Научная статья на тему 'MOMORDIKA OʻSIMLIGINI PARVARISHLASH VA SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI'

MOMORDIKA OʻSIMLIGINI PARVARISHLASH VA SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Momordika / “momordicus” / liana / urugʻ / ekish / va parvarishlash / ko’chat / ozilantirish / tarkib.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, Ismoiljonova Durdona Erkinjon Qizi

Maqolada momordika o‘simligini ko‘paytirish hamda takomillashtirish orqali dorivor o‘simlik salmog‘ini yanada oshirish bilan birga undan samarali foydalanish yo’llari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOMORDIKA OʻSIMLIGINI PARVARISHLASH VA SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI»

MOMORDIKA O'SIMLIGINI PARVARISHLASH VA SHIFOBAXSHLIK

XUSUSIYATLARI

1Haydarov Mavlonjon Mashrabovich, 2Ismoiljonova Durdona Erkinjon qizi

^arDU, ATSF va DO' kafedrasi mudiri, b.f.f.d. (PhD) 2FDU, Agrar qo'shma fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214695

Annotatsiya. Maqolada momordika o'simligini ko'paytirish hamda takomillashtirish orqali dorivor o'simlik salmog'ini yanada oshirish bilan birga undan samarali foydalanish yo'llariyoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Momordika, "momordicus", liana, urug', ekish, va parvarishlash, ko'chat, ozilantirish, tarkib.

Аннотация. В статье описаны способы увеличения массы лекарственного растения путем его селекции, улучшения и эффективного использования.

Ключевые слова: Момордика, «момордикус», лиана, семена, посадка и уход, рассада, подкормка, содержание.

Abstract. The article describes ways to increase the weight of the medicinal plant by breeding and improving it and using it effectively.

Keywords: Momordica, "momordicus", liana, seed, planting and care, seedling, feeding, content.

Mamlakatimiz o'zining qulay ekologik sharoitga egaligi sabab yashil qoplamga juda boy. Ular orasida ahamiyatlisi dorivor o'simliklarning keng tarqalganligidir.

Hozirgi vaqtda milliy tibbiyotimizda ishlatiladigan 900 dan ortiq dori-darmonlarning uchdan bir qismi dorivor o'simliklarning maxsuli hisoblanadi. Organizmning ishlatilish sohasiga qarab dorivor o'simliklardan hozirda quyidagicha foydalanib kelinmoqda. Yurak kasalliklarini davolashda foydalaniladigan dorilarning 77%, jigar va oshqazon-ichak yo'llarida uchraydigan kasalliklarni davolaydigan dorilarning 74%, bachodon kasalliklariga qarshi ishlatiladigan dorilarning 80% shifobaxsh o'simliklardan tayyorlangandir. Juda ko'p o'simlik turlari shifobaxsh, ya'ni biokimyoviy tarkibi bo'yicha dori darmonlik xususiyatiga ega. Ta'sir ko'rsatish darajasi va afzalliklari bo'yicha foydalanish mumkinmas turlari ham mavjud.

Hozirgi kunda dorivor o'simliklarni o'rganishga katta e'tibor berilmoqda.Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.11.2020 yildagi PQ-4901-son "Dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash, ularning urug'chilligini yo'lga qo'yishni rivojlantirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar ko'lamini kengaytirishga oid chora-tadbirlar to'g'rida"gi qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi.

Momordika - Qovoqdoshlar oilasiga mansub, 60 ga yaqin turi mavjud bo'lgan bir yillik va ko'p yillik o't o'simliklar, kichik butalar kabi hayotiy shakllarni o'z ichiga oldi. Momordika -Lianalarga o'xshash ilashib o'suvchi o'simlik bo'lib uning uzunligi 2-6 metrga yetadigan o'simlik hisoblanadi, uning yirik o'ymakor barglari och yashil rangga ega. Uning kelib chiqish tarixida ko'plab ajoyib nomlari mavjud bo'lib ular quyidagilardan iborat: telba bodring, hind anori, achchiq qovun, Hind yoki Xitoy telba bodringi va shunga o'xshash nomlarga ega o'simlikdir. Ismining o'zi bu o'simlik, lotincha "momordicus"dan kelib chiqib "tishlash" degan ma'noni bildiradi. Momordikani ko'p turlari ichida iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli ikki turi Momordica Charantia va Momordica Cochinchin foydaniladi.

Momordika o'simligini ekish vaparvarish qilish:

Momordikana urug'larini ochiq yerga ekish mumkin. O'simlik termofil bo'lganligi sababli ko'chatlaridan yetishtirish ham yaxshi samara beradi. Urug'larini yirik to'liq yetuk bo'lganlari yakka tanlash usulida saralanib olinadi. Urug'lar unishi uchun o'z iqlimiga yaqin bo'lgan harorat talab qilinib bu harorat kamida +22C0 +25C0 bo'lishi lozimdir. Ekishdan oldin urug'larni namlik muhitda ko'p saqlamaslik kerak, aks holda ular chirib qolishi mumkin.

Shuningdek, sug'oriladigan tuproqlarning agrokimyoviy, fizik-kimyoviy, biogeokimyoviy va boshqa xossa-xususiyatlarini va boshqalar o'rganilgan.

Momordikaning ildizi tizmi kuchsiz zaif bo'lganligi uchun tuproq bo'shashi va organik birikmalar bilan yaxshi ta'minlangan bo'lishi kerak. Urug'lar ko'chat holiga keltirgandan so'ng quyosh bilan yaxshi ta'minlanishi, hadan ortiq nam bo'lmagan tuproqa olma daraxti gulab bo'lgandan so'ng, tuproq qatlami isishni boshlagan vaqtda o'tkaziladi.

Momordika ko'chatini o'g'itlar bilan oziqlantirish qoidalari quyidagilardan iborat;

- Dastlabki oziqlantirish. O'simlikning gullashi bilan oziqlantirish talab etiladi bunda ammofosga bir qoshiq, suv 10 litrli chelakda ertib quyiladi.

- O'rta oziqlantirish. Gullashdan keyin birinchi meva paydo bo'lgan paytida. Atala 1 stakan, nitrofosga ikki osh qoshiq. Har birini 10 litrli chelakda suv bilan eritiladi va foydaniladi.

- So'ngi oziqlantirish. Hosilni yeg'ishdan 3 hafta avval har qanday murakkab tarkibli o'g'itlardan foydalanish mumkin.

Birinchi sariq gulida o'simlik changlanishi zarur bo'ladi. O'simlik o'sadigan joylarida hashoratlar bo'lmas yoki kam bo'lsa mustaqil ravishda changlanadi. Bu turli jinsli gullarni bir biriga tekazish orqali sodir bo'ladi. Mevalari avgust oyining ikkinchi yarmidan to'liq pishib yetilgan bo'ladi. So'ngi yillarda mamordika o'simlikning parnik va balkonlarda, yopiq xonalarda maxsus tuvaklarda o'stirilmoqda.

Momordika o'simligidan kimyoviy preparatlardan tashqari an'anaviy sharq tabobatida chinakam dorivor mahsulotga aylantirib foydanilnmoqda. Bu esa sog'lom turmush tarzini kimyoviy moddalar siz dorivor o'simliklar mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish qobiliyati ta'minlab qo'shimcha o'rganishni talab qilsa-da tasdiqlangan dorivor xususiyatlari, to'g'ri ishlatilganda ko'zlangan maqsadga erishiladi.

Momordikaning kimyoviy tarkibi va xossalari:

Momordika o'simligining oziqaviy qiymati 100 g mahsulotda 15-19 kkalga teng bo'lib, bundan tashqari o'simlikda yog' miqdori 0,1 g, uglevodlar 3 g, oqsil 0,8 g, suv 80 g tashkil etadi. Momordikaning mevasi juda ko'p foydali moddalarni o'z ichiga oladi: A, B, F, E, C va PP vitaminlari, shuningdek flavonoidlar, alkaloidlar, organik kislotalar, aminokislotalar. Urug'idan moy va momorditsin alkaloidi aniqlangan. Ildizidan tritepen saponini mavjud. Bu o'simlikning mevasi bilan birga barcha qismlari shifobaxshdir.

O'simlik qismlarini o'ziga xos dorivorlikxususiyatlari:

O'simlik tarkibida oshqozon osti bezi hujayralarini sonini ko'paytirish va insulin gormoni ishlab chiqarish xususiyatini ta'minlaydigan harontin moddasi borligi tufayli qandli diabet bilan og'rigan bemorlarni sog'lig'ini saqlab shakar miqdorini kamaytirib turadi. Tanani toksinlardan tozalab immunitetni oshiradi. Yangi mevasida foli kislotalari bor bo'lib suyaklanish jarayonida qatnashadi. Eng kuchli antioksidant likopen ham bor.

Urug'lari yallig'lanishga qarshi, isitma tushiruvchi, antiseptik va shishni yengillashtirish xususiyatlariga ega.

Mevalari - Cho'zinchoq shaklda, mevalari pishish davrida o'z rangini och sariqdan to'q sariqgacha o'zgartiradi. Uning barcha qismlari maxsus bezli tuklar bilan qoplangan. Shuning

uchun o'simlik bilan ishlash vaqtida odam terisini tirnalishi hatto terida kuyishlar pado bo'lishi mumkin.

Shuning uchun qo'lqoplar bilan ishlash tafsiya etiladi. Pishgan mevasining ichki qismida to'q qizil go'shtdor meva eti mavjud. Shu qismi anor o'simligining perikarpasi (meva eti) ga o'xshab fotosuratlarda yaxshi ko'rinadi. Mevalar o'zida juda ko'p dorivorli xususiyatlarini o'zida mujassam etgan.

Bu qismi noyoblik jihatdan o'simlikning barcha qismlaridan ustundir. Ular saraton hujayralarini o'sishiga to'sqinlik qilib kasallikni faoliyatini susaytiradi hatto ba'zan butunlay davolash darajasiga ham erishish mumkin. Momardika ekstrakti melanomalarni, sarkoma va leykemiya kasalligiga uchragan bemorlarni davolash paytida ishlatilib ijobiy samaraga erishiladi. Bundan tashqari momordika o'simligidan gepatit, jigar saratoni yuqumli va surunkali hastaliklarda davolaniladi.

Barglari tarkibida fosfor, uglevodlar hamda oqsillarga juda ham boy. Barglaridagi ekstrakti oddiy stafilokoklarni shu bilan birga OlVni ham yo'qotishi mumkin.

Ildizidan tritepen saponini mavjud ekanligi aniqlanib revmatizimni kasalligi davolanadi. Bundan tashqari ildizidan bronxitda ekspektoron sifatida faol ishlatiladi.

Momordikani vazn yo'qotishda foydalanish mumkin. Chunki o'simlik tarkibida 80-85 foiz suv bor. Biz uning bargi, poyasi, urug'larini ildizni yeyishimiz mumkin. Shu qismlarida flavonoidlar va organik kislotalar mavjud. Xulosa

Xulosa qilib aytganda o'simlikdan oziq-ovqat sanoatida, manzarali va estetik zavq olish uchun ham ekib o'stirish, hamda shifobaxshligi xususiyatlaridan foydalaniladi o'simlikni qolgan qismlari ham ko'plab foyadali xususiyatlarga ega bo'lib, shu bilan birga aks ta'siri ham mavjudligini unutmaslik zarur.

REFERENCES

1. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

2. Xolmatov H.X, Ahmedov O' .A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

3. Atabayeva X. O'simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.

4. Bo'riyev X.S. Sabzavot ekinlari selektsiyasi va urug'chiligi. T. "Mehnat". 1999.

5. Saminov Avazbek Alimardon o'g'li. Nasriddinova Dilnavoz Kamoliddin qizi - Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi , « Science and innovation international scientific journal », D01:10.5281/zenodo.6644810

6. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : ( 419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X

7. Saminov A., Komilov H., Nasriddinova D. Na'matak (rosa) ning siz va biz bilmagan dorivorlik xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 7-12.

8. Saminov A., Sodiqova M., Rahmataliyeva M. Dorivor topinambur o 'simligini yetishtirish va uning o 'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 116119.

9. O'G'Li S. A. A., Qizi I. D. E., Qizi K. I. T. Dorivor momordika yetishtirish va o 'simlikning o'ziga xos xususiyatlari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D4. - С. 14-18.

10. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Dorivor rozmarin o 'simligini ko 'paytirish va undan sohalarda samarali foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 79-82.

11. Saminov A., Ne'Matova D., Aliyeva M. Tirnoqgul o 'simligining dorivorlik xususiyatlari va dori tayyorlash usullari //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 75-78.

12. Alimardon o'g'li S. A., Qizi M. D. U., Qizi N. S. M. Dorivor steviya o 'simligini yetishtirish agrotexnologiyasi va sohalarda foydalanish istiqbollari //Научный Фокус. - 2023. - Т. 1. -№. 1. - С. 1194-1198.

13. Avazbek S. et al. Trigonella feonum-graceum lo 'simligining xalq tabobati va rasmiy tibbiyotda qo 'llanilishi //Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities. - 2023. - Т. 2. - №. 7. - С. 22-26.

14. Alimardon o'g'li S. A., Qizi N. S. M. Tukli erva (pol-pola) aerva lanata juss. ning botanik tavsifi va o 'ziga xos dorivorlik xususyatlari //Научный Фокус. - 2023. - Т. 1. - №. 1. - С. 1189-1193.

15. Alimardon o'g'li S. A., Qizi N. S. M., Qizi M. D. U. Marmarak (mavrak)-o 'simligining yashash muhiti, yetishtirish texnologiyasi, tarkibi va dorivorlik xususiyati //journal of innovations in scientific and educational research. - 2023. - Т. 6. - №. 4. - С. 31-36.

16. O'G'Li S. A. A. Marmarak (mavrak)-o 'simligini yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 6. - С. 323-326.

17. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. - 2021. - № 80-3. - С. 45-47. - DOI 13.18411/trnio-12-2021-121.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.