Научная статья на тему 'MAQOMLARNING BASTAKORLIK SAN'ATIGA TA'SIRI'

MAQOMLARNING BASTAKORLIK SAN'ATIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
84
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mumtoz / an’anaviy xonandalik / qo‘shiqchilik / maqom / meros / diopazon / improvizatsion ijrochilik / bastakorlik san'ati. / classical / traditional singing / singing / status / heritage / range / improvisational performance / composition.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Rahmonova, Dinora Qosim Qizi

O‘zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma’naviy merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma’naviy boyliklar asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning milliy an’analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma’naviy merosni o‘rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining asosiy omillaridandir. Ushbu maqolada maqomlarning bastakorlik san'atiga ta'siri xususida so‘z yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF MAKOMS ON THE ART OF COMPOSITION

Uzbek folk classical music is one of the foundations of the spiritual heritage of our people. The national traditions and values of our people are embodied in the great heritage created on the basis of material and spiritual riches. The study of spiritual heritage, its modern development is one of the key factors in the development of any period. This article discusses the influence of maqoms on the art of composition.

Текст научной работы на тему «MAQOMLARNING BASTAKORLIK SAN'ATIGA TA'SIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MAQOMLARNING BASTAKORLIK SAN'ATIGA TA'SIRI

Rahmonova Dinora Qosim qizi

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti, Ashula va raqs yo'nalishi

talabasi

ANNOTATSIYA

O'zbek xalq mumtoz musiqa ijodiyoti xalqimiz ma'naviy merosining negizlaridan hisoblanadi. Moddiy-ma 'naviy boyliklar asosida yuzaga kelgan ulkan merosning zaminida xalqimizning milliy an 'analari, qadriyatlari mujassam topgan. Ma 'naviy merosni o 'rganish, zamonga mos rivojlantirish har bir davr taraqqiyotining asosiy omillaridandir. Ushbu maqolada maqomlarning bastakorlik san'atiga ta'siri xususida so 'zyuritildi.

Kalit so'zlar: mumtoz, an'anaviy xonandalik, qo'shiqchilik, maqom, meros, diopazon, improvizatsion ijrochilik, bastakorliksan'ati.

INFLUENCE OF MAKOMS ON THE ART OF COMPOSITION

Rakhmonova Dinora Kasim kizi,

student of singing and dancing of Uzbek State Institute of Arts and Culture

ABSTRACT

Uzbek folk classical music is one of the foundations of the spiritual heritage of our people. The national traditions and values of our people are embodied in the great heritage created on the basis of material and spiritual riches. The study of spiritual heritage, its modern development is one of the key factors in the development of any period. This article discusses the influence of maqoms on the art of composition.

Keywords: classical, traditional singing, singing, makom, heritage, range, improvisational performance, composition.

ВЛИЯНИЕ МАКОМА НА ИСКУССТВО КОМПОЗИЦИИ

Рахмонова Динора Касым кизи

студентка Узбекского государственного института искусств и культуры, по

специальности «пение и танцы»

АННОТАЦИЯ

Узбекская народная классическая музыка - одна из основ духовного

наследия нашего народа. Национальные традиции и ценности нашего народа

воплощены в великом наследии, созданном на основе материальных и духовных

1112

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

богатств. Изучение духовного наследия, его современное развитие - один из ключевых факторов развития любого периода. В статье рассматривается влияние макомов на искусство композиции.

Ключевые слова: классика, традиционное пение, маком, наследие, диапазон, импровизационное исполнение, искусство композиции.

KIRISH

Shubhasizki, xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodlardan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Chunonchi, bu jarayon musiqa san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar kabi milliy musiqa san'ati ham nazariy hamda amaliy jihatdan keng o'rganilib, har tomonlama ravnaq topib kelayotganligi sir emas. Buning asosiy sabablaridan biri respublikamizda xalqimiz o'tmishini o'rganishga, buyuk allomalar yaratgan ilmiy merosni idrok etishga, sohaning amaliyotini o'zlashtirish bilan birga nazariy mezonlaridan bilim olishga katta e'tibor qaratilayotganligidir. Asosiy maqsad ham yoshlarimizni komil inson sifatida hech kimdan kam bo'lmagan barkamol avlodni tarbiyalashdan iboratdir. Zero, «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori, avvalambor, farzandlarimizning unib-o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishiga bog'liq».

Darhaqiqat, san'at millatning ma'naviy boyligi, hayotining ko'zgusidir. San'atlar ichida musiqa xalqqa tez yetib boradigan, keng ommalashgan turi hisoblanadi. Musiqa san'ati o'zining qadimiyligi, janrlarga boyligi, mazmun-mohiyatan keng qamrovliligi, ommabopligi bilan jamiyat turmush hayotining ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Musiqa san'atining muhim tarmog'i musiqa ijodiyoti va ijrochiligidir. Musiqiy namunalar yaratilish va ijro etish kabi mezonlarni o'z ichiga oladi. Ularni tugal asar shakliga keltiradigan, ohang va sadolar orqali insonga ruhiy ozuqa beradigan kuy va qo'shiqlarning yaratilishi bastakorlik ijodiyoti bilan bog'liqdir. Bu, albatta, musiqa san'atining eng muhim tarmog'i hisoblanadi. Demak, musiqa yaratuvchilari, ya'ni bastakorlarning ijodiyoti xalq ma'naviyati, madaniyati, tarixi, an'ana va qadriyatlari haqida ma'lumot beruvchi axborot manbayi vazifasini ham o'taydi. Bastakorlik san'ati juda keng tushunchadir. Oddiy qilib aytganda, xalq musiqasi ham xalq tomonidan ommaviy tarzda yaratiladi va ijro etilib

1113

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

0

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

kelinadi. Demak, bu ham bastakorlik san'atining bir ko'rinishidir. Faqat ular xalqimizning hayoti, voqelik, marosim va udumlariga bog'liqligi bilan ajralib turadi. Ana shu jarayonning ravnaqi, ya'ni milliylikning rivoji, xalqimizning tafakkuri, ma'naviyati, ma'rifiy kamoli, jamiyat rivoji va buyukligini musiqiy ohanglarda muayyan shakllarga solib tasvirlab berish - bastakorlik amallari desak, to'g'ri bo'ladi. Zotan, bu amal muayyan shaxs, ya'ni musiqa bilimdoni tomonidan amalga oshirila di. Eng muhimi shundan iboratki, bastakorlik ijodiyotining mahsuli, xalqning ma'naviy dunyosini zamonasiga mutanosib holda aks ettirib, yana xalqqa taqdim etishdan iboratdir. Unda zamon nafasi, milliy an'analar, xalqning dunyoqarashi, ruhiyati, falsafasi, e'tiqodi, estetikasi kabi jihatlar mukammal uyg'unligini topishi lozim. Musiqashunoslik ilmida bastakorlik ijodiyotini o'rganish va tahlil etishga alohida e'tibor berib kelinganligini qayd etish lozim. Ushbu ilm-fan yo'nalishida, folklor va og'zaki professional musiqaning o'ziga xosliklari, yaratuvchi namoyandalari haqida so'z yuritilgan ilmiy risolalar, monografiya va ilmiy maqolalar orqali bastakorlik ijodiyoti yoritilib kelinadi. Bastakorlik ijodining nazariy va amaliy ildizlari haqida ko'plab olimlarning ilmiy izlanishlari, ushbu soha tushunchasi hamda qarashlarni kengaytirishga qaratilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Oxirgi chorak asr xalq musiqa ijodiyotida o'ziga xos davr bo'ldi. Bastakorlik ijodiyotida ushbu davrni qayta tiklanish sinovi desa bo'ladi. Chunki bastakorlikda turli uslublarning jonlanishi va ularning ichida an'anaga xos uslubning afzalligi isbotini topayotgandek. Bular, asosan, kuylarni qayta ishlash, nag'ma pardozlikka (aranjirovka), taqlid va ko'chirmachilikka e'tibor kuchaygan jabhaga taalluqlidir. Mumtoz musiqaga bo'lgan e'tiborning tiklanishi va qayta inobatga olinishi, ommaviy musiqa madaniyatining kirib kelishi va taqlidchilikning kuchayishi, ularga ergashish va badihago'ylikka berilib ketishlik o'z natijasini ko'rsatdi. Oqibatda, o'zbek bastakorligining azaliy an'analari, ustoz-shogird saboqlarining asosliligi, tarix davomida shakllangan bastakorlik ijodiyoti hamda ta'limi amaliyotda o'z ijobatini topdi. Ma'lumki, bastakorlik sohasi ijrochilik an'analarining pirovardi sifatida yuzaga kelgan. Ijrochilik an'analarini mukammal o'zlashtirgan, musiqa merosini idroklagan va merosga nisbatan ijodiy munosabatda bo'lish iste'dodi bo'lgan yetuk xonanda va sozandalarning amaliyotida qaror topgan. Bastakorlik amaliyotining o'zi bir qator tabiiy, hayotiy va ijodiy qoidalarga asoslanib shakllangandir. Ushbu qoidalar, avvalo, milliy qadriyatga, makon va zamonga, shakl-u shamoyilga, xarakterga va qolaversa, bir qator musiqiy unsurlarni o'zida mujassam etishi bilan xarakterlanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

0

R

VOLUME 1 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Maqomlarning bastakorlik san'atiga ta'siri xususida so'z yuritar ekanmiz, avvalo, maqomlarga xos xususiyat aqliy teranlik, mantiqiy fikrlash asosida ma'naviy fazilatning barcha qirralarini ongli ravishda o'zlashtirish orqali aqliy barkamollikka erishishni ta'minlashdan iborat ekanligini alohida ta'kidlab o'tishimiz lozim. Xalq qo'shiqlari, maqomlarning qamrov doirasi chegaralanmagan. Mazkur ijro namunalarini o'quvchilarning yosh xususiyatlari, dunyoqarashi, ahloqiy-estetik taraqqiyot darajasiga ko'ra darsliklarga kiritish ta'lim jarayonida o'quvchilarning ma'naviyatini yuksaltiradi. Hozirda ta'lim muassasalarida musiqiy ta'lim-tarbiya berishdan asosiy maqsad yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga hurmat ruhida voyaga yetishini ta'minlashdan iboratdir.

XIX asrning oxiri XX asrning birinchi yarmida maqom ijro an'analarining buyuk davomchilaridan biri, benazir hofiz va sozanda Abdulaziz Rasulov shogirdlarining ijodiy mahoratini oshirish maqsadida maqomlarni bilib olgan yosh ashulachilarga bitta ashulani turli variantlarda ko'rsatib, ularni mustaqil improvizatsiya qilishga o'rgatar edi. Ustoz shogirdlaridan shu tariqa ijro ham ijodiy barkamollikka erishishni talab qilar edi. "Ustoz-shogird" maktabi asosida maqomlarni o'rganish uzoq o'tmishda shakllangan va hozirgacha davom ettirilmoqda. Ijrochilik sabog'i azal-azaldan an'anaga ko'ra ustoz-shogird ko'rinishida amalga oshirilgan. har bir shogird o'z ustozi nazoratida va tarbiyasida bo'lgan. Musiqa san'ati va badiiy adabiyotga xos bo'lgan soz chertish, ashula aytish, so'zni to'g'ri talaffuz qilish, she'r va g'azallarning ma'nosini anglash, musiqiy merosni o'rganish doimo ustozlarning nazoratida bo'lgan. Shogirdning xalq oldida, musiqa ixlosmandlari oldidagi mustaqil xonish qilishi ustozning bevosita ijozati bilan amalga oshirilgan. Xonandalik ijro amaliyotiga ega bo'lmagan musiqa o'qituvchilarini maxsus kurslarda qayta tayyorlash, ularning mahoratini shakllantirish kerak. Aks holda ko'zlangan natijaga erishish mushkul.

REFERENCES

1. Qodirov. D. Q. An'anaviy qo'shiqchilik. Iqtisod-moliya nashriyoti. 2008-yil.

2. Begmatov.S., Karimova D., Mamirov Q. Musiqa. 6-sinf uchun darslik. G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. — T.: 2008-yil.

3. Rajabov I. Maqomlar masalasiga doir. - T., 1963

4. Jabborov A. O'zbekiston bastakorlari va musiqashunoslari. - T., 2004.

5. G'ofurbekov. Saylanma (Bastakorlik ijodiyoti tarixidan). - T., 2009.

6. Matyoqubov O. Maqomot. - T., 2004

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.