Научная статья на тему 'PIMPINELLA ANISUM O’SIMLIGINI TIBBIYOTDA VA XALQ TABOBATIDA ISHLATILINISHI'

PIMPINELLA ANISUM O’SIMLIGINI TIBBIYOTDA VA XALQ TABOBATIDA ISHLATILINISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
216
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
dorivor o’simliklar / urug’ / farmasevtika / meva / nastoyka / sirop (qiyom) / choy / spirt / efir moyi.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muxlisa Baxtiyor Qizi To’xtamurodova

Ushbu ilmiy maqolada pimminella anisum dorivor o’simligi inson salomatligini tiklash uchun zarur ekanligi aniqlandi. Pimpinella anisum o’simligining dorivorlik xususiyatlari o’rganildi. Anisdagi organik moddalarning konsentratsiyasi, inson uchun foydali bo’lgan makro elementlar va mikro elemenlar miqdori berilgan. Anis yuqori kalloriyali 100 g uchun taxminan 337 kkal. Anisning kimyoviy tarkibi anisning foydaliligini tasdiqlaydi. Anis o'simligining urug'lari antibiotiklarning ta'sirini kuchaytiradi.Anis tabiiy gormonal vosita sifatida ham ishlatiladi.Anis o'simligidan tayyorlangan dorilar nafas yo'llari kasalliklarini davolash uchun ingalyatsiya qilish ham samarali foyda beradi. Anis o'simligi unversal o'simlikdir. Tibbiyotdan tashqari kosmetikada, xalq tabobatida, pazandachilikda, oziq ovqat sanoatida, nonvoychilikda foydalaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PIMPINELLA ANISUM O’SIMLIGINI TIBBIYOTDA VA XALQ TABOBATIDA ISHLATILINISHI»

PIMPINELLA ANISUM O'SIMLIGINI TIBBIYOTDA VA XALQ TABOBATIDA ISHLATILINISHI

Muxlisa Baxtiyor qizi To'xtamurodova

Toshkent davlat agrar universiteti [email protected]

ANNATATSIYA

Ushbu ilmiy maqolada pimminella anisum dorivor o'simligi inson salomatligini tiklash uchun zarur ekanligi aniqlandi. Pimpinella anisum o'simligining dorivorlik xususiyatlari o'rganildi. Anisdagi organik moddalarning konsentratsiyasi, inson uchun foydali bo'lgan makro elementlar va mikro elemenlar miqdori berilgan. Anis yuqori kalloriyali 100 g uchun taxminan 337 kkal. Anisning kimyoviy tarkibi anisning foydaliligini tasdiqlaydi. Anis o'simligining urug'lari antibiotiklarning ta'sirini kuchaytiradi.Anis tabiiy gormonal vosita sifatida ham ishlatiladi.Anis o'simligidan tayyorlangan dorilar nafas yo'llari kasalliklarini davolash uchun ingalyatsiya qilish ham samarali foyda beradi. Anis o'simligi unversal o'simlikdir. Tibbiyotdan tashqari kosmetikada, xalq tabobatida, pazandachilikda, oziq ovqat sanoatida, nonvoychilikda foydalaniladi.

Kalit so'z: dorivor o'simliklar, urug', farmasevtika, meva, nastoyka, sirop (qiyom), choy, spirt, efir moyi.

Dunyo miqyosida tabiiy sharoitda o'sadigan yuksak o'simliklarning somi 375 mingdan ortiq turni tashkil etadi. Ushbu o'simliklarning 10-12ming turi shifobaxsh xususiyatga ega bo'lgan dorivor o'simliklar hisoblanib, 1000 dan ortiq turlarini kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari o'rganib chiqilgan. Insoniyat tarixida tabiiy o'simliklardan tayyorlangan dorilar ko'plab kasalliklarga davo sifatida qo'llanib, bundan besh ming yillar avval dori vositalarini tayyorlashga doir yozilgan retseptlar, qo'lyozmalarni bugungi kungacha saqlanganlari mavjud. Asrlar davomida insonlarni davolashda o'simliklardan ham dori vositalari sifatida foydalanib kelingan.

Hozirgi kunda xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda dorivor o'simliklar keng qo'llanilmoqda. Dunyo davlatlarida tabiiy dori mahsulotlariga bo'lgan talabning nihoyatda ortib borishi dorivor va ziravor o'simliklarga bo'lgan extiyojmi yanada kuchaytiradi. O'simliklar bilan davolash yoki fitoterapiya insonlarni davolashda turli dorivor osimliklardan yoki ulardan tayyorlangan preparatlardan foydalanish usuliga asoslanadi. Hozirda dorivor o'simliklar bir qator kasallik va muammolarni bartaraf etishda xususan, allergiya, artrit, migren, xolsizlik, teri infeksiyalari va kuyishida, shuningdek, turli yaralar hamda oshqozon ichak faoliyatini davolashda keng ishlatilinmoqda. Dorivor o'simliklardan tayyorlangan damlamalar organizmdagi tonusni

ko'taradi, immunitetni oshiradi. Shuningdek, xavfsiz bo'lganligi sababli bemorlarni davolashda dorivor o'simliklar va ular asosida yaratiladigan preparatlar tib ilmi tomonidan ma'qul ko'rilmoqda.

Abu Ali ibn Sino o'z asarlarida shifobaxsh o'simliklarga tarif beradi va ular bilan davolash usullarini yozib qoldirgan. Tib qonunlari asari nafaqat Osiyo xalqlari balki yevropa shifokorlarnini faoliyatida dasturi amal bo'lib kelmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 12 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasida xalq tabobati sohasini tartibga solish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3968 sonli qaror va 2019- yil 10 apreldagi "2019-2021 yillarda respublikaning farmasevtika tarmog'ini yanada jadal rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5707 sonli farmoni. Qabul qilingan qaror va farmonlar nihoyatda muhim hisoblanadi sohani rivojlanishini va davomiyligini ta'minlaydi.

Arpabodiyon (Pimpinella anisum L) Apiaceae oilasiga mansub bo'lib, bir yillik o'simlik. Bo'yi 30-60 sm, mevasi qo'shaloq pista, urug'lari kulrang yoki ko'kish-qo'ng'ir, uzunlidi 10mm, kengligi 3mm. Bu o'simlikdan uzoq yillar oldin qadimgi Rimliklar, xitoyliklar, hindular, yunonlar va misrliklar foydalanib kelishgan. Bu o'simlik tibbiyotning turli sohalarida shuhrat qozongan. Bu o'simlik amalda universaldir. Tibbiyotdan tashqari kosmetikada, pazandachilikda, oziq ovqat sanoatida, xolva tayyorlashda, nonvoychilikda o'ziga xos talablarga ega. 100gr o'simlik tarkibiga quyidagilar kiradi: oqsillar-17,5g, yog'lar-15,9g, uglevodlar-35,5g, suv-9,6g,kul-6,9g, to'yingan yog' kislotalar-0.586g. Anisdagi organic moddalarning konsentrarsiyasi: retinol-16mg, tiamin-0,34mg, riboflavin-0.29mg, vitamin B3- 0.797mg, vitamin B6-0.65mg, vitamin B9-10mkg, askorbin kislota-21mg. inson organizimi uchun foyda quyidagi elementlar: Ca-646mg, Na-16mg,Mg- 170mg, K-1441mg, P-440mg, Fe— 36.96,Se-5mkg, Zn-5,3mg.

Anisga asoslangan vositalar gripp belgilari va o'tkir respirator virusli infeksiyalarni samarali ravishda yengillashtiradi. Tabiiy preparat balg'amni suyiltiradi va ko'chishiga yordam beradi, yo'tal reflekslarni bostiradi, urug'idan tayyorlangan damlamalar yallig'lanishga qarshi, istmani tushuruvchi, terlashni rag'batlantiruvchi, dezinfeksiyalovchi, spazmlarni yo'qotish xususiyatlariga ega. Anis o'simligining urug'lari antibiotiklarning ta'sirini kuchaytiradi. Arpabodiyon tabiiy gormonal vositadir. Kompozitsiyasida anetol-estrogen (ayol garmoni) ishlab chiqarishga yordam beradigan efir moyi mavjud. Bu garmonlar muvozanatini normallashtiradi, hayz ko'rish va menopauzani osonlashtiradi. Ibn Sino arpabodiyon urug'i qizdirilib tutuni hidlansa bosh og'rig'i, bosh aylanishini to'xtatishi haqida ma'lumot bergan. U arpabodiyonni ezib, atirgul moyi bilan aralashtirib quloq og'rig'ini davolagan.

Ilmiy meditsinada arpabodiyon mevasidan tayyorlangan dori darmonlar qorin og'rig'ini qoldirish, ichak faoliyatini yaxshilash, yel haydash uchun tavsiya qilinadi. Gastrit, sistit, laringit, bronxit, qizamiq kasalliklarini davolashda moyi va mevasidan

foydalaniladi. Bundan tashqari emizikli onalarimiz iste'mol qilsa sut miqdorini ko'paytiradi, chaqaloqlarni qorin dam bolishidan holos qiladi. Farmasevtikada turli hildagi dorilarni ta'mini yaxshilash va hush bo'y ifor berish maqsadida foydalaniladi. Xulosa. Pimpinella anisum o'simligi ilmiy tibbiyotda va xalq tabobatida keng foydalinib kelinayotdan o'simliklar qatoridan joy olgan. Uning shifobaxshlik xusiyatlari qadimdan ma'lum, hozirgi kunda ham yangi izlanishlar olib borilmoqda. Ilmiy tibbiyot va xalq tabobatini uyg'unlashtirgan holda yuqori nafas yo'llari kasalliklarini, ichak kasalliklari prafilaktikasi va davolash maqsadida o'simlikdan tayyorlangan damlama, qaynatmalardan foydalanishni tavsiya qilaman.

REFERENCES

1. TDAU ning Dorivor o'simliklar kafedrasi olimlari tomonidan tayyorlangan Dorivor va ziravor o'simliklarni yetishtiruvchi va tayyorlovchi mutaxasislar uchun qo'llanma Toshkent-2020 16-17b

2. X.X.Xolmatov, O' A Axmedov Farmakognoziya Toshkent 1997 160-163b

3. V.A. Karimov, Shomaxmudov Xalq tabobati va zamonaviy ilmiy tbbiyotda qo'llaniladigan shifobaxsh o'simliklar Toshkent-1993. 67b

4. Ужегов Г.Н. Народная медициа.10000 рецептов от 500 заболеваний. Г. Ужегов. Москва: Изд-во «Э» 2017.-188 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.