LAZGI ASHULASI QANDAY YARATILGAN Raximov B.
San'atshunoslik fanlari bo'yicha falsafa fanlari doktori (PhD) Urganch davlat universiteti "Ijrochilik va madaniyat" kafedrasi mudiri
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Lazgi ashulasini yaratilishi va uning shakllanish bosqichlari haqida fikr yuritiladi. Lazgini keng ommoga targ'ib qilish uchun Komiljon Otaniyozov taklifi bilan "Maftuningman " filmiga "Lazgi" raqsi kiritilganligi va shu vaqtdan boshlab ommalashgani e 'tirof etiladi.
Kalitso'zlar: lazgi, loyiq, maftuningman, san'at,qo'shiq, navo.
АННОТАЦИЯ
В этой статье рассказывается о создании песни Лазги и этапах ее становления. Известно, что танец лазги был включен в фильм «Мафтунингман» по предложению Комилжона Отаниязова для популяризации лазги среди широкой публики и с тех пор пользуется популярностью.
Ключевые слова: лазги, достойный, обаятельный, искусство, песня, мелодия.
ABSTRACT
This article discusses the creation of the Lazgi song and the stages of its formation. It is acknowledged that the Lazgi dance was included in the film "Maftuningman" at the suggestion of Komiljon Otaniyazov to promote Lazgi to the general public and has been popular ever since.
Keywords: lazgi, worthy, charming, art, song, melody.
KIRISH
Har narsaga bir narsa sabab bo'ladi. Anashu nuqtai nazardan Lazgi iborasini o'rtaga kelishiga XX asrning o'rtalarida yuz bergan ijtimoiy voqeyalarni ko'z oldimizga keltirishimiz kerak. Lazgi ashulasi qayerdan paydo bo'ldi, nima sabab bo'ldi. XX asarning 50 yillari oxirida adimiy madaniyat va ma'rifat maskani bo'lgan O'zbekiston jahon miqiyosiga chiqa boshladi. 1958 yilda Toshkentda Osiyo va Afrika yozuvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasi o'tkazildi. Toshkent Sharqning darvozasi degan shiorlar paydo bo'ldi. Anashu yirik xalqaro anjuman arafasida unga qizg'in tayyorgallik boshlandi. O'zbek, tojik, tukman, qozoq, qirg'iz tillarida kitoblar nashr etila boshlandi. Anashu davrda Maxtumquli, Xiloliy va Ogahiy asarlari o'zbek tilida nashr etildi(bu asrlarni oldin o'qishga ruhsat bo'lmagan). Shu munosabat bilan milliy qadriyatlar o'zbekcha raqs, o'zbekcha ashula, milliy
982
liboslarni ko'rsatish ham yuzaga chiqa boshladi. Milliy san'atni katta saxnaga olib chiqish uchun, munosib shaxslar lozim edi. Shu munosabat bilan Bahor raqs ansambli tuzilgan. Albatta unga benazir va beqiyos Mukaramma Turg'unbayeva rahbarlik qildi (hozirda Bahor ansambli uning nomi bilan). Anashu unversial xarakterdagi raqs tamg'asi bilan Bahor ansambli aytadigan kuy va qo'shiqlar istimolga kiritildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Bahor ansambli bilan bir qatorda O'zbek davlat filarmoniyasi qoshida 1957 yili Xorazm ashula va raqs ansambli tuzilgan. Ansabl tashkil qilingan davrda hali sho'ro siyosati avjiga chiqqan palla edi. Bu davrida milliy kuy va qo'shiqlar ma'lum o'zgarishlarga duchor bo'lgani sababli e'tibordan chetda qolgan, musiqiy qadriyatlarimizning yo'llari to'silib, iste'moldan chiqarilgan zamon talabidan tashqarida qolib, ijrochilik an'analarida uzilishlar sodir bo'la boshlagan edi.
Ansamblga Lazgi degan nom qo'yib Xorazmning qadimiy kuy qo'shiqlarni tiklash maqsad qilingan edi. Biroq milliy tarixga nisbatan salbiy siyosat sabab bo'lib, shu davr siyosatchilariga bunday atamani qo'llash ma'qul bo'lmagan. Mana shu vaziyatda faoliyat ko'rsatgan Komiljon Otaniyozovning xizmatlarini alohida qayd qilish kerak.
Komiljon Otaniyozov tengdosh do'stlari Abdusharif Otajonov va Matniyoz Yusupovlar bilan o'z davrida Lazgini zamonaga mos ravishda ko'rsatish keyingi avlodlarga saqlash borasida ulkan ishlarni amalga oshirganlar.
1958 yili Xorazm surnay lazgisi asosida bastakor Abdusharif Otajanov unga o'ziga hos usul va avjlarni kiritib, shoir Xushnud Abdullaning "loyiq" radifli g'azali bilan ashula variantini ishlagan. Bundan ilhom olib lazgini cholg'u qismiga yangi jilov berib Komiljon Otaniyozov yuqorida nomi keltirilgan lazgiga o'xshamagan yangi uslubda o'ziga xos bir turini ijod qilgan. Qo'shiqni boshlang'ich qismiga chorlov uslubida omon ey omon degan so'zi asosida muqaddima qilib asosiy lirik qismiga Komil Xorazmiy so'zlarni o'qib betakror yalla variantini yaratganlar.
Komiljon Otaniyozov tashabbusi bilan xamkasb do'sti Matniyoz Yusupov tomonidan 1960 yilda nashr qilingan (I.Akbarov bilan xamkorlikda) "O'zbek xalq muzikasi"ning VII tomiga Lazgi va Surnay Lazgisi kuylarning notalari kiritilgan. Biroq undan oldinroq davrlarga mansub manbalarda, qo'lyozmalarida va boshqa kitoblarida bunday atama uchramaydi.
Lazgini keng ommoga targ'ib qilish uchun Komiljon Otaniyozov taklifi bilan "Maftuningman" filmiga "Lazgi" raqsi kiritilgan ekan.
Hattoki, bu borada qilingan ishlarni ayrim qisqa fikrlovchi, uzoqni
ko'rolmaydigan, hozir ko'ziga ko'rinib turgan narsalar asosida hukm chiqarib, uning
983
ildiziga fahmi yetmaydigan, zamonasoz tadqiqotchilar tomonidan xalq qo'shiqlarini ansabl ijro dasturida qo'llagani uchun (eskilik sarqiti deb) Komiljon Otaniyozov tanqidga ham uchragan.
Shunday bo'lishiga qaramasdan san'atkorning xalq ijodiga ixlosi pasaymagan. Aksincha, o'zi ishlab turgan ijodiy jamosining repertuariga o'z shogird va ustozlariga ham ijodning bu nodir xazinasini yanada kengroq targ'ib etishga harakat qilgan. O'zi ham halq kuy va qo'shiqlari asosida yangi-yangi qo'shiq va yallalar ijod qilib, bu san'atning naqadar xalqchil va hayotbaxsh ekanini isbotlashga uringan.
Komiljon akani fidokorligi sho'ra darida chetlanib "Mehnat intizomini buzganligi, ma'suliyatsizligi, safar chog'ida konsert dasturini mensimaganligi" va boshqa ayblarni qo'yib 24.11-1967 yilda O'zbekiston Davlat filarmoniyasi direktori A. Boriyho'jaev buyruqi bilan ishdan bo'shatilgan. Shu munosabati bilan u ikki yil Turkamniston Davlat filarmoniyasida ishlagan. Tug'ma iqtidor sohibi to'g'ri so'z mardanovor Komiljon Otaniyozov 1969 yildan o'z yurtiga qaytib "Lazgi" nomi bilan atalgan O'zbek Davlat filarmoniyasi qoshidagi Xorazm ashula va raqs ansamblida o'z faoliyatini davom qildirgan.
Komiljon Otaniyozov ijodi haqida hujjatli filmida O'zbekiston Qahramoni shoir Erkin Vohidovning sarsuxan qilib olingan mashhur satrlari bor.
San'atga baxsh umrning so'ngsiz mo''jizasi bor, U dunyoni tark etsa, undan dunyo qoladi. Inson umri sarhadli, qo'shiq umri poyindor, Navosoz yuraklardan o'lmas navo qoladi.
She'rda musiqaga tegishli uchta kalit ibora ishlatiladi: san'at, qo'shiq va navo. Har biri alohida olinganda mushtarak va serma'no tushunchalarni ifodalaydi. Shoirning donishmandligi shundaki, ular umumiylikdan xususiylikka qarab joylashtirilib, timsoli yoritilayotgan ulkan san'atkorning ijod qirralarini ochib berishga qaratilgan.
XULOSA
San'at - inson yaratgan "ikkinchi tabiat" U tabiat qonunlariga bo'ysunmaydi, shuning uchun ham u ajib xislatlar va sir-asrorlarga ega.
Komiljon Otaniyozovning ijodi va faoliyati u ijro etgan doston kuylari va qo'shiqlari, maqom namunalari, suvora yo'llari, bastakor uslublari, miliy kuy va qo'shiq va raqslarimizni keyingi avlodlarga saqlab qolish borasida qilgan ishlari san'atimiz tarixida umrboqiylik timsoli. Xulosa qilib shuni aytish mumkin, Lazgi ijro
an'analarini poyindorligi, san'atga tashga xalqimiz yurakdarida o'lmas navo bo'lib
984
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
О
R
VOLUME 1 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
bizni davrimizgacha yetib kelishida Komiljon Otaniyozovning xizmatlari beqiyos bo'lgan.
REFERENCES
1. Гавхар Матёкубова, Шаркия Эшжоноваларнинг "Лазги" Урганч: 2017.
2. Бобожон Таррох Азизов Ходим. Хоразм навозандалари. - Т.: Г.Гулом, 1994.
3. Давлатёр Рахим, Шохназар Матрасул. Феруз. Шох ва шоир кисмати. -Т.: F.Гулом, 1991.
4. Матёкубов О. Макомот. - Тошкент: Мусика, 2004.
5. Мадрахимов О, Мадрахимов З. Мозийга бир назар. - Урганч, 2009.
6. Сабирова С. Салаев Х. Хива булбуллари. - Хива, 2000.
7. Солаев Н. Хржихон. - Урганч, 1994.