JO'ROVOZLIK SAN'ATI
Boltaboyeva Umidaxon Mansurjonovna
O'zDSMI FMF
Annotatsiya: Ushbu maqolada jo'rovozlik ijro an'analarining ayrim xususiyatlari xususida jo'rovozda kuylash, yosh iste'dodli xonandalar, jo'rovozlikda ovozlarning bir-biriga mutanosibligi katta ahamiyatga ega ekanligi haqida hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: Musiqa, bastakor, xalq qo'shiqchiligi, ovoz, katta ashula, jo'rovozlik, klassika.
THE ART OF CRUELTY
Boltaboyeva Umidaxon Mansurjonovna
FRB UzSIAC
Abstract: This article discusses some of the characteristics of the traditions of violent performance, such as the importance of singing in violence, young talented singers, and the balance of voices in violence.
Keywords: Music, composer, folk song, voice, big song, violence, classical.
Musiqa san'atining olami juda keng. Uzoq o'tmishdan boshlangan sehrli ohanglar ummoni asrlar davomida juda ulkan merosga aylangan. Tarix davomida musiqa san'atining behisob namunalari shakllanib, avloddan-avlodga o'tib, rivojlanib keldi. O'z ravnaqi jarayonida esa, musiqa turlarga bo'linib, muayyan xususiyatlar doirasida alohida-alohida janrlarga ajratilgan. Ijodiyot esa ana shu janrlar negizida amalga oshirilib, rivojlanib keldi.
O'zbek musiqa san'ati boy va ulkan merosga egadir. Undagi namunalar orasida oddiy allalardan tortib, yirik-yirik maqom asarlarigacha mavjud bo'lgan har bir namuna va janrlar o'z shakli, mazmuni, ta'sir kuchi, ijro vaqti va an'anasiga ega. Ijodiyot jarayoni ana shu mezonlarga asoslangan holda muntazam ravnaq topib keladi. Uning asosiy ijodkorlari musiqa olamining sehrlarini anglab, qalblarga taqdim etuvchi xalq bastakorlaridir. Shuning uchun musiqa san'atining doimo rivojlanib, yangilanib boruvchi xususiyati aynan bastakorlar bilan uzviy bog'liqdir.
O'zbek musiqasining zamonasiga, an'anasiga xos tarzda rivoj topishida bir qator nomdor bastakorlar samarali ijod qilganliklarini alohida aytib o'tish lozim. Xoji Abdulaziz Abdurasulov, To'xtasin Jalilov, Komiljon Jabborov, Nabijon Xasanov, G'anijon Toshmatov, Yunus Rajabiy, Imomjon Ikromov, Faxriddin Sodiqov, Orifxon Xotamov kabi taniqli bastakorlarning nomlari va ular yaratgan asarlar allaqachon
o'zbek musiqa merosidan joy olib bo'lgan. Halimjon Jo'raev va Ahmadjon Dadayevlar ana shu behisob an'analarni zamonamizga mos tarzda davom ettirishga muyassar bo'lib kelayotgan ijodkorlardandir. O'zbek mumtoz va xalq ijrochiligining an'analarida, xonandalik ijro talqinlarining juda turi ko'p. Asrlar osha xalqimizning yuksak ma'naviyati negizida betakror qadriyatlari shakllangan va asrlar osha rivojlanib kelgan. Bu qadriyatlar asrlar osha avlodlardan avlodlarga o'tish jarayonida turli ijrochilik yo'nalishlari yuzaga kelgan. Ayniqsa mahalliy ijro uslublari va shaxsiy hofizlarning ijro yo'llarini bunga misol sifatida ko'rsatish mumkin. Xalq tomonidan juda yaxshi ko'rilgan va ardog'iga aylangan ijrochilik uslublar, an'anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o'tib kelmoqda. Mumtoz xonandalik san'atining o'zi har tomonlama juda murakkabligi, ijrochidan katta iste'dod, ovoz va mahorat talab etishi bilan xalq qo'shiqchiligidan farq qiladi.
Azal-azaldan xonandaning ovozi bo'lmasa bu amalga qo'l urmay qo'ya qolgan. Ovoz, faqat aytganda chiqadigan ovozning o'zigina emas. Odatda ovoz - balandligi, diapozoni, kuchi va tusi (tembri) bilan xarakterlanadi. Lekin xalq va mumtoz xonandalik san'atida bundan boshqa insonlar qalbiga tarovat baxsh etuvchi jihatlar bilan ham sug'orilgan bo'ladi. El ichida xonanda nomini olganlarning barchasida mustahkam ovoz, shunga yarasha repertuar, bilim va mahorat bo'lgan. Shu bois bo'lsa kerak an'anaviy xonandalik sohasiga qabul qilinadigan yosh iste'dodli xonandalar, avvalambor ovoz imkoniyatlariga qarab tanlanadi. Ovoz xonandaning eng birinchi o'rinda turadigan ko'rkidir. Shu bilan birga, har bir xonandaning ovozida uning ruhiyati va qalbi bilan bog'liq jarangi, tarovati, mungi bo'ladi. Ana shu xususiyatlar xonandaning xonishidagi joziba va ma'noni bildirib turadi. Ijrochilik amaliyotida yakka xonandalik bilan dovruq taratgan xonanda-hofizlar sanoqli o'tganlar. Ular hayotlarida ham va undan so'ng ham doimo ijrochilik amaliyotining rivojida o'rnak bo'lib keladilar. Zero, mukammal ijro doimo o'zidan keyingi avlodlar uchun ibratdir. Xonandalik amaliyotida yakka xonish bilan birga qo'sh ovozlarda xonish qilish, azaldan butun dunyo xalqlari ijrochilik amaliyotida qo'llanib kelingan. Bu an'ana hozirda ham turli ko'rinishlarda davom etib kelmoqda. Jo'rovozlik ijro an'analarining ayrim xususiyatlari xususida va turli jihatlari to'g'risida ustozlar bir qator fikrlarni aytib ularni o'ziga xos sabablari bo'lganligini qayd etib o'tadilar. Birinchidan: katta davralarda ovozni kuchaytirish (ijro hammaga yetib borishi); ikkinchidan murakkab asarlarni ijrosida ovozni toliqtirmaslik, ya'ni galma-galdan ijro etish; uchinchidan bir ijroni o'zida ikki yo'lda talqin etish va h.k.
Hattoki, musiqa nazariyasining eng yuqori bosqichlaridan biri polifoniya so'zining kelib chiqishini ham aynan jo'rovozlikka asoslaganlar. O'zbek xalq musiqa ijrochiligida ham jo'rovozda kuylash azal-azaldan xalqimiz orasida keng ommalashib kelgan. Uning professional ko'rinishi, ya'ni mumtoz musiqa ijrochiligida muayyan janrlar korinishida amaliyotda shakllanib rivojlanib kelingan. Jumladan, katta ashula,
maqom ijrochiligi va hakazolardir. Jo'rovozlikda ikki va undan ortiq ovozlar (erkak ovozlar) birgalikda xonish qilinganga aytilib kelingan. Qayd etilgan janrlarning ijroviy xususiyatlarida aynan bu jihat bilan bog'liqlik borligini qayd etish lozimdir. O'zbek musiqa ijrochiligining mumtoz yo'llariga mansub ashulalarini, yallalarini qo'sh ovozda aytish, XX asring birinchi choragidan so'ng ijro amaliyotiga kirib kelganligi risolalarda bayon etilgan. Uning kelib chiqishiga ham aynan katta ashula ijrochilik uslublari zamin bo'lganligini e'tirof etish lozimdir. Chunki aynan katta ashulachilar tomonidan bu uslubda aytish rasm bo'la boshlagan. Katta ashula ijrochiligidan farqli o'laroq soddaroq va o'z o'rnida mukammallik jihatlarni o'zida mujassam etgan ijro yo'li deyish mumkin. Ya'ni, Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlar ijrosida mumtoz yallalar va mumtoz ashulalar jo'rovozlikda ijro etila boshlangan. Shundan so'ng Akmalxon va Boboxon So'fixonovlar, Shoqosim, Shoolim va Shoakbar Shojalilovlarning ijro faoliyatlarida jo'rovozlik ijodi keng ommalashganligini guvohi bo'lamiz.
Orifxon Hotamov ham o'zining xonandalik faoliyatini ko'p qismini jo'rovozlik ijrosi amaliyotiga va uning rivojiga baxsh etgan ustoz san'atkorlardan biridir. Jo'rovozlik ijrochilik san'atini Orifxon Hotamov ustozlari Jo'raxon Sultonov va Ma'murjon Uzoqovlardan o'rganishga muvaffaq bo'lgan. Katta ashula ijro uslubiga xos bo'lgan ushbu ijro uslubi xonandadan katta san'at talab etadi. Ijrochilik jihatlaridan tashqari o'ziga xos tomonlari borki, bu tomonlar tinglash, anglash, his etib talqin etish bilan bog'liqdir. Ikki va undan ortiq ovozlarning bir meyorda, bir xil va bir-birini ham mazmunan, ham mantiqan va ham shaklan bir-biriga mutanosib davom ettirish jo'rovoz likning eng ahamiyatli tomonlaridandir. Jo'rovozlikning talqin mezonlari bir qator uslubiy yo'llariga ega. Bulardan, ikki ovoz bir-biriga jo'r bo'lib kuylash, ya'ni jo'rovozlikda bir xil kuylash; katta ashula uslubida birin-ketin kuylash va nihoyasida qo'shilishib kuylash; duet uslubida kuylash; erkak ovozlarning jo'rovozligi; erkak va ayol ovozlarning jo'rovozligi; polifonik uslubda ikki yo'lga ega bo'lgan musiqiy namunalarni kuylashdan iboratdir.. Har bir uslubning ijro jarayonida muhim hisoblangan jarayon, bu xonandalarning ijrosidagi ovoz talqinlarini mutanosibligidir. Ovozlar har xil tusga (tembrga) ega bo'lishi ham unchalik tafovutlarga sabab bo'lmaydi. Aksincha, bir - birini boyitib, ularning jo'rovozligida inson ruhiyatiga mos keladigan o'zgacha ovoz tembrlari hosil bo'lishi ham ehtimoldan xoli emas. Lekin, jo'rovozlikda ovozlarning bir-biriga mutanosibligi katta ahamiyatga egadir. Orifxon Hotamov o'zining ijrochilik faoliyatida ustozi Jo'raxon Sultonov, safdoshlari Eson Lutfullayev, Hakimjon Fayziyev, ukalari Ahrorxon Xotamov, o'g'illari Ismoilxon, Muhammadxon Hotamovlar bilan' birgalikda hamnafaslik qilganliklarini e'tirof etish lozimdir. Ularning har bir jo'rovoz hamnafaslarining o'ziga xos jozibasi va ruhiyati bo'lgan. Lekin, ijro uslubga ustoz Orifxon Hotamovning talqini asos bo'lganligini aytib o'tish lozimdir. Jo'rovozlikda bir necha yillar faoliyat olib borgan ustoz Orifxon
Hotamov bu borada shogirdlarga nisbatan o'zgacha munosabatlarni ko'p o'ylaydigan inson boMganlar. Jo'rovozlikning turli jozibalarini Orifxon Hotamov klassik namunadalardagi operalarda qo'llaniladigan duet va triolar ijrosidan, g'arb musiqasining turli xalq ommaviy qo'shiqlar ijrolaridan qidirardilar. Chunki har qanday jo'rovozlikning o'z shakli, mazmuni, yo'nalishi, talqini, jozibasi va falsafasi mavjuddir. Uni qo'llashning o'zi bo'lmaydi, chunki, ovozlar mutanosibligi, ijro silliqligi, ijrochining mahorati, bilimi, ijro talqini va tafakkur doirasining bir biriga mosligi bu jarayonda o'zini namoyon etishi begumondir. Shuning uchun jo'rovozlik ijrochiligiga bir-biriga mos xonandalarning tanlanishi juda mushkuldir. O'zbekisonda Ozarbayjon respublikasining adabiyoti va san'ati dekadasi kunlarida, Navoiy nomidani opera va balet teatri binosida Ozarbayjon san'at ustalarining konsert namoyishi bo'lib o'tadi. Shunda butun jahonga mashhur Ozarbayjonlik betakror ovoz sohibi Shushinskiy Alek Piyero bilan birgalikda duet ijro etadi. Ijroda ular opera san'atining jahon klassik namunalaridan va ozar xalq va klassik musiqa namunalarini shu darajada ijro etadilarki, ulaming jo'rovozlik mahoratiga tasannolar o'qiladi. Bundan katta ta'sirlangan Orifxon Hotamov ham o'zbek xalq xonandalik san'atida erkak va ayollarining mutanosib ovozlarda jo'rovozliklari xususida izlanadi. Shogirdlari Mahbuba Hasanova va Matluba Dadaboyevalarga bir ikki asarlarni jo'rovozlikda o'tgatadi va ularning ovozlarini bunga moyilligiga amin bo'ladi. Lekin, Shushinskiy bilan Alek Piyerolarning duetiga o'xshagan ijro amalga oshirish uchun qizlarning ovoziga mos keladigan erkak- tenor ovoz zamirligi haqida o'ylaydi. Bunday imkoniyatni ustoz o'zining shogirdi Beknazar Do'stmurodovda ko'radi. Uning ovozining tikligi, eng muhimi jo'rnavozlikka moyilligi xususida ishlar olib boradi. Ularning ovozlarini har tomonlama o'rganib muayyan asar ustida ish olib boradilar. Matluba Dadaboyeva, Mahbuba Hasanova va Beknazar Do'stmurodovlardan ashulachilar triosini tashkil etib, ularga-mashhur bastakor To'xtasin Jalilovning "Yolg'iz" ashulasini o'rgatadi. Ikki qismdan iborat bo'lgan "Yolg'iz" ashula namunasi, ijrochilik amaliyotida bir qator xonandalar tomonidan turli uslublarda maromiga yetkazib ijro etilganligini musiqa ixlosmandlarigina biladilar. Qayd etish joizki har bir ijrolar o'ziga xos talqin etilgan. Qolaversa bu ijrolarda biz har bir hofiz talqinining o'ziga xoslik jihatlari borligiga ishonch hosil qilamiz.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Rajabov. "Maqomlar", T., 2006 y.
2. Y.Rajabiy. O'zbek xalq musiqasi" I-FV j. T., 1057-1959 yy.
3. S.Begmatov. "Orifxon Xotamov", T., 2000 y.
4. O'.Rasulov. "Betakror bastakor", O'zbekiston adabiyoti va san'ati, 2012 y.
5. O.Matyoqubov. "Maqomot", T., 2004 y.
6. O'.Rasulov. "Ko'zga aylansin ko'ngil", T., 2012y.
7. B.Shomaxmudova, "Xor lug'ati", T., "Musiqa" 2009 y.
8. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.
9. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.
10. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.
11. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.
12. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.
13. Хатамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.
14. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
15. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУХЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.
16. Болтабоева, У. (2021). МУСИКАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
17. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).
18. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).
19. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.
20. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.
21. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.
22. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
23. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.
24. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.
25. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.
26. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.
27. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).
28. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.
29. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
30. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.
31. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.
32. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).
33. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.
34. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.
35. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
36. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
37. Дехдонов, Р. (2020). СОГЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).
38. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.
39. MaganneB, A. (2021). HO^AB-TAT K^FHPTOK TEATP-TAPH^A AKTEP.THK CAHLATH MACA.TA.TAPH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.
40. MaganneB, A. (2021). KYfhPhOK Tearpn aKTepHHHHr nnacTHK HMKOHH^TnapH. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.
41. MaganneB, A. (2021). KyfhPhok Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.
42. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).
43. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCTABCKHH TAL-THMOTH^A AKTEPHHHr CA^HABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.
44. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP^HK MA^OPATH OAH.TAPHHH HHABAUHOH YKHTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.
45. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.
46. Fo^ypoBa, B. (2020). AKTEPHHHr HYTKHHH TAKOMHT-TAfflTHPHmAA HHHOBAЦHOH TEXHO-nOrHOAPHHHr A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).
47. nynaroB, P. (2020). «MHP3O Y.TYFBEK» TPATE^H^CHHHHr ^PATHTHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).
48. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).