Научная статья на тему 'KATTA ASHULA'

KATTA ASHULA Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1064
182
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Katta ashula / g’azal / hofiz / maqom / badihago’ylik / chorgoh / ushshoq / patnusaki ashula

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Gofurjon Yusipovich Yunusov

Ushbu maqolada patnusaki ashula deb ham yuritiluvchi katta ashula san’at yo’nalishi to’g’risida batafsil ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KATTA ASHULA»

KATTA ASHULA

Gofurjon Yusipovich Yunusov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada patnusaki ashula deb ham yuritiluvchi katta ashula san'at yo'nalishi to'g'risida batafsil ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: Katta ashula, g'azal, hofiz, maqom, badihago'ylik, chorgoh, ushshoq, patnusaki ashula.

BIG SONG

Gofurjon Yusipovich Yunusov Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article provides detailed information about the major art direction of singing, which is also known as patnusaki singing.

Keywords: Big song, ghazal, hafiz, maqam, badihagoylik, chorgoh, ushshak, patnusaki song.

Katta ashula, ushbu san'at yo'nalishi patnusaki (patnis) ashula deb ham yuritiladi. Fargona vodiysiga xos bo'lgan o'zbek an'anaviy ashula yslubi, ijro yo'li Fargona-Toshkent maqom yo'llariga uslubiga xosdir. Katta ashula Fargona vodiysida shuningdek Toshkentda va Qozog'istonning Chimkent viloyatlarida ham ijro etiladi. Ushbu ijro uslubi - Katta ashulani 2, 3, 4, 5 ashulachi hofizlar tomonidan hamnafas bo'lib cholg'u jo'rligisiz qo'llariga likobcha yoki patnis ushlagan holda aytiladi. Ushbu ashulalar avji yuqori pardalarda kuylanadi va keng nafasda ijro etiladi. Ushbu ashulalar o'ziga xos murakkab ijro uslubi bilan ajralib turadi. Katta ashula xalq og'zaki ijodining durdonalari hisoblanadi. Juda qadim zamonlardan ijro etilib kelgan marosim qo'shiqlari, mehnat qushiqlari, marsiya va mavsumiy qo'shiqlari asosida kuylanib ustoz san'atkorlar va bastakorlarning uslubi, ijro maktablari asosida rivojlanib sayqallanib mukammal holda bizni davrimizga etib kelgan.Dastlab ushbu katta ashulalar aruz vaznidagi g'azallar bilan ijro etilgan. Ushbu asarni ijro etish uchun ijrochini diapazoni, ovoz jarangdorligi ochiq ovozda katta avj pardalarda kuylashi alohida ahamiyatga ega. Katta ashula barcha ijrochilar tomonidan boshlanadi. O'rta va daromad bo'limlari bo'lib-bo'lib ijro etiladi. Avj qismi ovozi jarangdor lya, si, do kabi notalarga yetuvchi ijrochi tomonidan ijro etiladi.

Katta ashulani maromiga yetkazib ijro etgan ustoz san'atkorlar Farg'ona vodiysida ko'plab yashab ijod etganlar. Barcha katta ashula ijrochilari Ustoz shogird

an'anasiga amal qilib kelganlar. Xar bir Ustoz san'atkorni bir necha shogirdlari bo'lgan va ular bilan hamnafas bo'lib ijod qilganlar. Marg'ilon shahrida yashab ijod etgan ustoz san'atkorlar betakror ovoz sohiblari Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Xofiz, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqovlar shular jumlasidandir. Ular hamnafas bo'lib bir necha katta ashulalarni ijro etganlar.

Katta ashula, odatda, bayramlarda, katta yig'in, sayil va to'y-tomoshalarda aytilgan. Uning o'tmishdagi namunalarida lirik va nasihatga yo'g'rilgan g'azallar bilan bir qatorda diniy, tasavvuf yo'nalishidagi she'rlar ham kuylangan. Navoiy, Lutfiy, Bobur, Mashrab, Xaziniy, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Miskin va boshqa ko'plab ulug' mutafakkir shoirlarimizning g'azallari Katta ashula janridan alohida o'rin olgan. Xalq orasida ustoz san'atkorlar Erkaqori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Boltaboy Xofiz, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, O'tanboy Sarimsoqov, Haydarali Hikmatovlar tomonidan "Do'stlar" (Navoiy), "Ko'p erdi", "Yolg'iz", "Adashganman" (Muqimiy), "Oh kim, rahm aylamas" (Furqat), "Bir kelsun", "Ey, dilbari jononim" (Miskin) kabi Katta ashulalar keng tarqalgan.Keyinchalik Habibiy, Chustiy, Kamtar, Charxiy, Sobir Abdulla, Akmal Po'lat, Vosit Sa'dulla, Nasimiy, Erkin Vohidov, O'tkir Rashidlarning ona vatanni ulug'lovchi, tinch hayot va mehnatni uluglovchi, madh etuvchi she'rlari ham Katta ashulada janrida kuylandi sevib ijro etildi.

Katta ashula ijrochiligida kuylovchi hofizlar badiha uslubidan keng foydalaniladi. Bu esa undagi nutqdosh va ohangdor tuzilmalar, ashulani rang-barang musiqa bezaklari bilan boyitadi, turli avjlar qo'llanishiga olib keladi. Katta ashula ijrochisi an'anaviy "ustoz-shogird" maktabini o'tgan, she'riyat qonunlari va ijrochilik an'analariga tayangan, keng diapazonli, baland ovozga va mahoratga ega bo'lishi lozim. Hofizlar, odatda, she'r bandidagi boshlang'ich misralarning har birini galma-gal, so'nggi misralarni jo'r bo'lib ijro etadilar. 20-asr ning 2-yarmida Katta ashulaning yangi ashula-cholg'u yo'llari, yakkaxon hofizga mo'ljallangan turlari yuzaga keldi. Mazkur namunalarda cholg'u ansambli hamnafas hofiz vazifasini bajargan, ijroda erkin uslub saqlanib qolgan. Katta ashulaning bu uslubi Jo'raxon Sultonov tomonidan yaratilgan "Ey dilbari jononim", "Ohkim", "Topmadim", "Guluzorim qani", "Mehnat axli", "O'zbekiston" va boshqalar. Ayrim maqom sho''balari "Bayot", "Chorgoh", "Ushshoq" ham Katta ashula "yovvoyi maqom" uslubida aytilgan. Masalan, "Yovvoyi Ushshoq", "Patnusaki Chorgoh", "Likobi Bayot" va boshqalar shular jumlasidandir. Mohir sozandalar Katta ashulaning nay, surnay, g'ijjak, dutor, rubob sozlarida cholg'u yo'llarini yaratdilar. Rivojlanish mobaynida Katta ashula ijrochiligining Qo'qon, Marg'ilon, Toshkent, Namangan - Andijon ijro uslubi maktablari shakllangi. Qo'qonlik Erkaqori Karimov, Sherqo'zi Boyqo'ziyev, Haydarali Hikmatov, Meliqo'zi Yusupov, O'timboy Sarimsoqov, Turdiali Ergashev, Otamirza Abdurahmonov, Marg'ilondan Mamatbuva Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Boltaboy Rajabov, Ibrohim Ishokov, Musajon Orifjonov Toshkentdan Orif Alimahsumov,

Ortiqxo'ja Imomxo'jayev, Akbar Haydarov, Eshmat Haydarov, Ochilxon Otaxonov, Andijondan Fattohxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Jo'raxon Yusupov Beshariqdan Hamroqulqori To'raqulov, Buvaydadan Rasulqori Mamadaliyev, Kamoliddin Hamroqulov, Abdullatif Holdorov, Muhammadjon Sheraliyev, Quvasoydan Solijon Hoshimovlar katta ashula ijrochiligida shuhrat qozongi va katta ashulalarni mahorat bilan ijro etdilar.Katta ashula janrining mohir ijrochilari, ustoz san'atkorlar Jo'raxon Sultonov, Mamatbuva Sattorov, Ma'murjon Uzoqov, Odiljon Yusupovlar hayoti va ijodiga qisqacha to'htalib o'tamiz.

Jo 'raxon Sultonov. Ustoz san'atkor, hofiz va bastakor Jo'raxon Sultonov 1903 yil 29 yanvarda Marg'ilon shahrida tavallud topdi Ustoz san'atkor Jo'raxon Sultonov o'ta yoqimli keng diapazonli, kuchli, yumshoq xirildoq va dardli ovoz sohibi bo'lgan. Ashula, qo'shiq kuylash sirlarini, saboqlarini ilk bor o'z otasidan o'rgangan. Madali xofizdan yalla yo'llarini, Boltaboy Rajabov, Mamatbuva Sattorovlardan katta ashula aytush uslublarini, Sodirxon hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhamedovdan maqom ijro yo'llarini mukammal o'rgangan. xalq to'y va sayillari, choyxonalarda gap gashtaklarda xizmat qilgan. Muhitdin Qoriyoqubov rahbarlik qilgan O'zbek davlat konsert etnofafik ansamblida honanda va sozanda bo'lib faoliyat olib borgan.. 1926-yildan 1958 yilgacha. Marg'ilon va Toshkent teatrlarida, O'zbek davlat filarmoniyasi, O'zbekiston radio qo'mitasi faoliyat olib borganda yakkaxon xonanda bo'lib faoliyat olib borgan. Muqimiy teatrida bir necha rollarni ham ijro etgan, Ustoz san'atkor, hofiz va bastakor Jo'raxon Sultonov xalq orasida "katta ashula piri" nomini olgan, shuningdek, yallalar ustasi, askiyachi sifatida ham tanilgan. Shogirdi hushovoz hofiz Ma'murjon Uzoqov bilan 25 yildan ortiq, hamnafaslik qilib, o'ziga xos talqin va ijro yo'llarini yaratgan. Ustozlar repertuaridan "Ushshoq" va "Sodirxon Ushshog'i", "Dugoh Husayn", "Besh parda Suvora" va "Savti Suvora", "Hanuz", "Chor zarb", "Chaman yalla" kabi mumtoz ashula va yallalar, "Bog' aro", "Shafoat", "Xayrul bashar", "Otga mindim" va boshqa katta ashulalar o'rin olgan. Ustoz san'atkor o'zbek xalq kuy va usullari asosida bir qancha ashulalar yaratgan. "Naylayin", "O'lmasun" (Navoiy), "Keling, ey ahboblar" (Furqat), "Bir qadah" (Chustiy), "Mubtaloman" (S.Abdulla), "Ming qadam" (Habibiy), "Bir kelsin", "Ey dilbari jononim", "Ohkim" kabi katta ashulalarni cholg'u jo'rligida ijro etib yangi uslub yaratgan. Jorahon Sultonov ijrolari O'zbekiston radiosi fonojamg'armalarida saqlanmoqda. 1965 yil 19 oktyabrda Marg'ilonda vafot etgan.Vafotidan so'ng 2000 -yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan 1997-yildan Marg'ilonda Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlar nomidagi Respublika yosh xonandalar korik tanlovi o'tkazib kelinmoqda.

Mamatbuva hofiz. Asli ismi Muhammad Sattorov 1885 yil 14 yanvar sanasida Marg'ilonda tavallud topdi. Xalq xonanda va sozandalaridan xalq ashula ijro yo'llarini o'rgangan. Boltaboy hofizdan ham ko'plab katta ashulalarni o'rgangan. 1925-30 yillarda Hamza boshchiligidagi agitbrigada, O'zbek etnografik truppasida, Hamza

teatrida xonanda bo'lib faoliyat olib bordi.. Urush yillari Yangiyo'l musiqali drama va komediya teatri studiyasida yosh san'atkorlarga ashula yo'llarini o'rgatgan. Gavxar Raximova rahbarligidagi front konsert brigadasida xizmat qilgan. Hofiz Mamatbuva "Ko'p erdi hasratim", "Bir kelsun", "Aylading", "Kuling", "Fig'onkim", "Sayding qo'ya ber, sayyod" kabi katta ashulalarni mahorat bilan ijro etgan. U "Ushshoq", "Chorgoh", "Munojot", "Segoh" ashula yo'llarini, ayrim zamonaviy qo'shiqlar "O'zbekistondir", "Shodlik etsangchi yoshlar", "Dilrabolar" kabi asdhulalarni katta ashula uslubida aytgan. J. Sultanov, M. Uzoqov singari ko'hlab san'atkorlarining ustozi bo'lgan. Ularga milliy ijro yo'llarini o'rgatgan. 1941yilda O'zbekiston xalq hofizi unvoniga sazovor bo'ldi. Ustoz san'atkor Muhammad Sattorov(Mamat buva) 1969 yil 4 martda Marg'ilonda vafot etgan.

Ma 'murjon Uzoqov. Shirali va jarangdor yoqimli ovoz sohibi Ma'murjon Uzoqov 1904-yili 20 aprelda Marg'ilonda tavallud topdi. Ustozlari Mamatbuva hofiz, Boltaboy Rajabov, Hamroqul qori singari hofizlardan ashula aytishni boshlagan. Hasan qoridan dutor chalish va yallalarni kuylashni, ustosi Jo'rahon Sultoiovdan katta ashulaning murakkab yo'llarini o'zlashtirgan.ustoz san'atkor Ma'murjon Uzoqov Xudoybergan hofiz Maqsumov, Hasan qori, Jo'rahon Sultonov bilan hamnafaslikda kuylagan. Dastlab xalq to'y sayillarida, choyxonalarda xizmat qilgan. 1937- 1962 yillarda Marg'ilon teatrida xonanda, Muqimiy teatrida artist va xonanda, O'zbekiston radio qo'mitasi, O'zbek davlat estradasida yakkaxon xonanda bo'lib fasoliyat olib borgan. Baland, shirador va o'ta ta'sirli ovoz sohibi. Repertuaridan xalq ashula, yalla va katta ashulalar, jumladan, " Ul kun jonon", "Nasihat", "Keldim", "Jonon kelur", "Ko'zlaring", "Bayet", "Parvo etib ket", "Kalam qoshing", "Aylading", "Yolgiz", "Ko'p erdi hasratim jono", "Sayding qo'yaber, sayyod", bastakorlar asarlaridan, ayniqsa, M. Mirzayevning "Yakka bu Farg'onada", "Surating", "Dog'man", "Yor istab", "Bahor", "Qachon bo'lg'ay, kim", "Bir kelib ketsin" kabi, mumtoz ashulalar "Feruz", "Mustahzod", "Bayot V"lar o'rin olgan. Ma'murjon Uzoqov Farg'ona xonandalik maktabi an'analarini davom ettirgan va o'zbek musiqa madaniyati tarixida chuqur iz qoldirgan. Ijrolari O'zbekiston radiosi jamg'armasiga, bir nechta gramplastinka va kompakt disklarga yozilgan. 1939 yilda O'zbekiston xalq hofizi unvonini oldi. Vafotidan so'ng 2000-yilda "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan taqdirlangan. Marg'ilon ko'chalardan biri, bolalar musiqa maktabiga Ustoz san'atkor Ma'murjon Uzoqovlar nomi berilgan. 1997-yildan Margilonda Jorahon Sultonov va Ma'murjon Uzoqov nomidagi xonandalar tanlovi o'tkazilmoqda. O'zbekiston xalq hofizi 1963da Marg'ilonda vafot etdi.

Odiljon Yusupov 1928 yil 19-mayda Baliqchi tumanida tug'ildi. 1993.4.9) -Xonanda, sozanda Odiljon Yusupov milliy sozlarimiz doira, dutor, g'ijjaklarni mohirona chalgan. 1981 yilda Namangan madaniy oqartuv texnikumini tugatgan. Xonandalik san'ati hamda katta ashula yo'llarini andijonlik H.Fozilov, M.Nishonov,

Mamatxo'ja eshon, Saidali qori, Shokir qori va Jo'raxon Yusupovlardan o'rgangan. Keyinchalik ular bilan hamnafas bo'lgan. Ustoz san'atkor Odiljon Yusupov 1950 yildan Norin tumani xalq teatri xonandasi 1950 yildan Baliqchi tumani badiiy havaskorlik ansambli rahbari bo'lib ishlagan. Kuchli, baland, jarangdor ovoz sohibi, ijrosiga badihago'ylik xos bo'lgan katta ashulalardan "Bo'lib dilbar", "Ey sanam", "Quling", "Ey dilbari jononim" va boshqalarni, ashula va maqom yo'llaridan "Yor kelib ket", "Keldim", "Boqqancha bo'lmas", "Dugohi Husayniy" kabi ijrolar o'rin olgan. Aka-uka Vahobovlar, A.Shokirov, M.Rahmatullayev, o'g'illari - Abduvahob, Abdusattor, Zokirjon Odilovlar va boshqalarga ustozlik qilgan. Katta ashula ijrochisi sifatida N.Saidnazarov bilan birga Yevropa mamlakatlarida gastrolda bo'lgan. Respublikada o'tkazilgan ko'pgina musiqa festivallari va tanlovlari sovrindori. 1990 yilda Baliqchi tumanida katta ashula ijrochilik mahorati maktabini tashkil qilgan. 1991 yilda O'zbekiston xalq hofizi unvonini olgan. 1993 yil 4 sentyabrda Andijonda vafot etgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbek xalq musiqasi. Yu. Rajabiy, Toshkent 1956 yil.

2. O'zbek xalq musiqasi. Yu. Rajabiy, Toshkent 1958 yil.

3. M.Jo'rayev, L.Xudoyqulova. Marosimnoma. Toshkent. 2008 yil.

4.Folklor jamoa ijrochiligi. G'.Yunusov. Toshkent 2021yil. 5.Sahna nutqi. U. Boltaboyeva. Toshkent. 2020 yil. 6.Navobahsh ohanglar. S.Mannopov. Toshkent. 2020 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.