Научная статья на тему 'LAVANDA O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI VA FOYDALANISH SOHALARI'

LAVANDA O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI VA FOYDALANISH SOHALARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Lavanda / o`simlik / yetishtirish / shifobaxsh / damlama / choy / yara / teri / noyob / yashil.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, Ibrohimova Sevara Saydullo Qizi, Xalimboyeva Xumora Usmonjon Qizi, Kamoldinova Durdona Erkiyor Qizi

Maqolada dorivor lavanda o‘simligini ko’paytirish texnologiyasi yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar, o’ziga xos xususiyatlari va foydalanish sohalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LAVANDA O‘SIMLIGINI KO‘PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI VA FOYDALANISH SOHALARI»

LAVANDA O'SIMLIGINI KO'PAYTIRISH TEXNOLOGIYASI VA FOYDALANISH

SOHALARI

1Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, 2Ibrohimova Sevara Saydullo qizi, 3Xalimboyeva Xumora Usmonjon qizi, 4Kamoldinova Durdona Erkiyor qizi

1FarDU, ATSF va DO' kafedrasi mudiri, b.f.f.d. (PhD) 2,3,4FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabalari, Loyiha ishtirokchilari https://doi.org/10.5281/zenodo.11214705

Annotatsiya. Maqolada dorivor lavanda o'simligini ko'paytirish texnologiyasi yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar, o'ziga xos xususiyatlari va foydalanish sohalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Lavanda, o'simlik, yetishtirish, shifobaxsh, damlama, choy, yara, teri, noyob,

yashil.

Аннотация. В статье описаны последовательные реформы, особенности и области использования при создании и обработке плантаций, где выращивается лаванда лекарственная, по технологии селекции растений.

Ключевые слова: Лаванда, растение, выращивание, исцеление, настойка, чай, рана, кожа, редкая, зеленая.

Abstract. The article describes consistent reforms, specific features andfields of use in the establishment and processing of plantations where medicinal lavender plant breeding technology is grown.

Keywords: Lavender, plant, cultivation, healing, tincture, tea, wound, skin, rare, green.

Respublikada so'nggi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantasiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, ularning plantasiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko'rsatmoqda.

Mamlakatimizda shu bilan birgalikda dunyo miqyosida tabiiy oziq-ovqat va dori-darmonga bo'lgan talab yildan yilga ortib borayotgani hammamizga ma'lum. Ushbu talablarni qondirish maqsadida ko'plab olimlarimiz tomonidan ishlab chiqilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda oziq-ovqat va dori-darmon mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash ishlari sifatli olib borilmoqda.

Respublikada yetishtirilayotgan dorivor o'simliklardan biri lavandadir. Ushbu o'simlik (Lavandula) — labguldoshlilar oilasiga mansub buta yoki doim yashil chala butalar shaklidagi, efir moyli o'simlik hisoblanadi. Yer yuzasining O'rta Dengiz sohillarida 25 dan ortiq turini uchratish mumkin. Fransiya, Italiya, Ispaniya, Vengriya, Moldaviya, Qrim, Rossiyaning Krasnodar o'lkasida asosan, ensiz bargli Lavanda (Lavanda. angustifolia) turi yetishtiriladi.

O'simlikning kelib chiqish markazi O'rta yer dengizidir. U G'arbiy Hindistonga cho'zilgan tor chiziqda tabiiy holda ko'proq o'sadi. Lavanda deyarli barcha Yevropada, Janubiy va Shimoliy Afrikada, tropiklarida katta maydonlarda, Avstraliya, Osiyo va Amerika mamlakatlarining tog'li hududlarida yetishtiriladi.

Yurtimizda dorivor o'simliklarni yetishtirish va farmokologiya sanoatini mahalliy hom-ashyo bilan ta'minlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu muammoni hal etish uchun so'ngi yillarda bir qator qarorlar qabul qilindi va amalga oshirilmoqda. Respublikamizning tuproq iqlim sharoiti dorivor lavanda yetishtirish uchun juda qulay

hisoblanadi. Lavandaning ko'p yillik butasimon shakllari Lamiaceae oilasining vakillari hisoblanadi. Uning ildiz tizimi juda kuchli rivojlangan. Yuqori qismida kuchli tarvaqaylab ketgan. Asosiy skelet ildizlari ikki metr chuqurlikka kiradi. Voyaga yetgan o'simliklarda magistral yerga yaqin joyda shoxlana boshlaydi va deyarli sezilmaydi. Yog'ochli pastki shoxlari, bir necha marta shoxlangan va kamarli, kulrang-jigarrang po'stlog'iga ega.

Lavanda Angustifolia Lavandaning yangi to'pgulida 1,2 — 2,3% efir moyi mavjud. U parfyumeriya, oziq-ovqat sanoati, tibbiyotda keng qo'llaniladi. Lavanda yorug'sevar hamda issiqsevar, qurg'oqchilikka chidamli manzarali dorivor o'simlik, 30° sovuqqa bardosh bera oladi. Asosan qalamchasidan ko'paytiriladi. Ildizi 40—50 ta uzun ipsimon ildizchalardan iborat.

Tuproqqa 2 m chuqur kirib boradi. Sershox, bir tupida 400—800 ta poya hosil qilish xususiyatiga ega. Mevasi qo'shaloq, 4 ta yong'oqchadan iborat bo'lib, rangi sariq — jigarrang. Ekilgan ko'chatlardan 2-yildan boshlab 20—25 yilgacha hosil olish mumkin. Har 6—7 yilda lavandazorlardagi ko'chatlarni yoshartirish samarali natija beradi (1-rasm).

1-rasm. Lavanda morfologiyasi

Buta yarim sharsimon shaklga ega va balandligi 50-70 santimetrga yetadi, diametri 60-80 sm, yillik yosh 4 qirrali kurtaklar o'tli va o'simlikdir. Ular gul va barglari bo'lgan poyalarni hosil qiladi. Ikkinchisi kulrang-yashil, chiziqli-nayzasimon, zich tuklar va butundir. Barglarning uzunligi 2,5-6,5 santimetr, kengligi esa 1,1 mm dan 5,0 mm gacha. Gulzorlari boshoqsimon. Bitta o'simlikda pedunkullar soni 40 dan 1000 tagacha yetadi.

Xuddi shunday dorivorlik va koplab noyob xususiyatlarga ega osimliklardan yana biri lavanda osimligidir. Lavanda (lotincha Lavandula) - Lamiaceae (labguldoshlar) oilasiga mansub bo'lib, buta yoki doim yashil chala butalar turkumiga kiradigan o'simlik hisoblanadi. Taxminan 47 turni o'z ichiga oladi.

Lavandalarning foydali xususiyatlari

O'simlikning yer ustidagi qismi inson organizimiga quydagicha ta'sir etadi:

Tinchlantiradi,stressga chidamlilikni oshiradi, ruhiy holatni normallashtiradi;

Teri holatini yaxshilaydi, chandiqlar kichrayishi, bo'rtmalar so'rilishiga yordam beradi;

Yurak-qon tomir tizimi faoliyatida ko'maklashadi;

Qon mikrosirkulyasiyasini yaxshilaydi;

Qayta tiklovchi ta'sir-to'qimalarning tiklanishini tezlashtiradi;

Mikroblarga qarshi,antiseptik,viruslarga qarshi ta'sirga ega;

Yaralar yiringlashining oldini oladi;

Ichni yumshatuvchi, siydik haydovchi yengil ta'sirga ega;

Parazitlarga qarshi ta'siri. Lavanda vitamin va minerallarga juda boy. Lavandadan foydalanish usuli: Lavanda ichga qabul qilish va tashqi foydalanish uchun qaynatma, damlamalar tayyorlash uchun qo'llaniladi. O'simlik barglari va gullarini choylarga qo'shadi. O'tning quruq aralashmasini mato xaltachalarga solib,aromaterapiya vositasi sifatida foydalanishadi. O'simlikning o'zini alohida ishlatish ham, nisbatan murakkabroq retseplarda masalliqlardan biri sifatida foydalanish ham mumkin. Lavanda damlamasi: tayyorlash uchun 2-3 choy qoshiq quruq xomashyo kerak bo'ladi, ustidan 500 ml qaynoq suv quyib, tindiriladi. 0,5 stakandan kuniga 4 mahal qabul qilinadi.

Yetishtirish texnologiyasi. Lavanda o'simligi quyosh yaxshi tushadigan va namni yaxshi o'tkazadigan tuproqlarda o'stiriladi. Lavanda o'simligi urug'idan ko'paytiriladi. Urug'lar kech kuzda dalaga ekiladi. Bunda qishlash davrida rozetka holida o'taydilar. Agarda urug'lar bahorda ekilsa, bunda urug'larni maxsus joylarda va salqin yerda saqlanadi. Nam qumni qutilarga vaqti -vaqti bilan ularni mog'orlamasligi uchun namlab va aralashtirib turiladi. Bahorda urug'lar aprelning boshlarida egat oraliqlarini 70 sm qilib ekiladi. Bir gektarga 4 - 4,5 kg xisobida urug' sarflanadi. Ekishdan so'ng dala maydoni yoki qalamchalar sug'oriladi. Urug'lar 10 - 12 kunda unib chiqadi, 2 - 3 bargcha chiqqandan so'ng qator oralariga traktor yordamida ishlov beriladi va kultivatsiya ishi olib boriladi. Bundan tashqari yer yumshatiladi va yagana qilinadi. Yagana qilishda bir tupda 2 - 3 tadan o'simlik qoldiriladi, ularning oralig'i 20 - 30 sm ni tashkil qiladi.

Kuzda ekilgan o'simliklar may - iyun oylaridan gullaydi va bahorda ekilganlari esa iyul oyida gullaydi. Lavanda o'simligining ildiz tizimi yaxshi tarmoqlanganligi sababli ko'p sug'orishni talab etmaydi. Vegetatsiya davomida 6 - 9 marta sug'oriladi. 2 - 3 marta sug'orishdan so'ng, gektariga 80 - 100 kg dan ammiakli selitra va 70 - 80 kg superfosfat solinadi. Go'ngli eritma bilan oziqlantirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. Холмуратов У. К., Рустамова Ш. А., Ярмухаммедова Н. А. Клиникоэпидемиологические аспекты течения бруцеллеза за последние годы по Самаркандской области //Вопросы науки и образования. - 2019. - №. 33 (83). -С. 60- 73.

2. Saminov A., Ismoiljonova D., Rahmataliyeva M. Dorivor sut qushqo'nmas osimligining foydali xususiyatlari va undan oqilona foyalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. -№. D4. - С. 155-159.

3. Anvarjonovich D. Q., O'g'li S. A. A., O'g'li X. The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains //Asian journal of multidimensional research. - 2021. - Т. 10. - №. 4. - С. 415-419.

4. O'G'Li S. A. A., Qizi A. A. D. O. K., Qizi N. B. H. Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 297-300.

5. Saminovich M. B., Gulomatovna X. N., O'G'Li S. A. A. Petrushka o 'simligini yetishtirish va undan oqilona foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 259262.

6. Yusupova Z., Saminov A., Sayramov F. Salvia-l marmarak turkumi vakillarining o'zbekistonda tarqalishi, hayotiy shakllari va ishlatilishi //Science and innovation. - 2022. -Т. 1. - №. D6. - С. 13-19.

7. Mukhtarovna N. R., Alimardonugli S. A., Botiraliyevich U. N. Features of treatment of winter wheat seeds by different processors //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

8. O'G'Li S. A. A., Qizi I. D. E., Qizi K. I. T. Dorivor momordika yetishtirish va o 'simlikning o'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D4. - C. 14-18.

9. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Dorivor rozmarin o 'simligini ko'paytirish va undan sohalarda samarali foydalanish //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 79-82.

10. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Tirnoqgul o 'simligining dorivorlik xususiyatlari va dori tayyorlash usullari //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 75-78.

11. O'G'Li S. A. A., Qizi N. D. K. Zanjabil o 'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D3. - C. 26-30.

12. Saminov A., Komilov H., Nasriddinova D. Na'matak (rosa) ning siz va biz bilmagan dorivorlik xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 7-12.

13. Saminov A., Sodiqova M., Rahmataliyeva M. Dorivor topinambur o 'simligini yetishtirish va uning o 'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - T. 1. - №. D6. - C. 116119.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.