Научная статья на тему 'KATTA ASHULA IJROCHILIK JARAYONINING JISMONIY VA RUHIY ASOSLARI'

KATTA ASHULA IJROCHILIK JARAYONINING JISMONIY VA RUHIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
314
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Katta ashula” / maqom / mumtoz / ashula / ijro / diqqat / sezgi / tafakkur

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Safarov Zarifjon

Ushbu maqolada “Katta ashula” ijrochilik jarayonining jismoniy va ruhiyasoslari, musiqani badiiy anglash va tushunib yetish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KATTA ASHULA IJROCHILIK JARAYONINING JISMONIY VA RUHIY ASOSLARI»

KATTA ASHULA IJROCHILIK JARAYONINING JISMONIY VA RUHIY

ASOSLARI

Safarov Zarifjon O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada "Katta ashula" ijrochilik jarayonining jismoniy va ruhiyasoslari, musiqani badiiy anglash va tushunib yetish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: "Katta ashula", maqom, mumtoz, ashula, ijro, diqqat, sezgi, tafakkur.

PHYSICAL AND SPIRITUAL BASIS OF THE GREAT ASHULA

EXECUTIVE PROCESS

Safarov Zarifjon UzSIAC

Abstract: This article discusses the physical and mental basis of the process of performing the "Great Song", the artistic understanding and comprehension of music.

Keywords: "Great song", status, classical, song, performance, attention, intuition, thinking.

Ma'lum bir musiqiy asar uch xil ko'rinishda mavjud bo'ladi. Birinchisi nota va g'azal matni, ya'ni yozuv asosida bo'lsa, ikkinchisi, ijrochi tomonidan talqin qilingan jonli ijroda va uchinchisi, tinglovchining hayotiy tajribasi (sama'-samo) va badiiy obrazlarning u tomonidan qabul qilinishi natijasida asarni haqiqiy ijro jarayoniamalga oshiriladi.

Musiqiy asar, maqom mumtoz ashulani ijro qilish faqat o'sha yaratuvchi, bastakor yoki kompozitor notaga tushirgan fikru-hayollarining talqini bo'libgina qolmasdan, ijrochi uchun o'ta murakkab jismoniy va ruhiy kechinmalardan iborat jarayondir.

Ijro badiiy jihatdan yuksak bo'lishi uchun unda xonandaning diqqati, sezgisi, idroki, tafakkuri, tasavvuri va emotsiyasi (his-tuyg'u va hayajon) va eng asosiysi ovoz ruhiyati faol ishtirok etishi zarur. Bundan tashqari uning shaxsiy ovoz sifati, tembrining go'zal va boyligi, pardalarning (intonatsiya) tozaligi, musiqiy qobiliyati va iqtidori, quvnoqligi va jo'shqinligi, dunyoqarashi va erkin fikrlashi, xarakteri va mintaliteti aks etmog'i lozim.1 Ushbu shaxsiy sifatlarning barchasi inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyati, badiiy-ijrochilik ijodining tarkibiy qismi bo'lib, hali yaxshi

1 M.Rizayeva, "Yosh xonandalarning kamoloti" Toshkent 2003 yil. B-24

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

tadqiq qilinmagan musiqiy(psixologiya) ruhshunoslik sohasiga aloqadordir.

Inson faoliyatining barcha turlarida bo'lgani kabi, Diqqat musiqa san'atida ijrochining hissiy, intellektual, harakatga keluvchi jarayonlardagi faoliyat samaradorligining muhim shartidir. Musiqiy faoliyatning barcha turlari diqqat bilan bog'liq bo'lib, ayniqsa jamoa shaklida ijro qilishda u juda muhimdir. YA'ni ansambl bo'lib kuylashdan avval musiqa rahbari (doira, chang cho'pi)ning ko'tarilgan qo'llari, avtakt, yakkaxon va jo'rnavoz - jo'rovoz o'rtasidagi ishora va harakatlarning hammasi musiqada diqqat deb ataladi. Ayniqsa an'anaviy xonandalar jismoniy va ruhiy jihatlarining barcha tomonlarini ko'rib chiqadigan bo'lsak, ijro jarayonida ashulachining murakkab markaziy asab tizimi, butun sezgi a'zolari, ko'rish, eshitish, xotira, harakat mayllari, musiqiy-estetik tasavvurlari va aqliy faoliyatining bir-biriga bog'langan, mujassam holda chiroyli kuylashda qatnashishini guvohi bo'lamiz. Bulardan sezgi - inson organizmi tomonidan eshitish, ko'rish, hid bilish, tana sezgisi, ta'm bilish va h.k. a'zolari orqali moddiy dunyoni anglaydi.

Bu murakkab jarayonda xonandaning aql-idroki va ruhiy faoliyati kuylashga qaratilgan bo'lib, u o'z ovozi va yonidagi hamnafaslari ijrosi yoki jo'rnavoz chalayotgan musiqiy tovushlarni eshitishi, nota matni yoki boshliq harakatini ko'rishi, parda, tessitura, sakrash va avjlarni ovoz apparatida his qilishi, sezishi natijasida bosh miyaga axborot yetadi.

Narsalar yoki hodisalarning sezgi a'zolariga bevosita ta'siri orqali ongimizda aks etishiga idrok deyiladi. Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his qilinadi. O'z ijrosini eshitgan xonanda tajribasiga tayanib uni tahlil qiladi va umumlashtirgan holda xulosa yasab xatolarini tuzatish uchun qarshi harakatga shaylanadi. Ammo umumlashtirish va xulosa yasash uchun inson fikrlashi, mushohada va mulohaza qilishi zarur. Bu tafakkurning vazifasi bo'lib, Tafakkur - obyektiv borliqning fikrda, mushohada va aqlda uning tahlili va sintezi bilan aks etish jarayonidir. U oliy miyaning eng yuqori mahsuli bo'lib, idrokdan farqli o'laroq, narsalarning chuqur mohiyati va mazmunini aks ettiradi. An'anaviy xonandalikda buni uch bosqichda ko'rish mumkin. Xonanda dastlab ko'rish, eshitish, ovoz apparati va ichki tuyg'u bilan his qilish va boshqa sezgilari orqali asarni bir butun holda (she'ri, g'azali, uslubi, xarakteri, asosiy matni, tonligi, va h.k.) anglaydi va har xil mayda jihatlarini aniqlashga intilmaydi. Ikkinchi bosqichda o'z ijrochilik fikrini amalga oshirish uchun turli ijro uslublarini qo'llagan holda ovozning sadolanishi, so'zlar talaffuzi, og'iz artikulyatsiyasi, bo'g'inlar bo'linishi, metroritm, sur'at, agogika, dinamika va ashula jumlalariga aniqlik kiritadi. Qisqasi har bir asar bo'lagi ustida qunt bilan alohida ishlaydi. Uchinchi bosqich ijodiy jarayonning murakkab pag'onasi bo'lib, bunda ijrochi ko'rish, eshitib kuylash, sezgi harakat omillariga va ikkinchi bosqichda o'z tajribasidan o'tkazgan amaliyotiga tayangan holda asarni to'liq va pishiq tahlil

I ícclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

qilingan va umumlashgan shaklini bir butun holda tasavvur etadi. Tasavvur bilimning ibtidosi bo'lib, bosh miyada (analiz va sintez asosida) hosil bo'ladi va tafakkurdan farqli o'laroq ijrochi hayolida oldindan aks etadigan tushunchalar tizimi bo'lib, badiiy ijodiyotning barcha turlariga xosdir.2 Tasavvurda inikos aks etib bosh miyaga axborot yetgandan keyin bosh miya orqali buyruq beriladi va vujud reflektorlarning turtkisi ya'ni to'xtash va yo'nalish harakatlari boshlanadi. Reflektorlarga javob tariqasida ijro harakatlari va boshqa signal tizimlari ishga tushadi.

Bunda xonanda tayyor bo'lgan ashulani qanday talqinda kuylashi va uning obrazlarini hayolida tasavvur qiladi va ongida qanday shakllangan bo'lsa shundayligicha tinglovchiga taqdim etadi.

Musiqani badiiy anglash va tushunib yetishda musiqiy tasavvur jarayoni asos sifatida xizmat qiladi. Tajribali tinglovchining tasavvurida faqat jaranglab turgan tovushlar yig'indisi yoki ashulachi ovozigina eshitilib qolmasdan undan keyin keladigan ohanglar, g'azal so'zlari, kuy harakati, lad o'zgarishi, ma'lum ma'no beruvchi mavzu ham aks etadi.

Inson ruhiyatining o'ziga xos xususiyatlaridan biri His, tuyg'u va hayajon (emotsiya)dir. Kishi o'zining hayotiy faoliyati jarayonida atrofini o'rab turgan moddiy borliq bilan doimo muloqotda bo'ladi. Buning natijdasida shodu-xurramlik, qayg'u va g'am, to'lqinlanish va hayajon, mag'rurlik va iftixor, jahl va g'azab, hayratlanish, xafa bo'lish kabi boshqa ko'plab mayil va tuyg'ular (obyektiv dunyoga subyektiv munosabat kechinmalari) insonning emotsional his-hayajon holatini ifodalaydi.

Emotsiya (tuyg'u kechinmalarining shakli) ijobiy va salbiy turlarga bo'linadi. Ijobiylari: shodu-xurramlik, to'lqinlanish va hayajon, mag'rurlik va iftixor, hayratlanish va boshqalar. Salbiylari: qayg'u va g'am, jahl va g'azab, xafa bo'lish kabi omillardan tashkil topadi.

Ijrochi-xonandaning ovozi va ijrochilik faoliyati his-hayajon va emotsiya bilan chambarchas bog'liq bo'lib, u ijodkor tomonidan yaratilgan maqom, mumtoz ashula va boshqa asardagi fikr va maqsadni undagi badiiy emotsional qiyofalar tizimini tinglovchiga yetkazib bera olishi zarur. Bunda xonanda asar kayfiyatiga mos, ovoziga, o'ziga xos ravishda qizg'inlik, ifoda va joziba baxsh etgan holda kuylaydi. Ashula hech qanday emotsiya va his-hayajonsiz aytilgan bo'lsa tinglovchi yuragiga yetib bora olmaydi, uni befarq qoldiradi va ijrodan, ashulachidan norozi bo'ladi. Shuning uchun xonanda har bir asarning badiiy emotsional obrazlar mazmuniga chuqur kirib bora olishi, undagi qayg'urish, zorlanish, quvonish, tantana, hazil va boshqa kayfiyat turlarini ishonchli yoritib bera olishi kerak.

Musiqiy ruhshunoslikda badiiy obraz uch omil asosida ochib, ifodalanib beriladi. Bularning birinchisi moddiy, ya'ni asosiy matn yoki nota matni, ashulachi

2 E.Begmatov, M.Tursunpo'latov, "O'zbek nutqi asoslari" "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent 1992 yil. B-39 I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

ovozi-tovushi, kuy, garmoniya, usul, dinamika, tembr, registr va h.k. Ikkinchisi ruhiy, ya'ni kayfiyat, tasavvur, ifoda, iroda, hissiyot. Uchinchisi mantiqiy, ya'ni shakl, janr, mazmun kabi omillardir.

Xonandaning ijrochilik amaliyotida intellektual va estetik, ya'ni eng nozik va go'zal oliy nafosat emotsiya shakllanadi. Ushbu his tuyg'ular xonanda ijrochilik faoliyatida o'z oldiga aniq maqsad qo'yib ongli ravishda turli vosita va yo'llardan foydalangan holda maqomlar va mumtoz asarlardagi badiiy obrazni ochib berish uchun xizmat qiladi.

Ashula ijrochilik jarayonining jismoniy va ruhiy asoslarini chuqur o'rganish bo'lg'usi xonanda, o'qituvchi va tarbiyachi uchun juda muhim shartlardan biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kaykovus "Qobusnoma" Fors tilidan Muhammad Rizo Ogahiy tarjimasi, nashrga tayyorlovchilar: S.Dolimov, U.Dolimov, Toshkent2006 yil.

2. Rizayeva M., "Yosh xonandalarning kamoloti" Toshkent 2003 yil.

3. Matyoqubov O., "Maqomot" Toshkent 2004 yil.

4. Matyoqubov B., "Doston navolari" Toshkent 2009 yil.

5. Begmatov E., M.Tursunpo'latov, "O'zbek nutqi asoslari" "O'qituvchi" nashriyoti, Toshkent 1992 yil.

6. Rasulov O'., "An'anaviy xonandalik o'qitish metodikasi" A.Navoiy nomidagi, O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, Toshkent 2006 yil.

7. Nazarov A., "Farobiy va Ibn Sino musiqiy ritmika hususida"

8. SF qizi Yangiboyeva, ZK Fazliyeva. O'ZBEK MILLIY RAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI//Oriental Art and Culture, 2021.

9. HM HMaHKynoBa, 3K Oa^aeBa. A.HHfflEP HABOHH HOMH^ArH AAB^ATAKA^EMHK KATTA TEATPH CA^HACH^A "^A3rH KA.HE BA CEBrH PA^CH" EA.HETH C^HOrPAOH^CH^A 3AMOHABHH TA^^HH// Oriental Art and Culture, 2021.

692

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.