Научная статья на тему 'PUNICA GRANATUM BOTANIK TASNIFI VA FARMAKALOGYASI'

PUNICA GRANATUM BOTANIK TASNIFI VA FARMAKALOGYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
68
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
punica granatum / antioksidant / limon / shovil kislotasi. / punica granatum / antioxidant / lemon / shovilic acid.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — J. Nuriddinov, G. Batiyorova

Anor (Punica granatum L.) —anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva o‘simligi; bo‘yi 2–10 m daraxt yoki buta. Quyidagi maqolamizda ushbu o’simlik haqida so’z boradi.Bugungi kun tibbiyotida juda foydali bo’lganligi tufayli yanada mashhur boʻlib ketdi. Vatani O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg‘oniston; yovvoyi turlari O‘rta dengiz atrofi, O‘rta Osiyoning janubida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg‘oniston, Old Osiyo va Dog‘istonda uchraydi. O‘zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varg‘anza) tumanlari a’lo sifatli anorlari bilan mashhur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BOTANICAL CLASSIFICATION AND PHARMACOLOGY OF PUNICA GRANATUM

Pomegranate (Punica granatum L.) is a subtropical fruit plant belonging to the Pomegranate family; 2–10 m tall tree or shrub. Our article below will talk about this plant. Today, it has become more popular due to its usefulness in medicine. Native to Central Asia, Azerbaijan, Iran and Afghanistan; wild species are found around the Mediterranean Sea, in the south of Central Asia, Crimea, Caucasus, Iran, Afghanistan, Old Asia and Dagestan. In Uzbekistan, Kuva, Namangan, Denov and Kitob (Varganza) districts are famous for their excellent quality pomegranates.

Текст научной работы на тему «PUNICA GRANATUM BOTANIK TASNIFI VA FARMAKALOGYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PUNICA GRANATUM BOTANIK TASNIFI VA FARMAKALOGYASI Nuriddinov Javlonbek Shodibek O'g'li Batiyorova Gavhar Odil Qizi

Mirzo Ulugbek nomidagi Ozbekiston milliy Universiteti Jizzax filliali https://doi.org/10.5281/zenodo.7422349

Annotatsiya. Anor (Punica granatum L.) —anordoshlar (anorgullilar oilasi)ga mansub, subtropik meva o 'simligi; bo'yi 2-10 m daraxt yoki buta. Quyidagi maqolamizda ushbu o'simlik haqida so'z boradi.Bugungi kun tibbiyotida juda foydali bo'lganligi tufayli yanada mashhur bo'lib ketdi. Vatani O'rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron va Afg'oniston; yovvoyi turlari O'rta dengiz atrofi, O'rta Osiyoningjanubida, Qrim, Kavkaz, Eron, Afg'oniston, Old Osiyo va Dog'istonda uchraydi. O'zbekistonda Quva, Namangan, Denov va Kitob (Varg'anza) tumanlari a'lo sifatli anorlari bilan mashhur.

Kalit so'zlar: punica granatum, antioksidant, limon, shovil kislotasi.

БОТАНИЧЕСКАЯ КЛАССИФИКАЦИЯ И ФАРМАКОЛОГИЯ PUNICA

GRANATUM

Аннотация. Гранат (Punica granatum L.) — субтропическое плодовое растение, принадлежащее к семейству Гранатовых; Дерево или кустарник высотой 2-10 м. Об этом растении и пойдет речь в нашей статье ниже, сегодня оно стало более популярным благодаря своей полезности в медицине. Уроженец Средней Азии, Азербайджана, Ирана и Афганистана; дикие виды встречаются вокруг Средиземного моря, на юге Средней Азии, в Крыму, на Кавказе, в Иране, Афганистане, Старой Азии и Дагестане. В Узбекистане Кувинский, Наманганский, Деновский и Китобский (Варганзинский) районы славятся гранатами отменного качества.

Ключевые слова: punica granatum, антиоксидант, лимон, шовиловая кислота. BOTANICAL CLASSIFICATION AND PHARMACOLOGY OF PUNICA GRANATUM

Abstract. Pomegranate (Punica granatum L.) is a subtropical fruit plant belonging to the Pomegranate family; 2-10 m tall tree or shrub. Our article below will talk about this plant. Today, it has become more popular due to its usefulness in medicine. Native to Central Asia, Azerbaijan, Iran and Afghanistan; wild species are found around the Mediterranean Sea, in the south of Central Asia, Crimea, Caucasus, Iran, Afghanistan, Old Asia and Dagestan. In Uzbekistan, Kuva, Namangan, Denov and Kitob (Varganza) districts are famous for their excellent quality pomegranates.

Keywords: punica granatum, antioxidant, lemon, shovilic acid.

Kirish

Barglari mayda, nashtarsimon, shoxlari tikanli (shirin mevalisida tikani kamroq). Iyun— iyulda gullaydi. Gullari ikki jinsli, yirik (diametri 8 sm gacha), och qizil, shoxi uchida bitta, ikkita, ba'zan beshtagacha joylashadi. Urug'chisi (onaligi) normal rivojlangan, ko'zachasimon guli meva tugadi, urug'chisi qisqa, qo'ng'iroqsimon gullari odatda meva tugmaydi. Anor chetdan changlanadi. Mevasi yirik, dumaloq, qizg'ish (qizil po'st) yoki oqish (oq po'st) bo'lib, og'irligi 250—1000 g keladi. Mevasi 6—12 uya (xona)li, doni och pushti yoki to'q qizil. Ta'mi shirin, chuchuk-nordon va nordon, sersharbat (40—60%), tarkibida 14—21% qand, 0,3—9% limon kislota, tanin, vitamin B, C bor. Po'sti 29—50%, doni 10— 20% ni tashkil etadi. Mevasi, po'sti, ildiz po'stlog'ida 28% gacha oshlovchi moddalar bor. Anor mevasi tarkibida 80 foiz suv,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

12-15 foiz qand, 19 foiz askorbin kislota, sof holda organik kislotalar - olma, limon, shovil kislotasi mavjud. B guruhi vitaminlari - B1, B2, B6, B9 va karotin, A vitamini, shuningdek kaliy, magniy, kobalt, temir, kalsiy, fosfor kabi mineral moddalar mavjud. Anor qonni ko'paytiradi, tarkibida antioksidant moddalar borligi uchun organizmni yoshartirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari anor mevasining po'stlog'i, daraxtining gullari, barglari va ildizidan turli dori preparatlari tayyorlanadi.

Tabobatda ishlatilishi

Nafas yo'llari kasalliklarida

Anor po'stlog'idan tayyorlangan damlama yoki mevasining sharbati bilan tomoq chayilsa, anginada, og'iz bo'shlig'i xastaliklari (stomatit, gingivit)da yordam beradi. Anor tarkibidagi oshlovchi moddalar og'riqni qoldiradi, organik kislotalar esa infeksiyani yo'qotadi.

Teri toshmalarini davolashda

Teringizga tez-tez har xil toshma va husnbuzarlar toshadimi? U holda anor po'stini mayda tuyib tovada qizartirib oling va bir choy qoshiq sariyog' bilan aralashtiring. Malhamni sovutgichda saqlang, haftasiga ikki marta yuz terisiga surting. Bundan tashqari, anor po'stlog'ining kukuni yordamida kuyishdan qolgan jarohatni davolash mumkin. Kuygan joyga anor sharbatidan 5-6 tomizib, ustiga po'stlog'idan tayyorlangan kukun sepiladi. Muolaja kuniga 2 mahal, bir hafta davomida bajariladi.

Qon bosimini tushiririshda

Xafaqon (gipertoniya, qon bosimi oshishi)ga chalingan bemorlar haftasiga 3-4 marta anor iste'mol qilsalar, tez orada qon bosimi me'yorlashadi. Italiyalik va amerikalik olimlar bu sarxil mevaning irsiyatga ta'sirini o'rganib chiqdilar. Ma'lum bo'lishicha, homilador ayollar bu mevani tanovvul qilsalar, tug'ilajak bolada uchrashi mumkin bo'lgan yurak xastaliklari, bosh miya nuqsonlarining oldi olinar ekan. Mevasi orasidagi pardani quritib, giyohli choyga qo'shib ichish esa asablarni tinchlantiradi, uyqusizlikdan xalos bo'lishga yordam berishi ham isbotlangan.

Gormonlar faolligini oshiradi

Klimaks davrida qizib ketish, jizzakilik, kuchli bosh og'rig'i (migren)dan qiynalsangiz anorni urug'i bilan iste'mol qiling. Ayollarimiz bu mevani tez-tez tanovvul qilib tursalar, ko'krak saratoni xavfidan ham saqlangan bo'ladilar.

Ko'ngil aynishini qoldiradi

Anor sharbati bilan yalpiz damlamasidan teng miqdorda olib qultumlab ichilsa ko'ngil aynishiga, qusishga davo bo'ladi.

Bachadondan qon ketishida qo'llanadi

Anor guli va po'stlog'ini qo'shib tuyib, damlamasini kuniga 3 mahal 50 g.dan 5 kun davomida ichilsa, qon ketishini davolashda foyda qiladi.

Anor gijjalarni yo'qotadi

Anorning gijjalarga qarshi xususiyati qadim-qadimdan ma'lum. Anor daraxtining ildizi, po'stlog'i va novdalaridan 50 g. olib, ustiga yarim litr suv quyib 15 daqiqa qaynatiladi. Sovutgach suzib, 2-3 soat ichida ichiladi. Tasmasimon gijjalarni haydashga ko'maklashadi.

Milklar qonaganda foydalaning

Anor guli va urug'ini aralashtirib siqiladi va sharbati og'izda bir oz vaqt ushlab turilsa, milk qonashi taqqa to'xtaydi. Yoki anor po'stiga sirka qo'shib qaynatiladi. U bilan og'iz chayilsa tish og'rig'i qoladi va milk qonashi to'xtaydi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Peshob haydaydi

Achchiq anor sharbatidan ichib turilsa, siydik haydalishiga yaxshi yordam beradi. Xulosa: Bizning tabiatimiz turli xil vitaminlarga boy undan unimli foydalanish esa bizga bog'liq. Xalq tilida "Anorning ichida nechta donasi bo'lsa, u shuncha dardga davodir" degan ibora yuradi. Bu bejizga aytilmagan buni esa Ota bobolarimiz qadimdan bilgan va bizgacha bilimlarini ulashgan. Men bu maqolamda nima demoqchiman kasal bulganimizda dori xonalarga chopavermasdan tabiy vositalardan foydalanishni o'rganaylik.

REFERENCES

1. https://avitsenna.uz/anor-tabiiy-mojiza/

2. Punica Granatum // Ботанический словарь / сост. Н. И. Анненков. — СПб.: Тип. Имп. АН, 1878. — XXI + 645 с.

3. Антонов А. А. Гранатник, гранатовое дерево // Энциклопедический словарь Брокгауза и Ефрона : в 86 т. (82 т. и 4 доп.). — СПб., 1893. — Т. IXa.

4. Борисова А. Г. Род 921. Гранат — Punica // Флора СССР : в 30 т. / начато при рук. и под гл. ред. В. Л. Комарова. — М. ; Л. : Изд-во АН СССР, 1949. — Т. 15 / ред. тома Б. К. Шишкин, Е. Г. Бобров. — С. 553. — 742 с. — 4000 экз.

5. Даников Н.И. Целебная магия даров юга. — M.: ТОО Леопись, 1998. — С. 71-78. — 174 с. — ISBN 5-88730-039-6

6. Нестерова Д.В. Гранат. — M.: Вече, 2007. — 64 с.

7. Огиевский В. В. Технические и пищевые лесные деревья и кустарники. — M.: ГОСЛЕСБУМИЗДАТ, 1949. — С. 34. — 75 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.