Научная статья на тему 'KIMYOVIY PREPARATLAR YORDAMIDA QURUQ PILLA QOBIG‘INI CHANG VA BOSHQA OMILLARDAN SAQLASH USULLARI'

KIMYOVIY PREPARATLAR YORDAMIDA QURUQ PILLA QOBIG‘INI CHANG VA BOSHQA OMILLARDAN SAQLASH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
555
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pilla / xom ipak / chiziqliy zichlik / adgeziya / serisin / chuvish tezligi / uzluksiz chuvilish / chuvilish davri / tenzodatchik / Cocoon / raw silk / linear density / adhesion / ceresin / rinsing speed / continuous rinsing / rinsing period / strain gauge.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Sulaymonov Sharifjon Abdumanabovich

Maqolada pillachilik va pillakashlik sanoatida pillalarni turli xil changlardan himoya qilish xamda pilla qobig‘ining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishda kimyoviy preparat SFM lar yordamida modifikatsiya qilib sifatli xom ipak olish texnologiyasi yaratili. Ilmiy tadqiqot ishimizda pillalarni turli zararkunandalardan saqlash maqsadida “Biokimyo” zavodi chiqindilari (bardo va sivush moyi)ni, laboratoriya sharoitida sintezlab olingan sirt faol modda (SFM) dan foydalandik. Tayyorlangan SFM pillaning tarkibidagi moddalarga yaqin gidroksil, karboksil guruppalari mavjud. Moddaning muhiti neytral bo‘lib, zaharli emas, shu bilan birga moddaning tarkibida qobiqxo‘r qo‘ng‘izlar va hashoratlar yemaydigan amino guruhlari mavjud. Pillakashlik korxonasida ishlaydigan ishchilar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydi. Kimyoviy preparat (SFM) lar bilan ishlov berilgan pillalarni kvartallar bo‘yicha saqlab 5 kg dan qilib chuvib ko‘rilganda, nazoratdagi pillalarga nisbatan modifikatsiya qilish hisobiga pillaning chuvilishini 1.2 – 1.9 % oshirishga erishildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF PROTECTION OF DRY COCOON FROM DUST AND OTHER FACTORS WITH CHEMICALS

The article describes the technology of obtaining quality raw silk by modifying it with the help of chemical drug SFMs to protect cocoons from various dusts and preserve the natural properties of the cocoon shell in the cocoon and silk industry. In our research work, in order to protect the cocoons from various pests, we used the waste of the plant "Biochemistry" (bards and sivush oil), a surfactant synthesized in the laboratory. The prepared SFM cocoon contains hydroxyl, carboxyl groups close to the substances contained in it. The environment of the substance is neutral and non-toxic, however, the substance contains amino groups that are not eaten by bark beetles and insects. It does not adversely affect the health of the workers working in the silk factory. When chemically treated (Surfactant) cocoons were stored quarterly and weighed at 5 kg, cocoon weaning was increased by 1.2-1.9% due to modifications compared to controlled cocoons.

Текст научной работы на тему «KIMYOVIY PREPARATLAR YORDAMIDA QURUQ PILLA QOBIG‘INI CHANG VA BOSHQA OMILLARDAN SAQLASH USULLARI»

Scientific Journal Impact Factor

KIMYOVIY PREPARATLAR YORDAMIDA QURUQ PILLA QOBIG'INI CHANG VA BOSHQA OMILLARDAN SAQLASH USULLARI

Annotatsiya: Maqolada pillachilik va pillakashlik sanoatida pillalarni turli xil changlardan himoya qilish xamda pilla qobig'ining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishda kimyoviy preparat SFM lar yordamida modifikatsiya qilib sifatli xom ipak olish texnologiyasi yaratili. Ilmiy tadqiqot ishimizda pillalarni turli zararkunandalardan saqlash maqsadida "Biokimyo" zavodi chiqindilari (bardo va sivush moyi)ni, laboratoriya sharoitida sintezlab olingan sirt faol modda (SFM) dan foydalandik. Tayyorlangan SFM pillaning tarkibidagi moddalarga yaqin gidroksil, karboksil guruppalari mavjud. Moddaning muhiti neytral bo 'lib, zaharli emas, shu bilan birga moddaning tarkibida qobiqxo'r qo'ng'izlar va hashoratlar yemaydigan amino guruhlari mavjud. Pillakashlik korxonasida ishlaydigan ishchilar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi. Kimyoviy preparat (SFM) lar bilan ishlov berilgan pillalarni kvartallar bo 'yicha saqlab 5 kg dan qilib chuvib ko 'rilganda, nazoratdagi pillalarga nisbatan modifikatsiya qilish hisobiga pillaning chuvilishini 1.2 - 1.9 % oshirishga erishildi.

Kalit so'zlar: Pilla, xom ipak, chiziqliy zichlik, adgeziya, serisin, chuvish tezligi, uzluksiz chuvilish, chuvilish davri, tenzodatchik.

Abstract: The article describes the technology of obtaining quality raw silk by modifying it with the help of chemical drug SFMs to protect cocoons from various dusts and preserve the natural properties of the cocoon shell in the cocoon and silk industry. In our research work, in order to protect the cocoons from various pests, we used the waste of the plant "Biochemistry" (bards and sivush oil), a surfactant synthesized in the laboratory. The prepared SFM cocoon contains hydroxyl, carboxyl groups close to the substances contained in it. The environment of the substance is neutral and non-toxic, however, the substance contains amino groups that are not eaten by bark beetles and insects. It does not adversely affect the health of the workers working in the silk factory. When chemically treated (Surfactant) cocoons were stored quarterly and weighed at 5 kg, cocoon weaning was increased by 1.21.9% due to modifications compared to controlled cocoons.

Sulaymonov Sharifjon Abdumanabovich Andijon mashinasozlik instituti T.f.f.d (PhD) Dotsenti [email protected]

Scientific Journal Impact Factor

Keywords: Cocoon, raw silk, linear density, adhesion, ceresin, rinsing speed, continuous rinsing, rinsing period, strain gauge.

Prezidentimiz ta'kidlaganidek, tashqi bozorga arzon xom ashyoni emas, balki yuqori sifatli tovar mahsulotini eksport qilish zarur. Eksport imkoniyatini kengaytirish jahon bozorlariga kirib borish uchun avvalo qimmatbaho xom ashyoni qayta ishlash negizida tayyor mahsulot ishlab chiqaruvchi qo'shma korxonalarni rivojlantirish zarur. Xorijiy sheriklar bilan birgalikda zamonaviy ixcham korxonalar barpo etib, ularni mehnat resurslarining manbalari bo'lmish qishloqqa yaqinlashtirish lozim [1].

Respublikamiz mintaqada to'qimachilik sanoati uchun muhim bo'lgan xom ashyo - paxta, tabiy ipak, kanop, jun kabi xom ashyolarni yetishtirish bo'yicha yetakchi o'rinni egallab, iqtisodiyotda muhim o'rin tutadi va aholini zarur ehtiyojini qondirishda katta rol o'ynaydi. Bundan tashqari ishlab chiqarilgan mahsulot sanoatning boshqa sohalarida texnik maqsadlarda foydalaniladi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanib borishi, dunyoda moliyaviy bo'hron vujudga kelgan bir davrda mahalliy xom ashyodan samarali foydalanib, xalq iste'moli mahsulotlari assortimentini kengaytirish, ularni sifatini oshirish, shuningdek, to'qimachilik korxonalarining eksport salohiyatini yuqori darajaga olib chiqish, hamda import tovarlarini o'rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarish juda muhim ahamiyat kasb etadi [2].

Jumladan, ipakchilik sanoati — O'zbekiston respublikasining yirik ishlab chiqarish tarmoqlaridan biri bo'lib, dunyoda pilla yetishtirish va uni qayta ishlash bo'yicha yetakchi o'rinlardan birini egallaydi. Bundan kelib chiqadiki, bu tarmoq mahsuloti mustaqil O'zbekiston uchun yirik eksport manbaini vujudga keltiradi.

Pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublika pillachilik tarmog'i tarkibidagi korxonalarni modernizatsiyalash va yangi ishlab chiqarishlarni barpo etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulot hajmini ko'paytirish va turlarini kengaytirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil PF-2167 sonli "Ipakchilik oziqa bazasini mustahkamlash, ipakchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko'paytirish, uning sifatini yaxshilashga va sanoat korxonalarini eksport salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan chora - tadbirlar" [3] to'g'risidagi farmoni e'lon qilindi.

KIRISH

Hukumatning maqsadli yo'naltirilgan bu dasturida Respublikamiz hududlarida zamonaviy texnikalar va ilg'or texnologiyalarga asoslangan ipakchilik korxonalarini barpo etish, ishlab chiqarilgan mahsulotlarni kamida 70 % eksport qilish vazifasi belgilangan.

ADABIYOTLAR SHARXI Pillakashlik korxonalarining ishini uzluksiz ta'minlash uchun pillalar pillakashlik korxona omborxonalarida saqlanadi. Tashqi ko'rinishdan bu oddiy holat hisoblansada, lekin texnologik jarayonlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi. Pilla xom ashyosini saqlash natijasida unga turli xil omillar ta'sirida pilla qatlam strukturasining buzilishini oldini olish uchun kimyoviy preparatlar yordamida quruq pilla qobig'ini chang va boshqa omillardan caqlash usullari bo'yicha soxa olimlari L.Yu.Yunusov, X.A.Aliyev, A.O.Baxriddinov va boshqalarning asarlarida keng yoritilgan [5,6,7,8].

OLINGAN TADQIQOT NATIJALARI

Hozirda pillakashlik korxonalarining ishini uzluksiz ta'minlash uchun pillalar pillakashlik korxona omborxonalarida saqlanadi. Tashqi ko'rinishdan bu oddiy holat hisoblansada, lekin texnologik jarayonlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etadi.Chunki pillani saqlash natijasida unga atrof-muhit, metrologik sharoitlar va har xil hashoratlar, turli xil boshqa omillar ta'sirida pilla qatlam strukturasining buzilishi ip qatlamlarining shikastlanishi, serisinning eskirishi sodir bo'ladi[4]. Tajribalarda saqlash muddati 11-12 oydan oshganda, xom ipak chiqishi 6.5 % ga, chuviluvchanlik 7.1 % ga kamayishi ko'rsatilgan va shu bilan pillani chuvish jarayonidagi losning chiqishi 1.6 %, qazna chiqish esa 1.3 % ga ko'payishi aniqlangan. Pillani uzoq muddatda saqlash natijasida unga har hil hashoratlar va kemiruvchi hayvonlar ta'sir qiladi[3]. Terixo'rlarning paydo bo'lishi korxona atrof muhitining iflosligidan kelib chiqadi. Hozirda pillakashlik korxona omborxonalarida paydo bo'lgan pilla zararkunandalaridan biri An Aremus Slavipes nomli terixo'r o'rganilganda, bu terixo'r oval shaklida bo'lib, tanasida oq, sariq, qora dog'lar bor. Ular pillani buzibgina qolmay balki, pilla ipak qurti g'umbagiga o'tadi va uni kukunga aylantiradi hamda vaqt o'tishi bilan pilla qobig'iga ziyon yetkazadi.

Pilla terixo'rlarning kelib chiqishi va ko'payishi pillachilikka katta zarar yetkazib, ular faqat dastlabki ishlov berish bazalarida va korxona omborxonalarida hosil bo'lishi aniqlangan. Terixo'rlar g'umbakning chirigan chiqitlarida yoki nuqsonli pillalar tozalab olingan xollarda, qush uyalarida va ularning chiqitlarida rivojlanadi. Aniqlanishicha, terixo'rlarning 11 tasi tekshirilib ko'rilganda Der mester Yandarius,

Scientific Journal Impact Factor

O.masulatus va Srischie nomlilari pillachilik uchun ayniqsa xafli hisoblanadi. Dermester turiga oid qurtlar bino va so'kichaklarning yog'och qismlarini yemirib, o'ziga yo'l ochadi va uya quradi. U yerda oldin g'umbakka, so'ngra qo'ng'izga aylanib uchib ketadi. Qurtxonalarning bino beton va oxakli qismlari ichiga kemirib kirgan hollari ham aniqlangan [5].

Pillachilik va pillakashlikda pillalarni zararkunandalardan himoya qilish uchun, eng avvalo, himoyalovchi muassasalar va pilla tayyorlov punktlarida yangi hosil qabul qilishdan oldin ombor va yopiqlar ta'mirlanib, teshik va yoriqlar yopilishi kerak. Pilla saqlanadigan barcha joylar, atrof - muhit maydonlari 80 % li texnik xlorofos bilan (1.9-2.3 gr/m 2) yoki 50 % li kimyoviy eritma karboksil ( 1.5-2 gr/m2) yoki 50 % li kimyoviy eritmalari bilan dezinfeksiya qilinishi kerak. Lekin bu eritmalar mahsus mexanik jihozlangan stanoklarda tayyorlanishi, OXV - 14 yoki OVX - 28, EVS - 3 qo'l purkagichlarda eritma tayyorlangan kunda pillaga ishlov berilishi kerak. Ayniqsa, hozirgi kunda bu kimyoviy preparatlarning kamyobligi tufayli, ya'ni chetdan keltirilishini inobatga olib, bu borada bajariladigan ishlar qilinmasdan qolib ketmoqda.

Ilmiy ma'lumotlarga ko'ra, agar modda tarkibida amino guruxi bo'lsa, qobiqho'r qo'ng'iz bunday moddalarni yemasligi aniqlangan.

Ilmiy tadqiqot ishimizda pillalarni turli zararkunandalardan saqlash maqsadida "Biokimyo" zavodi chiqindilari (bardo va sivush moyi)ni, laboratoriya sharoitida sintezlab olingan sirt faol modda (SFM) dan foydalandik. Tayyorlangan SFM pillaning tarkibidagi moddalarga yaqin gidroksil, karboksil guruppalari mavjud. Moddaning muhiti neytral bo'lib, zaharli emas, shu bilan birga moddaning tarkibida qobiqxo'r qo'ng'izlar va hashoratlar yemaydigan amino guruhlari mavjud. Pillakashlik korxonasida ishlaydigan ishchilar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Tajribalar Andijon viloyati Oltinko'l tumani bosh pillaxonasida olib borildi. Pillaga dastlabki ishlov berishdan oldin yangi kimyoviy preparat (SFM) lar bilan pillani modifikatsiya qilib texnologik jarayondan o'tkazildi. Quritilgan pillalar 30 kg dan qilib kanop (rovendux) qoplarga joylanib, pillakashlik korxonasi omborxonalariga saqlash uchun yuborildi.

Tajriba uchun yuborilgan pillalar Andijon shahar "Ipakchi" mas'uliyati cheklangan jamiyat pillakashlik korxona omborxonalarida 11-12 oy saqlandi.

Tadqiqot natijasida nazoratga nisbatan solishtirilganda tajriba variantlarida pillani kimyoviy preparatlar ta'sirida qobiqxo'r qo'ng'izlardan zararlanishi 60-67 % kam bo'lganligi aniqlandi.

Scientific Journal Impact Factor

Kimyoviy preparat (SFM) lar bilan ishlov berilgan pillalarni kvartallar bo'yicha saqlab 5 kg dan qilib chuvib ko'rilganda, nazoratdagi pillalarga nisbatan modifikatsiya qilish hisobiga pillaning chuvilishini 1.2 - 1.9 % oshirishga erishildi.

Pilla qobig'ida saqlanib qolgan chang va boshqa iflosliklarni aniqlashdagi dastlabki ilmiy tadqiqot ishlarida pilla qobig'ida uning massasiga nisbatan 0,1 % va undan ortiq boshqa chiqindilar borligi aniqlangan. Shuning bilan birga pilla qobig'idagi chang va boshqa iflosliklar miqdori pillaga dastlabki ishlov berish joyi va uslubiga, ularni tashib keltirish va saqlash sharoitiga bog'liq.

Pilla qobig'idagi chang murakkab fraksion moddalardan iborat bo'lib, u mayda ipak tolalari, tut bargi va pilla dastalari uchun ishlatilgan quruq shoxchalarning maydalangan qismlaridan iboratdir. Changlarning 60-65 foizi 0,05 mm gacha va qolgan 35-40 foizi esa 0,04-0,03 mm kattalikka ega bo'lgan zarralardan tashkil topgan. Bundan tashqari chang tarkibi 40-42 % mineral va 58-60 % organik moddalardan tashkil topgan bo'lib, uning birikmasida 1,7 % kremniy ikki oksidi mavjudligi aniqlangan[6].

Pillachilik va pillakashlik sanoatida pillalarni turli xil changlardan himoya qilish, pilla qobig'ining tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishning eng samarali va tezkor usuli kimyoviy pereparatlar bilan modifikatsiya qilishdir.

Kimyoviy preparatlardan foydalanilganda pillaning yuzasida chuvishga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan sirt aktiv moddalardan foydalaniladi. Sirt faol moddaning ishlatilishiga va eruvchanligiga ko'ra ular uch guruxga bo'linadi.

- Suvda eriydigan sirt aktiv moddalar.

- Suvda va yog'da eriydigan sirt aktiv moddalar.

- Yog'da eriydigan sirt aktiv moddalar.

Pillani modifikatsiya qilishda asosan suvda eriydigan sirt aktiv moddalar

ishlatiladi [7].

Shunday SFM lardan biri "Biokimyo" zavodi chiqindilari bardo va sivush moylarini sintezlash orqali olingan SFM dir[9].

Ipakchilik korxonalarining oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu pilla xom ashyosidan unumli foydalanishdir.

Buning uchun esa pilladan xom ipakni ko'proq chuvib olish yo'llarini takomillashtirish, shuning hisobiga chiqindilarni kamaytirish kerak. Bu muammoni esa yuqori molekulali kimyoviy birikmalarni qo'llamasdan hal qilib bo'lmaydi. Pillalarni qayta ishlashda SFMlarni to'g'ri tanlash texnologik jarayonlarni

osonlashtirish, mehnat unumdorligini oshirish, xom-ashyo sarfini kamaytirib, ipakning fizik-mexanik xususiyatlarini yaxshilaydi[10].

Pillarni qayta ishlash jarayonini takomillashtirish hamda chiqindisiz texnologik jarayonni yaratish maqsadida Biokimyo zavodi chiqindisi barda qoldiq fraksiyasi sirt-faol moddalar sintez qilib olindi.

Biokimyo zavoddan chiqindi sifatida ajralayotgan 60-70oS haroratga ega bo'lgan bardadan suvda eriydigan sirt-faol modda olishlik maqsadida, bardaning 5 litriga 2, 8 g/l hisobida ishqor solindi. Aralashma 100oS haroratda 60 minut davomida qaynatildi, bardani ishqorda ta'sirida gidrolizga uchratilganda quyidagi reaksiya boradi:

(C6H9O4OH)n + n NaOH -► [( C6H9O4)ONa]n + n H2O

Natijada sellyulozaning natriylik alkogolyati hosil bo'ladi. Mavjud eritma sovuganda filtrlandi va ikkiga bo'linib, yarmi sulfat kislota bilan qolgan qismi esa xlorid kislota bilan neytrallandi. Shartli ravishda sulfat kislotasi bilan neytrallangan modda SFM-1, xlorid kislotasi bilan neytrallangan modda esa SFM-2 deb nomlandik. Selyuloza - natriylik alkogolyati sulfat kislota bilan neytrallanganda, qaytadan kichik molekulali suvda eriydigan sulfat birikmalari hosil bo'layotganligi kuzatildi; [( C6H9O4)ONa]n+nH2SO4 q ([C6H9O4)O]2SO4)n+Na2SO4 Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, mavjud eritmaning ikkinchi qismini xlorid kislotasi bilan neytrallanganda quyidagi reaksiya amalga oshadi:

[( C6H9O4)ONa]n+NHCLq(( C6H9O4)OCL)n+NaCL Bizga ma'lumki, pillalar mavsumiy mahsulot hisoblanganligi uchun ularni uzoq muddatga saqlash muhim ahamiyatga ega bo'lgan muammo hisoblanadi. Bundan tashqari pillani dastlabki ishlash bazalarida hosil bo'ladigan pilla zarakunandalari bo'lgan terixo'rlar pillalarni zaralaydi.

Natijada pilla chuvish jarayonida zararlangan pillalarda uziliishlar soni ko'payib, xom ipak chiqish miqdori kamayadi[11].

Terixo'rlardan pillalarni saqlash uchun esa hozirgi davrga qadar zaxarli moddalardan (DIS, bromli suv va boshqalardan) foydalanib kelinadi. Ma'lumotlarga ko'ra, terixo'rlar modda tarkibida to'rtlamchi amino-guruhi bo'lgan moddalarni zararlay olmaydi. Ma'lumotlarga tayangan holda modda tarkibida amin guruhi hosil qilish maqsadida neytrallangan eritmalarga, ya'ni SFM-1 va SFM-2 moddalarga, 60oS haroratli trietanolamin bor SFM-1 aralashmasini sulfat kislota bilan,SFM-2 aralashmasini esa xlorid kislota bilan ya'na neytralladik. Olingan moddalar sovuq suvda ham issiq suvda ham yaxshi eriydi.

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutining "Kimyo" kafedrasi labaratoriya bazasida IQ- spektroskopiya yordamida yangi sintez qilib olingan SFM -moddalarning tarkibini tahlil qilinganda kaboksil, gidroksil va amin guruhlari borligi aniqlandi. Shuningdek, barda qoldiq fraksiyasida 1741 sm-1 chastotasida namoyon bo'ladigan murakkab efir guruhiga yutilish chiziqlari yangi sintez qilib olingan SFM da yo'qligi hamda 1539 sm-1 dagi N-H bog'iga tegishli bo'lgan yutish chiziqlari intensivligi preparatning spektrida kamayganligi modda olish jarayonida gidroliz reaksiyasining borganligini bildirdi. 1455-1459 sm-1 chastotadagi SOO- karboksil ioniga tegishli yutish chiziqlarini intensivligi oshib ketgan. Bu esa, bardadagi aminokislotalarning di-, tri-, peptidlar bilan aralashmasi vujudga kelganligini ko'rsatadi. Neytrallangan sistemani trietanolamin bilan ta'sirlashganda to'rtlamchi ammoniy tuzlari hosil bo'lganligini, yangi sintez qilib olingan SFMning 1072 sm-1 chastotasining yutish chizig'i intensivligi, "barda" qoldiq fraksiyasi» ning 600 sm-1 chastotasidan oshganligidan bilish mumkin. Biokimyo zavodi

chiqindilarini sintezlash orqali sirt-faol moddalar tayyorlash bo'yicha quyidagi xulosalar qilish mumkin;

IQ-spektroskopik analiz modda tarkibida gidroksil, karboksil guruhlari borligini aniqlab berdi. Bu esa bardadan pillalarni qayta ishlash jarayonida qo'llanuvchi sirt-faol modda olish mumkinligini ko'rsatdi[12].

Tayyorlangan SFM tarkibida pillaning strukturasiga yaqin gidroksil, karboksil guruxlari mavjud. Moddaning muhiti neytral bo'lib, zaharli emas, shu bilan birga moddaning tarkibida qobiqxo'r qo'ng'izlar va turli xil hashoratlar yemaydigan amino guruxlar mavjud. Modda ekologik toza bo'lib, ishchilar sog'lig'iga salbiy ta'sir ko'rsatmaydi.

Pilla qobig'ining tabiiy xususiyatlarini va uzoq muddat mobaynida saqlanganda ham ularni chuviluvchanlik xususiyatlarini yaxshilash uchun "Biokimyo" zavodi chiqindilar (bardo va sivush moyi) dan sirt aktiv moddalar o'rnini bosuvchi kimyoviy preparatlar tayyorlanib, Buloqboshi tumani bosh pillaxonasida "Ipakchi"- 1 va Xo'jaobod navli pillalar dastlabki ishlov berishdan oldin mahsus purkagichlar yordamida modifikatsiya qilindi.

Pillani chuvishga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan va shu bilan bir vaqtda qobiqning yaxshi ho'llanishiga yordam beruvchi bu emulsiya komponentlari pilla qobig'ida monomolekulyar yupqa plyonka qatlamini hosil qiladi.

Tajribada quyidagi 2 tarkibdagi SFM bilan 120 kg pilla purkagichlar yordamida modifikatsiya qilindi.

Scientific Journal Impact Factor

1.Bardo (15%) + sivush moyi (5%) + Na ON (10%) + gliserin (5%).

2. Bardo (10%) +Sivush moyi (10%) + Na ON(12%) + gliserin (5%). Ishlov berilgan pillalar kanop (rovendux) qoplarga joylanib (30kg) pillakashlik

korxona omborlarida 25 -270 kungacha saqlandi.

Kimyoviy preparatlar bilan ishlov berish natijasida pillani saqlash davrida har hil hashoratlar, terixo'rlar va atmosfera havosidagi chang ta'siridan saqlashga erishildi. Bunga sabab yuqoridagi preparatlar bilan ishlov berilganda pilla qobig'ida yupqa parda hosil bo'ladi bu esa pilla qobig'ini tashqi muhit hamda chang ta'siridan o'zgarishidan saqlab qoldi.

Xulosa o'mida shuni aytish mumkinki, "Biokimyo" zavodi chiqindilari- bardo qoldiq fraksiyasi va sivush moyi asosida sintezlab olingan yangi SFMlar bilan dastlabki ishlov berish texnologik jarayonidan oldin pillani modifikatsiya qilish uni saqlashda nuqson hosil qiluvchi omillarni kamaytiriradi. Amaliy tadqiqotlar jarayonida ipakchilik sanoatida ishlatilishi mumkin bo'lgan sirtni faollashtiruvchi moddalarning pilla qobig'ini modifikatsiya qilishga yaroqli bo'lgan konsentratsiyasi aniqlandi. Buning uchun asosiy kriteriya qilib modifikatsiya qilingan pillalarning saqlanish muddatini argument, ishlab chiqariladigan xom ipak miqdorini funksiya sifatida qiyosiy taqqoslandi va tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

Respublika tumanlarida yetishtiriladigan pillalarni dastlabki ishlash jarayonida, ularni saqlashdan oldin sirtni faollashtiruvchi moddalar bilan modifikatsiyalab, 3 oydan 9 oygacha muddat saqlanib, modifikatsiyani xom ipak chiqish miqdoriga bog'liq ekanligi ishlab chiqarish sharoitida tekshirilib, isbotlandi. Nazariy va amaliy tadqiqotlar asosida erishilgan natijalarni sanoat miqyosida joriy etish uchun pillalarni quritadigan konteynerli agregatlarga, pillalarga sirtni faollashtiruvchi moddalarni yoki suvda eriydigan preparatlarni purkash moslamasi zarurligi aniqlandi.

1. "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son farmoni.

2. "To'qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi: 2017 yil 14 dekabrdagi PF-5285-son Farmonlari.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil PF-2167 sonli "Ipakchilik oziqa bazasini mustahkamlash, ipakchilik mahsulotlarini yetishtirish hajmini ko'paytirish,

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

Scientific Journal Impact Factor

uning sifatini yaxshilashga va sanoat korxonalarini eksport salohiyatini oshirishga yo'naltirilgan chora - tadbirlar" [3] to'g'risidagi farmoni

4. 2017-2021 yillarda pillachilik tarmog'ini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risidagi: O'zbekiston Resspublikasi Vazirlar Maxkamasining 11.08.2017 yildagi 616 sonli qarori

5. Yunusov L.Yu. To'qimachilik sanoatida qo'llaniladigan yordamchi kimyoviy moddalar. UzNIINTI. -T. 1990.

6.Baxriddinov A.O Oziqa bazasi pillachilik tarmog'i samaradorligini oshirishda asosiy omil. //Zooveterinariya. T.: 2014. №11. B.34-35.

7.Юнусов Л.Ю. "Физико-химические свойства натурального шёлка в процессе переработки коконов". Фан 1979 г. стр 146.

8.Алимова Х.А "Пилла хом ашёсидан чикдндисиз технологияни яратиш" УзНИИНТИ. -Т. 1998.

9.Рахимов А.Ю., Сулайманов Ш.А., Абдурахманов А.А. Влияние срока хранения модифицированных коконов с поверхностно активными растворами на выход шелка сырца. //Ж. проблемы текстиля. -2009. №3. -С. 47-50.

10.Рахимов А.Ю. Влияние свойства оболочки кокона на качество кокона. // Научно технический журнал. Ферганский политехнический институт. 2009. №1.

11.Сулайманов Ш.А., Рахимов А.Ю. Кобулова Н.Ж. Методы защиты от различных факторов оболочки сухого кокона с помощью химических препаратов. //Ж. проблемы текстиля. -2010. №4. -С. 24-26.

12. Сулайманов Ш.А., Кобулова Н.Ж. Устранение дефектообразующих факторов с помощью модификации химических препаратов при сохранение коконов. //Ж. проблемы текстиля. -2010. №4. -С. 74-7

С. 50-54.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.