Научная статья на тему 'SAMBUCUS NIGRA L. O’SISHI, RIVOJLANISHI VA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI'

SAMBUCUS NIGRA L. O’SISHI, RIVOJLANISHI VA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
19
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
introduksiya / dorivor / manzarali / vitamin C / organik kislotalar / kompot / murabbo.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tursunova Sh.A., Zokirova M.M.

Ushbu maqolada O’zbekiston Milliy Universiteti Botanika bog’ida o’rganilayotgan Sambucus nigra L. o’simligining o’sishi, rivojlanishi va foydalanish istiqbollari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAMBUCUS NIGRA L. O’SISHI, RIVOJLANISHI VA FOYDALANISH ISTIQBOLLARI»

UDK 631.525.

SAMBUCUSNIGRA L. O'SISHI, RIVOJLANISHI VA FOYDALANISHISTIQBOLLARI

Tursunova Sh.A., Zokirova M.M.

O'zbekiston Milliy Universiteti, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11508481

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston Milliy Universiteti Botanika bog'ida o'rganilayotgan Sambucus nigra L. o'simligining o'sishi, rivojlanishi va foydalanish istiqbollari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Аннотация. В данной статье приводятся сведения о росте, развитии и перспективах использования растения Sambucus nigra L., изучаемого в Ботаническом саду Национального университета Узбекистана.

Annotation. This article provides information about the growth, development and prospects for use of the plant Sambucus nigra L., studied in the Botanical Garden of the National University of Uzbekistan.

Kalit so'zlar: introduksiya, dorivor, manzarali, vitamin C, organik kislotalar, kompot, murabbo.

Kлючевые слова: интродукция, лечебный, декоративный, витамин С, органические кислоты, компот, варенье.

Key words: introduction, medicinal, decorative, vitamin C, organic acids, compote, jam.

O'zbekistonda keng tarqalgan mahalliy va introduksiya qilingan hamda o'rmonchilikda, aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda, o'rmon melioratsiyasida istiqbolli hisoblangan ninabargli va yaproqbargli daraxt turlariga alohida e'tibor qaratiladi. Mamlakatimiz dendroflorasida oziq-ovqat, dorivorlik ahamiyatiga ega hamda ko'kalamzorlashtirishda foydalaniladigan daraxt-buta turlari talaygina. Hozirgi davrda atrof muhitni sog'lomlashtirish, yirik sanoat markazlarida havoni ifloslanishini oldini olish, shahar aholisini yashash sharoitlarini yaxshilash dendromeliorasiya tadbirlarini qo'llashni, ayniqsa, urbanizasiyalashgan muhitlarni ko'kalamzorlashtirishni, landshaftli qurilish obektlarini barpo etishni talab etadi. Introduksiya sharoitida Marjon daraxti (Sambucus nigra L.) o'simligining o'sishi, rivojlanishi va foydalanish istiqbollarini o'rganish dolzarb hisoblanadi [6].

Qora marjon daraxt (Sambucus nigra L) - Shilvidoshlar - Caprifoliaceae oilasiga mansub bo'lib, bo'yi 2-6 m ga yetadigan O'zbekistonga introduksiya qilingan buta yoki kichik daraxt. Yosh novdalari yashil, qolganlari qo'ng'ir-kulrang po'stloq bilan qoplangan. Bargi 3-7 bargchali, to'q patli murakkab bo'lib, bandi yordamida poyasi bilan shoxlarida ketma-ket joylashgan. Bargchalari kalta bandli, cho'ziq tuxumsimon, o'tkir uchli, notekis arrasimon qirrali. Sariq-oq, gullari qalqonsimon to'p gulni hosil qiladi. Mevasi qora binafsha rangli, sersuv, 3-6 danakli ho'l meva. Marjon daraxti may- iyun oylarida gullaydi, mevasi iyul - oktabrda pishadi (1-rasm).

1-rasm. Qora marjon daraxt (Buzina chernaya) - Sambucas nigra L.

Marjon daraxti Rossiya, Kavkaz, Ukraina va Belorussiyadagi keng yaproqli o'rmonlarda va butalar orasida o'sadi. Istirohat bog'lari, xiyobonlar va ko'chalarda manzarali daraxt sifatida o'stiriladi. Marjon daraxtning xalq tabobatida guli va mevasi ishlatiladi. Guli tarkibida 0,32% efir moyi, sambutsinigrin glikozidi, rutin, 82 mg% C vitamini, xolin, organik (xlorogen, valerianat, olma, sirka) kislotalar va boshqa kimyoviy birikmalar bor. Mevasi tarkibida 50 mg% gacha C vitamini, karotin, antotsianlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa biologik faol moddalar bor. Gulining damlamasi (meva damlamasi ham) shamollashda terlatuvchi, jigar, o't pufagi va o'tyo'llari kasalliklarida o't haydovchi hamda buyrak va siydik pufagi kasalliklarida siydik haydovchi vosita sifatida qollaniladi [2,5].

Marjon daraxt damlamasi yana nafas yo'larining yallig'lanish kasalliklarida, bronxit, laringit, gripp, nevralgiya va boshqa shamollash kasalliklarida ishlatiladi.

Guli terlatuvchi, surgi hamda tomoq og'rigida chayish uchun qollaniladigan yig'malar choylar tarkibiga kiradi. Mevasidan surgi ekstrakti tayyorlanadi. Bu turkumning vakillari buta yoki kichik daraxt bo'lib, balandligi 8 metrga etadi, shox-shabbasi tarvaqaylab o'sadi, po'stlog'i kul rang, bo'yiga yorilgan bo'ladi [1,4].

Barglari murakkab toq-patsimon tuzilgan bo'lib, har bir barg novdada qarama-qarshi joylashgan. May-iyun oylarida gullaydi. Gullari mayda, ikki jinsli, besh a'zoli tipda. Mevasi mayda danakchali rezavor meva, avgustda pishib etiladi, seret qizil-binafsha rangda. Bu turkumning qariyb 25 ta turi bo'lib, ular mo'tadil va subtropik iqlimli mintaqalarda tarqalgan.

Foydalanish istiqbollari. Inson uchun mevalarning barra holdagisi emas balki ularni qayta ishlangan holda ham istemol qiliishadi. Qora marjon mevalaridan ko'pgina konserva mahsulotlari tayyorlash mumkin. Masalan, murabbo, kompot, povidlo, jem va boshqalar. Bu mahsulotlarning ta'minin yanada yaxshilash maqsadida unga askorbin kislotasi, limon sharbati yoki boshqa nordon mahsulotlar qo'shiladi. Bu mahsulotlar o'ziga xos ta'mga ega bo'lib, qoraqat ( smorodina) va olcha ta'mini eslatadi.

Kompotlar. Qora marjon daraxti rezavor mevalaridan tayyorlanadigan kompotlar o'zining ta'mi va spetsifikligi bilan ajralib turadi. Undagi biologik faol moddalar, uning vizual ko'rinishi va xushbo'yligi yashi saqlanib qoladi. Degustatsiyalangan kompot ta'm sifati yaxshi ekanligi ko'rilgan.Unda, askorbin kislotasi 100 gr da 14,67 dan 42,55 mg gacha, quruq modda miqdori 18,29 dan 34,03% gacha, kompotning kislotaliligi 2,02 dan 2,71gacha % bo'ladi.

Murabbo. Rezavor meva va mevalardan tayyorlanadigan konserva mahsulotlari en ko'p tarqalgan va ommabop hisoblanadi. Meva va rezavor mevalardan tayyorlangan murabbolarni uch

yilgacha saqlash mumkin. Bu saqlash mobaynida sekin-asta miqdori kamayib boradi. Qora marjon daraxtining mevalaridan tayyorlangan murabbo yuqori sifatga ega Ьо'НЬ, 4,10 dan 4.64 balgacha baholandi. Askorbin kislotasi 11,26 dan 33,55 mg% gacha Ьо'^ь Quruq modda miqdori 47,15 dan 54,27 % gacha. Kislotalilik miqdori 1,02 dan 1,71 gacha %.[3].

Murabbo tayyorlash uchun tanlab olingan rezavor meva va mevalar yangi va turli yod jismlardan xoli Ьо'^Ы kerak.

Qora marjon mevalaridan murabbo tayyorlash Qora marjon daraxti mevalarining dorivor hususiyatga ega Ьо'НЬ, shamollash va oshqozon ichak kasalliklarida foydali hisoblanadi. Shuningdek u juda о'ziga hos spetsifiklikka ega. Uni tayyorlash uchun avvalambor, mevalar yaxshilab yuviladi. Va yod jismlardan tozalanadi. Ktta sirli idishga soli yaxshilab eziladi va sharbati chiqariladi. Sо'ngra qaynatishga qо'yiladi, doimiy tarzda aralashtirib turiladi, qaynab chiqqanidan sо'ng shakar qо'shiladi. Aralashtiriladi va 10 minutdan keyin о^Ып^ь Sо'ngra bankalarga quyiladi va qopqoqlar bilan berkitiladi. Tayyor mahsulotning rangi to'q qizil rang Ьо'^ь

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Abdiyeva O., Mamajonov L. Dorivor o'simliklar va ularni yig'ish. T. "Turon-Iqbol". 2006, 135 b.

2. Лекарственные растения и биологически активные вещества: фитотерапия, фармация, фармакология. Материалы международной науч.-практ. дистанц. конф., посвященной Дню Российской науки, Белгород, 8 февраля 2008 г. - Белгород.: Политерра, 2008. - С.216-220.

3. Сорокопудов В.Н., Мячикова Н.И., И.А. Навальнева, О.Ю. Жидких, В.Ю. Жи-ленко, Л.В. Волощенко и др. // Производство экологически безопасной плодово-ягодной продукции // Мир агробизнеса, 2010. - №1.- С. 22-24.

4. Ho'jayev V., Abdulalimov O., V.Abdullayev Sh. "Alkaloidlar kimyosi" Namangan-2011. 108 b.

5. Холматов Х.Х. Ахмедов У.А. Фармокогнезия. - Тошкент: Ибн Сино, 1995. - 622 б

6. ^аршибоев Х.К. Усимликлар интродукцияси сохдсида малакали мутахассислар тайёрлаш муаммоларию-Твълим, фан ва инновация,2016.№4.46-48-б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.