Научная статья на тему 'BUZIN (SAMBUCS NIGRA) OʻSIMLIGINING EKISH USULI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

BUZIN (SAMBUCS NIGRA) OʻSIMLIGINING EKISH USULI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
buzin / sanbucs / buta / oʻtsimon / gul / vitamin / oʻsimlik / rezavor / meva / kislota / murabbo / sharbat dorivor / meditsina.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Mamadaliyev Abror Tursinpulat Oʻgʻli, Kazakov Alimjon Mamatjonovich, Madaliyeva Mayramxon Akmaljon Qizi

maqolada buzin (sambucs nigra) oʻsimligining yetishtirish texnologiyasi dorivorlik xususiyatlari hamda guli va mevasining kimyoviy tarkiblari, dorivorlik hususiyatlari, meditsinada qoʻllanilishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUZIN (SAMBUCS NIGRA) OʻSIMLIGINING EKISH USULI VA DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

UO'K 664.8

BUZIN (SAMBUCS NIGRA) O'SIMLIGINING EKISH USULI VA DORIVORLIK

XUSUSIYATLARI

1Mamadaliyev Abror Tursinpulat o'g'li, 2Kazakov Alimjon Mamatjonovich, 3Madaliyeva

Mayramxon Akmaljon qizi

1,2,3Namangan muhandislik-texnologiya instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10932166

Annotatsiya. maqolada buzin (sambucs nigra) o'simligining yetishtirish texnologiyasi dorivorlik xususiyatlari hamda guli va mevasining kimyoviy tarkiblari, dorivorlik hususiyatlari, meditsinada qo'llanilishi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: buzin, sanbucs, buta, o'tsimon, gul, vitamin, o'simlik, rezavor, meva, kislota, murabbo,sharbat dorivor, meditsina.

Аннотация. В статье описаны лечебные свойства технологии выращиванияледяной (sanbucs nigra), почвенно-климатические условия и применение консервированных плодов, применение их в медицине.

Ключо слова: Куст, sanbucs, Куст, трава, цветок, витамин, растение, ягода, фрукт, кислота, варенье, сок лекарственный, лекарство.

Abstract. The article describes the medicinal properties of the technology of growing ice (sanbucs nigra), soil and climatic conditions and the use of canned fruits, their use in medicinie.

Keywords: medicine, sanbucs, fruit bush, grass, flower, vitamin, plant, berry, , acid, jam, medicinal juice bush.

Kirish Respublikamiz Prezidentining 2020 yil 10-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq tabobotini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" gi hamda "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4670 va PQ-4901-sonli Qarorlarida bir qator ustivor vazifalar, jumladan o'simliklarni yetishtirishning samarador agrotexnologiyalarni ishlab chiqish, ularni madaniy plantatsiyalarini va onalik ko'chatzorlarini yaratish hamda innovatsion texnologiyalarni joriy qilish kabi vazifalar belgilangan [1]. Bugungi kunda Buzin (sambucs nigra) o'simligi Respublikamizning tabiatda rayonlashtirilmagan O'zbekiston fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi akademik F.N.Rusanov nomidagi Botanika bog'ida parvarish qilinadi. Ushbu o'simlikni madaniy holda rayonlashtirish va plantatsiyalarini tashkil etish va mahsulotlaridan turli konserva mahsulotlarini tayyorlash texnologiyalari ilmiy asosda o'rganilgan. Shu nuqtai nazarda qishloq xo'jaligini innovatsion texnologiyalar asosida rivojlantirish sanoatda yangi tur mahsulotlar tayyorlash va eksportga yo'naltirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi Farmonida "Qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish, eksportbop mahsulotlar yetishtirish hamda meva - sabzavotchilikni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlarni to'liq ishga solgan holda mahalliy sanoat tarmoqlari eksport salohiyatini yanada rivojlantirish" kabi bir qator ustuvor vazifalar belgilab berilgan [2]. Buzin o'simligini madaniy holda yetishtirish, gul va mevalaridan shifobaxsh konserva mahsuloti tayyorlash hisobiga sanoat korxonalarini eksport salohiyatini oshirish yuqoridagi vazifa ijrosini ta'minlashdagi muhim jarayonlardan biri hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan ilmiy tadqiqotlar olib borish maqsadida viloyatimizning ikki tumanida tajribalar olib borildi. _

Tadqiqot uslublari. Namangan viloyatimizning Chortoq hamda Chust tumanlarining tuproq iqlim sharoitlaridan shartli sug'oriladigan hamda doimiy sug'orishga ega bo'lgan sharoitlarida yetishtirilgan Buzin o'simligini sambucs nigra va sambucs krasnaya turlari mevasidan foydalanilgan. Tadqiqot ishlari uch takroriylikda olib borildi. Tadqiqot olib borish maqsadida nazorat variantlari tabiiy sug'oriladigan, tuproq boniteti 55-60 ball va doimiy sug'oriladigan qo'ng'ir bo'z tuproqli, boniteti 65-70 ballga ega bo'lgan sharoitlardan foydalanilgan. [3-13].

Buzin mevasini kimyoviy tarkibini, shu jumladan kimyoviy moddalar va aminokislotalarni o'rganish uchun uch taroriylikda ikki xil variantda tadqiqot ishlari olib borildi.

Rezavor mevali o'simliklar Buzin (sambucs nigra) o'simligi sershira rezavor meva beruvchi ko'p yillik chala buta, o'tsimon o'simliklarning katta guruhi hisoblanib, mevali o'simliklar guruhiga kiradi. Yovvoyi ekma va quritilgan holda iste'mol qilinadi, mevasidan qiyom, sharbat, murobbo, vino va boshqa tur mahsulotlar tayyorlash mumkin. Mevasi rezavor meva hisoblanib, maymunjon, qulupnay, smorodina, malina va chakanda (oblepixa) lar singari tarkibida inson salomatligi uchun zarur bo'lgan organik kislotalar, qand, mineral tuzlar, vitaminlar va xushbo'y moddalar ko'pligi bilan ahamiyatli hisoblanadi [8-14].

Buzin mevasida to'rtta organik kislota aniqlangan bo'lib, ularning eng ko'p miqdori limon kislotasi (3,08-4,81 g / kg) uning tarkibi boshqa mevalarga nisbatan ancha yuqori bo'ladi. Keyingi biri olma kislotasi (0,97-1,31 g / kg) va qolgan ikkita kislota shikimik kislota (0,14-0,93 g / kg) va fumar kislotasi yuqori bo'ladi. Minerallar ham mevasida, ham gullarda ko'p uchraydi. Mineral moddalar miqdori meva massasining 0,90-1,55% ni tashkil qilib K (2953-5494 mg / kg ), P (7351337), Ca (574-1528), Na (13-146), Mg ( 396-739), Fe (12,4-84,7), Zn (1,9-11,3), Mn (3,6-9,5), Cu (1,7-2,9) va boshqa elementlar mavjudligi aniqlandi.

Mevalari iste'mol qilinadigan yovvoyi va ekma turlari Yer yuzining hamma joyida, ayniqsa, iqlimi mo'tadil mamlakatlarda ko'p o'stiriladi biroq O'zbekiston respublikamizda hali rayonlashtirilmagan. Rezavor mevali o'simliklar vegetativ yo'l bilan (qalamchasidan, bachkisidan, yashil qalamchasidan va gajakchasidan) maxsus ishlov berilib sutumulyatorlar yordamida ko'paytiriladi. Ko'chati bahor va kuz oylarida ekiladi. Tuproq yumshatilgan, begona o'tlardan toza holda tutiladi, o'g'itlanadi, vaqti-vaqti bilan sug'oriladi. Buzin (sanbucs nigra) o'simligi hosilga erta kiradi va har yili hosil beradi.

Turning aksariyat turlari singari, buzin o'simligi balandligi 2 metrdan 6 metrgacha bo'lib buta yoki kichik daraxt bo'lib bazida butun o'rmonlarni ham hosil qiladi. Buzin o'simligining poyasi shoxlangan, ingichka, yog'ochsimon qobig'i g'ovak yumshoq oq yadroli bo'ladi. Yosh buzin ko'chatlari novdalari yashil rangga ega, ammo vaqt o'tishi bilan ular ko'plab mayda lentisellar bilan jigarrang-kulrang rangga ega bo'ladi. Buzin o'simligini barglari uzunligi 10 sm dan 30 sm gacha bir nechta cho'zinchoq, uzun qirrali barglardan iborat bo'lib, bir -biriga qarama - qarshi joylashgan bo'ladi. Buzin o'simligi kuz oyida ekilmasa yanvar oyining ikkinchi 10 kunligidan boshlab mart oyining ikkinchi 10 kunligigacha ekish mumkin bo'ladi, 4x6, hamda 2x3 sxemalarda ekish tavsiya qilinadi. Sambucs o'simligi urug'idan va qalamchasidan ko'paytiriladi, qalamchalar fevral va mart oylaridan boshlab yerga suquladi.(1-rasm)

1-rasm Buzin (Sambucs nigra) o'simligining ekish sxemasi hamda qalamchasining umumiy ko'rinishi Tadqiqot natijalari va ularning muhokamasi. Buzin (Sambucs nigra) gullar 10 m balandlikda bo'ladi yoki kichikroq daraxt bo'ladi. Yosh novdalar yashil, jigarrang kulrang va katta miqdorda Sarg'ish ranglarda bo'ladi. Barglari qarama-qarshi, uzunligi 20-30 sm bo'ladi. Gullari sarg'ish oq o'tirgan yoki gullari qalin tekis qalqonli to'plangan va yoqimli hid taratadi. Mevalar-qora dumaloq shaklida bo'lib gullar may-iyun oylarida paydo bo'ladi.

Dorivor xom ashyo sifatida gullar, uning mevalari, yosh novdalar, barglar, dona va po'stlog'i ishlatiladi. Gul savatlari saralab asta sekinlik bilan yig'iladi, yig'ilgandan keyin 30-35Co haroratda butunligicha quritiladi va darhol soyaga olib quritish davom ettiriladi.(2-rasm)

A gul shonasi B o'simlik guli

2-rasm Buzin (Sambucs nigra) o'simligi gulining umumiy ko'rinishi

Quriganidan keyin u maydalanadi va elakdan o'tkaziladi. Quritilgan xom gullari uchun namlik 14 % dan ko'p bo'lmasligi lozim, buzin gullari uchun 8 % dan oshmasligi lozim bo'ladi [4-14/15].

Buzin (sambucs nigra) o'simligi to'liq pishib 2 oy davomida - avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi va qayta ishlash uchun yig'ib olinadi. Xom ashyoni saqlash muddati 1 oy soyada qurutib 6 oygacha saqlash imkoniyati mavjud bo'ladi. Mevalar avgust-sentyabr oylarida terib olinadi. To'la pishib yetilmaganlari esa o'simlikning o'zida qoldiriladi, shundan so'ng ular quritgichlar, pechlarda, 60-65C0 xaroratda quritiladi. Ular yumaloq qora va binafsha ranglarda bo'ladi. (3-rasm)

A B

3-rasm buzin (sambucs nigra) o'smligi mevasining ho'l va quruq holdagi namunalari.

A: ho'lhalatdagi namunasi B: quruq holatdagi namunasi

Mevasi tarkibida A, PP, B3, B2, B5, B12, askorbin kislota, rutin, karotin, glikazidlar, sambunigra, tiriozin, xolin kislotasi, fruktoza va oshlovchi moddalar, mis, qo'rg'oshin, fosfor, temir, kaliy, kaltsiy, magniy va boshqa epsimentlar mavjudligi aniqlandi. Ushbu kimyoviy tarkiblarga asosan mevasi va gulidan tayyorlangan sirop, murabbo va kampot maxsulotlari inson organizmi uchun zarur va dorivorlik xususiyatlari yuqoriligi ilmiy manbalarda etirof etilgan. Laboratoriya taxlillariga ko'ra mevasi tarkibida 10-48 mg % askorbin kislotasi, 0.36 % karbon kislotalar, gumizidlardan sambunigra (C14H12NO6) borligi aniqlandi. Ushbu taxlillarga ko'ra u inson organizmida sodir bo'ladigan jigar kasalliklari, xafli o'sma, qandli diabet, artirit, revmatizm, bronxol astma va asab kasalliklarni oldini olishda muxim ijtimoiy-iqtisodiy axamiyatga ega. Shuningdek qayta ishlash sanoatida yangi turdagi shifobaxsh maxsulotlar tayyorlash, jumladan siroplar, murabbo, kampot, vino sanoatida kanyak, likyor va disert vinolar tayyorlashda xom ashyo sifatida foydalanish mumkin. Dorivor xom ashyo sifatida gullar, uning mevalari, yosh novdalar, barglar, dona va po'stlog'i ishlatiladi. Gul savatlari saralab asta sekinlik bilan yig'iladi, yig'ilgandan keyin 30-35 °C haroratda butunligicha quritiladi va darhol soyaga olib quritish davom ettiriladi. Quriganidan keyin u maydalanadi va elakdan o'tkaziladi. Quritilgan xom gullari uchun namlik 14 % dan ko'p bo'lmasligi lozim, buzin gullari uchun 8 % dan oshmasligi lozim bo'ladi.

Buzin (sambucs nigra) o'simligi to'liq pishib 2 oy davomida - avgust-sentabr oylarida pishib yetiladi va qayta ishlash uchun yig'ib olinadi. Xom ashyoni saqlash muddati - 1 oy, qurutib 6 oygacha ham saqlash imkoniyati mavjud. Mevalar avgust-sentabr oylarida terib olinadi. To'la pishib yetilmaganlari esa o'simlikning o'zida qoldiriladi, shundan so'ng ular quritgichlar, pechlarda, 60-65° C haroratda quritiladi. Ular yumaloq qora va binafsharanglarda bo'ladi.[9-15].

Buzin gulidan tayyorlangan sirop nafas yo'llari kasalliklarini oldini olish va buylrakni tozalash, siydik haydovchi sifatida ham qo'llaniladi. Buzin ildizining infuzioni suvni yaxshi oladi va buyraklarni tozalaydi. Bu qorin kasalligi bilan mukammal ishlaydi. Uning mashhurligi bilan u qizil rangni tutadi. Va bu juda keng qo'llaniladi. Ekish va parvarish qilishning ushbu usulining asosiy xususiyatlari barcha bosqichlarni to'g'ri bajarish uchun ahamiyatli hisoblanadi [7-16].

Sanbucs o'simligi tarkibida glikazid, efirlar, rutin, alkaloid, vitamin A C, olma kislotasi, sirka kislotasi, fitostarin va aminokislotalar mevasi tarkibida esa askarbin kislota, vitamin C (50 mg %) karotin, sambutsin,gulukoza (2.8), furuktoza (2.5) erkin kislotalar, triozin va rang beruvchi moddalar mavjud. Gullari tarkibida ko'plab flavonli glikozidlar, rutin, xolin va boshqa moddalar mavjudligi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi Prezidentining PQ-2505-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-sonli Farmoni Toshkent 28.01.2022 yil.

3. Belik V.F. "Metodika opwtnogo dela v ovo^evodstve i baxchevodstve" M: Agropromizdat, 1992. - 318 S.

4. Boyqobulov; G.X Ikramov. Cytology, T; 1980 and p.156

5. Shirokov EP; Technology of storage and processing of fruits and

6. vegetables M.

7. Markov V.M. Ovash breeding, M; 1974 269-369 s

8. Dzhaforov A.F. Merchandising of fruits and vegetables. M. 1979 37-86 s

9. Ku6epHeHHHKa (https://cyberleninka.ru/article/n/ekstrimal-sharoitlarga-ega-b-lgan-maydonlarda-ovul-capparis-spinosa-simlik-plantatsiyasini-tashkil-etishdagi-innovatsion)

10. "Goji (dereza) dorivor o'simligini yetishtirish, qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish" A.T.Merganov, N.A.Tursunov, T.O.Maxmudov,D.Alikarieva

11. https://sadovniki.org/buzina-chernaja-posadka-uhod-ispolzovanie

12. https://hw4.ru/vyrastim-buzinu

13. Ikromjonovich A. Z., Turgunovich M. A. Factors affecting quality in the production of organic products from buds and fruits of capers (Capparis spinosa) //Int. J. Sci. Res. - 2022. - T. 3. -C. 311-319

14. Mamatjonovich, Kazakov Alimjon, and Mamadaliyev Abror Tursinpulat Ogli. "QAYTA ISHLASH SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AXAMIYATI." Science and innovation 2.Special Issue 6 (2023): 1151-1152.

15. Asatov I., Merganov A., Abdullaev Z. Technology of caper (Capparis spinosa) seed preparation for cultivation and cultural growth //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2021. - T. 244. - C. 02022.

16. Abdullayev Z. I., Karimov I. R., Mamadjonova N. A. Environmentally friendly technology for the production of powder for the food industry by drying the technically ripe fruits of the caper plant //E3S Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - T. 390.

17. MepraHOB A. T., BycTOHOB 3. T., A6gy^aeB 3. H. ЭКCTPHMAП mAPOHTHAPrA ЭГА BYHrAH MAHAOHHAPAA ^OBYH (CAPPARIS SPINOSA) YCHMHHK nHAHTAUHSCHHH TAmKHH ЭTHmAAГH HHHOBAUHOH TEXHOHOrH^HAPHH A^AMH^TH //Science and innovation. - 2022. - №. Special Issue. - C. 521-525.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.