Научная статья на тему 'O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATIDA XONANDALIK VA BASTAKORLIK IJODINING UYG‘UNLIGI'

O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATIDA XONANDALIK VA BASTAKORLIK IJODINING UYG‘UNLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
86
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bastakor mumtoz hofizlar / an’anaviy musiqa / milliy urf-odatlar / dostonchi / baxshi / xalfa / shoir / xonanda / navokash / ashulachi / g‘azalxon / talqinchi / “Xusravoniy” / “Gulligi” / “Binnigi” / “Shikami” / “Xonaqoxiy”. / Composer / classical hafiz / traditional music / folk traditions / storyteller / bakhshi / khalfa / poet / singer / navoqash / singer / ghazal / interpreter / Khusravani / Gulligi / Binnigi / Shikami. / "Honakahi".

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — R. Dexqonboyeva

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining milliy qo‘shiqchilik san’atida an’anaga aylanib kelgan o‘zbek milliy qo‘shiqlarimiz, maqomlar, yallalar va turli xildagi turkum asarlarimizni bizgacha yetib kelishida, ularni, yetuk asar bo‘lib sayqal topishida qadimdan xalq orasida yetishib chiqqan san’atkorlar, xonanda, sozanda hamda bastakorlarning o‘rni beqiyosdir. Ular xalqimiz orasida hamda saroylarda ijro etilgan dastlabki asarlarni turkum shaklida jamlab, avloddan – avlodga xech qanday o‘zgarishlarsiz yetkizib kelishgan. Hozirda ham bu asarlar o‘rganilib, ijro qilinib, xalqimizga qolaversa, yosh o‘sib kelayotgan avlodga yetkizib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HARMONY OF PENS AND COMPOSITE CREATIVITY IN UZBEK NATIONAL MUSICAL ART

In this article, our Uzbek folk songs, maqoms, yallys and various cycles of works, which have become a tradition in the national singing art of the Uzbek people, have come down to us and polished to mature works. , musicians and composers are incomparable. They collected in the form of a series the first works performed in our people and in palaces, and passed them on from generation to generation without any changes. Even now, these works are studied, performed and passed on to the younger generation.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK MILLIY MUSIQA SAN’ATIDA XONANDALIK VA BASTAKORLIK IJODINING UYG‘UNLIGI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEK MILLIY MUSIQA SAN'ATIDA XONANDALIK VA BASTAKORLIK

IJODINING UYG'UNLIGI Dexqonboyeva Ra'noxon G'ayratjon qizi

Namangan davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti, "Musiqa ta'limi" yo'nalishi I

bosqich magistranti

Ilmiy rahbar: O'zbekiston Respublikasi xalq artisti, professor Sultonali Mannopov

https://doi.org/10.5281/zenodo.7437421

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek xalqining milliy qo'shiqchilik san'atida an'anaga aylanib kelgan o'zbek milliy qo'shiqlarimiz, maqomlar, yallalar va turli xildagi turkum asarlarimizni bizgacha yetib kelishida, ularni, yetuk asar bo'lib sayqal topishida qadimdan xalq orasida yetishib chiqqan san'atkorlar, xonanda, sozanda hamda bastakorlarning o'rni beqiyosdir. Ular xalqimiz orasida hamda saroylarda ijro etilgan dastlabki asarlarni turkum shaklida jamlab, avloddan - avlodga xech qanday o'zgarishlarsiz yetkizib kelishgan. Hozirda ham bu asarlar o'rganilib, ijro qilinib, xalqimizga qolaversa, yosh o'sib kelayotgan avlodga yetkizib kelinmoqda.

Kalit so'zlar: Bastakor mumtoz hofizlar, an'anaviy musiqa, milliy urf-odatlar, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, xonanda, , navokash, ashulachi, g'azalxon, talqinchi, "Xusravoniy", "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqoxiy".

ГАРМОНИЯ ПЕНСКОГО И КОМПОЗИЦИОННОГО ТВОРЧЕСТВА В УЗБЕКСКОМ НАЦИОНАЛЬНОМ МУЗЫКАЛЬНОМ ИСКУССТВЕ

Аннотация. В этой статье дошли до нас и отполировали до зрелых произведений наши узбекские народные песни, макомы, яллы и различные циклы произведений, ставшие традицией в национальном певческом искусстве узбекского народа. , музыканты и композиторы бесподобны. Они собирали в виде серии первые произведения, исполненные в нашем народе и во дворцах, и передавали их из поколения в поколение без каких-либо изменений. Даже сейчас эти произведения изучаются, исполняются и передаются подрастающему поколению.

Ключевые слова: Композитор, классический хафиз, традиционная музыка, народные традиции, сказитель, бахши, халфа, поэт, певец, навокаш, певец, газель, интерпретатор, «Хусравани», «Гуллиги», «Бинниги», «Шиками». , «Хонакахи».

HARMONY OF PENS AND COMPOSITE CREATIVITY IN UZBEK NATIONAL

MUSICAL ART

Abstract. In this article, our Uzbek folk songs, maqoms, yallys and various cycles of works, which have become a tradition in the national singing art of the Uzbek people, have come down to us and polished to mature works. , musicians and composers are incomparable. They collected in the form of a series the first works performed in our people and in palaces, and passed them on from generation to generation without any changes. Even now, these works are studied, performed and passed on to the younger generation.

Keywords: Composer, classical hafiz, traditional music, folk traditions, storyteller, bakhshi, khalfa, poet, singer, navoqash, singer, ghazal, interpreter, Khusravani, Gulligi, Binnigi, Shikami. , "Honakahi".

Xalqimizning milliy-ma'naviy merosini musiqa san'atisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Azal-azaldan ajdodlarimiz tomonidan yaratilib, qadriyatlar sifatida shakllanib kelinayotgan milliy urf-

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

odatlarimiz, an'anaviy tarzda avlodan avlodlarga o'tib, xalqimizning buyuk ma'naviy dunyosini namoyon etib kelmoqda. Xalq musiqa ijodiyoti, musiqa sohasidagi yozma manbalar, bastakorlik san'ati, kasbiy musiqa ijodiyoti bunga yorqin misoldir. Shuning uchun ham, bu jarayon musiqa san'atining barcha kasbiylik ahamiyatiga ega bo'lgan tarmoqlari uchun asos bo'lib, xizmat qilib kelmoqda.

Ma'lumki, yer yuzida mavjud xalqlar tarixiy shakllanish jarayonida insoniyatning eng go'zal fazilatlarini o'zida mujassamlashtirgan va qator an'analarni meros sifatida avloddan -avlodga yetkazib, avaylab kelganlar. Ayniqsa, ijtimoiy xayotdagi muxim voqea, omil va tadbirlarni, hamda, kundalik turmush bilan bog'liq bo'lgan urf - odat, qadriyat, udumlar va marosimlari saqlashga katta e'tibor berganlar.

Xalqimiz xayotida mavjud an'analarning avloddan - avlodga o'tishi ko'proq bir umumiy jarayon, ya'ni ijro talqini bilan xarakterlanadi. Yaratilgan xar bir san'at namunasining an'ana tizimida shakllanishi, uning umr davomatida "ijrochilik" omili muhim axamiyat kasb etib kelgan.

Musiqa san'ati namunalarining talqinida ovoz vositasi, cholg'u talqini, raqs xarakatlari, imo - ishora kabi bir qator ijrochilik turlaridan iboratdir. Bevosita talqin jarayoni xam ijrochi namoyondalar tomonidan yakka, juft, guruhiy yoki ommaviy shakllarda amalga oshiriladi. Ovoz vositasi asosida talqin etuvchi namoyondalarni xalqimiz orasida ijro dasturlariga binoan qo'shiqchi, laparchi, termachi, navokash, navoog'oz, mutrib, mug'anniy, xonanda, ashulachi, dostonchi, baxshi, xalfa, shoir, g'azalxon, qissaxon, maddox, zokir, talqinchi, masnaviyxon, savtxon, nasrchi va hofiz kabi nomlar bilan atab kelishgan.

An'anaviy musiqamiz tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, musiqa madaniyatimiz uzoq tarix bilan bog'langanligini ko'ramiz. X - XII asrlarda O'rta Osiyo musiqiy madaniyatida o'zgarishlar davri bo'lganligi manbalarda ko'rsatib o'tiladi. Lekin XV - XVII asrlarda ijod qilgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari xaqida juda kam ma'lumotlar saqlanib qolgan.

VII - X asrlarda esa turli ma'rosim va mexnat mavzulari uzoq o'tmishdan bastakorlar ijodiyotida ustuvor o'rin egallab kelgan. Markaziy Osiyolik mashxur xonanda, sozanda va bastakor Borbad Marvaziyning ijodi xam bunga misol bo'la oladi. Zero, u o'z faoliyatini dastlab xalq orasida o'tkazib, muayyan urf - odatlar, ba'zi rivoyatlar va xatto yaxlit yil taqvimi tizimi bilan bog'liq mavzularni o'z asarlarida aks ettirgan. Eron shohi Xusrav II xam Parviz saroyida xizmat qilgan yillari esa, bastakorlik tarixidagi ilk ko'p qismli "Xusravoniy" turkumini yaratdi. Xusrav II bu turkumni yaratishi oqibatida bastakorlik ijodining yanada rivojlanishiga keng yo'l ochib berdi.

Isxoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan. Ayni shu davrda Markaziy Osiyaning qator voxalaridan Ramtin, Nakiso Changiy, Sarkash, ayollardan Ozodvor Changiy kabi Sharqda tan olingan bastakorlar yetishib chiqqan. Ota - bobolari Buxoro, Samarqand va boshqa shaxarlardan bo'lgan Ibn Surayj singari san'atkorlar ham Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida tanilgan. Demak, musiqa folklori, mumtoz musiqa, bastakorlik ijodiyati an'analari zaminida arablar istilosiga qadar shakllangan edi. Tabiiyki, asosan bastakorlik san'ati taraqqiyoti bilan bog'liq bo'lgan va bularga o'xshash murakkab shaklli asarlarda davr xaroratigina emas, balki o'nlab ijodkorlar tafakkuri, dunyoqarashlari va badiiy umumlashmalari o'z aksini topgan. Shuning uchundir-ki, XVI - XVII asrlarga oid manbalar, xususan Boburning "Boburnoma", Darvishali

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Changiyning "Tuxfat us-surur" musiqa risolasida bastakorlar ijodiga, ular yaratgan yuzlab asarlar ta'rifiga katta o'rin ajratilgan. Shu bilan birga badiiy adabiyotda xam noma, bayoz, munozara kabi janrlar vositasida nazmiy - musiqiy tafakkur uyg'unlashishi namunalarini uchratish mumkin. Musiqa san'ati axliga xomiylik bobida Temuriylar an'anasini Nodirabegim, Muxammad Raximxon Soniy, Amir Olimxonlar taxtda o'tirgan yillari davom ettirishdi.

An'anviy qo'shiq ijrochiligining tarixida yana ko'rishimiz mumkinki, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvoxi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Xalim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharifov, Zoxidxon hofiz, Madali hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir. O'tmishda nota rivojlanmagan bo'lib, Ovrupa musiqa terminlari o'rnida hofizlarimiz ovoz maromiga qarab "Gulligi", "Binnigi", "Shikami", "Xonaqoxiy" deb atalmish nafas olish, chiqarish va ijro yo'llaridan foydalanishgan.

Ustoz hofizlar o'z ijrochilik maxoratlarini oshirish uchun aks - sado beruvchi maxsus gumbazli binolarda mashg'ulot o'tkazganlar, shu tariqa ovozlariga sayqal berishganlar. Ust oz hofizlarimiz dasturlaridan xar xil marosimlarda ijro etiladigan qo'shiqlar xam o'rin olgan. Masalan: Sodirjon hofiz qo'shiqlarini sozsiz, ikki kaftini qulog'iga qo'ygan xolda, alamli "Yakka faryod" tarzida, "Xonaqoxiy" yo'lida ijro etib kelgan. O'z ashulalarini yil fasllari va xatto, kunning ma'lum paytlariga ko'ra tanlab aytgan. Bahor tonglarida - "Amin nasrulloyi", "Qiyiq", "Qora tong"ni, peshindan keyin "Gulyori Shaxnoz"ni, kechqurun "Sarparda", "Rok baland", "Dilxiroj" va boshqalarni kuylagan. Bundan tashqari, ustoz hofizlarimiz qo'shiq ijro etish bilan birga maqomlarni o'zlashtirib, betakror muallif sifatida maqomlarni yangi sho'balar bilan boyitganlar. Masalan: maqomdon ustoz Ota Jalol Nosirov "Shashmaqom"ning mushkilot qismlarini tartibga solgan, ayrim maqom sho'balarini kengaytirgan, rivojlantirgan va qo'shimcha qismlar bastalagan. Jumladan ulardan biri "Savti Jaloliy" deb ataladi. Marg'ilonlik Madali hofiz esa "Abdurahmonbegi", "Qalandar" , "Tanovor" kabi ijro yo'llarini yangi talqinlari bilan to'ldirib, san'atimiz xazinasini yangi ijrolar bilan boyitdi. Shu tariqa umrboqiy maqomlarimizga ustoz hofizlarimiz ijrosida qo'shimcha jilo berilib, yanada to'ldirilib ijro etib kelinmoqda. Bizning davrimizga kelib xam bu xayrli ishlar davom etdi. Masalan, mashxur hofiz va bastakor Fattoxxon Mamadaliyev, "Nasrulloyi" musiqa yo'llariga so'z solib, uning talqinchasini, uforisini, soqinomasini yaratdi. "Miskin"ning beshta yo'lini, "Chorgoh"ning beshta yo'lini, Umrzoq polvon "Ushshoq"ning soqiynomalarini qo'shib, ushshoqlarning qadimiy ijrolarini tikladi. "Buzruk"larning sunray yo'llarini talqin qildi. Izlanishlar natijasida xalq an'anaviy ijrochiligi bir necha ijro yo'llari bilan boyidi, ulardan biri turkum sifatida "Savti Fattoxxon" nomi bilan ataldi.

XX asrning 2G - 30 yillariga kelib an'anaviy qo'shiqchiligimizga ikkinchi bir avlod kirib keldiki, bu ulug' hofizlarimiz san'atimiz xazinasini o'zlarining mumtoz qo'shiqlari bilan boyitdilar. Xorazm voxasidan Matpano ota Xudoyberganov, Ko'rji ota Avazmatov, Madraxim Yoqubov (Sheroziy), Jumaniyoz Xayitboyev, Xojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Buxoro, Samarqanddan Ota G'iyos Abdulg'ani, Mixail Tolmasov, qori Karomat, Tillaboy hofiz, Usta Shodi, Tojixon hofiz, Borux Zerkiyev, Toshkentdan Shoraxim Shoumarov, Inog'om va Ilxom hofizlar, Abdulqaxxor, Sultonxon, Yunus Rajabiy, Boboxon va Akmalxon So'fixonovlar, Xo'janddan To'raxo'ja hofiz, Abduqayum hofiz, Karimjon hofizlar, Farg'ona vodiysidan Xamroqul qori To'raqulov, Erka qori Karimov, Bolta hofiz Rajabov, Mamadbobo Sattorov,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sherqo'zi Boyqo'ziyev, Xaydarali Xikmatov, Xolqora hofiz, Berkinboy Fayziyev, Abdulla Fayzullayev, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Ortiqxo'ja Imomxo'jayev, Akbar Xaydarov, Boboraxim Mirzayev, Ashurali hofiz, Umrzoq polvon Saydaliyev singari hofizlar o'zlaridan oldin ijro qilib o'tgan ustozlarning qo'shiqchilik san'atini davom ettirishib, an'anaviy ijrochiligimizda xar birlariga o'xshamagan ajoyib ijro uslublarini xam yaratdilar. Shu bilan birga, o'zlari bastalagan asarlari bilan qo'shiqchiligimiz xazinasini boyitdilar.

Bu borada ayniqsa, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Matpono Xudoyberganov, Xojixon Boltayev, Komiljon Otaniyozov, Jo'raxon Sultonov, Yunus Rajabiy ijodlari bunga misol bo'la oladi. Sodirxon hofiz ijro etgan "Ushshoqi Sodirxon" nomli qo'shig'i bilan mashxur bo'lib ketgan. Xoji Abdulaziz bastalagan "Guluzorim" qo'shig'i, Jo'raxon Sultonov bastalagan va o'zi ijro etgan "Guluzorim qani", "Naylayin" qo'shiqlari an'anaviy merosimiz qatori musiqiy xazinamizdan mustaxkam o'rin oldi. Shu o'rinda aytish lozimki, qo'shiqchilik san'atimiz rivojiga Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Imomjon Ikromov, Komiljon Jabborov, G'anijon Toshmatov, Doni Zokirov, Saidjon Kolonov, Muhammadjon Mirzayev, Muxtorjon Murtazoyev, Faxriddin Sodiqov, Abduxoshim Ismoilov singari yuzlab bastakorlar yaratgan qo'shiq va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi.

Yana shuni ta'kidlash lozimki, an'anaviy qo'shiqchilik, yalla, lapar, o'lan ijrochiligi rivojiga ayol hofizlarimizning qo'shgan xissalari xam beqiyosdir. Ayollar ishtirokida o'tadigan yig'in va majlislarda ayol hofizalar xizmat qilishgan. Mashxur yozuvchimiz Abdulla Qodiriy "Mexrobdan chayon" romanida Qo'qon xoni Xudoyorxon saroyidagi hofizalar to'g'risida aniq ma'lumot beradi. Nusrat hofiz, Misqol hofiz, Tosh hofiz, Marg'ilonlik Zeboxon, Botirboshi xola, Tillo hofiz, Tojixon hofiz, Xon og'acha, Misoq og'acha, Ulug' o'yinchi, Rajabxon hofizlarning nomlari zikr etiladi. Keyinchalik xam bu an'analar davom ettirilib, Lutfixon aya, Adolatxon aya, Zaynab Polvonova, Berta Davidova, Kommuna Ismoilova, Raximaxon Mazoxidova, Xabibaxon Oxunova, Olmaxon Xayitova singari zabardast hofizlarimizning qo'shiqchilik bo'stonidagi xizmatlari beqiyosdir. Ularning an'analarini xozirda yetuk, iqtidorli hofizalar davom ettirmoqdalar.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib an'anaviy qo'shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod qo'liga o'tdi. Ulardan Orif xoji Alimaxsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Xotamov, Muxammadjon Karimov, Odiljon Yusupov, Fattoxxon Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Murodjon Axmedov, Ro'zimat Jumaniyozov, Rasulqori Mamadaliyev, Faxriddin Umarov, Tolibjon Badinov, Quvondiq Iskandarov, Eson Lutfullayev, Otajon Xudoyshukurov, Bobomurod Hamdamov, Tojiddin Murodov, Kamoliddin Raximov, Qobiljon Yusupov singari mashxur hofizlarni misol qilib keltirishimiz mumkin.

Bundan tashqari buyuk istiqlolimiz sharofati tufayli an'anaviy qo'shiqchilik san'atimiz rivoj topayotgan davrda ulug' ustozlarimiz Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Komiljon Otaniyozov, Fattoxxon Mamadaliyev, Odiljon Yusupov, Tavakkal Qodirov, Otajon Xudoyshukurov, nomlari bilan o'tkazilayotgan Respuplika va vohalar yosh xonandalari ko'rik tanlovlari, "Sharq taronalari" xalqaro musiqa anjumanida hofiz va xonandalarimizning erishayotgan muvaffaqiyatlari, vatanimizni madx etuvchi qo'shiqlar ko'rik tanlovlarining xar yili an'anaviy tarzda o'tkazilishi qo'shiqchilik san'atimizning rivoj lanishida muxim omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda ko'plab faxriy san'atkorlar ustozlar an'anasini davom ettirib va muvaffaqiyatli ijod qilib, ustozlar maktabiga suyangan xolda o'zlariga xos ijro yo'llari va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

uslublari bilan qo'shiqchilik xazinasiga sezilarli xissa qo'shib va yosh avlodni tarbiyalashda ustozlar ijro maktabini o'z shogirdlariga o'rgatib va targ'ib qilib kelmoqdalar. Mana shunday ustozlar san'atini davom ettirib, ularning san'atini xozirgi yosh avlodga yetkazib kelayotgan, mohir xonanda va sozanda, bastakor hamda O'zbekiston xalq artisti, professor Sultonali Mannopov ham bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

Sultonali Mannopov o'z faoliyati davomida ustozi Tavakkal Qodirovdan o'rgangan ilmlarni hamda asarlarni o'zidan keyin o'sib kelayotgan yosh avlodga o'rgatib kelmoqda. Sultonali Mannopovni ijodi dasturida "Ushshoq", "Bayot", "Qalandar", "Abduraxmonbegi" kabi mumtoz ashula turkumlari, "Bog'aro" "Kirib bo'stonni kezdim" kabi katta ashulalar, "Ul kun jonon", "Ul parivash" va boshqa shu kabi yallalar va o'zi bastalagan "Gulzorga qarasam", "Vatanni sevmoq iymondandur", "Qalandar ishqi", "Vodiy taronasi", "O'zbekistonim", "Kelsa sanamim" va boshqa shunga o'xshash asarlar o'rin olgan. Bundan tashqari Sultonali Mannopovning o'zbek milliy musiqasi mavzusidagi ko'plab ilmiy ommabop hamda badiiy risolalari mavjud. Bulardan "An'anaviy qo'shiq ijrosi", "Tavakkal Qodirov", "So'nmas navolar" kabi to'plamlari ko'plab yosh avlod uchun xizmat qilib kelmoqda.

Sultonali Mannopov xozirda O'zbekiston Bastakorlari uyushmasi a'zosi, hamda Farg'ona davlat universitetida "Musiqa ta'limi" kafedrasi mudiri, professor kabi lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Yana uni mohir dirijor, musiqashunos olim, yetuk sozanda va bastakor desak, mubolag'a bo'lmaydi. Sultonali Mannopov o'zbek musiqa san'atini , jumladan, Farg'ona - Toshkent ijrochilik namoyondalari - Yunus Rajabiy, To'xtasin Jalilov, Muxtorjon Murtazoyev, Erka qori Karimov, Mamatbuva Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov, Rasulqori Mamadaliyev, Tavakkal Qodirov, Fattoxxon Mamadaliyev singari ustozlar an'analariga suyangan xolda, ular ijodini ilmiy asoslab, o'ndan ortiq risolalar yaratdi. Uning "O'zbek xalq musiqa madaniyati", "O'zbek madaniyati va san'at tarixi" singari o'quv qo'llanmalari, hamda "So'nmas navolar", "Qo'shiq olami yulduzlari" , "O'zbekiston bulbuli"singari monografiyalari buning yorqin isbotidir. Shuningdek, Sultonali Mannopov ustoz san'atkor Tavakkal Qodirov ijrochilik maktabini ilmiy taxlil etib, uning xayoti hamda ijodi xaqida xam kitoblar va qator maqolalar e'lon qildi.

Shunday qilib, o'zbek bastakorlik ijodiyotida yana ko'plab ustozlarni ishlarini misol qilib keltirishimiz mumkin. Ularning barchasi o'z zamonasida bastakorlik ijodiyotida hamda o'zbek an'anaviy musiqamizni rivojlanib, sayqal qopishida xizmatlari katta. Xozirgi yosh avlod ham ularning yo'lidan borib, ularni ijodlarini, an'analarini davom ettirib, o'zidan o'sib kelayotgan avlodga saqlab, yetkizib berishdek mas'uliyatini xis qiladi. Ular o'zbek san'atini butun dunyoga namoyish etib, milliy musiqa namunalarimizning dunyoda qanday o'ringa ega ekanligini ko'rsatib kelmoqdalar.

REFERENCES

1. Sultonali Mannopov "Navobaxsh oxanglar" - Toshkent -"IJOD - PRESS" - 2018.

2. Farg'ona davlat universiteti san'atshunoslik fakulteti "Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi Ulug'bek Rahmonov "O'zbek musiqa adabiyoti" fanidan o'quv qo'llanma.

3. Begmatov Soibjon "Hofizlik san'ati" o'quv uslubiy qo'llanma -"Musiqa" nashriyoti -Toshkent - 2007.

4. Muhabbat Solixova "An'anaviy xonandalik ansambli" - Toshkent - 2010.

5. Bahrom Madrimov "O'zbek musiqa tarixi" - Toshkent - 2015.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. SOIBJON BEGMATOV "BASTAKORLAR LJODI" - Toshkent - "Niso Poligraf" - 2017.

7. N. Yuldasheva, N. Raxmatova "O'zbek musiqa adabiyoti" - Toshkent - «iqtisod -moliya» -2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.