Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY XONANDALIK SANATIDA JO‘R OVOZLIK USLUBINING O‘RNI'

O‘ZBEK MILLIY XONANDALIK SANATIDA JO‘R OVOZLIK USLUBINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
108
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Jo‘raxon Sultonov va Ma’murjon Uzoqov / Orifxon Hotamov / xonandalik / hamnafaslik / jo‘rovozlik / “Yolg‘iz”

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Nuriddin Xolboev

Ushbu maqolada o‘zbek milliy xonandalik san’atida jo‘rovozlik, hamnafaslik uslubi haqida so‘z yuritiladi. Mumtoz xonandalik san’atida jo‘rovozlik uslubidan keng foydalangan ustozlar Orifxon Hotamov, Jo‘raxon Sultonovlarning faoliyatiga oid ma’lumotlar keltirib o‘tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY XONANDALIK SANATIDA JO‘R OVOZLIK USLUBINING O‘RNI»

O'ZBEK MILLIY XONANDALIK SANATIDA JO'R OVOZLIK

USLUBINING O'RNI

Nuriddin Xolboev O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy xonandalik san'atida jo'rovozlik, hamnafaslik uslubi haqida so'z yuritiladi. Mumtoz xonandalik san'atida jo'rovozlik uslubidan keng foydalangan ustozlar Orifxon Hotamov, Jo'raxon Sultonovlarning faoliyatiga oid ma'lumotlar keltirib o'tiladi.

Kalit so'zlar: Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqov, Orifxon Hotamov, xonandalik, hamnafaslik, jo'rovozlik, "Yolg'iz"

THE ROLE OF MODERN VOICE STYLE IN UZBEK NATIONAL SINGING

ART

Nuriddin Kholboev UzSIAC

Abstract: This article deals with the style of accompaniment in the art of Uzbek national singing. Information is provided on the activities of teachers Arifkhan Khotamov and Dzhorakhan Sultanov, who widely used the style of accompaniment in the art of classical singing.

Keywords: Jorakhan Sultanov and Mamurjon Uzokov, Arifkhan Hotamov, Singing, Breathing, Singing, "Loneliness"

"Musiqa san'ati insoniyatning ma'naviy boyligi, boy dunyoqarashi va kelajak kamolotining belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib kelinadi. Unda har bir xalqning milliy an'analari, urf-odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o'rin olgan. Yo'nalishlar qatorida hofizlik san'ati eng qadimiysi, amaliy tajribada pishgan va amaliyot jarayonida darhaqiqat mukammallikka erishgan tarmoqlardan biri sifatida shakllangan. Hofizlik musiqa san'atining barcha tarmoqlariga birdek ta'sir etadigan hamda bir me'yorda va ibrat bo'ladigan xususiyatlar bilan sug'orilgan. Shuning uchun bo'lsa kerak hofizlik san'ati sertarmoq, tartibli, tarkibli, muayyan qonuniyatlarga asoslangan va albatta o'ziga xos ananalarini yuzaga keltirgan soha desak adashmagan bo'lamiz. Bularning barchasini shakllanib rivojlanishi esa,

musiqaning kuchini, sehrini namoyon etuvchi «ijrochilik», ya'ni musiqa ohanglarini jonli jarayonining natijasidir"1.

Ijrochilik-musiqa san'atining asoslaridan biri sifatida uning borligini ifoda etuvchi jarayon, ahvolini belgilovchi mezon hamda mahorat darajasini aniqlab beruvchi omildir. Ijrochilikda zohiriy taraflarini ko'z bilan ko'rib, ma'nosini qalban his etib, bahramand bo'ladigan bu jonli jarayonda kuy va ashulalarni yuzaga kelishi uchun muhim hisoblangan bir qator sifat va xususiyatlar uyg'unlashgandir. Ijrochilikning ana shunday asosiy qonunlari xonandalik, cholg'uchilik (sozandalik) hamda raqs yo'nalishlarida namoyon bo'ladi. Ularning har biri alohida va shu bilan birga uyg'unlashgan holda xalk ijrochilik amaliyotida shakllangan va rivojlangan. Pirovardida, san'at deb atalmish ma'naviyatimizning sirli, badiiy, ruhiy va jozibali jihatlarini namoyish etuvchi turlari sifatida muhrlangan. Qayd etish joizki, ijrochilikda doimo uch jihat mushtarak rivojlangan: ijod, talqin va tinglovchilar bilan hissiy (psixologik) bog'lanish. Ijro saviyasi ana shu jihatlarining mutanosibligiga bevosita bog'liqdir. Ijrochiiing mas'uliyati mahorat va talqin kabi unsurlardan, eshituvchining holati esa, uning tajriba va ko'nikmalaridan kelib chiqadi. Demak, ijrochining asosiy vazifasi kuy va aytimlarni latif va zarif shakllarda ijro etish va shu bilan tinglovchilarga ta'sir o'tkazishdir.

O'zbek musiqa san'atida xonandalik, o'z sohasi va yo'nalishidan kelib chiqib turli sharoitlarga moslashgan holda shakllanib, rivojlanib kelgan. Oddiy folklor aytimlari, doston ijrochiligi, turli marosim aytimlari, zamonaviy akademik(vokal) va estrada xonandaligi, mumtoz xonandalik shular qatoriga kiradi. Har bir yo'nalish shakl va ijrochilik nuqtai nazaridan o'z uslubi, qonun-qoidalari va shaklu-shamoillariga egadir. Ular orasida klassik xususiyatlar doirasida shakllangan va eng mukammal an'analarni o'zida aks ettirgan an'anaviy yo'nalish o'zining barcha xususiyati, nufuzi va salohiyati bilan ibrat bo'lib kelmoqda. Amaliyotda, ya'ni mumtoz musiqa xonandaligida, azaldan, o'zbek xalqining eng go'zal urf-odatlari, milliy ruhiyati bilan bog'liq qadriyatlari yuzaga kelib, xalqning boy ma'naviyatini in'ikos etib kelgan.

Buni amaliyotda an'anaviy xonandalik (mumtoz ashulachilik va mumtoz qo'shiqchilik) san'ati yo'nalishlari sifatida yuritish odat tusiga aylandi. Milliy mumtoz ashulachilik an'analari o'zbek an'anaviy xonandalik san'atining asosi bo'lib rivojlandi. Bizning davrga kelib, xonandalikning eng mahoratli va bilimli darajasini, «hofizlik san'ati» deb yuritish odat bo'ldi. Hofizlik san'ati an'anaviy xonandalikning ibratli namunasi sifatida amaliyotda qo'llanila boshlandi. Eng nufuzli an'anaviy xonanda namoyandalariga esa «Xalq hofizi» faxriy unvoni berish ta'sis etildi. An'anaviy xonandalik san'ati professional ashulachilar orasida keng ommalashdi. Ularning janr jihatidan keng qamrovliligi,, ijro talqinining turlanishi, joy va makon

1 C.EemaTOB "X,O$H3^HK carna™" . TomKeHT 2007

I ihSi^^Bl ^75 http://oac.dsmi-qf.uz

an'analarining ahamiyati negizida o'sib-boyib bordi. Natijada shaxsiy hamda mahalliy unsurlar bilan xarakterlanuvchi ijro uslublar, keyinchalik ijro maktablari yuzaga keldi. Andijon, Xorazm, Marg'ilon, Qo'qon hofizlik maktablari yoki Hamroqul Qori, Hojixon Boltaev, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mamatbuva Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov kabi shaxsiy ijro uslublar shular jumlasidandir.

Xonandalik amaliyotida yakka ijrochilik bilan bir qatorda qo'sh ovozlarda kuylash, azaldan butun dunyo xalqlari ijrochilik amaliyotida qo'llanib kelingan. Bu an'ana hozirda ham turli ko'rinishlarda davom etib kelmoqda.

"Jo'rovozlik ijro an'analarining ayrim xususiyatlari xususida va turli jihatlari to'g'risida ustozlar bir qator fikrlami aytib ularni o'ziga xos sabablari bo'lganligini qayd etib o'tadilar.

> Birinchidan: katta davralarda ovozni kuchaytirish (ijro hammaga yetib borishi);

> Ikkinchidan murakkab asarlarni ijrosida ovozni toliqtir- maslik, ya 'ni galma-galdan ijro etish;

y Uchinchidan bir ijroni o'zida ikkiyo'lda talqin etish va h.k.

Hattoki, musiqa nazariyasining eng yuqori bosqichlaridan biri polifoniya so'zining kelib chiqishini ham aynan jo'rovozlikka asoslaganlar"2.

O'zbek xalq musiqa ijrochiligida ham hamnafaslikda kuylash azal-azaldan xalqimiz orasida keng ommalashib kelgan. Uning professional ko'rinishi, ya'ni mumtoz musiqa ijrochiligida muayyan janrlar ko'rinishida amaliyotda shakllanib rivojlanib kelingan. Jumladan, katta ashula, maqom ijrochiligi va h.k. Hamnafaslikda ikki va undan ortiq ovozlar birgalikda honish qilinganga aytilib kelingan. Ta'kidlangan janrlarning ijroviy xususiyatlarida aynan bu jihat bilan bog'liqlik borligini qayd etish lozimdir. O'zbek musiqa ijrochiligining mumtoz yo'llariga mansub ashulalarini, yallalarini qo'sh ovozda aytish, XX asrning birinchi choragidan so'ng ijro amaliyotiga kirib kelganligi risolalarda bayon etilgan. Uning kelib chiqishiga ham aynan katta ashula ijrochilik uslublari zamin bo'lganligini e'tirof etish o'rinlidir.

Chunki, aynan katta ashulachilar tomonidan ushbu uslubda ijro qilish urf bo'la boshlagan. Katta ashula ijrochiligidan farqli o'laroq soddaroq va o'z o'rnida mukammallik jihatlarni o'zida jam etgan ijro yo'li deyish mumkin. Ya'ni, Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlar ijrosida mumtoz yallalar va mumtoz ashulalar hamnafaslikda ijro etila boshlangan. Shundan so'ng Akmalxon va Boboxon So'fixonovlar, Shoqosim, Shoolim va Shoakbar Shojalilovlarning ijro faoliyatlarida hamnafaslik san'ati keng ommalashganligini ko'rishimiz mumkin.

Orifxon Hotamov ham o'zining xonandalik faoliyatini ko'p qismini hamnafaslik amaliyotiga va uning rivojiga baxsh etgan ustoz san'atkorlardan biridir. Hamnafaslik san'atini Orifxon Hotamov ustozlari Jo'raxon Sultonov va Ma'muijon Uzoqovlardan o'rganishga muvaffaq bo'lgan. Katta ashula ijro uslubiga xos bo'lgan ushbu ijro uslubi xonandadan katta san'at va mahorat talab qiladi. Ijrochilik jihatlaridan tashqari o'ziga xos ayrim jihatlar borki, bu tinglash, anglash, his etib talqin etish bilan bog'liqdir.

H.llo'smutvdov ustozitituj oq'illari va Ixantnafasfari hmoilxon va Muftainmaäxon Hotamovlar bilan

"Ikki va undan ortiq ovozlarning bir meyorda, bir xil va bir-birini ham mazmunan, ham mantiqan va ham shaklan bir biriga mutanosib davom ettirish jo'rovozlikning eng ahamiyatli tomonlaridandir. Jo'rovozlikning talqin mezonlari bir qator uslubiy yo'llariga ega. Bulardan, ikki ovoz bir - biriga jo'r bo'lib kuylash, ya'ni jo'rovozlikda bir xil kuylash; katta ashula uslubida birin-ketin kuylash va nihoyasida qo'shilishib kuylash; duet uslubida kuylash; erkak ovozlarning jo'rovozligi; erkak va ayol ovozlarning jo'rovozligi; polifonik uslubda ikki yo'lga ega bo'lgan musiqiy namunalami kuylash va h.k. Har bir uslubning ijro jarayonida muhim hisoblangan jarayon, bu - xonandalarning ijrosidagi ovoz talqinlarini mutanosibligidir. Ovozlar har xil tusga (tembrga) ega bo'lishi ham unchalik tafovutlarga sabab bo'lmaydi. Aksincha, bir - birini boyitib, ularning jo'rovozligida inson ruhiyatiga mos keladigan o'zgacha ovoz tembrlari hosil bo'lishi ham ehtimoldan holi emas. Lekin, hamnafaslikda ovozlarning bir-biriga mutanosibligi katta ahamiyatga egadir. Orifxon Hotamov o'zining ijrochilik faoliyatida ustozi Jo'raxon Sultonov, safdoshlari Eson Lutfullayev, Hakimjon Fayziyev, ukalari Ahrorxon Xotamov, o'g'illari Ismoilxon, Muhammadxon Hotamovlar bilan' birgalikda hamnafaslik qilganliklarini e'tirof etish lozimdir. Ularning har bir jo'r ovoz hamnafaslarining o'ziga xos jozibasi va ruhiyati bo'lgan. Lekin, ijro uslubga ustoz Orifxon Hotamovning talqini asos bo'lganligini aytib o'tish lozimdir"3.

Jo'rovozlikda bir necha yillar faoliyat olib borgan ustoz Orifxon Hotamov bu borada shogirdlarga nisbatan o'zgacha munosabatlarni ko'p o'ylaydigan inson bo'lganlar. Jo'rovozlikning turli jozibalarini Orifxon Hotamov klassik namunadalardagi operalarda qo'llaniladigan duet va triolar ijrosidan, g'arb musiqasining turli xalq ommaviy qo'shiqlar ijrolaridan qidirardilar.

Chunki, har qanday jo'rovozlikning o'z shakli, mazmuni, yo'nalishi, taliqini, jozibasi va falsafasi mavjuddir. Uni qo'llashning o'zi bo'lmaydi, chunki, ovozlar mutanosibligi, ijro silliqligi, ijrochining mahorati, bilimi, ijro talqini va tafakkur doirasining bir biriga mosligi bu jarayonda o'zini namoyon etishi begumondir. Shuning uchun jo'rovozlik ijrochiligiga bir-biriga mos xonandalarning tanlanishi juda mushkuldir.

"O'zbekisonda Ozarbayjon Respublikasining adabiyoti va san'ati dekadasi kunlarida, Navoiy nomidani opera va balet teatri binosida Ozarbayjon san'at ustulalarining konsert namoyishi bo'lib o'tadi. Shunda butun jahonga mashhur Ozarbayjonlik betakror ovoz sohibi Shushinskiy Alek Piyero bilan birgalikda duet ijro etadi. Ijroda ular opera san'atining jahon klassik namunalaridan va ozar xalq va klassik musiqa namunalarini shu darajada ijro etadilarki, ularning jo'rovozlik mahoratiga tasannolar o'qiladi. Bundan katta ta'sirlangan Orifxon Hotamov ham o'zbek xalq xonandalik san'atida erkak va ayollarning mutanosib ovozlarda jo'rovozliklari xususida izlanadi. Shogirdlari Mahbuba Hasanova va Matluba Dadabayevalarga bir ikki asarlarni jo'rovozlikda o'rgatadi va ularning ovozlarini bunga moyilligiga amin bo'ladi. Lekin, Shushinskiy bilan Alek Piyerolarning duetiga o'xshagan ijro amalga oshirish uchun qizlarning ovoziga mos keladigan erkak- tenor ovoz izlash haqida o'ylaydi. Bunday imkoniyatni ustoz o'zining shogirdi Beknazar Do'smurodovda ko'radi. Uning ovozini tikligi, eng muhimi hamnafaslikka moyilligi xususida ishlar olib boradi. Ularning ovozlarini har tomonlama o'rganib muayyan asar ustida ish olib boradi. Matluba Dadabayeva, Mahbuba Hasanova va Beknazar Do'smurodovlardan ashulachilar triosini tashkil etib, ularga-mashhur bastakor To'xtasin Jalilovning "Yolg'iz" ashulasini o'rgatadi. Ikki qismdan iborat bo'lgan "Yolg'iz" ashula namunasi, ijrochilik amaliyotida bir qator xonandalar tomonidan turli uslublarda maromiga yetkazib ijro etilganligini musiqa ixlosmandlari biladilar"4.

Ta'kidlash joizki har bir ijro o'ziga xos talqin etilgan. Qolaversa bu ijrolarda biz har bir hofiz talqinining o'ziga xos tomonlari borligini ko'ramiz. Xonandalarning ijrolarida o'z yo'llariga, uslublariga moyillik jihatlari sezilib turadi. Bunday talqinlarda asarning turli jihatlari namoyon bo'lishi begumondir. Ana shunday ijrolardan biri sifatida Orifxon Hotamovning ijrosini qabul qilish o'rinli bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. B. Do'stmurodov "Yakkaxon qo'shiqchilik". Toshkent 2013;

2. C.EemaTOB "Xp^ronHK caHtaTH" . TomKeHT 2007;

3. Rajabov. "Maqomlar", T., 2006 y;

4. Y.Rajabiy. "O'zbek xalq musiqasi" I-FV j. T., 1057-1959 ;

5. S.Begmatov. "Orifxon Xotamov", T., 2000 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.