Научная статья на тему 'O`ZBEKISTONDA KUMKVAT O`SIMLIGINI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI'

O`ZBEKISTONDA KUMKVAT O`SIMLIGINI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

102
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sitrus / tur / nav / meva / kimyoviy tarkib

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Shoxruxbek Sharifboyevich Rasulov, Axmadjon Abduqodirovich Qosimov, M. Qosimova

Maqolada Sitrus o`simliklardan biri bo`lgan Kumkvat o`simligining kelib chiqishi, tarqalishi, morfo-biologik xususiyatlari, mevasining sifat ko`rsatkchlari va foydali xususiyatlari haqida ma`lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTONDA KUMKVAT O`SIMLIGINI YETISHTIRISHNING AHAMIYATI»

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

OZBEKISTONDA KUMKVAT OSIMLIGINI YETISHTIRISHNING

AHAMIYATI

Shoxruxbek Sharifboyevich Rasulov

Andijon qshloq xojligi va agrotexnologiyalar institutimagistrant

Axmadjon Abduqodirovich Qosimov

Andijon qishloq xojligi va agrotexnologiyalar institutq.x.f.f.d (PhD)

M. Qosimova

O'simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot institute Andijon filiali kichik ilmiy

xodimi

ANNOTATSIYA

Maqolada Sitrus o'simliklardan biri bolgan Kumkvat o'simligining kelib chiqishi, tarqalishi, morfo-biologik xususiyatlari, mevasining sifat ko'rsatkchlari va foydali xususiyatlari haqida malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Sitrus, tur, nav, meva, kimyoviy tarkib.

Dunyo adabiyotlarida kinkan avlodining umumiy nomi kumkvat deb ataladadi, uning yashash joyi Markaziy va Janubiy Xitoy bolib, madaniy holda ham yetishtiriladi, tabiatda ham uchraydi. Kinkan Sitrus turlariga juda yaqin va u ilgari Sitrus turlaridan biri deb hisoblangan, ammo 1915 yilda Svingl kinkanning barcha turlarini Fortunella avlodiga kiritib, ularni quyidagi 4 ta turga boldi: F.japonica (marumi kinkan yoki dumaloq kumkvat), F.margarita (nagami kinkan yoki oval kumkvat), F.crassifolia (meyva - kinkan), F.hidsii (gonkong kumkvati). Bir qancha vaqtdan so'ng esa T.Tanaka mazkur turlarga yana ikki tur qo'shdi: F. ingl (changjou kumkvati) va F.obovata (malay kumkvati). Kinkan kichikroq daraxt yoki tup ko'rinishida o'sadi. Shoh-shabbasi quyuq. SHohlari tikanli yoki tikansiz. Barglari xi ra yashil, mayda. Gullari yakka yoki shingillarga to'plangan. Mevalari mayda, shakli sharsimon yoki cho'zinchoq. Po'sti silliq, etli, xushbo'y hidli, shirin va uni iste'mol qilish mumkin. Meva bolmalari 3-7 ta. Uruglari mayda. Mevalari po'sti bilan birgalikda yangiligida iste'mol qilinadi, undan murabbo, marmelad va jele ham tayyorlanadi

184

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RI^)JLANISHID^ILM-FANYUTUQLAR^

Kumquat Janubiy Osiyo va Osiyo-tinch okeani mintaqasiga xosdir. Janubiy Xitoyda, shuningdek, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaponiya, yaqin Sharq, Janubiy yevropada (ayniqsa, Yunon Korfu orolida) va Janubiy Aqshda (ayniqsa, Floridada) o'sadi. Kavkazning qora dengiz sohilida, Qrimda, Yalta viloyatida, shuningdek, Abxaziyada o'sadi.

"Fortunella" ilmiy nomi (lat. Fortunella) London Qirollik bog'dorchilik jamiyatining kolleksioneri sifatida 1864-yilda Xitoydan yevropaga o'simliklar olib kelgan Robert Fortune sharafiga tayinlangan. "Kumquat" nomi Kanton nomi dan kelib chiqqan bo'lib, "oltin apelsin", "kinkan" degan manolarni anglatadi-yapon tilidagi nomdan, "oltin to'q sariq" degan manoni anglatadi.

Kinkanning birinchi botanika tavsifi 1912 da Jazoir botanigi Traby tomonidan berilgan. SHunday qilib, bu kichik (3-4.5 sm uzunlikda va 2-2.5 sm kenglikda), oltin sariq, to'q sariq yoki olovli to'q sariq rangli tuxum shaklidagi yoki oval mevali mitti shoxlangan abadiy daraxtdir. Mevasining po'sti silliq, xushbo'y, shirin-achchiq. Go'shti suvli, nordon tamli. Mevasi odatda 4-7 lobula, 2-5 urug'ga yega. Fevral-mart oylarida pishadi.

Tropik va issiq subtropik iqlimga moslashgan bo'lishiga qaramay, kinkanlar uzoq davom etuvchi chuqur qishki tinimga ketishi hisobiga muayyan darajadagi sovuqlarni ham otkaza oladi. Ular -10-12°C gacha sovuqni (F.margarita Sw. va F.japonica Sw.) betalofat oson otkaza oladi. Ob-havoning qishki va bahorgi isib ketishi uni qishki tinimdan uyg'ota olmaydi. O'zbekistonning subtropik hududlarida kinkan tarqalmagan, ammo uni yetishtirish uchun Surxondaryo viloyati sharoitida keng istiqbollar mavjuddir. Nagami kinkan (oval) mevalari mayda bo'lib, oktyabr-noyabrda pishadi. Daraxti pakana bo'lib o'sadi. Mevalarining shakli oval yoki tuxumsimon, rangi tillarang-sariq. Po'sti silliq, tami yoqim-li va xushbo'y hidli. Eti nordon, meva bo'lmalari 5, urug'i 1-3 ta. Marumi kinkan (dumaloq). Daraxti oval kinkan singaridir. Mevalari sharsimon yoki biroz yassi, rangi tillarang-sariq. Po'sti yupqa va xushbo'y hidli. Sharbati nordon, bo'lmalari 4-7 ta, urug'i 1-3 ta. Mevalari oktyabr-yanvar oylarida pishib yetiladi. Kinkanning boshqa tur Sitruslar bilan chatishtirilgan quyidagi duragaylari mashhurdir: 55 kalamondin - kinkanning mandarin bilan duragayi; laymkvat - kinkanning laym bilan duragayi; oranjekvat - kinkanning apelsin bilan duragayi va boshqalar.

185

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHID^ILM-EANYUTUQLAR^

Kumquatning foydali xususiyatlari: ushbu ajoyib o'simlikning mevalari nafis ta'mga ega bo'lib, manzarali o'simlik sifatidagi tupining chiroyli ko'rinishi va shifobaxshlik xususiyatini alohida ta'kidlash lozim.

Uning nafis ta'mi, mevalarining tillasimon ko'rinishi va manzarali o'simlik sifatidagi xususiyatlaridan tashqari shifobaxshlik xossalari haqida alohida to'xtalish lozim:

qumqvatdan shamollashni oldini olishda va uni davolashda foydalaniladi;

parhez qilishda, zarur darmondori (vitamin) va mikroelementlar manba'i sifatida keng ko'llaniladi;

uning tarkibi kletchatka va pektin moddalariga boyligi bilan, ichaklar peristaltikasini faollashtirishga rag'batlantiradi;

inson organizmidan zarrarli moddalar va ortiqcha suyuqlikni chiqarishga yordam beradi

Kumquat mevasi dorivor bo'lib xalq tabobatida shamollash, yurak, qon bosimi, tsinga va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

Ammo, bilasizki, har bir bochka asalning malhamlik xususiyatidan tashqari bir oz noxush tomoni ham bo'lganidek, kumkvat o'simligida ham shunday xususiyatlarini ko'rish mumkin. Kukvat mevalarini quydagi hollarda iste'mol qilish tavsiya etilmaydi:

Sitrus mevalarga allergiyasi mavjud bemorlarga, oshqozon kislotaliligi yuqori kishilarga;

Buyrak kasaligida, homiladorlik va emizikli davrlarda;

1-jadval

Kumquat mevasiining ozuqaviy qiymati (100 grammda)

Suv: 80.85 g Quruq qoldiq: 0.52 g Oziqa tolasi: 6.5 g Energiya qiymati: 71 kcal

Oqsil: 1.88 g YOg ': 0.86 g Uglevodlar: 15.90 g Monosaxarid: 9.36 g

Kaltsiy: 62 mg Temir: 0.86 mg Magniy: 20 mg Fosfor: 19 mg

Kaliy: 186 mg med: 0,095 mg Natriy: 10 mg TSink: 0,17 mg

Vitamin C: 43,9 mg vitamin B1: 0,037 mg Vitamin B2: 0,090 mg Vitamin B3: 0,429 mg

Vitamin B5: 0,208 mg Vitamin B6: 0,036 mg Vitamin A: 290 me Vitamin B12: 0,00 mg

Qumqvatning 100 gr. ho'l mevasi tarkibida uglevodlar, oqsillar, yog'lar, bundan tashqari mikroelementlar, darmondori (vitamin) lar, yog'li kislotalar, vitamin "S", "A" provitamini va pektin (quruq modda hisobida) moddasi mavjud. Kumquat mevasini yangi uzilgan

186

ytadqq

Volume 3 | Special Conference 1 | 2022 ME VA CHILIK VA UZUMCHILIKNING RIVOJLANISHIDA ILM-FAN

holda iste'mol qilish hamda ulardan sharbat, murabbo, jem va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi (1-jadval).

REFERENCES

1. Vitkovskiy V.L. Izucheniye kollektsii subtropicheskix plodovbix kul-tur. Metodicheskiye ukazaniya / V.L. Vitkovskiy, ye.F. Petrova. - L.: VASXNIL, 1989. - 144 s.

2. Dadbikin V. V. «Sitrusovbiy sad v komnate» / Sorta dlya komnatnogo sada], // M.: Agropromizdat, 1991 g., 206 s. ISBN 5-10-002253-1

3. Ibragimov R.K., A.A.Aleseyenko, O. CH.Aleseyeva. Vbira^ivaniye Sitrusovbix v transheynoy kulture. Tashkent, 1981 g. 3—10 b.

4. Mikeladze A.D. Subtropicheskiye plodovbie i texnicheskiye kulturbi. Moskva. VO «Agropromizdat». 1988 g. 3—285 b.

5. Sokolskiy I., Zamyatina N. «Zolotbie plodbi» / Kumkvat ili fortunella?, Statya v nauchno-populyarnom jurnale «Nauka i jizn», № 2, 2009 g., ISSN 0028-1263, s. 126—134. S. 128.

Google Scholar

Respublika anjumani

15-iyun, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.