Научная статья на тему 'BASTAKORLAR VA MASHHUR XOFIZLAR IJODIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RIKTANLOVLAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI'

BASTAKORLAR VA MASHHUR XOFIZLAR IJODIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RIKTANLOVLAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
880
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
hofiz / ustoz / ko‘rik-tanlov / ijod / bastakor / yoshlar / ma’naviyat. / hofiz / teacher / contest / creativity / composer / youth / spirituality.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xolboyev Nuriddin Suyunovich

O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan xalqaro va mahalliy ko‘rik-tanlovlar haqidagi ma’lumotlar musiqa madaniyati sohasida bugungi kunda keng yoritilmoqda. Ko‘rik-tanlovlarning bugungi kundagi ko‘rinishlari ularning yosh iste’dod egalariga ijobiy ta’siri va rivojlantirish shart-sharoitlari yangicha yondashuvlar bilan boyitilmoqda. Ushbu maqolada mashhur hofizlar ijodiga bag‘ishlangan ko‘rik-tanlovlar va ularning amaliy ahamiyati tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CONTESTS DEDICATED TO THE CREATIVITY OF COMPOSERS AND FAMOUS MUSICIANS AND THEIR PRACTICAL SIGNIFICANCE

Information on international and local competitions held in Uzbekistan is widely covered in the field of music culture today. Today's views of the competition are enriched with new approaches to their positive impact on young talents and development conditions. This article analyzes the contests and their practical significance dedicated to the work of famous Memory.

Текст научной работы на тему «BASTAKORLAR VA MASHHUR XOFIZLAR IJODIGA BAG‘ISHLANGAN KO‘RIKTANLOVLAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI»

BASTAKORLAR VA MASHHUR XOFIZLAR IJODIGA BAG'ISHLANGAN KO'RIK-TANLOVLAR VA ULARNING AMALIY AHAMIYATI Xolboyev Nuriddin Suyunovich

O'zDSMI "Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6721806 Annotatsiya. O'zbekistonda o'tkazilayotgan xalqaro va mahalliy ko'rik-tanlovlar haqidagi ma'lumotlar musiqa madaniyati sohasida bugungi kunda keng yoritilmoqda. Ko'rik-tanlovlarning bugungi kundagi ko'rinishlari ularning yosh iste'dod egalariga ijobiy ta'siri va rivojlantirish shart-sharoitlari yangicha yondashuvlar bilan boyitilmoqda. Ushbu maqolada mashhur hofizlar ijodiga bag'ishlangan ko'rik-tanlovlar va ularning amaliy ahamiyati tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: hofiz, ustoz, ko'rik-tanlov, ijod, bastakor,yoshlar, ma'naviyat.

КОНКУРСЫ, ПОСВЯЩЕННЫЕ ТВОРЧЕСТВУ КОМПОЗИТОРОВ И

ИЗВЕСТНЫХ ХАФИЗОВ И ИХ ПРАКТИЧЕСКАЯ ЗНАЧЕНИЯ Аннотация. Информация о международных и местных конкурсах, проводимых в Узбекистане, широко освещается в сфере музыкальной культуры. Сегодняшнее видение конкурсов обогащается новыми подходами к их положительному влиянию на молодых талантливых людей и условиям их развития. В этой статье анализируются обзоры, посвященные творчеству известных художников, и их практическое значение.

Ключевые слова: хафиз, учитель, конкурс, творчество, композитор, молодежь, духовность.

CONTESTS DEDICATED TO THE CREATIVITY OF COMPOSERS AND FAMOUS MUSICIANS AND THEIR PRACTICAL SIGNIFICANCE Abstract. Information on international and local competitions held in Uzbekistan is widely covered in the field of music culture today. Today's views of the competition are enriched with new approaches to their positive impact on young talents and development conditions. This article analyzes the contests and their practical significance dedicated to the work of famous Memory.

Keywords: hofiz, teacher, contest, creativity, composer,youth, spirituality.

KIRISH

Bugungi kunda o'zlikni anglash va milliy qadriyatlarni o'rganishda, milliy madaniyatimizning ulkan xazinasi bo'lgan milliy musiqa san'ati va qo'shiqchilik san'atining boy tarixini o'rganish va targ'ib etish muhim ahamiyatga egadir. Muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida milliy madaniyatni yanada rivojlantirish, milliy qo'shiqchilik san'atini ravnaq toptirish, uning an'ana va maktablarini boyitish, shuningdek, mazkur san'at rivoji yo'lida samarali mehnat qilgan ijodkorlar xotirasini e'zozlash hamda ijodiy faoliyatini keng targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, Komiljon Otaniyozov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Yunus Rajabiy, Mukarrama Turg'unboyeva kabi ko'plab el sevgan ustoz san'atkorlar nomini abadiylashtirish, ular qoldirgan ijodiy maktabni yosh avlod ongiga singdirish maqsadida tashkil etilayotgan ko'rik-tanlov va festivallar ana shu ishlarning amaliy isbotidir. TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Marg'ilonning mashhur Mashad mahallasida Ma'murjon Uzoqov bo'zchi Uzoqjon aka

xonadonida tavallud topdi. Uzoqjon aka san'atga juda ishqiboz bo'lib, tez-tez qo'shni "Chorchinor" mahallasi guzaridagi choyxonada bo'ladigan san'atkorlarning yig'inlariga yosh o'g'li Ma'murjonni ham birga olib borardi. Shu tariqa uning yoshqalbida qo'shiqqa, san'atga mehr uyg'ona boshladi. Onasi Zebuniso opa ham doira chalib, xalq yalla va laparlarini mohirlik bilan ijro etar edi. Tezda ustozlar nazariga tushadi va Hasanqoridan dutor chalishni, Xudoybergan hofizdan qo'shiq aytishni o'rgana boshlaydi.1928-yilda Marg'ilonda o'zbek musiqa literaturi tashkil etiladi va Jo'raxon Sultonov uni ishga taklif qiladi. Ma'murjon Uzoqovning keyingi o'ttiz yillik ijodiy faoliyati shu ulug' san'atkor bilan bog'lanib qoldi. Jo'raxon aka tanburda, Ma'murjon aka dutorda jo'rovoz bo'lib qo'shiq ayta boshlaydilar. Ular hamnafaslikda qo'shiq aytishib juda katta dovrug' qozonadilar. 1932-yilda Jo'raxon Sultonov bilan birga Toshkentga keldi va shu yerda yashay boshladi. 1939-yili xalq hashariga aylangan katta Farg'ona kanali qurilishi san'atkorlarning ham o'zaro bellashuviga aylanib ketdi. Hujjatli kinolentalarda muhrlangan tasvirlarda Jo'raxon Sultonov bilan birga ijro etgan qator qo'shiqlarni ko'rish mumkin. Shu yili ko'p hofizlar qatori Ma'murjon Uzoqovga ham "O'zbekiston xalq hofizi" faxriy unvoni berildi. So'ngra Muqimiy teatriga taklif qilindi va qo'shiq aytish bilan birga "Tohir va Zuhra"da jarchi, keyinchalik esa Tohir rolini ijro etdi. Ma'murjon Uzoqovning urushdan keyingi ijodiy faoliyati o'zbek estradasi va Respublika radiosi bilan bog'lanib qoldi. Mashhur sozanda va bastakor Muhammadjon Mirzayev Ma'murjon akaning ijodida hofizlik qirralarining yangicha shakllanishida katta ta'sir ko'rsatdi. Ijodiy hamkorlik natijasida "Surating", "Ko'zlaring", "Ey chehrasi tobonim", "Yo'lingda", "Yor istab", "Mustahzod", "Ayrulmasin", "Fig'onkim", "Sho'xi parivashga", "Namoyon qil", "Yakka bu Farg'onada", "Yolg'iz", "Nasihat", "Eysabo", "Jonim mening", "Bir kelib ketsun", "Jonon bo'laman deb" singari qo'shiq va yallalar dunyoga keldi. Bu qo'shiqlarni hofiz jon dilidan kuylar, bu qo'shiqlar faqat uning ovozi uchun yaratilganday edi.

50-60-yillar orasida Ma'murjon Uzoqov qo'shiqchilik olamida yangi sahifa ochdi va o'zbek qo'shiqchilik san'atining haqiqiy yulduziga aylandi. 1959-yilda Moskvada bo'lib o'tgan O'zbekiston adabiyoti va san'ati dekadasida jo'shib qo'shiq kuylagan Ma'murjon akaning ovozidan ta'sirlangan moskvalik taniqli musiqashunos professorlardan biri konsertdan keyin hofizning huzuriga kelib, "Ustozingiz kim?" deb so'raydi. "Ustozim Jo'raxon aka!" degan javobni eshitgan professor hayratlanib, "Italiya qo'shiqchilik maktabini bitirgan bo'lsangiz kerak, debo'ylabman" degan ekan.

O'zbek qo'shiqchilik san'atida o'ziga xos maktab yaratgan, betakror ijrochilik yo'li bilan milliy madaniyatimiz rivojiga munosib hissa qo'shgan ustoz san'atkor O'zbekiston xalq hofizi Ma'murjon Uzoqov xotirasiga bag'ishlangan Respublika ko'rik-tanlovi bir necha yildan buyon Marg'ilon shahrida o'tkazilmoqda. Har yili Farg'ona viloyati Marg'ilon shahridagi Ma'murjon Uzoqov nomidagi madaniyat va istirohat bog'ida bo'lib o'tadi. Bu yil ham Marg'ilonga yig'ilgan an'anaviy ko'rik-tanlov ishtirokchilari dastlab O'zbekiston xalq hofizlari Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlarning mangu oromgohlarini ziyorat qildilar. So'ngra shaharning ko'rkam bog'ida yosh hofizlar musobaqasi boshlandi.

TADQIQOT NATIJALARI

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad Davlat dasturi ijrosini ta'minlash, O'zbekiston xalq hofizi Ma'murjon Uzoqov yaratgan ulkan ijodiy uslubni yoshlar orasida keng targ'ib etish, uning boy madaniy merosiga ehtirom ko'rsatish, ustoz san'atkorning baland pardalarda

kuylagan "Sayding qo'yaber, sayyod","Bu gulshan soz ekan", "Mustahzod", "Sho'xi parivashga", "Jonon bo'laman deb", "Shaydo bo'libman", "Yor istab" kabi katta ashula va qo'shiqlarini ijro eta oladigan yosh iste'dod sohiblarini aniqlash, ularni qo'llab-quvvatlash va ularning katta sahnalarda ham o'z ovoz imkoniyatlarini namoyish etishlariga yordam ko'rsatishdan iborat.

Ko'rik-tanlov O'zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Respublika madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish ilmiy-metodik markazi, O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Farg'ona viloyati hokimiyati hamda Madaniyat boshqarmasi, Respublika "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasi hamkorligida o'tkazildi.

MUHOKAMA

Marg'ilon qadimdan ulug' san'atkor va olimu fozillar shahri sifatida tilga olinadi. Bundan o'n asr ilgari bu yerga tashrif buyurgan arab sayyohi va olimi Ibn Batutta har ko'cha va dahasida kuy-qo'shiq yangrab turgan shaharning o'ziga xosligi haqida yozgan edi. Saodat Qobulova, Tamaraxonim, Mukarrama Turg'unboyeva, Yusufjon qiziq Shakarjonov, Ma'murjon Uzoqov, Jo'raxon Sultonov, Usta olim Komilov kabi xalqimizning mashhur san'atkorlari aynan shu shaharda kamol topib elga tanilgan.

Ko'rik-tanlov yosh iste'dodlarning o'ziga xos bayramiga aylandi. Qoraqalpog'iston Respublikasi vakili Saddadin Salayev tanlovga tayyorlab kelgan qo'shig'ini mikrofonsiz ijro etganda amfiteatrdagi tomoshabinlar tik turgancha qarsak chalib olqishlashdi. Sevimli ustozimiz tug'ilib o'sgan zaminda ustozimizning qo'shiqlari yangramoqda. Tanlov ishtirokchilari musiqani ham, ashulani ham jonli ijro etishmoqda. Ochig'i, bundan tomoshabinlar zavq olishayotir. Vaholanki, xalqimiz jonli ijroning qadriga yetadigan insonlar sarasiga kiradi. Kezi kelganda aytib o'tish joizki, ko'rik-tanlov jarayonida ko'plab iqtidorli yoshlar ko'zga tashlandi. Kelgusida ular orasida etuk san'atkorlar yetishib chiqishiga ishonchim komil. Asosiysi, bugun ustozimizning xotirasini eslab, uning ruhini shod etayotganimizdan benihoya mamnunmiz deydi ko'rik-tanlov ishtirokchilaridan biri.

Tanlovda ishtirok etgan san'atkorlar Ma'murjon Uzoqov ning barhayot qo'shiqlari, dilbar navolarini maromiga etkazib kuylashdi. Buning barobarida, madaniyat va istirohat bog'iga yig'ilgan yuzlab hamyurtlarimizga olam-olam sevinch ulashishdi. Nufuzli hakamlar hay'atining qaroriga ko'ra Farg'ona, Andijon, Buxoro, Toshkent, Xorazmdan kelgan yosh ijrochilar g'oliblar safidan o'rin olishdi. Ularga tashkilotchilarning tegishli darajadagi diplomi va qimmatbaho sov g'alari topshirildi. Ko'rik-tanlov gala-konsert bilan yakunlandi.

Ana shunday buyuk san'atkorlarimizdam yana biri Komiljon Otaniyozov xotirasiga bag'ishlangan Respublika ko'rik-tanlovi Yetuk san'at darg'alari yaratgan ulkan ijodiy uslubni yoshlar orasida keng targ'ib etish, uning boy madaniy merosiga ehtirom k o'rsatish, ustoz san'atkorning baland pardalarda kuylagan "Segoh", "Dugoh", "Feruz", "Suvora" hamda boshqa ashula va qo'shiqlarini ijro eta oladigan yosh iste'dod sohiblarini aniqlash, o'zbek milliy va mumtoz san'atini kelajak avlod ongiga chuqur singdirish, iqtidorli havaskor yoshlarni qo'llab-quvvatlash va ularning katta sahnalarda ham o'z ovoz imkoniyatlarini namoyish etishlariga yordam ko'rsatish maqsadida Respublikamizda bir necha yillardan buyon xar ikki yilda bir O'zbekiston xalq artisti Komiljon Otaniyozov xotirasiga bag'ishlangan ko'rik-tanlovlar o'tkazib kelinmoqda.

O'zbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpog'iston xalq artisti, mumtoz ashulalar ijrochisi Komiljon Otaniyozov yaratgan ulkan ijodiy uslubni yoshlar orasida keng targ'ib

etish, uning boy madaniy merosiga extirom ko'rsatish, baland pardalarda kuylagan qo'shiqlarini ijro eta oladigan yosh iste'dod egalarini aniqlash, kashf etish maqsadida Shovot tumanidagi buyuk xofiz nomi bilan ataladigan madaniyat va istiroxat bog'ida ustoz xotirasiga bag'ishlangan respublika ko'rik - tanlovi bo'lib o'tdi. Betakror ovoz sohibi bo'lgan Komiljon ustoz ijrosidagi qo'shiqlar bugun ham ko'ngillarimizni nurafshon etib turibdi. Shirali va maftunkor ovoz ruhni tozalaydi. Ruhning tozarishi esa tanani jamiki illatlardan forig' etadi.

XULOSA

Oxirgi yilda o'tkazilayotgan ko'rik-tanlovlar mana shu illatlarga ma'lum darajada zarba berayapti, bizningcha. Aytaylik Ma'murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov kabi o'nlab mashxur xonandalarning ko'rik-tanlovlarini o'tkazilishi yoshlarda mashxur xofizlarga aniqrog'i, o'zbek mumtoz musiqasining noyob ijrolariga nisbatan rag'bat paydo qiladi, ishtiyoq va qiziqishni kuchaytiradi.

Ma'lumki ulug' donishmandlar ko'p hollarda taqlidga salbiy munosabata bo'ladilar. Lekin afsuski san'atda, umuman hayotning deyarli barcha sohalarida taqlidsiz yashash imkonsizdir. Ulug' mutafakkir Jaloliddin Rumiy ta'birlari bilan aytkanda taqlid dunyoning ustuni taqlidchilik "Muqallidlik" har qanday soha egasining zavoli. Ko'rik-tanlovlar tub mohiyati bilan mana shu jarayonni to'g'ri anglashda yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Sh. Mirziyoyev "Xalqaro maqom anjumani" ochilishida so'zlagan nutqidan. 2018.

2. Yo'lchiyeva M. Xalqaro maqom anjumani butun dunyo bo'ylab keng qanot yozadi! Madaniyat gazetasi. T.: 2018.

3. Yunusov R. "O'zbek xalq musiqa ijodi" 2-qism. -T.:2000-y., 46-b.

4. O'.Rasulov, An'anaviy xonandalik o'qitish metodikasi. T.:.2006,

5. Narshaxiy A. Buxoro tarixi. T.: (Elektron manba).

6. O'. Rasulov ijodiy suhbat. O'zMTRK "Madaniyat va ma'rifat". T.: 2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.