Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH USLUBLARI'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH USLUBLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1879
218
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Xor / kuylash malakalari / diapazon / repertuar / dinamika / registr / tembr / ritm / cholg’u asboblari. / Choir / singing skills / range / repertoire / dynamics / register / timbre / rhythm / musical instruments.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sherzod Istamovich Shamsiyev, Shuxratjon Raximjon O’g’li Ramazonov

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’quvchilariga musiqiy ta’lim berish jarayonida vokal-xor malakalarini shakllantirish va rivojlantirish haqida fikr yuritilgan. Xorda o’quvchilar bilan ishlash uslublari sinflar ketma-ketligida bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF VOCAL-CHORAL SKILLS IN PRIMARY SCHOOLS

This article focuses on the formation and development of vocal and choral skills in the process of teaching music to primary school students. The methods of working with students in the choir are described in the sequence of classes.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH USLUBLARI»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA VOKAL-XOR MALAKALARINI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH USLUBLARI

Sherzod Istamovich Shamsiyev Shuxratjon Raximjon o'g'li Ramazonov

Buxoro davlat universiteti Buxoro davlat universiteti San'atshunoslik San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi fakulteti Cholg'u ijrochiligi yo'nalishi kafedrasi o'qituvchisi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga musiqiy ta'lim berish jarayonida vokal-xor malakalarini shakllantirish va rivojlantirish haqida fikr yuritilgan. Xorda o'quvchilar bilan ishlash uslublari sinflar ketma-ketligida bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Xor, kuylash malakalari, diapazon, repertuar, dinamika, registr, tembr, ritm, cholg'u asboblari.

METHODS OF FORMATION AND DEVELOPMENT OF VOCAL-CHORAL

SKILLS IN PRIMARY SCHOOLS

Sherzod Istamovich Shamsiev Shukhratjon Rakhimjon ugli Ramazonov

Teacher of the Department of Music Bukhara State University, Faculty of Art

Education, Faculty of Art History, History, student of instrumental

Bukhara State University performance

ABSTRACT

This article focuses on the formation and development of vocal and choral skills in the process of teaching music to primary school students. The methods of working with students in the choir are described in the sequence of classes.

Keywords: Choir, singing skills, range, repertoire, dynamics, register, timbre, rhythm, musical instruments.

KIRISH

Xorda kuylash - jamoaviy ijro faoliyatining ko'rinishlaridan biridir. U orqali o'quvchilarning kuylash madaniyati va malakalari shakllantiriladi, ularning umumiy musiqiy rivojlanishi amalga oshiriladi, o'quvchilarga ma'naviy tarbiya beriladi, ularning dunyoqarashi shakllanishi, barkamol avlod tarbiyasi amalga oshiriladi.

Xorda kuylash o'z tabiati bilan qiziqarli badiiy jarayondir. Boshlang'ich sinf o'quvchilari xorda kuylash jarayonida jamoaviy faoliyatni his etib turadilar, ular bir-birlarining ijrolarini nazorat etadilar, xatolarini ko'radilar va bir birlarini tuzatishga

intiladilar. Bir xil tovush balandligida kuylab, unison ijroning xususiyatlarini, ansamblga erishishning naqadar qiziqarli va o'ziga jalb etuvchi jarayon ekanligini bilib oladilar. Bolalardagi vokal ovoz mvajudligi yoki yo'qligidan qat'iy nazar, har bir bolada kuylash malakalarini shakllantirish mumkin. Boladagi yosh xususiyatlari va tovushni to'g'ri rivojlantirish qonuniyatlariga tayangan holda vokal imkoniyatlarini tarbiyalash tovush apparatining to'g'ri rivojlanishiga imkoniyat yaratadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'qituvchining ma'lum yutuqqa erishishi uning xorda kuylashning ahamiyatini qanchalik chuqur ekanligini tushunishi, o'quvchilarda kuylash malakalarini shakllantirish metod va tamoyillarini qanchalik bilishi, bolalar ovozining xususiyatlari, qo'shiq materialini o'zlashtirish ishini qanchalik samarali tashkil eta olishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. O'qituvchining musiqa darslarida vokal-xor faoliyatiga munosabati uning ish natijalari orqali yaqqol namoyon bo'ladi.

Bolalar vokal ovozlarini rivojlantirish uchun o'qituvchi bolalarning ovoz imkoniyatlarini bilishi zarur. Jumladan, 6-7 yoshli bolalarda bu imkoniyatlar katta emas. Chunki, ularning kuylashda ovoz apparati hali to'liq shakllanmagan.

Birinchi sinf o'quvchisining ovoz diapazoni mi1 - sol1, fa1-lya1 diapazoni oralig'ida kuzatiladi. Shuning uchun tanlanadigan ijro repertuari aynan ushbu ijro diapazoni chegarasida bo'lishi zarur.

Ikkinchi sinf o'quvchilarining kuylash diapazoni ancha kengayib, ijro jarayonida ularning ovozi asosan mi1 - si1 oralig'ida yorqin jaranglaydi. Bu tovush diapazoni ayniqsa, tinglash idroki uchun uchun ham qulay diapazon bo'lib hisoblanadi. Shu bilan birga, u tovush boylamlarining imkoniyatlari orqali belgilanadi, ya'ni tovush boylamlari hali ancha ingichka, yupqa va qisqa bo'ladi. Bu esa musiqa mashg'ulotlarida, dars jarayonida o'quvchilarning ovozini zo'riqtirmasdan, yengil va yorqin ijro etishiga erishish bilan bog'liqdir. Ikkinchi sinf oxirida o'quvchilar kuylash diapazonining o'rta chegarasi mustahkamlanadi va takomillashadi. Tovush tembri ijro etiladigan qo'shiq

1 9

xarakteriga ko'ra jilolanib, o'zgarib boradi. Kuylash diapazoni esa re - re ga tenglashadi. Ba'zi bolalarda kichik oktavaning si, lya tovushlari, ba'zilarida esa ikkinchi oktava mi tovushi ham chiroyli yangraydigan bo'lib qoladi.

1 9

Uchinchi sinfda deyarli barcha o'quvchilarning ovozi do - re diapazoniga tenglashib qoladi, ba'zilarda yuqori ovoz ikkinchi oktava mi tovushigacha chiqib qoladi. Ayrim o'quvchilardagi tez jismoniy o'sish ulardagi kuylash ovozining ham tez etilishiga shart sharoit yaratadi.

7-10 yoshdagi bolalarning ovozi keng amplitudaga ega bo'lmaydi. Ul ar ijrosida asosan mp va mf singari dinamik ottenkalarni keng qo'llash samarali natijalarga olib keladi. Albatta, ovoz diapazonining barcha chegaralarida o'quvchilardan yorqin ovoz

tembrini, yoqimli va chiгoyli ijгoni talab qilish noo^indir Bunga misol t ariqasida aytish mumkinki, ovoz diapazonining pastki chegarasida baland kuylash va aksincha, yuqori nuqtalarda past kuylashni talab qilish ular ovozining xastalanishiga olib kelishi mumkin. Ovozning sifatli jaranglashi faqat ovoz diapazonining o'rta chegaralarida yuzaga keladi.

To'гtinchi sinf o'quvchilari ijгosida pastki va yuqori diapazonda ovozlaming xaгakteгli jihatlaгi sezila boshlaydi. Bu ko'krakdan nafas olish o^ali kuylashda ayniqsa yaqqol namoyon bo'ladi. Ulaг ovozi ustida muntazam, гejali taгzda ish olib borilsa, bolalar ovozi mustahkamlanadi va rivojlanadi.

MUHOKAMA

O'quvchilaMa vokal-xor malakalarini shakllantirishda nafas olishga katta ahamiyat qaratish lozim. Buning uchun bolalarning fiziologik jihatlari hamda kuylamasdan mashq qilishiga urg'u bemasdan, asosan bevosita kuylash jarayoni vositasida vokal-xor malakalarini shakllantirishga harakat qilish kerak. Vokal ijroda bolalarning nafasni to'g'ri yo'naltiгishini, faqatgina bevosita qo'shiq kuylash o^ali amalga oshirish mumkin. Buning uchun qo'shiq va musiqiy mashqlami kuylash jarayonida nafas ustida ishlashni tashkil etish zarur.

Chiroyli va ifodali kuylash uchun artikulyasiya va diktsiyaning ahamiyati kattadir. Unli tovushlar kuylashning asosini tashkil etadi. Ularda vokal ovozning barcha sifatlari taгbiyalanadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilaгda tovush tembгi notekis namoyon bo'ladi. Bu asosan unli tovushlami "yo^in" ifodalay olmaslik natijasida paydo bo'ladi. Unli tovushla! chiroyli yangrashi uchun bolalaг kuylash diapazonining barcha chegaralarida yuqori jarangdorlikni saqlashga intilishlari zarur. Vokal-xor malakalarining yana bir tomoni, bu jamoaviy kuylashda ansamblga erishishdir Xo! asaгini bngalikda, muvofiqlashtirilgan holda kuylash, ya'ni ijroda ansamblga erishish engil kechmaydi. Ushbu xususiyat faqatgina amaliy ijro faoliyatida amalga oshadi.

NATIJA

Ovoz^ ansambli ustida ishlaganda bolalaráa ijro mas'uliyati va yonida ijro etayotgan o'rtoqlarini "his qilish"ga, o'z-boshqaгish, ijro sifatini tahlil qila olish, o'zini va butun sinf jamoasi ijrosini tinglay olishga o^gatish talab qilinadi. Bolalaг bilan ritmik ansambl ustida ishlab, turli harakatlar va bolalar musiqa asboblaridan foydalanish mumkin. Ulaгga misol tiriqasida; гitmik shaklni chapak chalib ifodalash, o'rtoqlari kuylaganda ulaгga bolalaг cholg'u asboblari oгqali jo'г bo'lishni keltirish mumkin.

Vokal-xor malakalarining yana bir qirrasi bu xor sozidir. Xor sozi ustida ishlaganda intonatsiya malakalari shakllanadi. Xor sozining ikkita shakli bo'lib, birinchisi gorizontal soz va ikkinchisi vertikal sozdir. Birinchisi ovozlarning unisonga

erishishi bo'lsa, ikkinchisi akkordlarni garmonik ijro etishdan iboratdir. Ular bolalar eshitish qobiliyatining rivojlanishi, shuningdek, eshitish va ovoz o'rtasida muvofiqlikka erishish uchun zarurdir. Chunonchi, ladni his qilish qobiliyati bo'lmasa, tiniq sozga erishib bo'lmaydi, shuning uchun o'quvchilarda lad qonuniyatlarini muntazam shakllantirib borishga asosiy e'tibor qaratiladi.

XULOSA

Shunday qilib, vokal-xor malakalarini shakllantirish ustida ishlash orqali o'quvchilarning xor asarlarini ifodali ijro etishlariga erishiladi. Bu ish o'qituvchidan ma'lum bilimlarni, malaka va ko'nikmalarni, asosiysi, xor ijrosiga chuqur muhabbatni talab etadi. Maktab boshlang'ich sinflarida musiqiy ta'limni tashkil etish o'quvchilarni kichik maktab yoshidan boshlab san'at asarlariga bo'lgan qiziqishini shakllantirishga, ularda milliy musiqa san'atimizga nisbatan ijobiy tasavvurlarni rivojlantirishga ko'maklashadi.

REFERENCES

1. Karimova D. Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. - T.: Iqtisod-moliya, 2008.

2. Mirzaev Q. Vokal-xor jamoalari bilan ishlash metodikasi. Toshkent - 2010.

3. Mirzaev Q. Bolalar xor jamoasi bilan ishlash uslubiyoti. Toshkent O'zRFAAK bosmaxonasi - 2009.

4. SHaripova G.. Musiqa va uni o'qitish metodikasi (metodik qo'llanma). Toshkent -2006.

5. Akbarov I. Musiqa lug'ati. Toshkent - 1997.

6. Алаева, З. М. (2020). Педагогика как наука и искусство воспитания. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

7. Алаева, З. М. (2021). РОЛЬ НАЦИОНАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В МУЗЫКАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ. Проблемы науки, 66.

8. Gaibullaevich, N. F. (2021). METHODOLOGICAL REQUIREMENTS FOR THE SELECTION OF BUKHARA FOLK SONGS IN MUSIC EDUCATION. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, i(01), 83-88.

9. Gaybullaevich, N. F. THE ROLE OF FOLKLORE IN THE RAISING OF CHILDREN.

10. Нуриллаев, Ф. Г., & Нурилаева, Н. К. (2020). Роль Фольклорных песен в воспитании учащихся. Проблемы педагогики, (3 (48)).

11. Шамсиев, Ш. И. (2020). Формы организации музыкального общения. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

12. Umirzakovna, N. S. (2021). WAYS TO IMPROVE LEARNING EFFICIENCY USING INNOVATIVE TECHNOLOGIES. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 1(01), 41-47.

13. Норова, Ш. У. (2020). Повышение профессиональной компетентности путем подготовки молодежи к хоровой деятельности. Наука, техника и образование, (10 (74)).

14. Norova, S. U. (2021). Imam Abu Hamid Al-Ghazali. Teacher-Student Coaching Relations. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01), 441-445.

15. Umurova, M. Y., & Nurullaeva, N. K. (2020). ТЕОРИЯ И МЕТОДИКА ОБУЧЕНИЯ И ВОСПИТАНИЯ (ПО ОБЛАСТЯМ И УРОВНЯМ ОБРАЗОВАНИЯ). Проблемы педагогики, 40.

16. Yorievna, U. M. R., & Karimovna, N. N. (2020). Innovative approach to the development of musical abilities in children with disabilities health opportunities. Проблемы педагогики, (2 (47)).

17. Yoshiyevna, U. M. R., & O'G'Li, R. A. R. (2021). MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA "VENA KLASSIK MAKTABI" NAMOYONDALARI HAYOTI VA IJODIYIY FAOLIYATI BILAN TANISHTIRISH USLUBLARI. Scientific progress, 1(3).

18. Yarashev, J. T. (2019). Research on Bukhara music heritage through axiologic features. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 7(12).

19. Yarashev, J. Т. (2013). "Bukhorcha" and "Mavrigi" song classes-as a national and noetic spiritual values of the Uzbek nation. ТРАДИЦИОННАЯ И СОВРЕМЕННАЯ КУЛЬТУРА: ИСТОРИЯ, АКТУАЛЬНОЕ ПОЛОЖЕНИЕ, ПЕРСПЕКТИВЫ., 114.

20. Yarashev, J. (2019). Artistic and Aesthetic Features of' BuchofTune. Eastern European Scientific Journal, 118-122.

21. Миршаев, У. М., & Миршаева, Д. А. (2020). Роль народных песен в нравственном воспитании учащихся. Проблемы педагогики, (3 (48)).

22. Миршаев, У. М. (2020). Музыкально-эстетическое воспитание и современные требования к учителю музыки. Вестник науки и образования, (21-2 (99)).

23. Mirshayev, U., Sh, S., Cherniavskyi, V., Asadova, S., & Aslanova, N. (2019). The important tendencies in the development of creative and creative potentials in youth. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3-3), 497-500.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.