Научная статья на тему 'MUSIQA VOSITASIDA O’QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI'

MUSIQA VOSITASIDA O’QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
588
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Mumtoz musiqa / ahloq / ta’lim-tarbiya / interfaol metodlar / estetik did / his tuyg’u / an’anaviy bayramlar / folklore ancambllar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — S.Madaminov

Ushbu maqolada musiqa vositasi orqali o‘quvchi-yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, milliy ong va xulq-atvorni tarkib toptirish, yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, hayotga maqsadli yondashuv, bu borada rejalari bilan amaliy hayot birligi hissini uyg’otish orqali milliy ruhni tarbiyalash masalalari haqida hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQA VOSITASIDA O’QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH MASALALARI»

MUSIQA VOSITASIDA O'QUVCHILARNI MILLIY RUHDA TARBIYALASHGA DOIR TARBIYAVIY ISHLARNI TASHKIL ETISH

MASALALARI

S.Madaminov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa vositasi orqali o'quvchi-yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, milliy ong va xulq-atvorni tarkib toptirish, yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, hayotga maqsadli yondashuv, bu borada rejalari bilan amaliy hayot birligi hissini uyg'otish orqali milliy ruhni tarbiyalash masalalari haqida hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Mumtoz musiqa, ahloq, ta'lim-tarbiya, interfaol metodlar, estetik did, his tuyg'u, an'anaviy bayramlar, folklore ancambllar.

ISSUES OF ORGANIZATION OF EDUCATIONAL ACTIVITIES TO EDUCATE STUDENTS IN THE NATIONAL SPIRIT THROUGH MUSIC

S.Madaminov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article aims to educate students in the national spirit through music, to form the national consciousness and behavior, to prepare the younger generation for life, to form in them a broad outlook, a purposeful approach to life, a sense of practical unity with plans. the issues of cultivating the national spirit through shooting are narrated.

Keywords: Classical music, ethics, education, interactive methods, aesthetic taste, emotion, traditional holidays, folklore ensembles.

O'smir o'quvchilarda musiqa vositasida milliy ruhning mohiyatini singdirishda musiqa dasturi va darsliklarida belgilangan materiallar turli mavzulardagi qo'shiq va kuylar muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Musiqiy tarbiyaga doir faoliyat turlariga avvalo oilada o'quvchilarning ota-onalari, ularning farzandlariga musiqiy bilimlarni egallashida beriladigan yordami, bolalarni ijtimoiy himoyalash, musiqaga doir iqtidorli o'quvchilarni tanlay olish va ular bilan ishlash, mashg'ulotlar jarayonida xalq mumtoz musiqiy merosi, cholg'u asboblari bilan ishlashga o'rgatish kabi faoliyat turlari mavjud bo'lib, bularni amalga oshirishda ilg'or pedegogik texnologiyalardan foydalanish uchun musiqiy savod o'rgatish va milliy ruhiyatni tarbiyalashda texnologik yondashuv talab etiladi.

Tadqiqot jarayonida dasturda belgilangan va darsliklarda o'z ifodasini topgan mavzulardan milliy ruhni tarbiyalashga doir mavzular ajratib olindi va maxsus darslar tashkil etildi. Mashg'ulotlarda interfaol metodlar va an'anaviy dars shakllaridan foydalangan holda o'quvchilar bilan olib borilgan mashg'ulotlar ularning musiqiy tafakurri, dunyoqarashi, musiqiy tasavvuri, his-tuyg'usi, estetik didini shakllantirish bilan birga millatning ichki holati, kechinmalari, fe'l-atvori his-tuyg'ulari, ma'naviy dunyosi, o'y-fikrlari, maqsad va maslaklari, kayfiyatlari hamda o'ziga xos xususiyatlari bilan ham tanishishga muyassar bo'ldilar.

Ma'lumki, tarbiya jarayoni o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, u uzoq muddatni, murakkab va uzluksizlikni talab etadi. Zero o'quvchi hali to'laqonli shakllanmagani tufayli, tarbiyachi faoliyati asosiy o'rinni egallaydi. Shunga ko'ra tarbiya texnologiyasi ta'lim texnologiyasidan farq qiladi.

Tarbiya texnologiyasi va uning tarkibiy qismlarini O'.Q.Tolipov va M.Usmonboevalar quyidagicha belgilaydilar:

1) tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;

2) tarbiyani tashkil etishga bo'lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag'bat);

3) tarbiya maqsadi;

4) tarbiya mazmuni (shakl, metod, usul va texnik vositalar);

5) o'qituvchi (tarbiyachi) faoliyati;

6) o'quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;

7) tarbiya samarasi (natija).

Demak, tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish aniq maqsadga va ijtimoiy g'oyaga asoslangan hamda o'quvchilarda ma'naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirishga yo'naltirilgan pedagogik faoliyatning tashkiliy-texnik jihatdan uyushtirilishidir [107; 23].

Tarbiya jarayonini texnologiyalashtirish ta'lim jarayonidan farq qilib, uning natijasini qisqa muddatda ko'rib bo'lmaydi. Shunga ko'ra tarbiya jarayonini texnologiyalashtirishga yangicha yondashuvni talab etadi.

O'quvchilarda milliy ruhni tarbiyalashda sharq mutafakkirlari, hamda xalq pedagogikasining musiqaga doir tajribalariga tayaniladi. Bu borada milliy ruhni tarbiyalashning maqsadi, vazifalari, milliy ong va xulq-atvorni tarkib toptirishga yo'naltirilgan faoliyat jarayonida amalga oshiriladi.

Umuman olganda, shaxs tarbiyasi, shu jumladan ruhiy tarbiya ham faqat xususiy ish bo'lmay, balki ijtimoiy milliy ishdir. Chunki, har bir davlatning kuch-qudrati, xalqining taraqqiyoti avlodlar tarbiyasiga bog'liq.

Tarbiyaviy ishlar jarayonida o'quvchilar faoliyatini pedagogik jihatdan to'g'ri uyushtirish g'oyat muhimdir. Shunga ko'ra o'qituvchilar bolalar faoliyatini tashkil etish bilan cheklanmay, ularning bu faoliyatga doir voqea-hodisalarni, turli

kechinmalarni qanday anglashi, baholashi, his etishi, ulardan o'zi uchun nimalarni olayotganligini bilishi muhim.

Tarbiyaviy ishlar jarayonida faqat o'quvchining ongigagina emas, balki his-tuyg'ularini ham o'stirib borish, unda jamiyatining shaxsga qo'yadigan axloqiy talablariga muvofiq keladigan xulqiy malaka va odatlarini ham hosil qilish zarur. Mazkur jarayonda o'qituvchi o'quvchilar faoliyatini belgilaydi, ularning maqsadga muvofiq tarbiyalanishi uchun o'quvchi ongi, his-tuyg'ulari va irodasiga ta'sir etib boradi. U o'quvchilarning faoliyatini ijtimoiy jarayonda ishtirok etishlari uchun shart-sharoit yaratadi.

Tarbiyaviy ishlarda faol ishtirok etish orqali o'quvchilarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi ortib boradi. Faoliyat o'quvchilarning maqsadga muvofiq manfaati va istagi asosida uyushtirilsa, ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Agar o'quvchi o'z xulqi, xatti-harakati uchun javobgarlikni his etishiga erishilsa, u tarbiyaviy ishlarning faol ishtirokchisiga aylanadi.

Milliy ruhiyatni tarbiyalashni samarali yo'lga qo'yish uchun uning harakatlantiruvchi kuchi tarbiya jarayonining manbaini yaxshi bilish zarur.

Faoliyat jarayonida hosil bo'lgan malaka va odatlar milliy ruhiyatni tarbiyalash mezonlariga rioya qilishni engillashtiradi.

Demak, tarbiyachi bola shaxsining intensiv rivojlanadigan davri- o'quvchilik yillarida uning ongiga turli faoliyat - o'qish, mehnat, ijtimoiy ishlar, o'yin, sport, badiiy havaskorlik, jumladan musiqaning yordami bilan maxsus ta'sir etish muhimdir.

Ma'lumki, tarbiya yaxlit jarayonda amalga oshirilib, uning tarkibiy qismlari ayni bir vaqtda, faoliyatning biror turi asosida namoyon bo'ladi. SHunday ekan, belgilangan maqsad va vazifalar tasodifiy emas, balki oldindan belgilangan va puxta o'ylangan rejalar asosida hal etiladi. SHu jumladan, milliy ruhni tarbiyalash jarayonida uning maqsadi, shakl va metodlari tarbiyalanganlik darajasi muhim o'ringa ega. Tarbiyaviy ishlar mazmuni ijtimoiy tuzum buyurtmasi asosida belgilanib, uning amalga oshishi uchun ma'lum shart-sharoitlar talab etiladi.

O'quvchilarni har tomonlama etuk shaxs etib tarbiyalashda unga izchil ravishda milliy ruhni singdirish, ularning ongi, xulq-atvori va faoliyatining birligi, shuningdek tarbiya jarayonini tashkil etishning yakka, guruhli va ommaviy shakllarini qo'shib olib borilishini ta'minlaydigan pedagogik tizimni vujudga keltirish va bu tizim g'oyalariga amal qilishni talab etadi. Milliy ruhiyatni tarbiyalashda hozirgi davr talablaridan kelib chiqqan holda tarbiyaviy ishlar mazmuni quyidagicha hal etishni takozo etadi:

1) yosh avlodni hayotga tayyorlashda, ularda keng dunyoqarashni tarkib toptirish, hayotga maqsadli yondashuv, bu borada rejalari bilan amaliy hayot birligi hissini uyg'otish orqali milliy ruhni tarbiyalash;

2) o'quvchilarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar mohiyatini anglash, bilim va tafakkurga ega bo'lish, ongini boyitib borish orqali milliy ruhni shakllantirish;

3) asosiy axloq me'yorlari (insoniylik, kamtarlik, o'zaro yordam, mehr-muhabbat, muruvvat, adolatparvarlik, axloqsizliklikka nafrat) orqali milliy ruhiyatning mohiyatini anglash, muomala odobi, yuksak madaniyatni qaror toptirish;

4) o'quvchilarda huquqiy va axloq me'yorlariga hurmat bilan yondashish amalga oshiriladi.

Masalan, musiqaning milliy axloq me'yorlari orqali uning ijtimoiy hayotdagi o'rnini anglash vositasida milliy ruhiyat tuyg'usi singdiriladi:

- musiqa fani sohasida qo'llanilayotgan texnika va texnologiyalar orqali yangi kashfiyotlar va yutuqlar bilan xabardor etish faxr-iftixor tuyg'usini shakllantirish asosida milliy ruhiyati tarbiyalanadi;

- jismoniy kuch, tezkorlik, chaqqonlik, chidamlilik, sabot va matonat bilan tarbiyaviy ishlarda qatnashishi orqali milliy ruhiyati tarkib toptiriladi;

- estetik did, his tuyg'uni paydo qilish, ijodiy qobiliyatlari, estetik ehtiyojlari, go'zallik tuyg'ularini tarkib toptirish orqali milliy ruhiyati shakllantiriladi;

- jamiyat taraqqiyotida, inson faoliyati va tabiat voqea-hodisalarining tarixiy-tadrijiy rivojlanishida ular muvozanati masalalarini tushuntirishda musiqaning o'rni orqali milliy ruhiyati tarbiyalanadi;

- mamlakatimizda iqtisodiy barqarorlik, bozor siyosati, kichik va o'rta biznesni rivojlantirish masalalari inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni asrash va ko'paytirish borasida tarixiy tajribalardan foydalanishga bag'ishlangan tadbirlarda musiqa vositasida milliy ruhiyati shakllantiriladi;

- ijtimoiy - huquqiy me'yorlarning shaxs va jamiyat hayotidagi o'rni haqidagi tushunchalarni singdirish, huquqiy munosabatlar mohiyati haqida tasavvurga ega bo'lishda huquqiy ong, huquqiy faoliyatni tashkil etishda musiqa orqali milliy ruhiyati tarbiyalanadi;

- O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik jamiyati asoslari, milliy davlatchilik, davlat organlari faoliyati, Davlatimiz ichki va tashqi siyosati haqida ma'lumotga ega bo'lishida musiqa vositasida milliy ruhiyati shakllanadi.

Mazkur ishlar quyidagi tarbiya tamoyillariga rioya qilingan holda amalga oshiriladi:

1. Musiqa vositasida milliy ruhni tarbiyalash maqsadining aniqligi.

2. O'quvchi va o'qituvchilarning, ta'lim muassasasi bilan boshqa mutasaddi tashkilotlarning hamkorlikdagi faoliyati.

3. Musiqaning o'quvchi - shaxsining o'z-o'zini anglashga yo'naltirishda muhim omil ekanligini anglashi.

4. Tarbiyaning shaxsga yo'naltirilganligi, ya'ni o'quvchi shaxsining xususiyatlari, qiziqishlari, o'ziga xos xarakteri, qadr-qimmatini anglash tuyg'ularining shakllantirib borilishi.

5. Tarbiyaviy ishlarining erkin, ixtiyoriy tashkil etilishi.

6. Tarbiyaviy ishlaming jamoaviy yo'nalish kasb etishi asosida milliy ruhni tarbiyalashning samarali amalga oshishi.

Tarbiyaning har bir yo'nalishi yakka-yakka holda emas, bir butun yaxlit holda, aniq maqsadga yo'naltirilgan, uzluksiz va uzviy davom etgandagina ijobiy natija beradi.

Ma'lumki, tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda milliy ruhni tarbiyalashga doir tadbirlar alohida ahamiyatga ega. Bunday tadbirlarning shakllari xilma-xil bo'lib, ularning hech biri musiqasiz o'tmaydi, shuningdek, tarbiya shakllari ham har bir hodisaning mazmuni, mohiyati, ahamiyatiga qarab tadbir shakllarini tanlash muhim. Bu borada ta'lim muassasasi shart-sharoiti, imkoniyatlari, musiqiy-texnik vositalarning mavjudligi va sozligi, o'quvchilar havaskorlik to'garagining holati tarbiyaviy tadbir shaklini tanlashda muxim ahamiyatga ega.

Bunday tadbirlarning shakllariga folklor ansambllari, turli mavzularda o'tkaziladigan kechalar, turli tanlovlar, badiiy kompozisiyalar, diskotekalar, teatrlashtirilgan konsertlar, ommaviy bayramlar, o'zbek xalqining an'anaviy bayramlari (gul bayramlari, qum sayli, sumbula sayli, lola sayli, qovun sayli, hosil bayrami v.b.) va nihoyat, eng ulug' va aziz bayramlar «Mustaqillik kuni» va «Navro'z» bayramlari musiqasiz kuy-qo'shiqlarsiz o'tmaydi va milliy ruhni tarbiyalashda eng samarali natijalarga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ansamblda mashg'ulotlarning o'ziga xos xususiyati ularga faqat musiqa savodidan bilim berilib, amaliy mashg'ulotlarda olgan bilimlarini sinab ko'rish bilan birga o'rganilayotgan xalq kuy, qo'shiq va raqslarining mazmuni - ma'nosiga monand sahna harakati ham o'rgatiladi.

Masalan, «Mayda-mayda» qo'shig'ida tegirmonda arpa yoki bug'doy yanchish payti ijro etiladi.

«Qo'sh haydash» qo'shig'ida esa erni omoch bilan haydashga mo'ljallangan sahna ko'rinishi namoyon etiladi.

Maktab folklor ansamblida lapar va yallalardan keng foydalanildi. CHunki lapar va yallalarda ham cholg'uchilar, ham aytimchilar, ham raqqoslar ishtirok etadi va ansambl bir butun, yaxlit holda o'z san'atini namoyish etadi.

Ansambl o'z faoliyati natijasini ma'lum dastur asosida konsertlarda namoyish etadi. Folklor ansamblining konserti uning hisoboti sanaladi va foliyatining natijasi hisoblanadi.

Konsert uchun tayyorgarlik jarayoni ham muhimdir. Dastlab uning repertuari tuziladi. So'ngra ansamblt a'zolari uchun mos libos va bezaklar tayyorlanadi. Har bir ishtirokchining sahnadagi o'rni va ijro etiladigan asar tartibi ko'rib chiqiladi. Natijada konsert dasturi pishib etiladi. Va nihoyat, oxirgi mashqlardan so'ng konsertga ishonch tug'ilgandan so'ng, maktab ma'muriyati bilan kelishilgan holda dastlabki konsert namoyish etiladi.

Ansambl muvaffaqiyati uning dasturining mukammalligiga bog'liq. Dasturga o'rganish uchun kiritilgan kuy-qo'shiqlar va ularning ijro raqslari hududiga qo'shiqlar, bolalarning yoshi, qiziqishi, ijro uslubining qulayligiga bog'liq bo'ladi. Ularda mahalliy musiqa an'analarining davom etishi muhim. Ansambl a'zolari o'z oilasi, qarindosh-urug'lari, mahalladoshlari, qishlog'idagi keksalar bilgan va aytib kelinayotgan qo'shiqlarni ham yozib olib, to'playdilar. Bu esa o'quvchilarni xalq badiiy an'analariga hurmat hissini uyg'otadi.

Folklor ansamblining faoliyatini shu tarzda tashkil etish o'quvchilarga mahalliy an'analarni qayta tiklashga yordam berishi bilan birga ularda milliy ruhni tarbiyalashda samarali natijalarga erishiladi.

Bu ansambl ishtirokchilarining qay darajada shakllanganliklarini namoyish etadi. Ular avval maktablarida bo'ladigan konsertlarda o'z mahoratlarini namoyish etgach, keyinchalik tuman va viloyat hududidagi tadbirlarda qatnasha boshlaydilar.

Turli sayllar, Navro'z bayrami va boshqa tadbirlarda ishtirok eta boshlaydilar.

O'quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashda ayniqsa, «Navro'z» bayramiga tayyorgarlik va uni o'tkazish faqat tajriba-sinov maktablaridagina emas, barcha umumta'lim maktablarida qiziqish va tantanavor ruh kasb etadi.

Ma'lumki, «Navro'z» o'zbek xalqining eng ezgu an'anasiga kiradi. An'analar urf-odatlar, rasm-rusumlar insoniyatning tarixiy taraqqiyotida muhim o'ringa ega.

An'analar mazmuni har bir millatning, xalqning, elatning mentalitetini aks ettiradi. Ezgulik, insonparvarlik, yaxshilikka yo'naltirilgan bu an'analar jamiyatning o'zgarishi va davr talabi bilan o'zgarib boradi.

Yosh avlod o'zining bugungi yurt vorisi ekanligini tushunishi, xalqimiz erishgan ulkan yutuqlarni o'quvchilarga musiqa orqali etkazilishi o'quvchilar xotirasida buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanish va kelajagi buyuk yurtga munosib farzand bo'lish tuyg'usini shakllantirishga yordam berdi. Natijada musiqa asarlari o'quvchilar qalbida ona-Vatanga muhabbat, xalqlar o'rtasida o'zaro hurmat, mustaqillik g'oyalariga sadoqat tuyg'ularini mustahkamladi va buyuk yaratuvchilik ishida faol ishtirok etishga yo'lladi.

Xulosa qilib aytganda, o'quvchilarda milliy ruhni tarbiyalashda ta'lim jarayoni bilan birga tarbiyaviy ishlar jarayoni ham katta kuchga ega bo'lib, tarbiyaviy ishlar ma'lum maqsadga yo'naltirilgan holda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishda uning turli shakllaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. S.Murotxanov, G.Xalbayeva. Musiqiy obraz yaratish jarayonlari. -T., 1998.

2. N.Qahharov, Muradov. Yakka xonandalik. O'quv qo'llanma. -T., 2007.

3. U.Boltaboeva, Sahna nutqi. O'quv qo'llanma. -T., 2019.

4. SH.Pirmatov. Yakkaxon xonandalik. O'quv qo'llanma. - T., 2008.

5. N.Qahharov, Q. Ayubov. Vokal san'ati asoslari. -T ., 2008.

6. A.Sharipov. Yakkaxon va an'anaviy qo'shiqchilik.l-jild.O'quv qo'llanma. -T., 2011.

7. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

8. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

9. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

10. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

11. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

12. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

13. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

14. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

17. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

18. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

19. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

20. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

21. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

22. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

23. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

24. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

25. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.

26. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

27. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

28. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

29. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

30. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

31. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

32. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

33. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

34. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

35. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

36. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.