Научная статья на тему 'XORAZM VOHASI ASHULA VA RAQS JAMOALARINING O'ZIGA XOS JIHATLARI VA AN'ANAVIYLIGI'

XORAZM VOHASI ASHULA VA RAQS JAMOALARINING O'ZIGA XOS JIHATLARI VA AN'ANAVIYLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
682
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm raqsi / lazgi / raqs turkumi / xalfa / ashula. / Khorezm dance / lazgi / dance series / halfa / song.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zilola Gaybullo Qizi Xayrullayeva

O’zbek ashula va raqs san’ati milliy merosimizning ajralmas qismidir. Unda o’tmish an’analari, chuqur mazmun kasb etuvchi qadriyatlar aks etadi. Uning asosini qanchalik o’rganmaylik shunchalik yangidan yangi qirralari ochilib o’zining naqadar boy san’at ekanini ifoda etaveradi. Ushbu maqolada Xorazm vohasi ashula va raqs jamoalarining o'ziga xos jihatlari va an'anaviyligi xususida so'z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PECULIARITIES AND TRADITIONS OF SINGING AND DANCE GROUPS OF KHOREZM OASIS

Uzbek singing and dancing is an integral part of our national heritage. It reflects the traditions of the past, the values that have a deep meaning. The more we study its basics, the more new aspects are revealed and the richer the art becomes. This article discusses the peculiarities and traditions of the Khorezm oasis song and dance groups.

Текст научной работы на тему «XORAZM VOHASI ASHULA VA RAQS JAMOALARINING O'ZIGA XOS JIHATLARI VA AN'ANAVIYLIGI»

XORAZM VOHASI ASHULA VA RAQS JAMOALARINING O'ZIGA XOS

JIHATLARI VA AN'ANAVIYLIGI

Zilola G'aybullo qizi Xayrullayeva

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, 4-bosqich talabasi

ANNOTATSIYA

O'zbek ashula va raqs san'ati milliy merosimizning ajralmas qismidir. Unda o'tmish an'analari, chuqur mazmun kasb etuvchi qadriyatlar aks etadi. Uning asosini qanchalik o'rganmaylik shunchalik yangidan yangi qirralari ochilib o'zining naqadar boy san'at ekanini ifoda etaveradi. Ushbu maqolada Xorazm vohasi ashula va raqs jamoalarining o'ziga xos jihatlari va an'anaviyligi xususida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Xorazm raqsi; lazgi; raqs turkumi; xalfa; ashula.

PECULIARITIES AND TRADITIONS OF SINGING AND DANCE GROUPS OF

KHOREZM OASIS

ABSTRACT

Uzbek singing and dancing is an integral part of our national heritage. It reflects the traditions of the past, the values that have a deep meaning. The more we study its basics, the more new aspects are revealed and the richer the art becomes. This article discusses the peculiarities and traditions of the Khorezm oasis song and dance groups.

Keywords: Khorezm dance; lazgi; dance series; halfa; song.

Har bir xalqning o'z raqs an'analari, ijro uslubi, plastik tasviriy vositalari bor. San'atning qadimiy turlaridan biri bo'lib kelgan xalq raqsi xalq hayotining tarixiy, ijtimoiy va geografik sharoitlari ta'siri ostida tarkib topib, rivojlanib kelgan. Shu sababli unda xalq an'analari, psixologiyasi, davr va muhit ta'siri o'z tamg'asini qoldiradi. Xalq raqsi san'atning ko'pgina turlari, ayniqsa, musiqa bilan uzviy bog'langan, shuningdek, xalq marosimlari va bayramlarining tarkibiy qismi bo'lib kelgan. O'zbek raqs san'atining rivojlanishida xalq raqslarining o'rni juda katta. Birgina Xorazm maktabiga xos bo'lgan raqslarning o'zigina bir xalqning tarixidan tortib bugungi kunigacha bo'lgan davrni so'ylab beradi. Bu esa raqsni mazmunan, m'ano jihatdan ham boyishiga xizmat qiladi.

Xorazm raqsi - o'zbek xalq raqs uslubi. Xorazm vohasida qadim zamonlarda shakllangan va asrlar davomida rivojlanib kelgan. Xorazm raqsida gavdaning beldan yuqori qismi orqaga tashlanganroq, kuraklar bir-biriga yaqin, tizzalar biroz egik, oyoq uchlari yonga ochilganroq bo'ladi. Xotin-qizlarda rasmiy holatda barmoq uchlari pastga qaratiladi, tirsaklar biroz bukiladi, yigitlarda qo'llar cho'zilgan, tirsaklar to'g'ri bo'lib,

barmoqlar yuqoriga, kaftlari yonga qaratiladi. Xotin-qizlar bilaklariga zang, ya'ni mayda qo'ng'iroqchalar taqib o'ynaydilar. Boshlaridagi taqya tuzi, peshonalariga bog'langan manglay tuzi, ko'kraklariga osilgan shokilalar, quloqlaridagi sirg'alar, bilaklaridagi bilaguzuklar ham raqs usullariga mos tushib, umumiy raqs obrazini yaratishga xizmat qiladi. Yigitlar ustiga to'q rangli kamzul, boshlariga chugurma kiyib o'ynaydilar.

Raqs jarayonida barmoqlarni qarsillatib, g'oz turib o'ynash, gavda, qo'ldastalarni titratish, yelka qoqish, cho'kka sakrash ayollar va erkaklar raqsiga birday xos. Xorazm raqsi harakatlarga boy. Bizgacha yetib kelgan "Chag'alloq", "Norim-norim", "Aliqambar", "Orazibon", "Mo'ri", "Xo'bbimboy", "Shirinnovvot" o'yinlari ijrosida o'g'lon raqqoslar va masxarabozlar o'zini ko'rsatgan bo'lsa, "Ashshadaroz", "Maqom ufori" kabi raqslarda raqqosalar ustunlik qilgan. "Lazgi" raqs turkumi ijrosida erkak va ayol raqs ustalari birday mahorat bilan o'ynaydilar. Eng mashhur Onajon xalfa Sobirova xalfa tomoshasi tarkibini sakrash, garmon chalish va kuylash, raqqoslarni o'ynatishda, ayniqsa, xotin-qizlar raqsini sahnaga olib chiqishda katta xizmat kilgan. S. Ollaberganova, R. Hakimova, R. Otajonovalar Onajon xalfa ansambli ishtirokchilaridir. Xorazm raqsi ijro uslubini, an'analarini, yangi ijtimoiy sharoitlarda saqlash va rivojlantirishda Qambar bola, Kanarak bola Saidov, Qodirbergan Otajonov, Karim Ollaberganov, Rimajon Matkarimova, Matlatif Saidov, Latif Zaripov, Gavhar Matyoqubova va boshqalarning xizmatlari katta. Xorazm raqsi uslubi Xorazm viloyat teatri, xalq ansambllari, "O'zbekraqs" birlashmasi tasarrufidagi "Lazgi" ansambli faoliyatida davom etib kelmoqda.

Xorazmda birorta ham xalq sayillari, oilaviy bayramlar, tantanali kechalar kuy-qo'shiqsiz o'tmaydi, Xorazmliklar ichida raqs tushinshi bilmaydigan, sevmaydigan insonning o'zi yo'q. Xorazmning xalq raqslari avloddan avlodga o'tib kelayotgan qadimiy an'analar asosida saqlanib kelgan va madaniyatni oltin merosi tarkibiga kiritilgan, bular: "Ot o'yin", "Qummushuk", "Qirg'ovul", "Chag'aloq", "Kaptar o'yin", "Sipsa o'yin","Cho'girma tikish", "Ko'knori", "Bayda ufori", "Yu-pu-pu", "Mag'aldak", "Gul ufori", "Hayvon ufori", "Burda", "Ratalla", "Galalaylim", "Mashalla". Qadimgi raqslardan shu paytgacha yetib kelgan eng mashhur raqs bu -"Lazgi". Qadimdan madaniyat va san'at maskani bo'lgan Xorazm vohasida o'ziga xos xalq musiqa ijodiyoti, og'zaki an'anadagi kasbiy musiqa namunalari keng o'rin tutadi. Xorazm musiqa uslubi doirasida xalq musiqasining eng qadimgi davrlariga mansub kuy-ohang namunalari o'z aksini topgan. Jumladan, bolalar va mavsum marosim qo'shiqlarida musiqaning ilk bosqichlariga oid dastlabki tuzilma va ohang alomatlari, boshlang'ich parda asoslari saqlanib qolgan. Xalfalar san'atida "ichkari"ga xos ixcham diapazondagi past ovoz ko'lamida aytiladigan, faqat ayollargagina xos bo'lgan qo'shiq va ashulalar o'rin olgan. Bunda qudalar tomonidan to'yga ruxsat berilgandan keyin aytiladigan "Boring boshlang , o'nglar bo'lg'ay to'yinggiz", to'y boshlanishida "Muboraklar bo'lg'ay etgan to'yinggiz" yoki kelin kelgandan keyin "Aylanaman kelinni

qaddi bo'yinnan" va boshqa qo'shiqlar tuyning o'ziga xos rivojini belgilagan. Ayniqsa, qayroq bilan o'ynab aytiladigan lapar turi xalfa raqqosalariga juda xosdir.

Xorazmda xonandalik, sozandalik va raqqoslikni o'ziga kasb qilib olgan san'atkorlar guruhlari "sozanda qo'shlari" deyilgan. Ular ikki xil tarkibda, ya'ni 2 ta surnaychi, doirachi, tanburchi, ashulachi, sozchi ashulachi, raqqos, masxaraboz, so'z ustasi, dorbozchi, chodir xayol (qo'g'irchoqboz) va boshqalardan tashkil topgan. Sozanda qo'shlarining vazifasi to'yda baxshi dostonni tugatgandan keyin yoki to'yni yanada qizdirish maqsadida o'z san'atlarini namoyish qilishdan iborat. Xorazm musiqa uslubida talqinchi va go'yandalar ijodi aniq bir janr bilan chegaralanmagan bo'lsa-da, ularning o'z yo'llari va o'ziga xos uslublari mavjud. Ayniqsa, ular suvoralar va ularning savtlari hamda boshqa yirik shakldagi mumtoz ashulalarni Mashrab, So'fi Olloyor, Mahtumquli, Mulla Nafas kabi shoirlarning tasavvuf yo'lidagi g'azallari, nasihat hamda o'gitlariga solib kuylaganlar.

REFERENCES

1. R.Karimova. «O'zbek raqslari». T.: «Cho'lpon» nashriyoti, 2003.

2. D.Sayfullayeva, S.Zokirova. «Merosiy raqs durdonalari». T.: 2003.

3. Z.Kazakbayeva. O'zbek raqs san'ati tarixi va sahnalashtirish. T.:2006.

4. R. Karimova, D.Sayfullayeva. O'zbek yakka ayollar raqsi. T.:2007.

5. Qilichev T. Xorazm xalq teatri. T., 1988.

6. Avdeyeva L. O'zbek milliy raqsi tarixidan. T., 2001

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.