Научная статья на тему 'LAVANDA O‘SIMLIK TULARINI XALQ TABOBATIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

LAVANDA O‘SIMLIK TULARINI XALQ TABOBATIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
to‘pgul / changchi / lavanda / yongʻoqcha / poya shoh / chalabuta.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Komilov Rustamjon Maxamadovich, Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna, Mamadaliyeva Durdona Obidjon Qizi, Nishonova Iroda Asqarali Qizi

Respublikada tabiiy va madaniy holda mavjud bo‘lgan dorivor o‘simliklarni o‘stirish va yetishtirish bo‘yicha ixtisoslashgan o‘rmon xo‘jaliklari, fermerlarga, farmatsevtika sanoati xodimlariga mazkur qo‘llanma taqdim etilmoqda. Dorivor lavanda o‘simligi Labguldoshlar (Labiaceae) oilasiga mansub bo‘lib, uning 25-30 ga yaqin turlari mavjud. Lavanda balandligi 30-60sm (100sm)gacha bo‘lgan xushmanzara chalabuta. Gullari gunafsharang, yolg‘on supirgisimon to‘pgulga yig‘ilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LAVANDA O‘SIMLIK TULARINI XALQ TABOBATIDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

LAVANDA O'SIMLIK TULARINI XALQ TABOBATIDA YETISHTIRISH

TEXNOLOGIYASI

1Komilov Rustamjon Maxamadovich, 2Teshaboyeva Maftuna Ikromjonovna, 3Mamadaliyeva Durdona Obidjon qizi, 4Nishonova Iroda Asqarali qizi

1FarDU katta o'qituvchi

2FarDU doktorant 3'4Talaba, FarDU talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.11214718

Annotatsiya. Respublikada tabiiy va madaniy holda mavjud bo'lgan dorivor o'simliklarni o'stirish va yetishtirish bo'yicha ixtisoslashgan o'rmon xo'jaliklari, fermerlarga, farmatsevtika sanoati xodimlariga mazkur qo'llanma taqdim etilmoqda. Dorivor lavanda o'simligi Labguldoshlar (Labiaceae) oilasiga mansub bo'lib, uning 25-30 ga yaqin turlari mavjud. Lavanda balandligi 30-60sm (100sm)gacha bo'lgan xushmanzara chalabuta. Gullari gunafsharang, yolg'on supirgisimon to'pgulgayig'ilgan.

Kalit so'zlar: to'pgul, changchi, lavanda, yong'oqcha, poya shoh, chalabuta.

Аннотация. Настоящее пособие предназначено лесникам, фермерам, работникам фармацевтической промышленности, специализирующимся на выращивании и культивировании лекарственных растений, существующих в природе и культуре республики. Лекарственное растение лаванда принадлежит к семейству губоцветных, насчитывающему около 25-30 видов. Лаванда — красивый кустарник высотой до 30-60 см (100 см). Цветки фиолетовые, собраны в ложное метловидное соцветие.

Ключевые слова: цветок, опылитель, лаванда, орех грецкий, стеблевой король, чалабута.

Abstract. This manual is presented to foresters, farmers, and pharmaceutical industry employees specializing in the cultivation and cultivation of medicinal plants that exist naturally and culturally in the republic. Medicinal lavender plant belongs to the Labiaceae family, which has about 25-30 species. Lavender is a beautiful shrub up to 30-60cm (100cm) tall. The flowers are purple, collected in a false broom-like inflorescence.

Keywords: flower, pollinator, lavender, nut, stalk king, bush.

Kirish. Butunjahon Sog'liqni Saqlash tashkilotining ma'lumotlariga ko'ra, mavjud dori-darmonlarning 60% ni dorivor o'simliklar xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil etadi. Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasida 112 tur dorivor o'simliklar rasmiy tabobatda foydalanishga ruxsat berilgan bo'lib, ushbu dorivor o'simliklarning 80% ni tabiiy holda o'suvchi o'simliklar tashkil etadi. Tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simliklarning ham xomashyo zahirasi chegaralangan bo'lib, ularni muhofaza qilish, bioekologik xususiyatlarini o'rganish, xomashyo zahirasidan to'g'ri foydalanish va ko'paytirishning ilmiy asoslangan usullarini ishlab chiqish dolzarb muammolardan biridir. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 5 avgust 222-sonli majlis bayonining 3-bandida ko'rsatilgan - Dorivor o'simlikshunoslik va yangi dori vositalarini ishlab chiqarish korxonalarini tashkillashtirish uchun dorivor o'simliklarni sanoat miqyosida plantatsiyalarini yaratish, 2015 yil 20 yanvardagi № 5-sonli "2015-2017 yillarda o'rmon xo'jaliklari tizimini rivojlantirish, dorivor va ozuqabop o'simliklar xom ashyosini yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida" majlis byonnomasi 1.12-bandi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 apreldagi PQ-4670-sonli " Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda

yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Respublikada tabiiy va madaniy holda mavjud bo'lgan dorivor o'simliklarni o'stirish va yetishtirish bo'yicha ixtisoslashgan o'rmon xo'jaliklari, fermerlarga, farmatsevtika sanoati xodimlariga mazkur qo'llanma taqdim etilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi o'rmon fondi yerlarida 2023 yilda jami 5280 ga yer maydonda dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklar madaniy plantatsiyalari barpo etildi. Bunda, qizilmiya (621.1 ga), tojik kovrak ( 1169.5 ga), sassiq kovrak (84.4 ga), lavanda (18.6 ga), moychechak (26.0 ga), na'matak (415.4 ga), ravoch (10 ga), dalachoy (54.4 ga), tog'rayhon (30.5 ga), kiyik o'ti (11.4 ga), maydonda va boshqa turdagi dorivor va oziq-ovqatbop o'simliklari plantatsiyalari barpo etilgan.

Lavanda - Lavandula officinalis - Labguldoshlar (Lamiaceae) oilasiga mansub o'simlik. U doim yashil, bo'yi 85-90 sm ga yetadigan, o'ziga xos xushbo'y hidli chala buta.

O'rta Dengiz sohillarida 25 dan ortiq turi uchraydi. Asosan, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Moldova, Qrim, Rossiyaning Krasnodar o'lkasida ensiz bargli lavanda(lavanda angustifolia) turi yetishtiriladi. Tabiatda G'arbiy O'rta Er dengizidan Dalmatsiya va Yunonistongacha, Alp tog'larida dengiz sathidan 1700 m balandlikda uchraydi. Fransiya, Italiya, Ispaniya, Angliya, Germaniya, Ruminiyada madaniylashtirilgan. Gruziya, Ukraina, Qrim va Qozog'istonda ham madaniylashtirilgan.

Lavandaning yangi to'pgulida 1,2 - 2,3% efir moyi mavjud. Parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati, tibbiyotda qo'llaniladi. Lavanda yorug'sevar, qurg'oqchilikka chidamli o'simlik bo'lib 30° sovuqqa ham chidaydi. Qalamchasidan ko'paytiriladi. Ildizi 40 - 50 ta uzun ipsimon ildizchalardan iborat. Tuproqqa 2 m chuqur kirib boradi. Sershox, bir tupida 400 - 800 ta poya hosil qiladi. Mevasi qo'shaloq, 4 ta yong'oqchadan iborat, rangi sariq - jigarrang. Ekilgan ko'chatlardan 2 - yildan boshlab 20 - 25 yilgacha hosil olinadi. Har 6 - 7 yilda lavandazorlar yoshartiriladi.

O'simlikning tarqalishi. Asosan O'rta yer dengizi mamlakatlarida tarqalgan. O'zbekiston florasida lavanda o'simligi tabiiy holda uchramaydi, lekin Botanika bog'ida lavanda turlarini introduksiya qilish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar va havaskor bog'bonlar tomonidan o'tkazilgan amaliy ishlar lavanda o'simligini Respublikamizning sug'oriladigan sharoitlarida o'stirish imkoniyatlari mavjudligini ko'rsatadi.

O'simlikning tavsifi. Dorivor lavanda o'simligi Labguldoshlar (Labiaceae) oilasiga mansub. Lavanda balandligi 30-60sm (100sm)gacha bo'lgan xushmanzara chalabuta. Gullari

gunafsharang, yolg'on supirgisimon to'pgulga yig'ilgan.

Uzoq muddat (may-iyul) gullaydi. Shu sababli ham lavanda aholi yashash joylarini ko'kalamzorlashtirishda keng qo'llaniladi. Generativ va vegetativ usullar bilan ko'payadi. Qishga va sovuqqa chidamli.

O'simlikning tavsifi. Dorivor lavanda o'simligi Labguldoshlar (Labiaceae) oilasiga mansub bo'lib, uning 25-30 ga yaqin turlari mavjud. Lavanda balandligi 30-60sm (100sm)gacha bo'lgan xushmanzara chalabuta. Gullari gunafsha rang, yolg'on supirgisimon to'pgulga yig'ilgan.

Lavanda ekstrakti asabni yengillashtirishi mumkin, aqlni tinchlantirish va uyquni targ'ib qilish, qon aylanishini yaxshilash, follikulitni davolash, sochlarni oziqlantirish, yallig'lanishga qarshi va sterilizatsiya qilish va qichishish simptomlarini samarali davolash va yengillashtirishga yordam beradi.

Lavanda efir moyi aromaterapiyada yeng ko'p ishlatiladigan efir moylaridan biridir va ko'plab sohalarda lavanda yog'ining shifobaxsh xususiyatlari uzoq vaqtdan beri ma'lum.

Lavanda choyi. Yallig'lanishni kamaytiradigan va bir qator jiddiy kasalliklarning oldini oladigan yallig'lanishga qarshi xususiyatlarga ega. Yallig'lanishni kamaytirishi va qon tomirlari tufayli qon quyilishi xavfini kamaytirish orqali yurak xurujining oldini oladi. Bundan tashqari, mushaklar va bo'g'imlarning yallig'lanishini kamaytirish orqali og'riqni yengillashtiradi. Lavandaning taskin beruvchi hidi ham mushaklarning spazmlarini kamaytiradi.

Lavandaning yallig'lanishga qarshi xususiyatlari oshqozon og'rig'ini yo'q qilib, bezovta qilingan oshqozon mushaklarini tinchitadi. Xuddi shu antispazmodik ta'sir ham oshqozon, gaz va shishiradi.

Lavandaning kuchli hidi ovqat hazm qilish jarayonlarini boshqarishda samaralidir. Lavanda hidi safro hosil bo'lishini rag'batlantiradi, bu organizmga ovqatni samarali ravishda parchalanishiga yordam beradi. Lavandaning tinchlantiruvchi aromati miyadagi kimyoviy reaktsiyalarni keltirib chiqarish orqali ko'ngil aynishini davolashi ham mumkin.

REFERENCES

1. Sulaymonov I.J. Ergashev D.T. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi fanidan Amaliy mashg'ulotlar (o'quv-uslubiy qo'llanma) Namangan-2020

2. Б.Ё. Тухтаев, Э Т. Ахмедов 100 китоб туплами ДОРИВОР УСИМЛИКЛАРНИ УСТИРИШ ВА ЕТИШТИРИШ 41-китоб

3. Ikromjonovna, Teshaboyeva Maftuna. "FERULA O'SIMLIGINING MORFOLOGIYASI VA DORIVOR XUSUSIYATLARI." INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM 2.24 (2022): 28-30.

4. Teshaboyeva, M. I., I. Ro'zmamatova, and F. Komiljonova. "DORIVOR CHAKANDA (ОБЛЕПИХА) O'SIMLIGINING ZARARKUNANDALARI." Scientific Impulse 2.17 (2024): 764-767.

5. Ikromjonovna, Teshaboyeva Maftuna, and Ro'Zmamatova Irodaxon Asqarali Qizi. "SABZAVOT EKINLARI YETISHTIRISHNING YANGI ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI." Science and innovation 2.Special Issue 6 (2023): 358-362.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.