnat yordamchisi hisoblanadi. Yuqori arteral bosimni asta-sekinlik bilan sezilarli darajada pasaytiradi. Oshqozon-ichak a'zolari hastaliklarida ichaklarni tozalaydi, diareyada samarali natija beradi. Buyrak xastaliklarida yordam beradi. Siydik haydovchi ta'siri orqali buyraklarni tozalab ortiqcha tuzlarni chiqarish natijasida buyrak va o't tosh kasalliklarining oldini oladi, borlarni esa davolaydi. Qondagi diabetda qondagi qand miqdorini normallashtiradi. Muntazam qabul qilinganda qonning shakilli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar va trombotsitlarni miqdorini sezilarli darajada ko'taradi, kamqonlikni bartaraf etadi. Parxez preparatlari turkumiga kirib, ortiqcha vazndan xalos bo'lishga yordam beradi. Soch

to'kilishining, o'smirlik xusunbuzarlarning oldini o ladi. Flavanoidlar esa terini yoshartiradi, erta qarishni oldini oladi. Emiziklik ayollarda sut ko'paytirish xususiyatiga ega.

Chilonjiydaning turlari:

1. Lotus chiloni - Zizifus Lotus ( Zizyphus lotus ) balandligi 1.5-2 m ga teng tikanli buta yoki 9-12 metrli kichik daraxtcha, mevalari mayda, sharsimon, sariq, iste'molbop. Mevalari yeyiladi lekin sifatiga ko'ra Zizyphus jujube mevalariga teng kela olmaydi. Bu tur Janubiy yevropa, Shimoliy afrikada tabiiy o'sadi, Misrda, Italiya va Ispaniyada madaniy holda ko'plab o'stiriladi.

2. Jiraldi chiloni - Zizifus Jiraldi ( Zizyphus jiraldii ) asosan Shimoliy Xitoyda tarqalgan va mevalari qora rangda iste'molga yaroqli hisoblanadi.

3. Hind chiloni - Zizifus Mauritiana ( Zizyphus mauritiana ) u tikanli buta yoki kichik daraxt sifatida tarqalgan. Hindistonning markaziy mintaqalarida uning balandligi 24 metrgacha yetadigan yirik daraxtlari uchraydi. Bu turning qiziqarli xususiyatlari kuzda gullashidir. Mevalari qishda yoki bahorda pishib yetiladi. Sovuqda chidamsiz tur hisoblanadi. Bu tur tabiiy holda Sharqiy Hindistonda, Seylon va Avstraliya mintaqasida tarqalgan. Mevasida 10-13 % qand moddasi bor. Bargida qimmatli texnik xomashyo - Shellak olinadi.

4. Ajinli chilon - Zizifus morshinistiy ( Zizyphus rugosa ) Burmada tarqalgan bo'lib tog'larda 1200 m balandliklargacha ko'tariladi. Mevalari mayda iste'molga yaroqli, sovuqqa chidamliligi bo'yicha seleksiya maqsadlari uchun qiziqarli biologik ob'ekt hisoblanadi. Mevasi maydaligi uchun maydalashtirilmagan.

5. Dumaloqbargli chilon - Zizifus kruglolistniy ( Zizyphus rotundifolia ) bu oddiy chilonjiydaga yaqin tur bo'lib tikanli butadir. Tikonlari ingichka 1.25 sm uzunlikda, mevalari mayda 1.2 sm uzunlikda qoramtir nordon - shirin tamga egadir.

6. Iozenro chiloni - Zizifus Ionzenro ( Zizyphus Ioareiro ) manzarali daraxt bo'lib, Braziliyada tarqalgan va ko'kalamzorlashtirishda keng foydalaniladi. Uning mevalari shirin tamli, qurg'oqchilikka chidamli, yirik mevali, serhosil, chorva uchun oziqa hisoblanadi. Ildizida saponin moddasi bor.

7. O'tkir uchli chilon - Zizifus ostrokonechniy ( Zizyphus mucronata) bu tur Janubiy tropiklarda o'sadi, sovuqqa chidamsiz tur hisoblanadi.

8. Mistel chiloni - Zizifus Mistelya ( Zizyphus Mistal ) bu tur Argentinada tarqalgan bo'lib bo'yi 10 m gacha bo'lib, mevasi tovuq tuxumi kattaligida suvli va shirindir.

9. Eloptiya chiloni - Zizifus Eloptiya ( Zizyphus Oenoptis ) bu tur Avstraliya Shimolida tabiiy tarqalgan, asosan oziq- ovqat va farmasevtika maqsadlarida foydalaniladi.

O'stirish uchun sharoit: Chilonjiydaning tabiiy areali Xitoyning markaziy provinsiyalari va Markaziy Osiyoning Janubiy hududlarida joylashgan. Ushbu hududlar iqlimi issiq va quruq yozi va yumshoq, nisbatan quruq qishi ( sovuqlar 1-30C ) bilan ajralib turadi.Chilon o'simligi

qurg'oqchilikka chidamli, sovuqlarga bardoshli, tuzli tuproqlarda ham bemalol o'sadi. Chilonjiydani Respublikamizning barcha tuproq- iqlim sharoitlarida bemalol o'stirish mumkin.

Xulosa: Chilonjiyda mevalarida qimmatli va biologik faol moddalarga boy bo'lib, farmasevtika va oziq-ovqat sanoatida keng qo'llaniladi. Chilon mevalari g'alla hosili bo'lmagan yillari xalqni ocharchilikdan saqlab qolgan ishonchli vosita bo'lgan. Shuning uchun ham chilonning yirik mevalari Xitoy xalq seleksiyasi tomonidan yaratilgan navlari butun dunyoda tarqalib ketgan.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Farmatsevtik texnalogiya (Maxmudjonova. K.S, Shadmonova.Sh va Rizayeva.N) fan darsligi Ivan.I.K, Galina.V.|

2. M va Murodova.L.I. Chueshov V.I, Gladux.E V va boshqalar.

3. Andriy Stanislavovich Gavrilov 2010.

4. Mixayilova G.V, Murodova.L.I 2011,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.