O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI ORIFXON HOTAMOV IJRO YO'LINING O'ZIGA
XOSLIGI VA MILLIY OHANG Husanov Xusniddin O'rinovich
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.6668718
Annotatsiya. O'zbek musiqa merosini o'rganish va uni keng omma ichida targ'ib qilish ishlarida san'atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilar doimo e 'zozlanib kelingan. Bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosning ustozdan shogirdga bevosita o'tishida tabarruk zotlar ko'prik vazifasini o'tash bilan birgalikda o'zlarining ijrolari bilan ham namuna bo'lganlar. Ushbu maqolada milliy musiqamiz targ'ibotida o'zlarining takrorlanmas ijro uslubiga ega bo'lgan O'zbekiston xalq hofizi Orifxon Hotamovning hayoti va ijro uslubining o'ziga xosligi ilmiy tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: an'anaviy ijrochilik, uzviylik, pedagogika, sozanda, an'anaviy, ustoz-shogird, ta'lim tizimi, zamonaviy musiqiy ta'lim, jamoa ijrochiligi, ashulachilar ansambli, san'at va madaniyat.
САМОБЫТНОСТЬ И НАЦИОНАЛЬНЫЙ ТОН ВЫСТУПЛЕНИЯ НАРОДНОГО АРТИСТА УЗБЕКИСТАНА АРИФХАНА ХОТАМОВА
Аннотация. В работе по изучению узбекского музыкального наследия и его популяризации среди широкой публики всегда высоко ценились энтузиасты нашего искусства, талантливые исполнители. В непосредственном переходе огромного музыкального наследия, дошедшего до нашего времени, от учителя к ученику, благородные породы наряду с тем, что служили мостом, были образцами для подражания и своими выступлениями. В данной статье проведен научный анализ жизни и особенностей исполнительского стиля народного хофиза Узбекистана Орифхана Хотамова, который в пропаганде национальной музыки имеет свой неповторимый стиль исполнения.
Ключевые слова: традиционное исполнительство, педагогика, педагогика, певица, традиционное, учитель-ученик, система образования, современное музыкальное образование, коллективное исполнение, ансамбль певцов, искусство и культура.
THE ORIGINALITY AND NATIONAL TONE OF THE PERFORMANCE OF THE PEOPLE'S ARTIST OF UZBEKISTAN ARIFKHAN HOTAMOV
Annotation. In the study of the Uzbek musical heritage and its popularization, the enthusiastic initiators of our art, talented performers have always beyen respected. In the direct transmission of the great musical heritage from our teacher to the student, which has survived to our time, the saints not only served as a bridge, but also set an example with their performancyes. In this article, a scientific analysis of the peculiarity of the life and style of performance of the people's memory of Uzbekistan Orifkhon Hotamov, who has his own style of repeated performance in the promotion of national music, was carried out.
Keywords: traditional performance, harmony, pedagogy, musician, traditional, teacher-shogird, education system, modern musical education, community performance, singers ensemble, art and culture.
KIRISH
Orifxon Hotamov o'zbek musiqa ijrochiligida alohida o'zining talqiniga asoslangan, ijro uslubini yaratgan mohir san'atkor, sozanda, xonanda va bastakordir. Musiqa san'atida, ya'ni mumtoz musiqa ijrochiligi amaliyotida oldi san'atkor bo'lish, kishidan juda katta iste'dod, talant, bilim, tajriba, ijod va eng muhimi ijroviy talqinni talab etadi. Orifxon Hotamov o'zining ijodiy kamoloti yo'lida, zamonasining to'rtta betakror san'atkorlari bilan alohida do'st, hamfikr, ustoz-shogird va qadrdon bo'lganligini ko'p marotaba qayd etardilar. Bular, eng avvalo ustozlari Jo'raxon Sultonov, Rasulqori Mamadaliyev, Hojixon Boltayev va Ma'rufxo'ja Bahodirovlardir. Orifxon Hotamov juda ko'p yetuk san'atkorlar bilan do'stlashganlar. Lekin, mumtoz musiqa ijrochiligida tanilgan va hammaga namuna bo'lgan ushbu to'rt darg'alar bilan alohida ijodiy hamkorlikda va qadrdonlikda bo'lganlar.
Orifxon Hotamovning ijro uslubini shakllanish jarayoniga, ustozi Jo'raxon Sultonovning ijroviy uslubi asos boigan. Ustozining tanburni qanday chertishidan, toki ashula talqin etishdagi barcha jihatlari, Orifxon Hotamov uchun, ijroviy talqini uchun va albatta ijodiyoti uchun namuna sifatida xizmat qilgan. O'zbek mumtoz musiqa merosi, ayniqsa maqomlami qunt bilan o'zlashtirish Orifxon Hotamov ijodida doimiy mashg'ulot va murojaat etib kelgan manba'si hisoblanadi. "Bastakorlikning negizi bu maqom" - der edilar ustoz. Avval sozandalik va xonandalik sirlarini ustozlar an'anasi negizida o'zlashtirgan Orifxon Hotamov, mumtoz musiqa merosiga alohida e'tibor berib o'zlashtiradi. Natijada, ustozlarga o'xshab bastakorlikka ham qo'l uradi, o'zining didiga, ta'biga va ruhiyatiga mos keladigan asarlar yarata boshlaydi.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
O'z o'rnida qayd etish kerakki, Orifxon Xotamovning ijodi ustozi tomonidan doimo nazoratda bo'lgan. Yaratgan asarlari ustozlar davrasida ijro etilib muhokamalarda pishgan. Bir asaming shakli-shamoili, ohangi, so'z bilan kuyning mutanosibligi va mumtozlikka xos barcha tomonlari puxta bo'lmasa, ustozlami fotihasini olmagan va ijro etishga ruxsat ham berilmagan. Orifxon Hotamovning darhaqiqat ijodiyotda mumtozlik kasb etishi, ustozi Jo'raxon Sultonov tomonidan e'tirof etilgari. Odatda, ustozlar shogirdlar ijodiga baho berishda juda qattiq qo'l, talabchan munosabatda bo'ladilar. Orifxon Hotamovning ijodi Jo'raxon akani tabiatiga mos tushganligini "Bo'lmish" musiqiy namunasidan ham anglash mumkin. Ustoz Jo'raxon Sultonov "Bo'lmish" ashulasini eshitib ko'rib, "Mening usarlarimga o'xshatibsan, birgalikda aytaylik" deb, shogirdi bilan humnafaslikda ijro etadilar. Bu asar Jo'raxon Sultonov tanburda, Orifxon Hotamov skripkada plastinkaga yozib olingan.
Orifxon Hotamovning san'atkorlik yo'li, ijodiyoti o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. U zamonasining katta-katta ustoz san'atkorlarining hammasi bilan ustoz-shogird tutingan, ular bilan do'stlashgan, hamkorlik qilgan, hamnafaslik qilgan. To'xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, Ma'muijon Uzoqov, G'anijon Toshmatov, Salohiddin To'xtasinov, Yunus Rajabiy, Hojixon Boltayev, Boboxon va Akmalxon So'fixonovlar, Aka-uka Shojalilovlar, Rasulqori Mamadaliyev, Ma'rufxo'ja Bahodirov kabilar shular jumlasidandir. Har bir san'atkor bilan alohida ijodiy, ijroviy va do'stona munosabatda bo'lgan. Har bir ustoz san'atkor bilan bo'lgan munosabatlaming ijodiy mahsullari ustozning ijodiyotida namoyon boiib turadi.
Rasulqori Mamadaliyev bilan Orifxon Hotamov bir birlarini ustoz, bir-birlarini shogird deb tan olganlar. Bu ikki zabardast hoflzlarlaming bunday deyishlarining amaliy isboti mavjud. Awalo ulaming mumtoz musiqa merosini yaxshi idroklagani, talqinda o'ziga xos ijro uslubi mavjudligi bo'lsa ajab emas. Rusulqori Mamadaliyev zamonasining mohir sozandasi, xonandasi, bastakori va
o'z ijro uslubi bilan tanilgan hofizdir. Shuni aytish kerakki, har qanday asar Rasulqori Mamadaliyev talqinda o'zgacha yangragan. Buning sabablaridan biri, Rasulqori o'zining uslubiga solib ijro etgan. Mumtoz musiqa namunalarini o'ziga xos jilolar bilan boyitib talqin etish, o'zining asl holatini saqlab, unga shinavanda ta'biga mos keladigan, uni uslubiga xos sayqallar bilan boyitib ijro etish va tinglovchiga ma'qul qilish juda murakkab jarayondir. Rasulqori Mamadaliyev buni uddasidan chiqqan va tinglovchini lol qoldira olgan betakror san'atkordir. Shu bois bo'lsa kerak, Orifxon Hotamov ham Rasulqori Mamadaliyevni o'ziga ustoz deb bilgan. Ustozidan ko'p jihatlami o'rganganligini doimo suhbatlarda bildirib o'tardilar.
TADQIQOT NATIJALARI
Bu ikki zabardast san'atkorlar hayotda katta hurmat bilan bir- birlarini ustoz deb yurganlar. Orifxon Hotamov o'zining yangi ijodlarini albatta Rasulqori Mamadaliyevga ko'rsatar edilar. Rasulqori Mamadayev esa bu asarlami darrov o'zining uslubiga solib ijro etardi. Buni yorqin misolini, ustozning magnit tasmalarida qoldirgan yozuvlarida ko'rishimiz mumkin. Ularda Rasulqori Mamadaliyev - "ustozim Orifxon Hotamov musiqasi" degan iboralami ko'p ishlatganlar. Shu bilan birga qayd etishim kerakki, men Orifxon Hotamovning uylarida Rasulqori Mamadaliyev imzosi bilan ikkita xatni ko'rganman. Bilmadim, bu xatlami ustozning bolalari yozib, ustozni o'zlari imzolaganlarmi... Shu xatlarda "G'oyibona ustozim Orifxon Hotamovga, eshitdim to'y qilayotgan ekansiz, Albatta men shu to'ylarda ishtirok etaman." degan so'zlar yozilgan. Rasulqori Mamadaliyev Orifxon Hotamovning deyarli barcha yaratgan asarlarini ijro etgan inson. Jumladan, "O'ldiroyin dermusan", "Qoshi yosinmu deyin", "Qaro bo'libdi" va h.k. Ulami orasida manmanlik va kibrga berilish yoki, men katta ashulachimanku degan gaplar umuman bo'lmagan. MUHOKAMA
Orifxon Hotamov Jo'raxon Sultonovdan Abdurahmon Jomiy so'zi bilan aytiladigan Sodirxon Hofizning "Sodirxon Ushshog'i" asarini o'zgacha bir ixlos bilan o'rgangan ekanlar. Ushshoqlarning bir namunasi sifatida "Sodirxon Ushshog'i" xalqimizning ardog'iga aylangan. "Ba yak karashma" so'zi bilan xalq orasida ommalashgan bu asar mumtoz xonandalarning barchasini o'ziga rom etgan desak mubo- lag'asiz bo'Iadi. Har qanday xonanda bu asarni ijro etishni orzu qiladi. Lekin, bu asaming asl ijro uslubi ayrim ustoz xonandalardagina asralib qolingan. Shunday ijrolardan biri Jo'raxon Sultonov talqinidir. Jo'raxon Sultonov bu asarni Sodirxon uslubida ijro etgan va o'z shogirdlariga bu uslubni saqlanishiga katta e'tibor berilishini uqtirib o'tganlar.
Orifxon Hotamov "Sodirxon Ushshog'i" ashulasini ustozi Jo'raxon Sultonovdan o'rgangan. Bu asami ustoz o'zlashtirib, albatta o'z uslubiga moyilroq qilib ijro etadi. Asaming falsafasi, jozibasi, ichki tuzilish va harakatlari har qanday ijodkomi ilhomlashtirishga qodirdir. Bu jihat Orifxon Hotamovni ham ijod sarhatlarida yangi sahifalami ochishga undaydi. Shu bois Sodirxon hofiz ijodi bilan yaqindan tani- shishni maqsad qilib qo'yadi. Bu maqsadni amalga oshirishda do'sti, ijodiy maslakdoshi, xalq hofizi Marufxo'ja Bahodirov bilan qadrdonligi ijobiy natijalami beradi.
Orifxon Hotamov Ma'rufxo'ja Bahodirov bilan 50-yillardan do'stlashib, ijodiy jihatlama ko'p muloqotda bo'lgan. Yillar davomida bir-birlaridan o'rganib, musiqiy merosni o'zlashtirib, ijro uslublarini qunt bilan egallab kelganlar.
Ustoz Orifxon Hotamovning talqinida taqlid sezilmaydi, bunga urinishni ham ko'rish mumkin emas. Balki, Orifxon Hotamov Sodirxon hofizning asarlarini asl holatini saqlab qolgan. Faqat o'zining uslubida ijro etadi. Eng avvalo aytish kerakki, Sodirxon hofizning musiqiy namunalarida erkin ijroga katta e'tibor berilgan. Orifxon Hotamov bu asarlarni o'z ijro uslubiga mos
holda va bir tekisdagi usulga tayanib, sokinlik bilan ijro etadi.
Darhaqiqat, mumtoz musiqa merosimiz cheki yo'q ma'nolar ummonidir. Gap uni mukammal o'rganish, bilish va bilimli talqin etishda. Bu jihatlarga Shashmaqom ijrochiligi o'rnak sifatida xizmat qiladi. Orifxon Hotamovning baland va tik ovozli shogirdlar bilan ishlashi, ularga ustozlami o'gitlarini uqtirishi, uslubini singdirishi va juda talabchanlik bilan mumtoz ashulalarni o'rgatishining zaminida ham oddiygina ustozlar haqiqati turishini anglash qiyin emas.
Orifxon Hotamovning san'atkorlik sohasidagi xislatlaridan yana biri - bu san'atkor odobiga katta e'tibor berishidir. San'atkor xalqning ko'zgusi, obro'si va e'tibori deb, shogirdlami doimo shunga qarab tarbiyalar edilar. San'atkor uchun muhim bo'lgan tomonlar quyida- gilardan iborat bo'lib, doimo xalqning nazarida bo'lishi qayd etiladi:
- Odobi va axloqiy jihatdan benuqson bo 'lish;
- Aytgan so 'zida, va 'dasida turish va uni amalga oshirish;
- Oilani muqaddas deb bilish;
- Kattani hurmat qilish, kichikka izzatda bo 'lish;
- Olz kasbiga sadoqatli boiish;
- Musiqiy merosga har tomonlama hurmat bilan yondoshish, buzmasdan raso ijro
etish;
- Ustozlar an 'anasini qadrlash va uni munosib davom ettirish;
- Bor bilimini shogirdlarga o 'tkazish;
- Doimo toza kiyinib, go 'zal ko 'rinishda bo 'lish;
- Xulqi bilan namuna bo 'lish;
- Shogirdlarga namuna bo 'lish.
Orifxon Hotamovning shogirdlarga nisbatan bir sirli munosabatlari bo'lardi. Shogird har qanday asami raso aytganda ham uni maqtamas edilar. Chiroyli aytishga harakat qilgin deb, boshqa shogirdlariga uning ijrosi ma'qul bo'lganligini faxr bilan namuna qilib ko'rsatar edilar. Ijrosi noma'qul bo'lgan, ya'ni talqinda shu ashulaga xos tarannum bo'lmagan yoki uddasidan chiqa olmagan xonandalarga esa, "bu ashulani aytibsan, yomon emas. Lekin, sen bu ashulani aytmay qo'yganing ham yaxshi boiardi" deb, ustozlar imtihomning natijasini aytgandek, to'g'risini aytib qo'ya qolar edi. Darhaqiqat, agar mumtoz musiqaning qoidasi bo'lmaganda va unga rioya qilishda ustozlar nazorati bo'lmaganda merosning holi nima kechar edi...
Orifxon Hotamov juda xoksor inson. Juda katta hofiz bo'lgani bilan hayotda juda oddiy inson. Bu kishida o'zini baland qo'yish, hurmat talab qilishi, o'zini ko'rsatish degan narsalami o'zi hech qachon bo'lmagan. Tabiatan san'atni eng murakkab jarayonlarida tarbiyalanib shunga sodiq qolgan inson. Shu bois ustozning barcha faoliyatidagi ish va uslub tamoyillarida mukammallik, baland va tik ovoz, sof va toza ijro, shunga sadoqatli bo'lish, ortiqcha bezaklarsiz asami o'zini mohiyatiga xos ijro etish, kuy va so'z mazmunini anglab talqin etish, iboralarga e'tibor berish, savodsiz ijroni tan olmaslik, ustozlami an'anasiga asoslanish kabi xususiyatlar o'rin olgan.
Orifxon Hotamov xislatlaridagi yana bir jihatni ko'pchilik qadrlaydi. Ya'ni, u kishi g'iybatni yomon ko'radigan va umuman bunday mavzuli suhbatga aralashmaydigan inson. Ijodiy suhbatga tashna odam bo'lgan. Hech qachon choyxonalarga chiqib o'tirishganlarini eshitmaganman. Bo'sh vaqt bo'ldi deguncha kitob va g'azal mutolaasi bilan band bo'lishga oshiqar edilar. Ustozni uylarida alohida xonalari bo'lib, bu xonada ovoz yozadigan magnitafonlar, dutor, tanbur, skripka va pianinolar bor. Kitoblami esa sanog'i yo'q. Asosan, klassik shoirlar kitoblarini oldingi davrlarda
nashr etilgan nusxalari o'rin olgan. Bu bilan oxirgi davr, yangi zamon shoirlarini kitoblari yo'q demoqchi emasman. Lekin, asosan Jomiy, Navoiy, Lutfiy, Mashrab, Maxtumquli, Ogahiy, Huvaydo, Hiloliy, Gadoiy, Zavqiy, Xislat, Muqimiy, Charxiy, Chustiy kabi shoirlami kitoblari o'rin olgan (3, 45).
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Orifxon Hotamov ijro etgan asarlarning ohangining jozibadorligi, yuksak badiiyati, ohorli tashbehlarga boyligi, teran va sofligi bilan ajralib turadi. O'zbek xalq ijodi ulkan meros bo'lib, bugun u har jabhada tamaddun uchun xizmat qilmoqda. Xonandalik san'ati bevosita musiqa va adabiyotning uyg'unligi sanaladi, ijodkor har jihatdan mukammal asar yaratish uchun yuksak saviyaga, ma'naviy darajaga ega bo'lishi lozim. Texnik imkoniyatlar rivojlanib ketgan bugungi davrda insonlar qalbida jonli ijroga bo'lgan muhabbat sira so'ngani yo'q. Musiqa madaniyati shaxsda yuksak axloqiy tarbiyani shakllantiradi. Ayniqsa, milliy musiqa san'ati bu borada ilg'or texnologiyalardan ham kuchliroqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. S.Begmatov "Orifxon Xotamov". "Yangi asr avlodi". T.: 2000-y.
2. B.Do'smurodov, © "Nishon-Noshir" nashriyoti, 2013-y.
3. B.Do'smurodov "An'anaviy xonandalik". T.: 2015-y.
4. V.B.Shomaxmudova, "Xor lugati", T.: "Musiqa" 2009-y.
5. S. Begmatov . "Hofizlik san'ati" O'quv-uslubiy qo'llanma. T.: "Musiqa" 2007-y.