Научная статья на тему 'BRONXIAL ASTMA (БРОНХИАЛЬНАЯ АСТМА) KASALLIGINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN O`SIMLIKLAR'

BRONXIAL ASTMA (БРОНХИАЛЬНАЯ АСТМА) KASALLIGINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN O`SIMLIKLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
891
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bronxial astma ( бронхильная астма) / ziqnafas / Behi (Cydonia oblonga Mill.) / Anjir (Ficus carica) / O`rik (Armeniaca vulgaris) / Bodom (Prunus dulcis) / Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum) / Bodom (Prunus dulcis) / Murch (Piper nigrum) / Chilonjiyda (Ziziphus Mill.). / bronchial asthma (bronkhilnaya astma) / quince / quince (Cydonia oblonga Mill.) / fig (Ficus carica) / apricot (Armeniaca vulgaris) / almond (Prunus dulcis) / false chestnut (Aesculus hippocastanum) / almond (Prunus dulcis) / Pepper (Piper nigrum) / Chilongjii (Ziziphus Mill.).

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Muxiddinova

Ushbu maqolada astma (ziqnafas) kasalligini davolashda ishlatiladigan o`simliklar haqida ma`lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PLANTS USED IN THE TREATMENT OF BRONCHIAL ASTHMA

This article contains information about plants used in the treatment of asthma.

Текст научной работы на тему «BRONXIAL ASTMA (БРОНХИАЛЬНАЯ АСТМА) KASALLIGINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN O`SIMLIKLAR»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

BRONXIAL ASTMA (БРОНХИАЛЬНАЯ АСТМА) KASALLIGINI DAVOLASHDA

ISHLATILADIGAN OSIMLIKLAR Muxiddinova Muxlisa Muxiddin qizi

Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6981672

Annotatsiya. Ushbu maqolada astma (ziqnafas) kasalligini davolashda ishlatiladigan o 'simliklar haqida ma 'lumotlar keltirilgan.

Kalit so^zlar: bronxial astma ( бронхильная астма), ziqnafas, Behi (Cydonia oblonga Mill.), Anjir (Ficus carica), O rik (Armeniaca vulgaris), Bodom (Prunus dulcis), Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum), Bodom (Prunus dulcis), Murch (Piper nigrum), Chilonjiyda (Ziziphus Mill.).

РАСТЕНИЯ, ИСПОЛЬЗУЕМЫЕ В ЛЕЧЕНИИ БРОНХИАЛЬНОЙ АСТМЫ

Аннотация. Эта статья содержит информацию о растениях, используемых при лечении астмы.

Ключевые слова: бронхиальная астма (бронхильная астма), айва, айва (Cydonia oblonga Mill.), инжир (Ficus carica), абрикос (Armeniaca vulgaris), миндаль (Prunus dulcis), ложный каштан (Aesculus hippocastanum), миндаль (Prunus dulcis). , Перец черный (Piper nigrum), Чилонгджии (Ziziphus Mill.).

PLANTS USED IN THE TREATMENT OF BRONCHIAL ASTHMA

Abstract. This article contains information about plants used in the treatment of asthma.

Keywords: bronchial asthma (bronkhilnaya astma), quince, quince (Cydonia oblonga Mill.), fig (Ficus carica), apricot (Armeniaca vulgaris), almond (Prunus dulcis), false chestnut (Aesculus hippocastanum), almond (Prunus dulcis), Pepper (Piper nigrum), Chilongjii (Ziziphus Mill.).

KIRISH

Hozirgi kunda astma kasalligining juda kop turlari mavjud bolib, ularning kelib chiqish sabablari aniqlangan. Va shu kunga qadar tabobatda bu kasalikka qarshi kurashning nisbatan samarali vositalarini ishlab chiqishga alohida etibor qaratilmoqda. Kopincha yuqori opka nafas yo'llari bronxlarning yallig'lanishi natijasida nafas siqishi paydo boladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Astma (yunoncha asthma -halloslash, bo g ilib qolish) - bronxlar teshigining tosatdan torayib qolishi yoki yurak kasalliklari natijasida tutadigan bo'g'ilish xuruji. Bu kasallikning kelib chiqishiga bir qancha omillar sabab bo lishi mumkin. Birinchidan, "allergen" deb ataluvchi yot moddalarning organizmga ta'siri natijasida astma kasalligi kelib chiqadi. Bundan tashqari kop sigaret chekuvchi kashandalarda ham astma kasalligining paydo bo lishi kop uchrashi aniqlangan. Turli xil chang zarrachalari , gazlarning isi hamda bug simon zarrachalardan chuqur nafas yo'llariga otib , organizmga , ayniqsa nafas yo'llari faoliyatiga salbiy ta'siri ham bu kasallikning kelib chiqishiga sabab bo lishi mumkin.

Yashab turgan joy, uning havosi- iqlimi uzoq vaqtlar ichida organizmga moslashmaganligi va tabiatining turli xil tasirchan vositalari to'g'ri kelmasligidan nafas yo'llari yallig'lanib, opkada va boshqa azolarda, balg'amga o'xshash xiltlarning yig ilib nafas yo'llarini berkitib qo'yishi nafas siqilishiga olib keladi.

TADQIQOT NATIJALARI

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Kasallikning asosiy belgilari. Bronxial astma kasalligiga chalingan bemorning vaqti-vaqti bilan nafasi siqiladi, havo olishi qiyinlashib, bo'g'iladi. Ko'pincha kasallik kechasi xuruj qiladi, u davomli sur'atda bemorni azoblaydi. Bu kasallikning asosiy belgilari tez-tez nafas olish, xansirash, ter bosib nafas yetishmasligi sababli bezovtalanish, ba'zan esa xuruj o'ta qattiq bo'lganida lablar va tirnoqlarning ko'karishi, yurak urishining tezlashuvida ko'rinadi. Ko'pincha astma xuruji boshlanishidan avval yo'tal, burun va tomoqning qattiq qichishi va achishi, holdan toyish belgilari seziladi. Xuruj mobaynida oz miqdorda oq ko'pik yoki sarg'ish balg'am tushgach , bemor biroz yengil tortadi. Bemor o'ta o'g'ir ahvolga tushib qolmasligi uchun yuqorida aytilgan kasallik alomatlari sezila boshlashi bilanoq shifo vositalari qo'llanishi zarur.

Astma kasalligini davolashda quyidagi o'simliklarimizdan xalq tabobatida foydalaniladi:

Behi (Cydonia oblonga Mill.). Behi qadim zamonlardan beri shifobaxsh meva sifatida malum bo'lgan va uning bir qator ijobiy xususiyatlari haqida turli manbalarda bir qator fikrlar bayon etilgan. Abu Ali ibn Sino tomonidan ham behi astma kasalligini davolashda muvaffaqiyatli qo'llangan. Behi urug'ining bir qoshig'idan tayyorlangan maxsus damlama balg'am ko'chiradi va yengil nafas olishga yaxshi yordam beradi.

Anjir (Ficus carica). Abu Ali ibn sino tavsiyasiga binoan anjir mevasini sut bilan qo'shib qaynatib ichilsa, balg'am ko'chiruvchi va yo'tal qoldiruvchi vosita bo'lib yaxshi ta'sir ko'rsatadi. Anjir mevasi qoqisidan tayyorlangan damlama og'ir yo'talni qoldiruvchi vosita sifatida tavsiya etiladi. Damlamadan ovqatdan oldin kuniga 4-5 mahal bir piyoladan kamida uch kun ichish tavsiya etiladi.

O'rik (Armeniaca vulgaris). O'rik mevasi va danagi trkibida juda ko'p foydali moddalar, darmondorilar, borligi aniqlangan. Undan tashqari karotin moddasi, organik kislotalar, efir moylari, temir, mis, marganets, kalsiy, magniy mikroelementlari juda ko'pligi uning shifobaxshliligini oshiradi. O'rik urug'ining damlamasi nafas yo'llarining yallig'lanishida davo sifatida ishlatiladi, o'rik urug'ini quritib hovonchada yanchib, un shaklida yarim choy qoshiq miqdorida4-5, hattoki 6-8 mahal iste'mol qilish tavsiya etiladi. O'rik turshagini ham muntazam ravishda qaynatib ichib turish , ayniqsa, qish faslida bemorlar uchun foydali hisoblanadi.

Bodom (Prunus dulcis). Bodomning ikki turi bor: achchiq bodom va chuchuk bodom. Abu Ali ibn Sino achchiq bodomning urug'i va moyini yo'talda , astmada, o'pka silida, qon tupurishda ishlatgan. Ishlatish uchun achchiq bodom urug'idan moyjuvozda yoki boshqa usul bilan bo'lsada, siqib yog'i olinadi -da , shu yog'idan bir choy qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ovqatdan yarim soat oldin ichib turiladi. Moyini olish iloji bo'lmagan chog'da, achchiq bodomning danagini urug'i bilan hovonchada yanchib, maydalab yarim litr qaynab turgan suvga ikki osh qoshiq solib bir necha soat damlab qo'yiladi, shu damlamadan kuniga 3-4 mahal ovqatdan oldin yarim piyolada ichib turiladi.

Soxta kashtan (Aesculus hippocastanum). Soxta kashtanning guli, novda po'stlog'i va mevasi yigib olinib, quritiladi. Po'stlog'i tarkibida eksulin, fraksin, saponin, yog' va boshqa moddalar bor, gulida butin, pektin moddalar, urug'ida kraxmal, saponin, yog' va boshqa moddalar mavjud. Xalq tabobatida soxtakashtan po'stlog'idan tayyorlangan qaynatma- bronxit, astma va shamollash oqibatida kelib chiqqan bod, ichak kasalliklariga tavsiya etiladi. Po'stloqdan damlama tayyorlash uchun idishga 2 stakan qaynatib sovutilgan suv quyib, ustiga maydalangan po'stloqdan bir choy qoshiq solinadi va 8 soat quyib qo'yiladi. So'ngra dokada suziladi. Damlamadan kuniga 4 mahal chorak stakandan ichiladi.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Murch (Piper nigrum). Xalq tabobatida shamollash oqibatida yo'talganda , bronxial astmaga chalinganda, ko'krak og'riganda, kasallik boshlanayotganda terlatuvchi va peshob haydovchi sifatida qo'llanilgan. Abu Ali ibn Sinoning yozishicha , murchda tortish, shimdirish va tozalash quvvati bor. Murch yo'talga, ko'krak og'riqlariga foyda qiladi. Agar asal bilan qo'shib tanglayga surilsa tomoq og'rig'iga foyda qiladi va o'pkani tozalaydi.

Kunjut (Sesamum).Abu Ali ibn Sino kunjut urug'i bilan moyini teng miqdorda aralashtirib, astma kasalligida on kun mobaynida kuniga uch mahal bir choy qoshiq miqdorida ovqatdan yarim soat oldin ichib turishni tavsiya etgan.

Chilonjiyda (Ziziphus Mill.). Chilonjiydaning mevasi tarkibida qandlar, organik kislotalar, ko'p miqdorda C vitamini, oshlovchi moddalar bor. Abu Ali ibn Sino va xalq tabobatchilari chilonjiyda mevasidan tayyorlangan damlamani ko'krak og'riganda, balg'am ko'chiruvchi. O'pka tonusini ko'taruvchi va boshqa ichak kasalliklarida ishlatgan. MUHOKAMA

Bundan tashqari astma kasalligini davolashda Qimiz (biya sutidan) dan ham foydalaniladi. Qimiz tarkibida o'ta foydali va son o'zlashtiriladigan oqsil mavjud, bir litr ot sutida 20 gr gacha oqsil moddasi, 0.5-2.5 foizgacha spirt bo'ladi. Qimiz organizmga juda tez singadi, natijada modda almashinuvi yaxshilanadi. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkunki , nafaqat astma kasalligini davolashda ishlatiladigan o'simliklar balki barcha kasalliklarga davo bo'luvchi o'simlik turlarini ko'paytirish, ularni muhofaza qilish lozim.

REFERENCES

1. Shukur Ergashev '' Yuz dardga yuz davo''. ''Abu Ali ibn Sino'' nomidagi tibbiyot nashriyoti. Toshkent 2002.

2. Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. T.Fan. 1982-yil. II kitob.

3. Xolmatov X. X., Habibova Z.X. O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari, T., Meditsina, 1976

4. Xaydarov Q.X., Xojimatov Q.X. O'zbekistonning o'simliklari. T.,Meditsina 1976.

5. Xaydarov Q.X., Pulatova T.P, Jurayev I. Toshkent viloyatining dorivor o'simliklari. T., Meditsina, 1980.

6. Turdalievich T. A., Gulyam Y. Morphological features of pedolytical soils in Central Ferghana //European science review. - 2016. - №. 5-6. - C. 14-15.

7. Valijanovich M. O. et al. Biogeochemistry Properties of Calcisols and Capparis Spinosa L //Annals of the Romanian Society for Cell Biology. - 2021. - C. 3227-3235.

8. Turdaliev, A., Yuldashev, G., Askarov, K., & Abakumov, E. (2021). Chemical and biogeochemical features of desert soils of the central Fergana. Agriculture, 67(1), 16-28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.