Научная статья на тему 'MARMARAK (MAVRAK) – O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

MARMARAK (MAVRAK) – O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
317
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dorivor / (mavrak) Salvia officinalis / tarqalish / mahsulot / tuproq / ekish / mavsum / yetishtirish / agrotexnik tadbirlar / kimyoviy tarkib

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Saminov Avazbek Alimardon O‘G‘Li

Maqolada marmarak o‘simligining yashash muhiti, ekish mavsumi va yetishtirishda bajariladigan agrotexnik tadbirlar hamda tarkibidagi dorivorlik xususiyatlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARMARAK (MAVRAK) – O‘SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

MARMARAK (MAVRAK) - O'SIMLIGINI YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.8002085

Annotatsiya. Maqolada marmarak o'simligining yashash muhiti, ekish mavsumi va yetishtirishda bajariladigan agrotexnik tadbirlar hamda tarkibidagi dorivorlik xususiyatlari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Dorivor, (mavrak) - Salvia officinalis, tarqalish, mahsulot, tuproq, ekish, mavsum, yetishtirish, agrotexnik tadbirlar, kimyoviy tarkib.

Kirish Bugungi kunda dorivor o'simliklarga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda, butun dunyoda insonlar sog'lig'iga alohida e'tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko'rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o'simliklarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'ldi. Shuning uchun dorivori o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish lozim. Davlatimiz tomonidan o'tkazilayotgan islohotlar har bir sohalarda o'z natijasini berib kelmoqda. Shuningdek qishloq xo'jaligimizda ham o'ziga xos innovatsion loyihalar, usullar, klasterlarning tashkil etilishi va ulardagi muamolarning hal etilishi, yangi texnikalarning olib kirishdagi yengilliklar ham yurtimizda olib borilayotgan oqilona siyosatning yaxshi natijalari ekanligidan dalolatdir. Shuningdek qishloq xo'jaligi ham yurtimizning ajralmas qismidir. Davlatimiz raxbari Shavkat Mirziyoyev takidlaganlaridek "Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda yo'lga qo'ymas ekanmiz, sohada rivojlanish bo'lmaydi". Biz tavsiya etmoqchi bo'layotgan agrotexnik tadbirimiz ham yerlarning ifloslanishini kamaytirish, oshiqcha texnika sarfini kamaytirgan holda hosil sifatini oshirishga va oshiqcha pul sarfini oldini olishga yordam beradigan kichik innovatsion loyiha bo'lishiga ishonamiz.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi

Dorivor marmarak (mavrak) - Salvia officinalis L.; yasnotkadoshlar - Larniaceae (labguldoshlar - Larniaceae) oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik.

Mavrak yetishtirish texnologiyasi - O'zbekiston huhudida mavrak o'simligini sug'oriladigan unumdorligi yuqori, o'rtacha mexanik tarkibli tuproqlarda o'stirish yaxshi natija berib kelmoqda. Ko'p yillik ilmiy kuzatishlar shuni ko'rsatdiki, yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarga nisbatan ekib o'stiriladigan dorivor o'simliklar tarkibida biologik faol moddalar to'liq saqlanishi aniqlangan.

Dorivor mavrak o'simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish kerak bo'ladi. Dorivor o'simliklardan yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnik chora-tadbirlar orasida yeri ishlash asosiy ahamiyat kasb etadi. Chunki yer ishlanganda, tuproqning fizikaviy, kimyoviy va biologik xossalari yaxshilanadi, shu bilan bir qatorda barcha agrotexnik tadbirlarning samaradorligi ortadi, o'simlikning o'sishi va rivojlanishi tezlashadi. Mavrak o'simligi issiqsevar, yorug'likni yaxshi ko'radigan, qurg'oqchilikka chidamli ekin hisoblanadi, ma'lumotlarga ko'ra u ekilgan yerlardan 4-5 yil davomida foydalanib yuqori hosil olish mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Mavrak ekiladigan yerlar kuz mavsumida tayyorlanadi va yer haydash oldidan tuproq unumdorligini bir holatda saqlab turish maqsadida o'simlikni o'sish davrida gektar hisobiga 20 tonna mahalliy o'g'it va yillik normaning 70% hisobidan ko'proq fosfor o'g'itini beriladi va 2530 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo'yiladi. Erta bahorda yer tekislanadi va begona o'tlar qoldiqlaridan tozalanadi. Mavrak Urug'ini mart-aprel oylarining boshlarida tuproq harorati 15-20°S bo'lganda, qator oralari 60-sm qilib 2-4 sm chuqurlikda sabzavot ekadigan uskunalarda ekiladi va gektariga o'rtacha 8 kg toza va sifatli urug' sarflanadi.

Maysalar bahorda urug' ekilgandan keyin 12-14 kunda unib chiqa boshlaydi. Birinchi kunlarda maysalarni sekin o'sishi kuzatila boshlaydi va begona o'tlar orasida qolib ketmasligi uchun yerlarni kultivatsiya va yumshatib turiladi. Mavrak zich ekilganda yoki begona o'tlar ko'payib ketganda, bahor seryomg'ir kelganda o'simliklarda qo'lsimon zamburug'lar va zararkunandalarning ko'payib ketishiga yo'l qo'ymaslik kerak.

O'simlik tupida ikki juft chinbarglar hosil bo'lganida har 15 sm oralig'ida uyachalar 2-3 tadan o'simlik qoldirib yagana qilinadi. O'simliklarning ildiz tizimiga zarar yetkazmasdan ehtiyotkorlik bilan qator oralariga ishlov berish tavsiya etiladi. Tuproqning namligi va o'simlikning holatiga qarab sug'orishni tabaqalab o'tkazish lozim. Mavsum davomida mavrakni birinchi yili 7-8 martagacha sug'orish tavsiya etiladi. Shunda mavrak bargining sathi kuchayishi va ildiz tizimining rivojlanishi davrlarida u suvni ko'p talab qilishi mumkin. Mavrak o'simligini yaxshi o'sishi va rivojlanishi uchun uni o'g'itlash eng muhim agrotexnik omillardan biri hisoblanadi. Mavrakni oziqlantirishni maysalar unib chiqqandan keyin ularning yaxshi rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda gektar hisobiga azot o'g'itidan 30 kg va 25 kg dan kaliy berishdan boshlash lozim. O'g'itlarni 10-12 sm chuqurlikka solish tavsiya etiladi. Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida, sug'orishdan oldin gektar hisobiga 30 kg azot va 20 kg fosfor o'g'itini berish bilan amalga oshiriladi va uning rivojlanishi yanada tezlashadi. Oxirgi oziqlantirish mavrak o'simligi gullagan davrda gektar hisobiga 40 kg azot va 25 kg kaliy o'g'itini qo'shish bilan tugatiladi. Kaliyli o'g'itlar mavrakning sovuqqa chidamliligini ancha oshiradi. Mavrak o'simligi rivojlanish davrida, ayniqsa gullash fazasida oziqa elementlarni ko'p talab qiladi. O'simlikni oziqlantirish sug'orishdan oldin amalga oshiriladi. Shularni hisobga olgan holda vegetatsiya davomida mavrak ekilgan maydonlarga o'rtacha gektriga 100-110 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy o'g'iti bilan oziqlantirilsa yaxshi natija beradi. Birinchi yili ekilgan mavrak bargining hosilini sentyabr oyida bir marta yig'ib olinadi. Ikkinchi yili mavsum boshlanishi oldidan o'simlikning yer ustki qismi 5-8 sm qoldirib (eski shoxlari) qirqiladi va daladan chiqarib tashlanadi. Birinchi terim sentyabr oyining oxirida tugatiladi. Agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish orqali mavrak bargini 3 marta terib olish mumkin.

Xulosa Dorivor mavrak o'simligidan yuqori va sifatli mahsulot olish uchun agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o'tkazish kerak bo'ladi. Dorivor o'simliklardan yuqori hosil olishga qaratilgan barcha agrotexnik chora-tadbirlar orasida yeri ishlash asosiy ahamiyat kasb etadi.

Mavrak o'simligining barcha organlarida yuqori sifatli efir moyi mavjud. Mahsulotning xushbo'y hidi va achchiqroq yoqimli, bir oz burishtiruvchi mazasi bor. Barg tarkibida 0,5-2,5% efir moyi, flavonoidlar, oshlovchi moddalar, alkaloidlar, ursol va oleanol kislotalarining mavjudligi o'ziga xos dorivor o'simlik ekanligidan dalolat beradi.

REFERENCES

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

1. X.X.Xolmatov, O'.A.Ahmedov, Farmakognoziya: darslik, Toshkent, Ibn Sino nomidagi NMB, 1995.

2. O'G'Li, Saminov Avazbek Alimardon, Abdug'Aniyeva Durdona O'ktamjon Qizi, and Nazirova Bonuxon Hayrulla Qizi. "Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi." Science and innovation 1.D3 (2022): 297-300.

3. O'G'Li S. A. A., Qizi N. D. K. Zanjabil o 'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 26-30.

4. Alimardon o'g'li S. A., Qizi N. S. M., Qizi M. D. U. Marmarak (mavrak)-o 'simligining yashash muhiti, yetishtirish texnologiyasi, tarkibi va dorivorlik xususiyati //journal of innovations in scientific and educational research. - 2023. - Т. 6. - №. 4. - С. 31-36.

5. Turdaliev A. T. et al. Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2022. - Т. 1068. - №. 1. - С. 012047.

6. Хайдаров М. М., Турдалиев А. Т. Саминов ААУ Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах //Тенденции развития науки и образования. - 2021. - №. 80-3. - С. 45-47.

7. Raximov, M., and A. Saminov. "Aholi tomorqa xo 'jaliklarida va himoyalangan joylarda sabzavot yetishtirishning jadal texnologiyasi." Science and innovation 1.D6 (2022): 231236.

8. Saminov, A., D. Ismoiljonova, and M. Rahmataliyeva. "Dorivor sut qushqo'nmas osimligining foydali xususiyatlari va undan oqilona foyalanish." Science and innovation 1.D4 (2022): 155-159.

9. Anvarjonovich D. Q., O'g'li S. A. A., O'g'li X. The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains //Asian journal of multidimensional research. - 2021. - Т. 10. - №. 4. - С. 415-419.

10. Mamanazarov, B. S., N. G. Xoshimova, and A. A. Saminov. "Petrushka o'simligini yetishtirish va undan oqilona foydalanish." Science and innovation 1.D3 (2022): 259-262.

11. Yusupova, Z., A. Saminov, and F. Sayramov. "Salvia-l marmarak turkumi vakillarining o'zbekistonda tarqalishi, hayotiy shakllari va ishlatilishi." Science and innovation 1.D6 (2022): 13-19.

12. Mukhtarovna N. R., Alimardonugli S. A., Botiraliyevich U. N. Features of treatment of winter wheat seeds by different processors //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

13. O'G'Li, Saminov Avazbek Alimardon, Ismoiljonova Durdona Erkinjon Qizi, and Kamoliddinova Iroda Toxirjon Qizi. "Dorivor momordika yetishtirish va o 'simlikning o'ziga xos xususiyatlari." Science and innovation 1.D4 (2022): 14-18.

14. Saminov, A., D. Ne'Matova, and M. Aliyeva. "Dorivor rozmarin o 'simligini ko 'paytirish va undan sohalarda samarali foydalanish." Science and innovation 1.D6 (2022): 79-82.

15. Saminov, A., D. Ne'Matova, and M. Aliyeva. "Tirnoqgul o 'simligining dorivorlik xususiyatlari va dori tayyorlash usullari." Science and innovation 1.D6 (2022): 75-78.

16. Saminov, A., H. Komilov, and D. Nasriddinova. "Na'matak (rosa) ning siz va biz bilmagan dorivorlik xususiyatlari." Science and innovation 1.D6 (2022): 7-12.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

17. Saminov, A., M. Sodiqova, and M. Rahmataliyeva. "Dorivor topinambur o 'simligini yetishtirish va uning o 'ziga xos xususiyatlari." Science and innovation 1.D6 (2022): 116119.

18. Saminov, A., Mirodilova, O. va Abdurasulova, D. (2022). Dorivor aloe vera o 'simligining foydali xususiyatlari va undan xalq tabobatida foyalanish. Fan va innovatsiyalar , 1 (D7), 390-394.

19. Saminov, A., Erkaboyev, M., Rustamova, S., & Jo'Rayeva, O. (2022). Qishloq xo 'jalik ekinlarini bargi orqali oziqlantirishning istiqbollari. Science and innovation, 1(D8), 802-806.

20. Saminov, A., B. Yusupova, and S. Qoraboyeva. "Dorivor achchiq shuvoq o 'simligining shifobaxshlik xususiyatlari va undan oqilona foydalanish." Science and innovation 1.D7 (2022): 95-99.

21. Saminov, A., B. Yusupova, and S. Qoraboyeva. "Dorivor shuvoq o 'simlikgining shifobaxshlik xususiyatlari va undan samarali foydalanish." Science and innovation 1.D7 (2022): 105-109.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.