Научная статья на тему 'QAYTA ISHLASH SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AXAMIYATI'

QAYTA ISHLASH SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AXAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
29
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
buzin / sanbucs / buta / o`tsimon / dorivor / meditsina

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Kazakov Alimjon Mamatjonovich, Mamadaliyev Abror Tursinpulat Ogli

Maqolada buzin (sambucs nigra) o`simligining yetishtirish texnologiyasi dorivorlik xususiyatlari, tuproq iqlim sharoitlari, guli va mevasidan tayyorlanadigan konserva mahsulotlari,meditsinada qo`llanilishi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QAYTA ISHLASH SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AXAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

QAYTA ISHLASH SANOATIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNI IJTIMOIY-IQTISODIY AXAMIYATI

Kazakov Alimjon Mamatjonovich 1 , Mamadaliyev Abror Tursinpulat o^gTi 2

1Chortoq tuman "Billur Arkon" qayta ishlash sanoat korxonasi direktori 2Namangan muhandislik-texnologiya instituti tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.8013941

Annotatsiya. Maqolada buzin (sambucs nigra) o simligining yetishtirish texnologiyasi dorivorlik xususiyatlari, tuproq iqlim sharoitlari, guli va mevasidan tayyorlanadigan konserva mahsulotlari,meditsinada qo'llanilishi bayon etilgan.

Kalit so^zlar: buzin, sanbucs, buta, otsimon, dorivor, meditsina.

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 2021-2023 yillarda respublikamizda kam tarqalgan dorivor o'simliklardan qora buzin (Sambucs nigra) o'simlik plantatsiyalarini tashkil etish va ularni guli, mevasi va barglaridan tarkibida inson organizmi uchun kerak bo'lgan fiziologik faol moddalarga boy bo'lgan turli mahsulotlar, shu jumladan gulidan sirop, mevasidan sok, kampot murabbo va djem kabi mahsulotlar tayyorlash bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi.

Tadqiqotlarni olib borish uchun qora buzin (Sambucs nigra) o'simligini "Yeva" va "Gerza" kabi navlaridan foydalanilib, Namangan viloyati Chust va Chortoq tuman fermer xo'jaliklarida 0.5 ga plantatsiya tashkil etildi. Taxlillariga ko'ra buzin-butasimon o'simlik bo'lib, uni balandligi 2-4 metrgacha o'sishi, guli shingilsimon oq tusli, mevasi suvli, mayda donali, tusi safsar rangda, 5-7 mm kattalikda bo'lib 2-4 donagacha danakli, mevasi avgust oyida pishib, ta'mi biroz nordon ta'mga egaligi aniqlandi. Mevasi tarkibida A, PP, B3, B2, B5, B12, kabi vitaminlar, askorbin va xolin kislotalari, rutin, karotin,, tiriozin, uglevodlar (fruktoza va oz miqdorda saxaroza) oshlovchi moddalar, mis, qo'rg'oshin, fosfor, temir, kaliy, kaltsiy, magniy kabi mikro elementlar mavjudligi institut tasarrufidagi ilmiy tadqiqot diagnostika laboratoriyasida aniqlandi. Buzin o'simligini qayta ishlab tayyorlangan maxsulotlarda inson organizmi uchun zarur va dorivorlik xususiyatlari yuqoriligi ilmiy manbalarda etirof etilgan. Jumladan u inson organizmida sodir bo'ladigan jigar kasalliklari, xafli o'sma, qandli diabet, artirit, revmatizm, bronxol astma va asab kasalliklarni oldini olishda va davolashda muhim tibbiy axamiyatga ega. Shuni e'tiborga olgan holda "Billur Arkon" sanoat korxonasining Ishlab chiqarish laboratoriyasida guli va mevasini qayta ishlab konserva mahsulot namunalari, jumladan sirop, murabbo, kampot va djem ko'rinishidagi mahsulot na'munalari tayyorlandi.

Buzin mevasidan murobbo klassik usuldan foydalanilib tayyorlandi. Jumladan mevasi vizvual nazoratdan o'tkazildi, mevasi shingilidan tozalandi, yuvildi, mevani ezildi, shakar va limon kislotalar aralashtirib havosiz muhitda qaynatildi, dastlabki fizik-kimyoviy tahlil qilinib, mahsulot sifatini standartlashtirildi hamda sterillangan idishlarga qaynoq holida qadoqlandi. Quyidagi jadvalda 100 shartli banka murobbo uchun mahsulot sarfi ko'rsatilgan.

1-jadval

Qora buzin mevasidan murobbo tayyorlash resepti (100 shartli banka uchun)

Mahsulot Tayyor

Olingan Miqdori tarkibidagi maxsulotdagi Mahsulot namunasi

mahsulot turi kg quruq modda quruq modda

miqdori miqdori

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

%

kg

%

kg

Buzin mevasi

67.0

14

9.4

Shakar

60

99.5

59.7

Limon kislota

0.1

Buglatish hiobiga massaning kamayishi

-27.5

Texnologik

jarayonda

mahsulotning

tabiiy

yo'qotilishi

1.5

1.1

Tayyor

mahsulot

chiqishi

kg/shartli

banka

100

68.0

68

Mahsulot sifat ko'rsatkichlari sensorik usulda aniqlandi: tashqi ko'rinishi quyuq, toq safsarrangli,sirop ko'rinishidagi suyuqlik, tami buzin mevasiga hos bo'lgan ta'm, shirin nordon mazaga ega, hidi oziga hos ekanligi aniqlandi.

Refraktometr yordamida quruq moddalarning miqdori 68 % ekanligi aniqlandi. Tayyor mahsulotning yaroqlilik muddatlari va saqlash sharoitlari o'rganildi.

Buzin (Sambucs nigra) o'simligi belgilangan dastur asosida bir qator tadqiqotlar o'tkazilmoqda. Har bir variant uchun 1.0 gektar maydondan faydalanilmoqda. Fenologik kuzatuvlar uch yil davomida muntazam olib boriladi.

Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko'ra Buzin (Sambucs nigra) o'simligi ham boshqa buta o'simliklari kabi bir yil davomida 1 yoshli kochatlar 1.5-2 metrgacha o'sganligi aniqlandi. Ilmiy tadqiqotlar shuni korsatadiki buzin o'simligi gul va mevasini qayta ishlab tayyorlangan mahsulotlarni sanoatga joriy qilsak barcha yuzaga kelayotgan kasalliklar jumladan: jigar kasalliklari, xafli o'sma, qandli diabet, artirit, revmatizm, bronxol astma va asab kasalliklarni oldini olishda va davolashda juda ham katta ahamiyatga ega bo ladi shu o rinda dorivor osimliklardan tayyorlangan mahsulotlarning orni beqiyos bo lishi kutilmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi PF-60-sonli Farmoni Toshkent 28.01.2022 yil.

2. Belik V.F. "Metodika opwtnogo dela v ovo^evodstve i baxchevodstve" M: Agropromizdat,

1992. - 318 S.

3. Boyqobulov; G.X Ikramov. Cytology, T; 1980 and p.156

4. KHÖep^eHHHKa (https://cyberleninka.ru/article/n7ekstrimal-sharoitlarga-ega-b-lgan-maydonlarda-ovul-capparis-spinosa-simlik-plantatsiyasini-tashkil-etishdagi-innovatsion)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.