YALPI MAJLIS MA'RUZALARI
DONI ZOKIROV NOMIDAGI "O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARI ORKESTRI" FAOLIYATINING YOSHLAR TARBIYASIDA TUTGAN
O'RNI VA AHAMIYATI
Rudakiy Allanbayev
O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filiali direktori, Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist, professor v.v.b.
ANNOTATSIYA
Bu maqolada Doni Zokirov nomidagi "O'zbek xalq cholg'ulari orkestri" faoliyati va dirijyor, bastakor va mohir sozanda Rajabov Hikmat Jumayevichning ijodiy faoliyati va uning yoshlar tarbiyasida tutgan o'rni va ahamiyati, O'zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali jamoasining yutuqlari xususida so'z yuritiladi.
Kalit so'zlar: dirijyor, orkestr, sozanda, musiqa san'ati, cholg'u ijrochiligi, tarix, opera.
ABSTRACT
In this paper is mentioned the activities of the Uzbek Folk Instruments Orchestra named after Doni Zokirov and the creative activity of the conductor, composer and talented musician Rajabov Hikmat Jumaevich and his importance in educating young people, also the achievements of the Nukus branch of the State Conservatory of Uzbekistan are discussed.
Yosh avlodni milliy istiqlol g'oyalari ruhida tarbiyalash, qadriyatlarimizni va milliy musiqa madaniyatimizni har qachongidan chuqurroq o'rganish hamda xalqimizning o'zligini anglash, o'z urf-odatlarini saqlay bilishi, ularni tiklab, avaylab, e'zozlab, yangi o'sib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berish bugungi kunning muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Yosh avlodni milliy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biri sifatida ularni har taraflama estetik badiiy did sohibi bo'lib yetishishida milliy musiqa merosining cholg'uchilik san'ati orqali tanishtirib borish alohida ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, maqomlarga, xalq kuy va ashulalariga talab xalqimiz orasida tobora ortib bormoqda. Ana shunday talab va ehtiyojni qondirish maqsadida yetuk ijrochi mutaxassislarni tarbiyalash mas'uliyatli vazifalardan biri
hisoblanadi. O'zbek xalqining boy musiqa merosini o'rganish va uni keng omma ichida targ'ib qilish ishlari san'atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida bo'lmog'i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o'tishida tabarruk zotlar ko'prik vazifasini o'tash bilan birgalikda, o'zlarining ijodlari bilan ham namuna bo'lganlar.
O'zbekiston xalq artisti, sozanda, dirijyor, murabbiy, jamoat arbobi, kompozitor Doni Zokirov ajoyib qo'shiq, roman, musiqali drama, balet, simfonik va xalq cholg'ulari orkestri uchun bastalagan musiqiy asarlari bilan XX asr o'zbek musiqa madaniyatini boyitdi.
O'zbekistonda ko'p yillardan beri salmoqli ijod qilib kelayotgan Doni Zokirov nomidagi "O'zbek xalq cholg'ulari orkestri" faoliyatiga nazar tashlab, ular ijrosidagi musiqalarni tahlil qilib ko'rsak bu ijrolardagi nafislik, umumiy jo'rnavozlik, dinamika, sozandalarning o'zaro bir-birlarini va musiqani qanchalik teran his qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday jamoada uzoq vaqt ishlagan sozandalar faqat mohir sozandalargina bo'lib qolmasdan, o'zbek xalq musiqasi, bastakorlarimiz asarlarining puxta bilimdoni bo'lib yetishganliklarining guvohi bo'lamiz.
Tarix sahifalarini varaqlar ekanmiz, o'zbek va qoraqalpoq xalqlari qadim zamonlardan buyon birodarlikda yonma-yon yashab kelayotganining guvohi bo'lamiz. O'zbek zaminida paydo bo'lgan va taraqqiy etgan har bir san'at turi borki, qoraqalpoq zaminida ham mazkur san'at turiga xos ham mazmunan ham shaklan bir xil voqe'likni guvohi bo'lish tabiiydir. Shu ma'noda o'zbek va qoraqalpoq milliy musiqa san'ati ham bir-birini to'ldiruvchi va o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Doni Zokirov nomidagi "O'zbek xalq cholg'ulari orkestri" bilan birga 2003 yildan boshlab o'z ijodimni boshlaganman va orkestr bilan eng birinchi ijro etgan qo'shig'imiz ustoz san'atkor Dashitbay Qayipov repertuarlaridan O'mirbay Xojanov so'zi, Marxabay Jiyemuratov musiqasiga "Sag'inish" qo'shig'i bo'ldi. Bu qo'shiq xalqimiz qalbidan joy olgan lirik janrdagi qo'shiq bo'lib, "o'zbek xalq cholg'ulari orkestri" bilan birinchi marta yangicha sayqal berilib ijro qilingani, asarning yangicha usulda dunyoga kelganini bildiradi va biz bundan yanada kuch olib yangi asarlar ustida ishlay boshladik, Qoraqalpoq klassik shoiri Ajiniyoz so'zi, Abdireyim Sultanov musiqasiga "Ko'zlerim", Tolibay Qabulov so'zi, Avazbek Mallaboyev musiqasiga "Qaraqalpaqstan bul", Farida Afruz so'zi, Hikmat Rajabov musiqasiga "O'zbekiston o'zimniki", Halima Axmedova so'zi, Qahramon Komilov musiqasiga "Tutash tomirlar" asari, shuni alohida aytib o'tish lozimki "Tutash tomirlar" asari o'zbek va qoraqalpoq xalqlarining bir-biri bilan o'zaro bog'liqligini ifodalaydi va yuqorida aytilgan so'zimizning dalilidir.
Doni Zokirov nomidagi "O'zbek xalq cholg'ulari orkestri" bilan birga ishlash jarayonida orkestr dirijyori asosiy repertuardagi qiyin o'rin olgan qo'shiqlarni bir necha bor takrorlab va nihoyat uni yod olib, tanlangan asarlar ijrosida u o'z e'tiborini musiqa asaridagi badiiy obrazlarni yaxlitligicha talqin qilishga, asar shaklini o'z ijrosi bilan umumlashtirishga qaratar edi. Bunda albatta, asardagi barcha ko'rsatma va belgilarga to'la rioya qilishga e'tibor berish san'atkorning rivojlanishiga yordam beradi.
Bu asarlarni orkestr uchun boshida Qahramon Komilov, keyinchalik dirijyor, bastakor va mohir sozanda, professor Hikmat Rajabov cholg'ulashtirib boshladi va yigirmadan ortiq qoraqalpoq xalq qo'shiqlari, qoraqalpoq kompozitorlarining asarlari O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasining oltin fondiga yozib olindi. Bugungi kunda bu qo'shiqlar O'zbekiston va Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyalari orqali muntazam yoritib borilmoqda va asarlarning o'zgacha yangi usulda yaralishining asosiy sababi, o'zbek milliy cholg'u asboblari chang, qonun, qo'shnaylardan foydalanib ijro etilganidadir.
Bundan keyingi yillarda dirijyor, Hikmat Rajabovning O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti talabalaridan tashkil qilingan orkestri bilan biz o'z ijodimizni davom ettirib, O'zbekiston Respublikasi san'at arbobi, dirijyor va kompozitor Qurbanbay Zaretdinov musiqasi, Sag'indiq Embergenov so'zi "Sening ko'zlaring", sigan xalq qo'shig'i "Ochi chyornie" va bir qator Qozoq, Tojik, Ozarbayjon xalq qo'shiqlari ijro qilinib, xalqimizga taqdim etildi hamda ushbu asarlar yozilgan disklar Koreya Respublikasi va bir qancha chet el davlatlariga yuborildi.
Hurmatli Prezidentimizning 2020 yil 2 oktyabr kuni Qoraqalpog'iston Respublikasiga tashrifi davomida Nukus shahrida O'zbekiston davlat konservatoriyasi Nukus filialini tashkil etish to'g'risida taklif bildirgan edi. Bu yurtboshimizning qoraqalpoq madaniyati va san'ati bilan qoraqalpog'istonlik yoshlarga bo'lgan e'tibori va g'amxo'rligining ifodasi bo'lishi bilan bir qatorda san'atsevar yoshlarimiz uchun katta imkoniyatlar eshigini ochdi, desak aslo mubolag'a bo'lmaydi. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 5 apreldagi "O'zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filialini tashkil etish to'g'risida"gi 186-sonli qarori asosida 2021-2022 o'quv yilidan boshlab konservatoriyaning Nukus filiali tashkil etildi. Bugungi kunda filialda "Musiqa san'ati" fakulteti, "Umumkasbiy va ijtimoiy gumanitar fanlar" va "cholg'u ijrochiligi" kafedrasi faoliyat yuritib, yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Muyassar Razzoqova, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori, dirijyor Hikmat Rajabov, xalqaro tanlovlar g'oliblari - Ayapbergen Utegenov, Xurshid Beknazarovlar bilan uchrashuv kechalari, mahorat darslari yuqori saviyada
tashkil etildi. Albatta, bunday tadbirlarni o'tkazishdan asosiy maqsadimiz o'zbek, qoraqalpoq va jahon klassik musiqasi durdonalari bilan tanishtirish va talaba yoshlarning o'z ustida ko'proq ishlashi, izlanishi uchun saviyasini oshirishdan iboratdir.
O'zbekiston davlat konservatoriyasining Nukus filiali talabalari uchun mahorat darslari va maxsus mashg'ulotlarni o'tkazish maqsadida 2021-yil 2-6-noyabr kunlari O'zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori, "Shuhrat" medali sohibi, dirijyor, bastakor va mohir sozanda Rajabov Hikmat Jumayevich filialga tashrif buyurdi. Tashrif davomida Hikmat Jumayevich filial talabalari uchun mahorat darslari va maxsus mashg'ulotlarni va 5-noyabr kuni filialning "Musiqa san'ati" fakulteti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi talabalaridan tashkil topgan "Xalq so'zlari" orkestri bilan birga "So'z va so'z sehri" nomli konsert dasturini tashkil qildi. Konsert davomida dirijyor Hikmat Rajabov "Xalq so'zlari" orkestri bilan birga O'zbekiston va Qoraqalpog'iston xalq artisti Gulxatisha Ayimbetova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, Qoraqalpog'iston xalq artisti Bazargùl Karimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Aygùl Nadirovalar tomonidan Abdireyim Sultanov, Boris Giyenko "Qaraqalpaq syuitasi", Qarmis Dosanov sozi, Najimatdin Muxammeddinov musiqasi "Xalqim bar menin", Roza Dùysemuratova sozi, Ziywatdin Lepesov musiqasi "Seni oylayman", Ajiniyaz sozi, Abdireyim Sultanov musiqasi "Kozlerim", Uzeyr Gadjibekov "Arshin mal-alan" musiqali komediyasidan "Gùlchehra ariyasi", Manas Leviyev musiqasi, "Mahallada duv-duv gap" kinofilmidan "Oq lolalar", Mutal Burxonov musiqasi "So'zsiz qo'shiq", Jorj Bize "Xabanera", Suleyman Aleskerov "Mangu harakat", Vittorio Monti "Chardash", Jolmurza Aymurzaev sozi, Sharapatdin Paxratdinov musiqasi "Tashkent aqshami", Z.Jabborzada sozi, Said Rustamov musiqasi "Surayyo" asarlari ijro etildi.
Aytish joizki, talaba yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma'naviy, estetik dunyoqarashini kengaytirish maqsadida H.Rajabov filialga o'quv qo'llanmalarini taqdim qildilar va Rajabov Hikmat Jumayevich bilan biz o'tgan davr mobaynida turli festival va tadbirlarda ishtirok etib ko'plab konsertlar tashkil qildik, Mazkur festival va konsertlardan, 2019-yil 25-26-may kunlari Buxoro shahrida o'tkazilgan Xalqaro "Ipak va ziravorlar" festivaliga qatnashib, "Ark" qo'rg'oni, "Labi hovuz" majmuasida festivalning tantanali ochilish va yopilish marosimiga bag'ishlangan gala-konsert dasturlarida ishtirok etib, mahorat darslari otkazildi.
Mamlakatimizda musiqa sanatini yanada rivojlantirish, ayniqsa, jonli ijroni rag'batlantirish, yosh avlodni milliy va jahon musiqasining nodir namunalaridan keng
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
bahramand etish, ular qalbida san'atga mehr va muhabbatni yanada kuchaytirish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan 2021-yil 5-15-aprel kunlari Qoraqalpogiston Respublikasi Mo'ynoq, Qo'ng'irot tumanlarida va Qoraqalpog'iston teleradiokompaniyasi orqali jonli ijroda "O'zbekiston Vatanim manim" nomli konsert dasturlari namoyish etildi va ushbu konsert dasturi soha mutaxassislari va xalqimiz tomonidan ijobiy qabul qilindi hamda bu boradagi ishlarimiz davom etmoqda.
Bugun san'atga qiziquvchi, iste'dodli yoshlarimiz juda ko'p. Ba'zilari allaqachon sohada o'z o'rniga ega bo'lib kelmoqda. Asosiy vazifa esa biz ustozlarning zimmasida. Biz yoshlarga to'g'ri yo'nalish ko'rsata olishimiz, ularni iste'dodi bo'yicha yo'naltirishimiz kerak. Ma'lumki, respublikamizning barcha musiqa dargohlarida turli orkestr va qator o'zbek xalq cholg'ulari ansambllari faoliyat olib boradi. Bu orkestr va ansambllarda ishtirok etish yosh musiqachilar uchun katta ijrochilik maktabini o'tashi shak-shubhasiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 186-son qarori.
2. S.B.Saidiy. Cholg'ushunoslik va cholg'ulashtirish asoslari darsligi. "Musiqa" nashriyoti. Toshkent.,2016.
3. Sh.Raximov, A.Saidov. "Cholgu ansambli" T., 2012.
4. Sh.Raximov, Sh.S.Yusupov. "Cholgu ijrochiligi" T.,2012.
5. M.A.Ilxomov. Cholg'u ijrochiligi. "Mehnat nashriyoti", T., 2010. Elektron ta'lim resurslari:
1. www.oak.uz
2. www.ziyonet.uz