Научная статья на тему 'MA’NAVIYAT-JAMIYAT HAYOTINING JONI VA RUHIDIR'

MA’NAVIYAT-JAMIYAT HAYOTINING JONI VA RUHIDIR Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
148
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ma’naviyat / jamiyat / madaniy meros

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Zarifjon Qо‘yliyevich Safarov, Nasiba Erkinovna Abraykulova

Buyuk ajdodlarimizdan qolgan boqiy madaniy meros, ya’ni maqom san’ati asarlari bizga ma’naviy ozuqa bо‘lish bilan birga ma’naviy tarbiya о‘chog‘i hamdir. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytib о‘tganlaridek “Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar о‘giti bilan singadi”.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MA’NAVIYAT-JAMIYAT HAYOTINING JONI VA RUHIDIR»

MA'NAVIYAT-JAMIYAT HAYOTINING JONI VA RUHIDIR

Zarifjon Qo'yliyevich Safarov Nasiba Erkinovna Abraykulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Buyuk ajdodlarimizdan qolgan boqiy madaniy meros, ya'ni maqom san'ati asarlari bizga ma'naviy ozuqa bo'lish bilan birga ma'naviy tarbiya o'chog'i hamdir. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov aytib o'tganlaridek "Ma'naviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o'giti bilan singadi"

Kalit so'zlar: ma'naviyat, jamiyat, madaniy meros

SPIRITUALITY IS THE SOUL AND SPIRIT OF SOCIETY

Zarifjon Koylievich Safarov Nasiba Erkinovna Abraykulova O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Abstract: The eternal cultural heritage of our great ancestors, the art of maqom, is not only a source of spiritual nourishment for us, but also a source of spiritual education. As the first President of our country IA Karimov said, "Spirituality is instilled in a person through mother's milk, father's example, ancestral teachings."

Keywords: spirituality, society, cultural heritage

"Ma 'naviyat-jamiyatdagi barcha siyosiy-ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va sifatini belgilaydigan poydevordir. Bu poydevor qanchalik mustahkam bo 'lsa, halq ham, davlat ham shunchalik kuchli bo 'ladi".1

Sh.M.Mirziyoyev. O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti.

Xonanda shoir so'zini musiqiy yo'l bilan tinglovchiga yetkazadi. Demak, xonandaga tushadigan og'ir yuk-bu so'zning aniqligini va to'g'ri talaffuz etilishini ta'minlashdir. So'zdagi ma'no yukini anglamagan holda kuylovchi xonanda qo'pol qilib aytganda, shunchaki yodlab o'rganilgan va ko'r-ko'rona ijro etgan "to'tiqush" misolidir. "Tariximizda benazir siymolarning mavjudligi o'ziga hos bir fenomen, ya'ni o'ta noyob hodisadir. Bu esa nafaqat bugungi, ayni paytda ertangi avlodlarimizning ham ma'naviy boyligiga aylanib, xalqimizga hech narsa bilan o'lchab, qiyoslab bo'lmaydigan ruhiy kuch-quvvat va madad berishi muqarrar"2.[3]

1 Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasidan.

2 Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"-Toshkent: "Ma'naviyat" nashriyoti. 2008 y. 50-bet.

I icclT^^^^H 560 http://oac.dsmi-qf.uz/

Milliy qadriyatlarni milliy musiqamiz orqali bolalik chog'idan singdirib va shu asosda tarbiyalab borilsa, bola ruhan pok, ma'nan yetuk bo'lib o'sadi. Oilada saqlanib kelinayotgan azaliy o'zbekona tarbiyaviy muhit bilan tashqaridan kirib kelayotgan har-hil yot g'oyalar o'rtasida bo'ladigan tafovutni teran anglaydi, salbiy va ijobiy tomonlarini ajratadi hamda unga xolis munosabat bildira oladi.

Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo'lgan milliy maqom san'ati o'zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an'analari bilan ma'naviy hayotimizda muhim o'rin egallaydi. Milliy o'zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg'ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san'atining o'rni beqiyos.3 Shu sababdan, davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 17 noyabrda "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391-sonli Qarori qabul qilindi. Ushbu qarorda O'zbek milliy maqom san'ati markazi faoliyatini tashkil etish, O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirishga doir keng ko'lamli chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish vazifalari belgilab berilgan. Mazkur dastur doirasida bugungi kungacha ko'plab ishlar amalga oshirildi. Xususan, maqom san'atining ma'naviy tarbiyada tutgan o'rni bilan bog'liq bajarilgan ishlar o'z natijasini ko'rsatmoqda.

Mumtoz qo'shiqchilik san'atining yetuk namoyandalari, ustozlar hayoti, serqirra va sermahsul ijodiy faoliyati yoshlarimizning ma'naviy olamini yuksaltiradi. Ularning ongida vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarni anglash, teran fikrlash, yot g'oyalarga qarshi kurashish kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. Ustozlar ijodiy faoliyati haqida olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlarni, yaratilgan o'quv va badiiy adabiyotlarni mutoala qilish, ular qoldirgan merosni o'rganish orqali yoshlarimiz Ona- Vatanga muhabbat, oilada va jamiyatda o'zining munosib o'rniga ega bo'lishga erishish, yaratuvchanlik, shukronalik ruhida tarbiyalanadilar.

Yoshlar tarbiyasida ustoz san'atkorlarning bizga qoldirgan ulkan merosidan foydalanish lozim. Ammo, milliy ohangdagi o'ziga hos ohanglarni tinglash orqali tarbiyalash masalasi bugungi kunda turgan asosiy muammo bo'lib qolmoqda. Jo'raxon Sultonov, Mamurjon Uzoqov, Fattohhon Mamadaliyev, Orifxon Hotamov, Ochilxon Otaxonov kabi ko'plab buyuk ustozlarimizning milliy san'atimizga qo'shgan ulkan hissasi xalqimizni o'zligini unutmaslikka xizmat qilar ekan, ijro qilinayotgan asarlar ijrosi albatta milliylikka monand bo'lishi kerak. Xaqiqiy ustozlarning ilmini olmasdan, ustoz ko'rmasdan faoliyat olib borayotgan ayrim xonandalarimiz milliy musiqamizni ko'r-ko'rona ijro qilib xalqqa yetkazayotganlari o'zlikni unutilishiga sababchi bo'lib qolishlarini anglashmayapdi. Shunday ekan, milliyligimizni aks ettiruvchi milliy

3 Президент Ш.М. Мирзиёевнинг 2017 йил 17 ноябрда "Узбек миллий маком санъатини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тугрисида"ги ПК^-3391-сонли Кдрори.

san'atimizning o'ziga hos o'rni bo'lishi shart. Holbuki, milliy san'atning o'zligiga shikast yetar ekan, qalbning yemirilishiga olib kelinishi mumkin.

Maqom ijrochiligi ta'limi quyidagi vazifalarni amalga oshirishni maqsad qilib oladi:

Birinchidan: Maqom ijrochiligiga ihlos uyg'otish, ustozlar an'anasini davom ettirish, ijrochilik ma'suliyatini his qilish, xonandalarning musiqiy qobiliyatini, musiqiy uquvini, diqqati, tasavvurini, hotirasini va badiiy didini o'stirish.

Ikkinchidan: Xonandaning ma'naviy qiyofasini takomillashtirish, ularning ichki madaniyatini yuksaltirish, tashqi qiyofasini go'zallashtirish, sahna madaniyatini shakllantirish. Didsizlik, ahloqsizlik, g'oyasizlik, tubanlik va boshqa salbiy hislatlarga nisbatan murosasiz bo'lishni tarbiyalash, ahloqiy tushunchalarni singdirish.

Uchinchidan: Xonandalarning badiiy ijodkorlik qobiliyatini o'stirish. Go'zallikni hayotga, o'qish, mehnat va hatti-harakatlarga olib kirish. O'z-o'ziga, atrofdagilarga va boshqa barcha narsalarga go'zallikni kirita olishiga ko'nikma hosil qilish. Jamiyat va tabiatdagi go'zallikni ko'ra olish, his etish va o'zlashtirish, Ona-Vatanga muhabbat, jamiyatga foyda keltirish ishtiyoqini oshirish, jamoatchilik oldidagi burchni, do'stlik tuyg'ularini his etishni, hayotda faol o'rinda turish kabi oliy hislarni anglatish.

Maqom asarlarini tushunib ijro etish uchun she'riyat va musiqa sohasida ma'lum bir savodxonligi bo'lishi va uni ijro etishga odatlanishi kerak. Ahir hamma yosh ijrochilar ham maqom qo'shiqlarini tub ma'nosini tushunib, anglab ijro etavermaydi. Shuning uchun ham maqom ijrochiligi ta'limida xonandalarga so'z, talaffuz va musiqiy savodxonlikni singdirish, ijro mahoratini rivojlantirish, musiqiy tovushlar olamiga olib kirish asosiy vazifamizdir.

Bugungi kunga kelib yoshlarga ta'lim-tarbiya berish masalasida mas'ul ekanmiz, o'lmas hazinamiz va iftihorimizga aylangan o'zbek mumtoz maqomlarimizni tinglab, mazmun-mohiyatini chuqur o'rganib, har-bir viloyat, tuman, shaharlar, kerak bo'lsa oilalarda ham targ'ib qilib, tarbiyaviy ahamiyatga boy so'zlari, ohanglari bilan yaqindan tanishtirish va tug'ilib voyaga yetayotgan yoshlar shuuriga singdirish kabi vazifalarni amalga oshirish bizning zimmamizdadir.

Shunday ekan, milliyligimizni anglatuvchi, milliy g'oyalarimizni boyituvchi maqomlarimiz milliy san'atimizda o'ziga xos o'rin egallashligini ta'minlab berishimiz shart va lozimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishidagi ma'ruzasidan.

2. Prezident Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 17 noyabrda "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3391-sonli Qarori.

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

3. Karimov I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch"-Toshkent: "Ma'naviyat" nashriyoti. 2008 y. 50-bet.

4. M.Abduqunduzov. "San'atimiz fidoiylari" T., 2004y.

5. R.Qodirov. "Musiqa pedagogikasi" T., 2005 y.

6. Kamarbekovna, F. Z. (2020). UZBEK STAGE DANCE AND ITS WAY OF DEVELOPMENT. International Engineering Journal For Research & Development, 5(4), 4-4.

7. Erkinovna, A. N., & Kamarbekovna, F. Z. (2020). The role of dance in the opening of the idea of the performance and in the art of cinema. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 158-162.

8. Фазлиева, З. К., & Абрайкулова, Н. Э. (2018). ТВОРЧЕСТВО МАРИУСА ПЕТИПА. Мировая наука, (12), 439-441.

9. Фазлиева, З. К. (2020). УЗБЕК САХДА РА^СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ. Oriental Art and Culture, (III).

10. Фазлиева, З. К. (2018). ВЗАИМОСВЯЗЬ ТЕОРИИ И ПРАКТИКИ В ПРОЦЕСЕ ПРЕПОДАВАНИЯ ПРЕДМЕТА" МЕТОДИКА ИЗУЧЕНИЯ УЗБЕКСКОГО ТАНЦА". Теория и практика современной науки, (4), 534-537.

11. Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE PLACE OF THE MAQOM GENRE IN THE ART OF UZBEK NATIONAL DANCE. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 3-3.

12. Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE ROLE OF THE COMPOSER IN THE ART OF CHOREOGRAPHY. International Engineering Journal For Research & Development, 6(ICDSIIL), 2-2.

13. Фазлиева, З. К. УЗБЕК САДНА РАА СИ ВА УНИНГ РИВОЖЛАНИШ ЙУЛЛАРИ. Oriental Art and Culture.-2020.-№. III.

14. Tavakulovna, M. D., & Kamarbekovna, F. Z. (2021). THE ROLE OF PHYSICAL CULTURE IN PROFESSIONAL APPLIED TRAINING IN THE UNIVERSITIES OF ARTS AND CULTURE. International Engineering Journal For Research & Development, 6(1), 6-6.

15. Азатова, Ф. М., & Фазлиева, З. К. (2021). "МУНОЖОТ" АСРЛАРГА ТАТИГУЛИК РА^С АСАРИ. Oriental Art and Culture, (6).

16. Маннонов, С. Ш., & Фазлиева, З. К. (2021). ИБТИДОИЙ ПАНТОМИМАЛАР: УЙИНЛАР ВА СЮЖЕТЛАР. Oriental Art and Culture, 2(3), 99-105.

17. qizi Yangiboyeva, S. F., & Fazliyeva, Z. K. (2021). O'ZBEK MILLIYRAQS SAN'ATIDA MAQOM JANRINING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(1), 32-35.

18. Азатова, Ф. М., & Фазлиева, З. К. (2021). "МУНОЖОТ" АСРЛАРГА ТАТИГУЛИК РА^С АСАРИ. Oriental Art and Culture, (6).

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal - Volume 2 Issue 4 / December 2021 ISSN 2181-063X

19. qizi Raxmatova, S. R. (2021). BALETMEYSTERLIK SAN'ATIDA KOMPOZITORNING O'RNI. Oriental Art and Culture, 2(1), 29-31.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.