MUMTOZ QO'SHIQLAR KUYCHISI
Azizov Zuhriddin Nuriddinovich
O'zbekiston Davlat Konservatoriyasi Xalq cholg'ulari yo'nalishi magistraturasining1-kurs talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada el suygan san'atkor, O'zbekiston xalq hofizi O'lmas Saidjonovning hayoti va ijod yo'li, u kuylagan mumtoz qo'shiqlar yosh avlodni ma'naviy-axloqiy tarbiyashda katta ahamiyatga ega ekanligi haqida yetarli ma'lumotlar to'plangan.
Kalit so'zlar: Kuy va qo'shiq, shirali ovoz, hofiz, san'atkor, madaniy tadbir, konsert dasturi, ko'rik tanlov, xushovoz xonanda, mumtoz qo'shiqlar.
Qadimiy va navqiron o'lka Qashqadaryo o'zining boy tarixiga ega. Atrofi tog'lar bilan o'ralgan Kitob tumani ham ushbu Qashqa vohasida joylashgan bo'lib qadimiy obidalari, zamonaviy binolari, go'zal bog'-rog'lari-yu, salqin havosi bilan ajralib turadi. Xalq sevgan hofiz O'lmas Saidjonov ana shu vohaning eng ko'zga ko'ringan san'atkorlaridan biri edi.
O'lmas Saidjonov 1951 yil 10 yanvar kuni Kitob tumanida tavallud topdi. U Abdulla Qahhor nomidagi 48-o'rta maktabda tahsil oldi. O'lmas Saidjonovning san'atga kirib kelishi ham barcha qishloq bolalariga xos edi. U yoshligidan kuy va qo'shiqqa o'ch edi. Shunga yarasha olloh unga betakror, jarangdor kuchli va shirali ovoz ato etgan edi. Bolaligidayoq ona mehridan judo bo'lgan O'lmas qo'liga cho'p olib, tog' yonbag'irlariga chiqib armonlarini xirgoyi qilib yurardi. Qishlog'ida bo'ladigan to'y-hashamlarga va sayillarga borib, u yerda kuylangan qo'shiqlarni butun vujudi bilan tinglar, uyga kelgach, bir necha kungacha esida qolgan qo 'shiq misralarini o'zicha kuylab yurardi. Bora-bora qo'shiq aytish uning hayotiy ehtiyojiga aylandi. Shu tariqa ko'ngil rozini qo'shiqlariga ko'chirdi. Barcha san'atkorlar qatori O'lmas Saidjonov ham Ma'murjon Uzoqov, Komiljon Otaniyozov, Quvondiq Iskandarov, Jumanazar Bekjonov, Faxriddin Umarov, Fattohxon Mamadaliyev, Jo'raxon Sultonov singari ulug' hofizlar, o'lmas san'atkorlar maktabida tarbiya topdi. Ularni ijodlarini o'rgandi.
1970 yilda O'lmas Saidjonov Qarshi Davlat pedagogika institutiga o'qishga kirdi. Talabalik yillarida oliygohda o'tkazilgan birorta tadbir uning ishtirokisiz o'tmasdi. Shu tariqa san'atkor sifatida nomi tilga tushdi. 1974 yilda institutni bitirib viloyat suv xo'jaligi tizimida ishladi. 1981 yilda ishdan ajralmagan holda Toshkent
Irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash institutiga qarashli Qarshi bo'limining gidromelioratsiya fakultetini tamomladi. 20 yil davomida suv boshqarmasiga qarashli tashkilotlarning turli lavozimlarida ishladi. O'tgan shu davrda O'lmas Saidjonov bir daqiqa ham san'atdan uzoqlashmadi. U vaqt topdi deguncha torini olib yangi-yangi qo'shiqlarni o'rganar edi. Viloyat va Respublikamizda o'tkazilgan madaniy tadbirlarda faol ishtirok etardi. 1972 yili "Marhabo talantlar " ko'rik tanlovida qatnashib, g'olib va jarangdor ovoz sohibi sifatida muhlislari dilidan joy oldi. Viloyatda o'tkaziladigan birorta tadbir uning ishtirokisiz o'tmas edi. 1974 yili Moskvada yosh xonandalar o'rtasida bo'lib o'tgan "Biz vatanparvar yoshlarmiz" konkursida qatnashib 1-o'rinni olishga muvaffaq bo'lgan.
O'zbekiston mustaqillikka erishgach O'lmas Saidjonov o'zbek milliy san'atini rivojlantirishga, uning dovrug'ini jahonga yoyishga bel bog'ladi. Mumtoz qo'shiqlarning maqom yo'lini qiyinchiliklaridan cho'chimay, ustozlar uslublarini davom ettiradi.
U "O'zbeknavo": Ustozlar, yulduzlar, shogirdlar" kitobida berilgan savollarga shunday deydi: - "Meni O'lmas Saidjonov qilgan haqiqiy ustozim Ma'murjon Uzoqovdir. Afsuski u buyuk siymoni tirikligida ko'rmaganman... U kishining xotirasini abadiylashtirish yo'lida xizmat qilayotgan kishilar qatorida borligimdan baxtiyorman" (1,38 -b.).
O'lmas Saidjonov Mustaqillik, Navro'z bayramlarida qatnashib el nazariga tushdi va san'atimiz darg'alari safidan joy oldi. Poytaxtga borib san'at sohasida faoliyat yurita boshladi.
1994 yilda Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi O'zbek Davlat filarmoniyasining direktori, 1996 yildan esa "O'zbeknavo" rahbarining o'rinbosari lavozimlarida ishlab keldi.
O'zbekistonning barcha viloyatlarida va Turkiya, Fransiya, Yaponiya, Bel'giya singari xorij mamlakatlarida konsert gastrolida bo'lib o'zbek san'atini yuqori cho'qqilarga ko'tardi.
1999 yili Samarqand shahrida o'tkazilgan "Sharq taronalari" festivalida qatnashib, YUNESKO ning diplomi va maxsus sovringa sazovor bo'lgan.
O'lmas Saidjonov jamoat ishlarida ishtirok etib qolmay yangi asarlar yaratishga ham vaqt topardi. U ustozlari Orifxon Hotamov, Fattohxon Mamadaliyev, Abduhoshim Ismoilov, Raxmatjon Tursunov, Sayfi Jalil, Qahramon Komilov, Muhammadjon Mirzayev kabi iste'dodli san'atkorlar bilan hamkorlik qilib 70 dan ortiq Vatan,ona va ishq-muhabbat haqida go'zal qo'shiqlarni xalqimizga taqdim etdi. Jumladan: Furqat fazali bilan "Fig'onkim", "Yor istab", Navoiy g'azali bilan "Ey sabo", "O'lmasun", Abdulla Oripov she'ri bilan "Furqat nidosi", Xaziniy g'azaliga mansub "Farg'ona tong otguncha", Ogahiyning "Feruz", Atoiyning "Visoling
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
bo'lmasa", qo'shiqlari xalqimizning ko'ngil mulkiga aylangan. San'atkor qay
darajaga erishmasin dastlab kimningdir yo'lidan boradi va o'z yo'lini topadi.
Durdona asarlarni ustozlarning o'ziday maromiga yetkazib aytish ham, katta kuch,
mahorat talab etadi.
O'lmas Saidjonov qo'shiqchilik sohasida olib borgan izlanishlari natijasida o'zi ham o'z ovozi va soziga ega bo'lgan mahoratli xonanda bo'lib yetishdi
U Respublikamizning turli viloyatlarida va "Turkiston" sanat saroyida bir necha marotaba o'zining yakka konsert dasturini namoyish etgan va muxlislarining olqishiga sazovor bo'lgan. Uning "Surating", "Oshiq bo'libman", "Guluzorim", "Jonon bo'laman deb" kabi ko'plab qo'shiqlari san'at muxlislari qalbidan joy olgan.
O'lmas Saidjonov oilaviy jihatdan ham namunali inson, 6 ta farzandni turmush o'rtog'I Saidaxon bilan birgalikda tarbiyaladilar. U ishdan bo'sh vaqtlarida farzandlari davrasida suhbat qurib o'tirishni yaxshi ko'rardi. Hozirda uning farzandlari turli sohalarda mehnat qilib vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo'shmoqdalar.
So'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligiga qarashli Badiiy jamoalar ijodiy birlashmasi rahbari bo'lib ishlagan. O'lmas Saidjonov 2016 yil 14 fevralda og'ir xastalikdan so'ng vafot etdi.
Uning xizmatlari hukumatimiz tomonidan yuqori baholangan. 1993 yilda "O'zbekiston xalq hofizi" unvoni, 1995 yilda Qozog'iston Respublikasining Faxriy yorlig'i, hamda 1998 yilda Batanimizning "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan.
1997 yildan buyon har ikki yilda bir marta Ma'murjon Uzoqov nomidagi Respublika ko'rik tanlovi muntazam o'tkazilib kelinmoqda. O'lmas Saidjonov hayotlik vaqtlarida ushbu tanlovni o'tkazilishida katta hissa qo'shdi. Uning rahbarligida yangi-yangi yosh xushovoz xonandalar kashf etildi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak O'lmas Saidjonov o'zining shirali ovozi, yaratgan mumtoz qo'shiqlari bilan milliy madaniyatimiz rivojiga munosib hissa qo'shdi. U ijro etgan qo'shiqlar Mycn^a MagaHHtframiz, ratnHM-rapÔHA Ba yosh avlodni MatHaBHH-axnoKUH pHBO^naHHmnga Karra axaMHtfira эгa.
REFERENCES
1. Jabborov A., Boyqo'ziyev A. "O'zbeknavo": Ustozlar, yulduzlar, shogirdlar. Toshkent. "Cho'lpon" nashriyoti 2000 yil, 38-bet.
2. To'xtamishev I. Bu gulshan sahnida I-jild. Toshkent."Yangi asr avlodi" nashriyoti 2006 yil.
3. To'xtamishev I. Bu gulshan sahnida II-jild. Toshkent."Yoris nashriyot" 2010
yil.
4. Hamidova M.A. Xonandalik san'ati "San'at" jurnali nashriyoti. Toshkent 2009yil. -320 b.