ZABARDAST OVOZ SOHIBI
Komiljon Mirzayev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Jo'raxon Sultonov o'zbek musiqa ijodiyoti ravnaqiga munosib hissa qo'shgan zabardast san'atkorlaridan hisoblanadi. Mazkur maqolada ustoz san'atkorning hayoti va ijodiy faoliyati haqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: milliy qo'shiqchilik, ijro uslubi, mumtoz musiqa, ijro mahorati, badihago'ylik
INCREDIBLE VOICE OWNER
Komiljon Mirzayev Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: Jorakhan Sultanov is one of the great artists who made a great contribution to the development of uzbek music. This article talks about the life and creative work of the master artist.
Keywords: national singing, performing style, classical music, performing arts, improvisation
O'zbek milliy qo'shiqchilik san'atida munosib o'ringa ega bo'lgan xushovoz xonanda, sozanda va bastakor, O'zbekiston xalq hofizi Jo'raxon Sultonov 1893-yilda tug'ilgan.
U o'zbek musiqasi namunalaridan katta ashula, mumtoz musiqa, yalla kabi xalq janrlarini puxta bilgan, musiqa merosimizni 30 dan ortiq turli mumtoz asarlar bilan boyitgan ajoyib bastakor hamda bir qator munosib shogirdlar tarbiyalagan ustozdir.
Jo'raxon Sultonov o'z zamonasining yetuk hofizlari: Mamatbuva Sattorovdan katta ashula, mumtoz musiqa ijrochilik sirlarini o'rganish bilan birga ularning ilmiy jihatlarini ham qunt bilan o'rgandi. Musiqiy ohang, ayniqsa mumtoz adabiyotni o'zlashtirishga katta e'tibor qaratdi. Farg'ona vodiysining Erka Qori, Hamroqul Qori, Sodirxon Hofiz, Madumar Hofiz, Zebo Pari, Mulla To'ychi Hofiz, Hoji Abdulaziz Abdurasulov kabi ustoz san'atkorlar ijro uslublarini puxta o'zlashtirdi. Ularning an'analarini o'zlashtirib, zamonasiga xos, vodiy an'anasiga mos ijrochilik uslubini yaratishga muyassar bo'ldi.
Jo'raxon Sultonovning ijro uslubi Farg'ona vodiysining o'ziga xos ijro xususiyatlari bilan sug'orilgan bo'lib, o'sha davrda yangicha xarakterdagi o'z ifodasini topadi. U mumtoz ashulalarni yovvoyi uslubda (usul erkinligida) ijro etib alohida ijro
rfciyfl^^B 89 ISSN 2181-063X/ Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
maktabi yaratdi. Xonanda uslubining xarakterli jihatlari uning ijodiga mansub asarlarida yaqqol ifodasini topadi. Ijodkor bastakorlik faoliyatida ko'proq, ustozona musiqaning murakkab hisoblangan talqin, nasr, savt yo'llarida o'ziga xos erkin rivoj topadigan asarlar yaratgan. Mumtoz usullar asosida yaratgan asarlarining xarakterli tomonlarini xonandaning ijodiga mansub "Bo'lmasa", "Guluzorim qani", "Bir kelsun", "Naylayin", "Oh kim", "O'lmasun" kabi asarlari misolida ko'rish mumkin. Aytish joizki, xonanda o'z uslubini ifoda etishda maqom sho'balarining tuzilish tarkibi qiyofasidan kelib chiqib, katta ashula kuy rivoji xususiyatlariga asoslanib, o'ziga xos ashula yo'lini shakllantiradi.
Jo'raxon Sultonovning ijro uslubiga xos bo'lgan jihatlardan biri bu aniqlik, shiddat va maqsadni tez belgilab olishdir. Shu bois Muxammas shakli asosida tarkib topgan asarning birinchi misrasining talqinida kuyning barcha pog'onalari ijrochi tomonidan kuylaniladi. Bu jarayon ijrochidan talqinda tez moslashadigan ovoz, katta mahorat, mohirona ijro texnikasi va bilim talab etadi. Muxammasning to'la ijrosi, go'yoki bir nafas ichida talqin etilishi kerak. Katta ashula ijrochiligida asar so'z matnlarini ifoda etish, asosan badiiy nutqga yaqinroq tarzda amalga oshiriladi. Xonandaning ashula ijrochilik uslubida bu omil saqlangan.
Jo'raxon Sultonov ijro jarayonida so'zlarni burro, ifodali, sayqal va jilolar bilan bezab kuylagan. Bunda albatta, xonandani she'riatning ichki qonuniyatlarini tushunib, munosib idroklashi ham muhim bo'lgan. Xonanda talqinida musiqa san'ati namunalarining turli janrlari o'ziga xos tarkibda ifodasini topgan. U avvalo, har bir asarning janr xususiyatlari asosiga katta e'tibor bilan yondashadi. Ijrochilik yo'llarining badihago'ylik (erkin ijro misolida) va mumtoz (tarkibga asoslangan) talqinlariga alohida ahamiyat bergan. Ijro uslubiga xos bo'lgan omillar xonandaning keng ko'lamli nafas ishlatishida, kuy bo'laklarini (frazalarni) o'ziga xos katta ashula uslubida va me'yorida badiha bilan boyitib ijro etishda yaqqol ko'rinadi. Shu bilan birga asarni texnik jihatdan mohirona ijro etish, tinglovchi qalbini rom etuvchi ohanglar bilan purma'no so'zlarni aniq ifodalab, unga har tomonlama ijodiy yondoshishi ham asar talqiniga butunlik, jozibalilik baxsh etadi.
J.Sultonovning ijro uslubini (uning ijro dasturidan va ijodidan kelib chiqqan holda) ahamiyatli bo'lgan uch talqin jarayoni bilan bog'lash mumkin. Birinchi: - erkin ijro; ikkinchidan - badihago 'ylikka asoslangan va uchinchidan ma'lum usul va vaznga asoslangan ijrolar.
Har bir asarga o'ziga xos yangicha talqin bilan yondashishi xonandaning ijro uslubi xususiyatlaridan biridir. Ayniqsa bu jarayon maqom yo'llaridagi "Yovvoyi Chorgoh", "Dugoh Husayniy", "Savti suvora", "Sodirxon Ushshog'i" kabi asarlar ijrosida yaqqol namoyon bo'ladi.
Baland va kuchli ovozga ega bo'lgan Jo'raxon Sultonovning ijrosi katta xayajonli talqin, aniq va shiddati bilan alohida ajralib turadi. Kuylash jarayonida u asarning
IIgcTÍÍ^^BI 90 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
o'ziga xos latiflik va iliqlik, betakror va sof sadolar bilan boyitgan. Shu bilan birga uning ijrosida kuydagi mantiqli harakatlar, so'zlarni aniq va burro ifodalash, kuy jumlalarining bir-biriga ohangdosh bog'lash kabi jihatlari o'ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Jo'raxon Sultonov ijro uslubining yana bir muhim tomoni - jo'rnavozlik uslubini an'ana sifatida yo'lga qo'ydi. Zero, bu yo'nalishlar ayni paytda o'zbek musiqa ijrochiligida qo'llanilib kelinayotgan yetakchilardan deyish mumkin. Shu bilan birga u, cholg'ular jo'rligida katta ashula uslubiga xos asarlarni ijro etish, ustozona musiqa ijrochiligiga yangi yo'nalish olib kirdi.
Jo'raxon Sultonov nafaqat xonanda, balki bir qator yetuk shogirdlarni tarbiyalab, voyaga yetkazgan ustoz hamdir. Uning tarbiyasini olib hamnafaslik qilib, yetuklik darajasigacha erishgan Ma'murjon Uzoqov, Rasul qori Mamadaliyev, Kamoliddin Hamroqulov, Fattohxon Mamadaliyev, Saodat Qobulova, Kommuna Ismoilova, Orifxon Xotamov kabi manzur nafas xonandalar o'zbek ustozona musiqa ijrochiligining zabardast namoyondalaridan hisoblanadilar.
Hofizlik san'atining muhim jihatlaridan biri sifatida o'zbek xonandalik amaliyotida uning ovoz imkoniyatlari va talqinini yetakchilik qilishi barchaga ayon. Ovozning ijrochi tafakkuriga bo'ysunishi esa bu o'rinda juda ahamiyatlidir. Ovozning mukammallik, ko'p xususiyatlilik jihatlariga nazar soladigan bo'lsak, Jo'raxon Sultonovning ovozi o'ta kuchli va ijroda shiddatli xarakterga ega bo'lgan. Aynan ana shu imkoniyatlari xonandaning o'z zamonasida beqiyos hofiz darajasiga ko'tarilishiga sabab bo'lgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki, bu jihatlar uning ijro uslubini shakllanishida, ma'lum mavqe'ga ega bo'lishida, o'zini yanada aniqroq namoyish etishida katta ahamiyat kasb etgan.
O'zbek musiqa san'ati rivoji yo'lida samarali mehnat va ijod etgan, zamonamizning yetuk sozanda, xonanda va bastakori Jo'raxon Sultonov o'z ijrochilik mahorati negizida mustaqil maktab yaratdi. U bastalagan va ijro etgan asarlar xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan va abadiy saqlanib qoladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Matyoqubov O. Maqomot. Toshkent: 2004-yil.
2. Akbarov I. Musiqa lug'ati. Toshkent: 1997-yil.
3. Rajabov I. Maqomlar. Toshkent: 2006-yil.
4. Ibrohimov O. Maqom asoslari. Toshkent: 2018-yil.
5. Yunusov R. O'zbek maqomlari. Toshkent: 2018-yil.
6. Begmatov S. Hofizlik san'ati.Toshkent: 2007-yil.
91
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)