Научная статья на тему 'OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN AYRIM TURLARNING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI'

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN AYRIM TURLARNING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1118
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Qizil kitob / Cercis griffithii / Vitis vinifera / Punica granatum / Ficus carica / introduksiya / Toshkent Botanika bogʼi / vegetativ / generativ / qalamcha / stimulyator. / Red Book / Cercis griffithii / Vitis vinifera / Punica granatum / Ficus carica / introduction / Tashkent Botanical Garden / vegetative / generative / stalk / stimulator.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — E.E. Temirov, N.K. Raximova, M.S. Rahmatillaev

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasi “Qizil kitobi” ga kiritilgan ayrim turlarning Toshkent Botanika bogʻiga introduksiyasi, xususan, 2022 yilda olib kelingan va bogʻda mavjud ayrim turlar ustida vegetativ va generativ koʻpaytirish boʻyicha dastlabki tadqiqot ishlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga koʻra, Cercis griffithii generativ usulda urugʻlaridan koʻpaytirilganda, urugʻ unuvchanligi 76,52% ni tashkil etdi. Surxondaryo viloyatidan olib kelingan Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica novdalaridan tayyorlangan qalamchalarining ildiz olishi esa 71,8-80,34% ni tashkil etdi. Kelgusida ushbu turlarning bioekologik xususiyatlari va fenologiyasini oʻrganish orqali ularning urugʻidan hamda vegetativ koʻpaytirish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda tabiiy tarqalgan hududlariga ekiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTRODUCTION TO THE TASHKENT BOTANICAL GARDEN OF SOME RED BOOK SPECIES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

The article presents information about the introduction to the Tashkent Botanical Garden of some species included in the “Red Book” of the Republic of Uzbekistan, in particular, about preliminary research on vegetative and generative reproduction of some species brought in 2022 and existing in the garden. According to the results obtained, when propagating Cercis griffithii generatively, seed germination was 76.52%. The rootability of cuttings made from shoots of Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica brought from Surkhandarya region was 71.880.34%. In the future, by studying the bioecological features and phenology of these species, the technology of their seed and vegetative reproduction, as well as sowing in the territories of their natural growth, will be developed.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI “QIZIL KITOBI” GA KIRITILGAN AYRIM TURLARNING TOSHKENT BOTANIKA BOGʻIGA INTRODUKSIYASI»

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI "QIZIL KITOBI" GA KIRITILGAN AYRIM TURLARNING TOSHKENT BOTANIKA BOG'IGA INTRODUKSIYASI E.E. Temirov, N.K. Raximova, M.S. Rahmatillaev

O'zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika

bog'i

https://doi.org/10.5281/zenodo.7211834 Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" ga kiritilgan ayrim turlarning Toshkent Botanika bog'iga introduksiyasi, xususan, 2022 yilda olib kelingan va bog'da mavjud ayrim turlar ustida vegetativ va generativ ko 'paytirish bo 'yicha dastlabki tadqiqot ishlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Olingan natijalarga ko'ra, Cercis griffithii generativ usulda urug'laridan ko'paytirilganda, urug' unuvchanligi 76,52% ni tashkil etdi. Surxondaryo viloyatidan olib kelingan Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica novdalaridan tayyorlangan qalamchalarining ildiz olishi esa 71,8-80,34% ni tashkil etdi. Kelgusida ushbu turlarning bioekologik xususiyatlari va fenologiyasini o'rganish orqali ularning urug'idan hamda vegetativ ko'paytirish texnologiyasi ishlab chiqiladi hamda tabiiy tarqalgan hududlariga ekiladi.

Kalit so'zlar: Qizil kitob, Cercis griffithii, Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica, introduksiya, Toshkent Botanika bog'i, vegetativ, generativ, qalamcha, stimulyator.

ИНТРОДУКЦИЯ В ТАШКЕНТСКИЙ БОТАНИЧЕСКИЙ САД НЕКОТОРЫХ КРАСНОКНИЖНЫХ ВИДОВ РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН Аннотация. В статье представлена информация об интродукции в Ташкентский Ботанический сад некоторых видов, включенных в "Красную книгу" Республики Узбекистан, в частности, о предварительных исследовательских работах по вегетативному и генеративному размножению некоторых видов, привезенных в 2022 году и существующих в саду. Согласно полученным результатам, при размножении Cercis griffithii генеративным способом, всхожесть семян составила 76,52%. Укореняемость черенков, изготовленных из побегов Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica, привезенных из Сурхандарьинской области, составила 71,8-80,34%. В дальнейшем, путем изучения биоэкологических особенностей и фенологии данных видов, будет разработана технология их семенного и вегетативного размножения, а также посев на территориях естественного их произрастания.

Ключевые слова: Красная книга, Cercis griffithii, Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica, интродукция, Ташкентский Ботанический сад, вегетативный, генеративный, черенок, стимулятор.

INTRODUCTION TO THE TASHKENT BOTANICAL GARDEN OF SOME RED BOOK SPECIES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN Abstract. The article presents information about the introduction to the Tashkent Botanical Garden of some species included in the "Red Book" of the Republic of Uzbekistan, in particular, about preliminary research on vegetative and generative reproduction of some species brought in 2022 and existing in the garden. According to the results obtained, when propagating Cercis griffithii generatively, seed germination was 76.52%. The rootability of cuttings made from shoots of Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica brought from Surkhandarya region was 71.880.34%. In the future, by studying the bioecological features and phenology of these species, the

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

technology of their seed and vegetative reproduction, as well as sowing in the territories of their natural growth, will be developed.

Keywords: Red Book, Cercis griffithii, Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica, introduction, Tashkent Botanical Garden, vegetative, generative, stalk, stimulator.

Dunyoda biologik xilma-xillikni saqlab qolish, o'simlik olamini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish global muammolardan biri sifatida qaralmoqda. BMT ning "Biologik xilma-xillikni baholash" xalqaro ma'lumotiga ko'ra, hozirgi kunda o'simlik olami vakillarining 11000 dan ortiq turi muhofazaga muhtoj bo'lib, so'nggi 400 yil davomida ularning 654 turi yer yuzidan yo'qolib ketdi. Shu munosabat bilan, tabiiy floraning noyob va kamayib borayotgan turlarini saqlab qolish yo'llarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda dunyoda noyob, kamyob va endem o'simlik turlarining sistematikasini o'rganish, ekologiyasini asoslash va ularni muhofaza qilish choralariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu o'rinda, o'zinig noyobligi va o'ta manzaraliligi bilan ajralib turuvchi, kelgusida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirishda keng foydalanish imkonini beruvchi O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" ga kiritilgan turlar alohida ahamiyatga ega. Ushbu turlar Markaziy Osiyo mamlakatlarida tarqalganligi, arealining torligi hamda turlarning biologik xususiyatlarini muhofazalash, introduksiyasini baholash va ko'kalamzorlashtirishda foydalanish istiqbollarini aniqlashni talab etadi.

O'zbekistonda "Qizil kitobi" ilk bor 1979 yilda ta'sis etilgan. "Qizil kitob" ning 2-nashri 1984 yilda chop etilgan bo'lib, O'zbekiston florasining yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan 163 ta turi kiritilgan. Kitobning 3-nashri 2009 yilda chop etilib, O'zbekiston florasining 324 ta turi kiritidi. Kitobning yangi - 2019 yilgi nashriga o'simliklarning 314 ta turi kiritilgan [1].

O'zR FA Botanika instituti huzuridagi akademik F.N. Rusanov nomidagi Toshkent Botanika bog'ida ham o'simlik dunyosini muhofaza qilish, turlarning kamayib ketishining oldini olish va sabablarini bartaraf etishga, ulardan ilmiy asoslangan holda oqilona va barqaror foydalanish hamda takror ko'paytirilishini ta'minlashga qaratilgan fundamental va amaliy loyihalar olib borilmoqda.

Bugungi kunda tabiiy sharoitda yo'qolib ketayotgan kamyob, endem va "Qizil kitob"ga kiritilgan turlarni o'rganish, saqlab qolish, xo'jalik axamiyatiga molik bo'lgan turlarni in-situ va ex-situ sharoitlarida saqlab qolish, shu sohada faoliyat yuritayotgan olimlarimiz oldida turgan dolzarb masaladir.

O'zbekiston "Qizil kitobi" ga kiritilgan manzarali daraxt va buta turlaridan ayrimlari Toshkent Botanika bog'ining Markaziy Osiyo ekspozitsiyasiga introduksiya qilingan. Markaziy Osiyo ekspozitsiyasida hozirgi kunda 31 oila, 70 turkum, 173 turga mansub daraxt va butalarning tirik namunalari saqlanmoqda, shundan 0,7 %i "Qizil kitob" ga kiritilgan daraxt va buta turlarni tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" ga kiritilgan manzarali daraxt va butalardan Binafsha gulli arg'uvon (Cercis griffithii Boiss.), Oshlovchi totim (Rhus coriaria L.), Yovvoyi anjir (Ficus carica L.), Yovvoyi tok (Vitis vinifera L.), Yovvoyi anor (Punica granatum L.), Yovvoyi chilonjiyda (Ziziphus jujube Mill.), Sharq chinori (Platanus orientalis L.), Safsan xurmo (Diospyros lotus L.) turlarini tabiiy va introduksiya sharoitlaridagi morfologik xususiyatlarini o'rganish, o'sishi va rivojlanishi hamda iqlimlashishini asoslash, introduksiya qilish, ko'paytirish

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

yo'llarini ishlab chiqish, foydalanish samaradorligini baholash muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda Toshkent Botanika bog'ining Markaziy Osiyo ekspozitsiyasida O'zbekiston "Qizil kitobi" ga kiritilgan Binafsha gulli arg'uvon (Cercis griffithii Boiss), Oshlovchi totim (Rhus coriaria L.), Yovvoyi anjir (Ficus carica L.), Yovvoyi tok (Vitis vinifera L.), Yovvoyi anor (Punica granatum L.), Yovvoyi chilonjiyda (Ziziphus jujube Mill.), Sharq chinori (Platanus orientalis L.) va Safsan xurmo (Diospyros lotus L.) turlari tabiiy genofond sifatida saqlanib kelinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" ga kiritilgan daraxt va buta turlarining botanik-geografik tarqalishi: asosan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida, G'arbiy Tiyon-Shon - Ugom, Qurama tizmalari; Pomir-Oloy - Hisor tizmasida va Bobotog'da hamda Sangardak va To'palang daryolari havzalari, Nurota va Chotqol davlat qo'riqxonalarida tarqalgan.

Quyida "Qizil kitob" ga kiritilgan ayrim daraxt va buta turlarining biologiyasi va introduksiyasi haqida qisqacha ma'lumotlar keltirilgan (1-rasm).

1-rasm.

O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi" ga kiritilgan turlarning tarqalishi.

Binafsha gulli arg'uvon (Cercis griffithii Boiss.) - Dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub Cercis L. turkumi vakili hisoblanadi. Markaziy Osiyo florasidagi yagona tur bo'lib, balandligi 3-6 m atrofida, novdasi silliq, qo'ng'ir rangda, barglari novdada navbat bilan joylashadi, ular oddiy, yumaloq yoki buyraksimon bo'lib, uchi yumaloq yoki o'yiq, tubi yuraksimon, cheti tishchasiz, tuksiz. Gullari binafsha rangda, to'pguli katta shingilcha hosil qiladi [2]. Dukkaklarining uzunligi 10-12 sm ni tashkil qiladi, qobig'i silliq. Urug'i tuxumsimon, to'q jigarrang. Sochidan Batumigacha bo'lgan sohil bo'yi bog'lariga ekilgan [3]. Pomir-Oloy va

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Kopetdog' tizmalarining nishabliklarida o'sadi. Po'stlog'i to'q kulrang. Dukkaklari qanotchali, tekis, tashqi ko'rinishi pushti-sariq loviyasimon. Dukkaklari uzoq vaqt daraxtlarda saqlanadi. Yashil qurilishda foydalanish mumkin [4].

Cercis griffithii G'arbiy Tiyon-Shon va Pomir-Oloy tizmalarida o'sadigan kamyob endemik tur bo'lib, bo'yi 3-4 m keladigan, keng shox-shabbali daraxt. Bir yillik novdalarining po'stlog'i qo'ng'ir-qizil rangli. Barglari yumaloq, buyraksimon, tub qismi keng o'yilgan, ustki tomoni yashil, pastki tomoni ko'kimtir rangda. Gullari kalta-kalta shokilalarga to'plangan. Tojbargi qirmizi-binafsha rangli. Dukkagining uzunligi 6-8 sm, eni 1 sm. May oyida gullab, iyunda meva beradi. Manzarali daraxt hisoblanadi. Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida: G'arbiy Tiyon-Shon - Ugom, Qurama tizmalari; Pomir-Oloy - Hisor tizmasida va Bobotog'da o'sadi. Tojikiston va Afg'onistonda ham uchraydi. Tog'larning pastki qismlaridagi toshli, toshli-shag'alli va mayda zarrali tuproqlarda o'sadi. Yakka-yakka holda uchraydi. Ba'zan kichik arg'uvonzorlar hosil qiladi. Urug'idan ko'payadi. O'simlik soni va areali o'zgarishining asosiy sabablari - qurilish materiallari va o'tin uchun kesib olinishi tufayli kamayib ketgan. Muhofaza choralari ishlab chiqilmagan [5].

Urug'idan ekilgan ko'chatlari 7-10 yoshida gullay boshlaydi. Daraxtlar mart oyining ikkinchi yarmida barg yozishdan oldin gullaydi, aprel oyining boshlarida barg chiqara boshlaydi, gullari ba'zi hollarda may oyigacha saqlanadi. Urug'lari avgust oyi oxirida pishib yetiladi [6].

O'simlik, asosan, Osiyo mamlakatlarining ayrim hududlarida tarqalgan (O'zbekiston, Turkmaniston va Afg'oniston). Tog'larning 800-2000 m balandliklarida o'sadi [7].

Rossiya Fanlar akademiyasining Tabiiy va madaniy flora genofondi Biologiya fanlari bo'limining "Umumiy biologiya va ekologiya muammolari: biologik resurslardan oqilona foydalanish" dasturi "O'simliklarni introduksiya va saqlash muammolari" yo'nalishi bo'yicha Rossiya botanika bog'lari kengashining hisobotiga ko'ra, Cercis griffithii turi hozirgi paytda kamayib borayotgan o'simliklar ro'yxatiga kiritilgan [8].

Armanistonning dendroflorasi tarkibida 21 ga yaqin endemik turlar mavjudligi aniqlangan. Ushbu endem daraxt va butalarning taksonomik tarkibi o'rganilib, takomillashtirilgan. Endemik turlar qatoriga Cercis griffithii ham kiritilgan [9].

Ukrainalik botanik olim Koldar L.A. Cercis L. turkumi turlaridan bir nechtasining ustida tajriba ishlarini olib brogan. C. griffithii turini urug'idan ko'paytirish maqsadida urug'larga kislota bilan ishlov berish orqali tajribalar olib borildi, natijada teskari tendensiya kuzatiladi. Urug'larni 5 daqiqa davomida kislota orqali ivitish paytida unib chiqish 32% ni tashkil qildi va ivitish vaqti 20 minutgacha ko'tarilganda, unib chiqishi 50% dan oshmaganligini o'z tajribasida kuzatgan [10].

Tojikiston o'rmon genetik resurslarining endemik turlari ro'yxati va global, mintaqaviy, milliy ahamiyatga ega bo'lgan va maxsus himoyani talab qiladigan daraxtlar va butalar ro'yxati kiritilgan [11].

Cercis griffithii 1964 yilda Kopetdog'dan akademik F.N. Rusanov tomonidan olib kelingan va hozirgi kunda Markaziy Osiyo ekspozitsiyasi kolleksiyasida 5 tupi mavjud. C. griffithii 2022 y. gullashining boshlanishi mart oyining boshida (4.03) havo harorati 20-22 °C va havoning nisbiy namligi 54-56% ni tashkil qilganda; yoppasiga gullashi aprel oyining boshlarida (3.04) havo harorati 23-25 °C va havoning nisbiy namligi 52-54%) da; gullashining yakuni esa aprel oyining o'rtalarida (18.04) havo harorati 27-28 °C va havoning nisbiy namligi 44-46% ga yetganda kuzatildi. Barglari yumaloq-buyraksimon, uzunligi 5-7 sm, eni 7,5-12 sm ga teng, yuqori

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

qismidagilar to'q yashil, chetlari butun, 2-3 sm ga teng barg bandida joylashgan. Qo'zoqlari yassi, qizg'ish tusda, 6,5-7 sm uzunlikda bo'lib, eni 1-1,5 sm ga teng. Quyosh tushib turgan joydagi C. griffithii mevalari qizg'ish tusda, 1 ta generativ novdasida 50-115 tagacha qo'zoq bo'lib, har 1 qo'zoqda 7-8 tadan 0,3-0,5 mm uzunlikdagi, eni 0,2-0,3 mm keladigan dukkak mevalari mavjud. 1000 dona urug'ining og'irligi 17 g ga teng. Soyada o'sayotgan tuplarida vegetativ novdalar sonining ko'pligi, quyoshda o'sayotgan, yorug'lik ko'p tushadigan joyda o'sayotgan tuplarida esa hosildor generativ novdalarning va mevalarining ko'p miqdorda hosil bo'layotganligi kuzatildi.

Ayni paytda Toshkent Botanika bog'ida mazkur turni urug'idan ko'paytirish maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Tadqiqot davomida ushbu turni urug'idan ko'paytirish uchun Toshkent Botanika bog'ida mavjud 55-60 yoshli onalik o'simlikning urug'laridan foydalanildi.

Bahor mavsumida Cercis griffithii turining 250 dona sog'lom urug'lari 100 ta dan ajratilib, urug'larni ekish uchun 5 xil variant tanlandi.

Urug'larni ekish uchun:

1. Nazorat (oddiy suv) variantida 20 soat;

2. Kornevin stimulyatorida 20 soat;

3. Ribav ekstra stimulyatorida 18 soat;

4. Geteroauksin stimulyatorida 16 soat;

5. Yantar kislotasida 14 soat mobaynida ivitildi va ivitilgan urug'lar 12.03.2022 y.da havo

harorati +17 °C, havoning nisbiy namligi 54% bo'lganda tajriba maydoniga ekildi.

Tayyorlab olingan joy 1x1 m bo'lib, urug'lar 5 qatorga bo'linib qator oralig'i 10-15 sm ni tashil etdi. Urug'lar 1,5-2 sm chuqurlikda ekildi va ustidan chirindiga boy tuproq va qum aralshmasi solindi.

12.03.2022 y. da ekilgan urug'larning dastlabki unib chiqish holati 04.04.2022 da havo harorati +27 °C, havoning nisbiy namligi 49% bo'lganda kuzatildi. Urug'larning unib chiqish holati 13.06.2022 ga qadar kuzatildi.

Ayni paytda yosh nihollarning umumiy balandligi 3 sm dan 16 sm gacha o'sganligi qayd etildi. Cercis griffithii 50 tadan urug'i stimulyatorlar bilan ishlov berilib ekilganda: yantar kislotada 19%; geteroauksinda 26%; Ribav ekstrada 16%; kornevinda 35%; nazorat (oddiy suvda) 21% unib chiqqanligi kuzatildi (2-rasm).

2-rasm.

Cercis griffithii ning urug'idan unib chiqish ko'rsatkichi

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

CERCIS GRIFFITHII NING URUG'IDAN UNIB CHIQISH KO ' RSATKICHI

Cercis griffithii ning urug'idan unib chiqishining optimal muddatini belgilashda o'simlik urug'larini yoz mavsumida ekish uchun tajiba ishlari olib borildi, bunda o'simlik urug'ining 1000 donasi ajratib olinib, qaynoq suvda 1 sutka davomida gidrotermik ishlov berildi va 10.08.2022 da havo harorati +36 °C, havoning nisbiy namligi 24% bo'lganda tajriba maydoniga ekildi.

Yovvoyi anor (Punica granatum L.), O'zbekistonda tabiiy holda juda kam saqlanib qolgan, areali bolingan relikt tur. Bo'yi 2 m ga yetadigan buta. Bargi cho'ziq, teskari tuxumsimon, uzunligi 6-8 sm, eni 7-15 mm, charmsimon, qisqa shoxlarda to'p-to'p, uzun shoxlarda esa qarama-qarshi o'rnashgan. Guli kalta novdalarda joylashgan. Kosachasi qayishsimon mustahkam, tojbargi och qizil rangda. Mevasi yumaloq, yirik. May-avgustda gullab, sentyabr-oktyabr oylarida meva beradi. Surxondaryo viloyati: Hisor tog'ining janubi-g'arbiy qismida To'palang, Sangardak daryolari havzalarida tarqalgan. Tojikiston, Turkmaniston, Kavkazorti, Turkiya, Shimoliy Eron, Afg'onistonda ham uchraydi [5]. Tog'ning o'rta qismida - dengiz sathidan 1000-1600 m balandlikdagi salqin va nam daralarda o'sadi. Ko'pincha yakka holda, ba'zan boshqa daraxt va butalar bilan birgalikda o'sadi. Ayrim joylarda sof anorzorlarni tashkil etadi. Tuplarining umumiy soni aniqlanmagan. Urug'idan va ildiz bachkisidan ko'payadi. Anorzorlarning buzib yuborilishi va mevalari pala-partish yig'ib olinishi tufayli kamayib bormoqda. Anor odamlar tomonidan 4000 yildan buyon yetishtirib kelinadi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan [5].

Yovvoyi tok (Vitis vinifera L.) - O'zbekistondagi areali ajralgan kamyob tur. Uzunligi 30 m gacha yetadigan o'ralib o'suvchi o'simlik. Barglari oddiy, deyarli yumaloq, 3-5 bo'lakli yoki panjasimon qirqilgan, asosi o'yilgan, chetlari o'tkir tishli yoki kungirali. To'pguli tig'iz yoki yoyiq ro'vak. Mevasi turli rang va shaklda. May-iyun oyida gullab, iyul-oktyabrda yetiladi. Jizzax, Surxondaryo, Toshkent viloyatlari: Nurota tizmasi (Gurdara va Bolosoy daralari), Hisor tizmasi (Sangardak va To'palang daryolari havzalari) da; G'arbiy Tiyon-Shon - Piskom, Ugom, Qorjontov, Chotqol tizmalarida tarqalgan. Tojikiston, Qirg'iziston va Qozog'istonda ham uchraydi. Daryo yoqalari, daralarda, shag'al, mayda zarra jins tuproqli yonbag'irlarda o'sadi. Yakka-yakka holda yoki kichik to'plar hosil qilib tarqalgan. Urug'idan hamda vegetativ yo'l bilan ko'payadi. Chorva mollari boqilishi hamda o'tin sifatida ishlatilishi natijasida qisqarib bormoqda. Markaziy Osiyodagi barcha botanika bog'larida, maxsus bog'dorchilik tajriba uchastkalarida, seleksiya stansiyalarida yangi navlar yetishtirishda foydalaniladi. Nurota va Chotqol davlat qo'riqxonalarida va Ugom-Chotqol milliy tabiat bog'ida muhofaza qilinadi [5].

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Yovvoyi anjir (Ficus carica L.) - Markaziy Osiyo hududiga xos nihoyatda kamyob, areali ajralgan tur. Bo'yi 5-8 m ga yetadigan daraxt yoki buta. Barglari navbat bilan joylashgan, 3-5 bo'lakli, pastki tomoni tukli. To'pguli barg qo'ltig'ida bittadan joylashgan, qisqa bandli, mevasi noksimon. Bir yilda ikki-uch martagacha hosil beradi. Aprel oyida gullab, mevasi iyul-avgust oylarida pishadi. Surxondaryo viloyati: Hisor tizmasida Sangardak va To'palang daryolari ning havzalarida tarqalgan. Tojikiston va Turkmanistonda ham o'sadi. Daryo havzalarida tosh shag'alli tuproqlarda o'sadi. Yakka-yakka yoki to'p-to'p bo'lib o'sadi. Vegetativ yo'l bilan (qalamchasidan va bachkisidan) ko'payadi. Qishki sovuq, bahorgi sellardan zarar ko'radi. Shuningdek, o'tin sifatida ishlatiladi. Anjir navlarini yetishtirishda foydalaniladi. Maxsus muhofaza choralari ishlab chiqilmagan [5].

Toshkent Botanika bog'i genofondini boyitish, manzarali daraxt va buta turlarini introduksiya sharoitida o'rganish hamda ularni tabiatda kelgusida saqlab qolish uchun Toshkent Botanika bog'i uchun istiqbolli hisoblangan manzarali daraxt va butalardan Ficus carica, Punica granatum, Vitis vinifera kabi O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan ayrim turlarning vegetativ novdalari olib kelindi. Vegetativ novdalardan qalamchalar tayyorlanib, ko'paytirish uchun ochiq gruntga qo'yildi va quyidagicha dastlabki natijalar olindi (3-rasm).

3-rasm.

O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi"ga kiritilgan ayrim turlarni vegetativ ko'paytirish bo'yicha olingan natijalar.

■ Nazorat ■ Kornevin ■ Ribav ekstra ■ Geteroauksin ■ Etilen gormoni

ca cc

VITIS VINIFERA L.

PUNICA GRANATUM L.

FICUS CARICA L.

Tadqiqot ishlarini olib borishda X.T. Gartman, D.E. Kester [12], hamda N.F. Rusanov [13] larning manzarali daraxt va buta turlarini qalamchadan ko'paytirish uslublaridan foydalanildi.

Ficus carica L. - o'simligining vegetativ qalamchalari 2022 yil 5 aprel sanasida qalamchalari 10-12 sm dan kesib ekish uchun 4 xil variantda tayyorlandi va 6 aprel sanasida havo harorati +27 0C, havoning nisbiy namligi 60% bo'lganda tajriba maydoniga ekildi.

Nazorat varianti (oddiy suv) 35 ta ildiz olgani 9 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 13 sm va eng kichigi 1 sm ni tashkil etdi.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Kornevin stimulyatorida 35 ta ildiz olgani 6 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlaming bo'yi eng uzuni 35 sm va eng kichigi 4 sm ni tashkil etdi.

Ribav ekstra stimulyatorida 35 ta ildiz olgani 20 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 17 sm va eng kichigi 4 sm ni tashkil etdi.

Geteroauksin stimulyatorida 35 ta ildiz olgani 20 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 22 sm va eng kichigi 3 sm ni tashkil etdi.

Punica granatum L. o'simligining vegetativ qalamchalari 2022 yil 6 aprel sanasida qalamchalari 8-10 sm dan kesib ekish uchun stimulyatorlarda 8 soatdan 16 soatgacha ivtildi hamda 5 xil variantda tayyorlandi va 7 aprel sanasida havo harorati +26 0C, havoning nisbiy namligi 47% bo'lganda tajriba maydoniga ekildi.

Nazorat (oddiy suv) variantida 24 ta ildiz olgani 17 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 15 sm va eng kichigi 3 sm ni tashkil etdi.

Kornevin stimulyatorida 24 ta; ildiz olgani 12 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 15 sm va eng kichigi 2 sm ni tashkil etdi.

Ribav ekstra stimulyatorida 24 ta; ildiz olgani 12 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 20 sm va eng kichigi 3 sm ni tashkil etdi.

Geteroauksin stimulyatorida 24 ta; ildiz olgani 15 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 12 sm va eng kichigi 2 sm ni tashkil etdi.

Etilen gormonida 24 ta; ildiz olgani 20 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 30 sm va eng kichigi 1 sm ni tashkil etdi.

Vitis vinifera L. o'simligining vegetativ qalamchalari 2022 yil 6 aprel sanasida qalamchalari 10-14 sm dan kesib ekish uchun stimulyatorlarda 8 soatdan 16 soatgacha ivtildi hamda 4 xil variantda tayyorlandi va 7 aprel sanasida havo harorati +26 0C, havoning nisbiy namligi 47% bo' lganda tajriba maydoniga ekildi.

Nazorat (oddiy suv) variantida 37; ildiz olgani 31 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 30 sm va eng kichigi 5 sm ni tashkil etdi.

Kornevin stimulyatorida 37; ildiz olgani 24 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 50 sm va eng kichigi 5 sm ni tashkil etdi.

Etilen gormonida 37; ildiz olgani 17 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 35 sm va eng kichigi 7 sm ni tashkil etdi.

Geteroauksin stimulyatorida 37; ildiz olgani 22 ta; 15 avgust holatiga ko'ra ildiz olgan yosh ko'chatlarning bo'yi eng uzuni 12 sm va eng kichigi 2 sm ni tashkil etdi.

Shunday qilib, Toshkent Botanika bog'iga 2022 yilda olib kelingan va bog'da mavjud bo'lgan ayrim turlar ustida dastlabki tadqiqot ishlari olib borildi. Olingan dastlabki natijalarga ko'ra, Cercis griffithii generativ usulda urug'laridan ko'paytirilganda urug'larining unuvchanligi 76,52% ni tashkil etdi. Bundan tashqari, Toshkent Botanika bog'iga Surxondaryo viloyatidan olib kelingan Vitis vinifera, Punica granatum, Ficus carica turlarining vegetativ novdalaridan tayyorlangan qalamchalari ham ko'paytirish uchun ekildi. Ulardan olingan dastlabki natijalarga ko'ra, qalamchalarning ildiz olishi 80,34% ni tashkil etdi.

Kelgusida ushbu turlarning bioekologik xususiyatlari va fenologiyasini o'rganish orqali ularning urug'idan hamda vegetativ ko'paytirish texnologiyasi ishlab chiqiladi. Yuqorida nomlari qayd etilgan o'simlik turlarini ko'paytirib, tabiiy tarqalgan hududlariga ekiladi.

"SUSTAINABLE FORESTRY"

14-15 October 2022 | scientists.uz

Adabiyot manbalarini ko'zdan kechirish jarayonida O'zbekistonda ushbu o'simliklar ustida ilmiy-tadqiqot ishlari yetarli darajada olib borilmaganligi, shuningdek, o'simliklarni atrof-muhit omillariga munosabati hamda morfologik xususiyatlarini aniqlash, o'sishi va rivojlanishi, iqlimlashishini asoslash, introduksiya qilish, ko'paytirish yo'llarini ishlab chiqish hamda foydalanish samaradorligini baholash kabi eng muhim ishlar yaxshi tadqiq qilinmaganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. Mirzaqulov U., Vakilov S.H. "Ugom-Chotqol milliy tabiat bog'i kecha va bugun". -Toshkent, 2021. - B. 64.

2. Qayimov A.K., Berdiyev E.T., Hamroyev H.F., Turdiyev S.A. Dendrologiya //O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2015. - B. 209.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Холякова В.С., Глоба-Михайленко Д.А. Ценные древесные породы черноморского побережья Кавказа //Лесная промышленность. - Москва, 1976. - С. 243.

4. Гроздова Н.Б., Некрасов В.И., Глоба-Михайленко Д.А. Деревья кустарники и лианы //Лесная промышленность. - Москва, 1986. - С.117.

5. O'zbekiston Respublikasi "Qizil kitobi". - Toshkent: Chinor ENK, 2019. - B. 15.

6. Лапин П.И. Растения для декоративного садоводства Таджикистана. - Москва: Наука, 1986. - С. 241-242.

7. Соколов С.Я. Деревья и кустарники СССР. -T.IV. Изд-во АН СССР. - Москва, 1958.

- С. 43.

8. Россия: отчет совета Ботанических садов России по программе отделения биологических наук РАН «Проблемы общей биологии и экологии: рациональное использование биологических ресурсов» по направлению 05 «Проблемы интродукции растений и сохранения генофонда природной и культурной флоры». Информационный бюллетень. - Выпуск №5 (28). 2016.

9. Council of the Botanical gardens of union of independent states Newsletter 1 (24). -Moscow 2014. - P. 5.

10. Колдар Л.А., Действие серной кислоты и кипятка на всхожесть семян видов рода Cercis L. //Дендропарк "Софиевка" НАН Украины. - Умань, 2002.

11. Курбонов Ш., Саидов M. Состояние лесных генетических ресурсов в регионе Центральной Азии, страновой доклад Республики Таджикистан. Ankara/Анкара, 2013.

12. Гартман Х.Т., Кестер Д.Е. Размножение садовых растений. - М: Сельхозиздат, 1963.

- 471 с.

13. Русанов Н.Ф. Изучение особенностей ризогенеза у некоторых видов деревьев и кустарников при зеленом черенковании //Интродукция растений: достижения и перспективы: Материалы VI Республиканской научно-практической конференции. -Ташкент, 2013. - С. 125-131.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.