Научная статья на тему 'VOKAL VA UNING MUSIQADAGI AHAMIYATI'

VOKAL VA UNING MUSIQADAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1885
170
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xonanda / vokal / san’at / diafragma / ijro / nafas olish / tovush / kuylash / atakalash. / singer / vocals / art / diaphragm / performance / breathing / sound / singing / attack.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sharapov, Alliyar Rustemovich

ushbu maqolada xonandalik yo‘nalishida asosiy o‘rin tutgan vokal, uni an’anaviy, klassik va Estrada singari turlarga bo‘linish an’anasi, Yevropa vokal san’ati markazi, to’g’ri nafas olish, ijro, xonadalik nafasiga oid amaliy maslahatlar hamda diafragmali nafas olish texnikasi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VOCAL AND ITS IMPORTANCE IN MUSIC

In this article, vocals that play a key role in the direction of singing, the tradition of dividing it into traditional, classical and pop genres, the European Center for Vocal Arts, direct breathing, performance, home practical breathing tips. as well as diaphragmatic breathing techniques.

Текст научной работы на тему «VOKAL VA UNING MUSIQADAGI AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 5

educational, natural and social sciences (~) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

VOKAL VA UNING MUSIQADAGI AHAMIYATI

Sharapov Alliyar Rustemovich O'zbekiston sanat va madaniyat instituti vokal kafedrasi o'qituvchisi.

Annotatsiya: ushbu maqoladaxonandalikyo'nalishida asosiy o'rin tutgan vokal, uni an 'anaviy, klassik va Estrada singari turlarga bo 'linish an 'anasi, Yevropa vokal san'ati markazi, to'g'ri nafas olish, ijro, xonadalik nafasiga oid amaliy maslahatlar hamda diafragmali nafas olish texnikasi haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: xonanda, vokal, san'at, diafragma, ijro, nafas olish, tovush, kuylash, atakalash.

Abstract: In this article, vocals that play a key role in the direction of singing, the tradition of dividing it into traditional, classical and pop genres, the European Center for Vocal Arts, direct breathing, performance, home practical breathing tips. as well as diaphragmatic breathing techniques.

Keywords: singer, vocals, art, diaphragm, performance, breathing, sound, singing, attack.

Аннотация: В этой статье вокал, играющий ключевую роль в направлении пения, традиция деления его на традиционные, классические и поп-жанры, Европейский центр вокальных искусств, прямое дыхание, перформанс, домашние практические советы по дыханию. а также техники диафрагмального дыхания.

Ключевые слова: певец, вокал, искусство, диафрагма, перформанс, дыхание, звук, пение, атака.

KIRISH

O'zbekistonda musiqa madaniyatini shakllanishi jarayonlari, musiqada yangicha uslub, musiqa madaniyatini rivojida milliy cholg'ular o'rni va ahamiyatini, tarixiy taraqqiyot davomida xalq mumtoz musiqasi, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq bastakorlik yo'llari, shuningdek, folklor - xavaskorlik musiqiy merosi singari shaklan va usluban bir-biriga yaqin ijrochilik ko'rinishlari hamda ushbu musiqiy merosni bugungi ma'naviy madaniyatimizning bir bo'lagi sifatida namoyon bo'lishi albatta, quvonarli hol.

Xonandalik yo'nalishida asosiy o'rin tutgan vokal hozirda ancha ommalashib ketgani sir emas.

Vokalni an'anaviy, klassik va Estrada singari turlarga bo'linish an'anasi

yurtimizga yuqori darajada rivojlangan mamlakatlardan kirib kelgan. Vokalning

fiziologik tabiati barcha etnos va madaniyatlar uchun umumiy bo'lgan inson

1114

Scientific Journal Impact Factor

O

fiziologiyasidan kelib chiqib ovozni rivojlantirish metodlarini ishlab chiqaradi. Bu o'zbek qo'shiqlarini buyuk vatanimizdan tashqarida ham mashhur bo'lib ketishlariga imkon beradi. Yurtdoshlarimiz turli xalqaro konkurslar va festivallarda faol ishtirok etmoqdalar, martabali jurining bahosi va ommaning olqishiga sazovar bo'lmoqdalar.

Nazariy adabiyotlarning guvohlik berishicha, Yevropa vokal san'ati markazi va tarixiy jihatdan eng qadimiysi Italiya hisoblanadi. Eski yozma manbalarda "ekslamatsya" degan tushuncha mavjud. Bu atama hozirda deyarli qo'llanilmaydi. U "Tovushni avval kuch bilan chiqarish, keyin esa keskin pasaytirish" degan ma'noni anglatadi. O'sha davrlarda ovozni shakllantirish uchun qo'llanilgan.

Vokal - musiqa san'atining o'ziga xos turi bo'lib, eng avvalo ashula aytish mahoratini yuksak darajada o'zlashtirishga asoslanadi. Ashula aytish yakka holda, ansambl yoki xor jo'rligida ham namoyon bo'lishi mumkin. Muhimi, vokal san'ati hozirgi kunda opera, operetta, musiqali dramalar, komediyalar va Estrada konsertlarida ham keng qo'llanib kelinmoqda.

Vokalda asosiy vosita bu - to'g'ri nafas olishdir. Ijrochi nafas olinishini ro'yobga chiqarish uchun qaddini to'g 'ri tutish shartdir. Bunda orqa ko'rinishi -qaddi basti, ya'ni umurtqa pog'onasi bel qismi yaxshi egilgan va diafragma o'zining hilpirab turadigan muskulli bog'imlari yuqori bel umurtqa pog'onasiga birikadi. Bel qismi diafragma uni qisqarishida xuddi mahkam tutqich bo'lib hisoblanadi, shuning uchun bel umurtqa pog'onalari yaxshi mustahkam bo'lishi kerak.

Ijro nafasning eng murakkab vazifasi bo'lib, nazorat qiladigan va to'g'rilaydigan nafas chiqarishdir. Bu diafragmali nafasni egallashni ta'minlaydi, nafas chiqargandagi havo oqimini to'g'rilab, ko'krak qafasini ijro hajmini saqlashni to'g'ri joylaydi.

Ijro - bu nafas chiqarish mahoratidir, lekin hamma professionallar ham bu mahoratga ega emas.

Boshida hamma nafasni birinchi tovush jumlasidanoq tanlamaslikka o'rgansa yaxshi boiardi, ya'ni uni oxirigacha asta-sekin tekis oqim berib joylashtirsa. u tekis tovushni ta'minlaydi.

Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, aynan xonandalik nafasi xususida so'z ketar ekan, unga haddan ziyod e'tibor va ba'zida noto'g'ri tasavvur xonandalarga o'z ovozi, intonasiyasi jarang sifatini nazorat qilish, ijodiy momentlarga yetarli e'tibor qaratishga imkon bermaydi. Shu sababli boshlovchi xonandaga e'tiborini nafas jarayoniga ortiqcha jalb qilmaslik tavsiya etiladi. Ayni paytda uni buzishga ham yo'l qo'yib bo'lmaydi. Masalan: yelkalarni ko'tarish, qorinni chiqarish, nafasning ortiqcha

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

O

harakatlari, ayniqsa, ortiqcha havo olish, shuningdek, "nafassiz" kuylash - nafas tayanchisiz kuylash hisoblanadi.

Nafas olish normal kechsa, avval aytilgandek, kuylovchining asosiy e'tiborini chiroyli, erkin jarangga qaratish, u doimo butun ovoz hosil qilish apparati to'g'ri ishlash bilan bog'liqligini yodda tutish lozim.

Xonadalik nafasiga oid amaliy maslahatlar quyidagicha:

Kuylashni boshlamay turib, o'quvchi gavdasi rostlangan, qorin tortilgan, ko'krak bir muncha ko'tarilgan, bel va yelkalar tekis bo'li shi kerak. Xonandaning umumiy kayfiyati butun organizmning to'liq mushak erkinligi holatda ijodiy faollik, ko'tarinki kayfiyatini ko'zda tutadi, go'yo kishi yoqimli qayratlangandek. Bunda xayolan aytilgan "Ax" da pastki qovurqalar kengayadi, ularni fanasiya oxirigacha tutib turish lozim.

Nafas olish yengil shovqinsiz (burun va sal ochilgan og'iz orqali) bo'lishi lozim. Nafas soniyasining ulushida go'yo tutib qolinadi va shu "yashirin" nafasda kuylay boshlanadi. Nafasni juda tejab, nafas olish ustanovkasini saqlashga urinish kerak (xuddi havo olishda davom etayotgandek). Bu tovush tayanchini sezish imkonini beradi. Yanada chuqur nafas olish uchun o'quvchiga o'zi sevgan gul atirini sekin hidlashini tasavvur qilishni aytish lozim. Bu usul ko'plab taniqli pedagog vokalchilar amaliyotidan o'rin olgan. Xonandalik nafasini asta-sekin rivojlantirish va mustahkamlash kerak.

Yana bir muhim ko'nikma tovushni atakalash fikriga, eng yaxshisi yumshoq, lekin aniq ataka, ya'ni tovush siltashsiz va nafas olishsiz, ovoz paychalariga qat'iy zarbasiz tug'iladigan kuylashning boshlanishidir. Bu silliq ovoz hosil qilish, tobora chiroyli ovoz tembrini ta'minlaydi, to'qimalarni toliqishdan saqlaydi.

To'g'ri, ayrim hollarda, masalan, un paychalari bo'shang bo'lsa, qattiq faol ataka qo'llaniladi. Ifodalilik vositasi sifatida va metodik maqsadlarda ba'zan nafas olib atakalashdan foydalaniladi. Jarang boshlanishi kabi uning oxiri ham e'tibor talab qiladi. Tajribasiz xonandalar nafasni taqsimlay olmagani uchun frazalar oxiri notinch, beqaror jaranglaydi, jarangni "olish" to'xtatish aniqligi yo'q.

Vokal mashqlar xonandani badiiy asarini ijro etishga tayyorlaydi, ularda vokal mahorati elementlari ishlanadi. Shunday elementlardan biri ritmik uyushqoqlikdir. Bir xil ulushlar cho'zishning aniq va bir maromidaligi, pauzalarga rioya etish ma'lum saboqni talab qiladi.

Ritmik aniqlikka qat'iylik bilan erishish lozim. Odatda, kuylash oldidan, mashq berilgan tempda va barcha uzoqliklarga qat'iy rioya qilib, modulyastion sekvensiya bo'g'inlari o'rtasida pauzalarni aniq tutib chalinadi. Ta'limning birinchi

Scientific Journal Impact Factor

o

qadamlaridanoq ritm hissini rivojlantirish - zarur. Bu ko'nikmalarni tarbiyalash tizimida juda muhim jihatdir.

Oldinda turgan vazifalarni o'zlashtirish uchun mashg'ulot boshlanishdagi kayfiyat, xonandaning kuylashga tayyorligi va ijodiy holatga kira olishi katta ahamiyat kasb etadi. Faol bo'lmagan tonusi past o'quvchi yuqori natijaga erisha olmaydi.

Diqqatni jamlash, pedagog ko'rsatmalarini fiksatsiyalash, ijodiy ko'tarinkilik birinchi galda talabaning o'ziga bog'liq. Bunda uning qobiliyati, professional sifatlari namoyon bo'ladi. Zarur psixologik sozlanishda pedagogning rolini kamsitib bo'lmaydi. Uning zarur ijodiy muloqot o'rnata olish qobiliyati o'z emostional zaryadi ko'p holda talaba kayfiyatini belgilab beradi.

Bundan tashqari, diafragmali nafas olish texnikasini egallash ijroda nafas ravon yig'ilgan oqim bo'yicha mustahkam sekin chiqarilishini uzilmasligi, tezlik yaxshi shiddat bilan bo'lishiga yordam beradi. Bundan tovush tekis va jarangdor bo'ladi. Asta- sekinlik bilan havo berilishi uni jurangdor ovozli to'lqinlarga aylanishini ta'minlaydi. Nafasni shunday ishlatishni bilish, u hech qanday qoldiqsiz tovushga aylanishini, ijroda nafas chiqarishni mohirona egallanganligini aniqlaydi. O'qitilmagan ijrochilar nafas olganda ko'pincha ancha ko'p havo yutib, uni birinchi musiqali jumla tovushidayoq sarf qiladilar.

S.Fuchitoning guvohligicha buyuk qo'shiqchi E.Karuzo doimo nafasini maxsus mashqlar bilan chiniqtirgan, havoni sarflashda nazoratni yuqori malakaga yetgunicha kuchaytirgan.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, vokalda nafas olish mashqlarida haddan tashqari toliqish mumkin emas. Chunki tovush chigalligi, charchash, titrashni keltirib chiqaradi.

Xonanda har qanday bir daqiqalik sukutdan unumli foydalanishni bilishi, dam olishi uchun, toliqishni yengish uchun qaytadan mukammal faol nafas olishni bilishi kerak.

1. Mirzaev Q. Bolalar xor jamoasi bilan ishlash uslubiyoti. Tashkent,2009

2. Mirzaev Q. Aralash xor jamoasi bilan ishlash uslubiyoti. Tashkent,2009

3. Axunov V. Estradnoe penie. 2008

4. Sharafieva N. Xor sinfi. Tashkent: Musiqa, 2005

5. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti. Tashkent, 2004

XULOSA

REFERENCES

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.