Научная статья на тему 'O’ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJINING ASOSIY OMILLARI'

O’ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJINING ASOSIY OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
331
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
g’urur / tuyg’u / voris / muhit / arxeologiya / manbaa / ashyolar / ijodiyot / dostonchilik / katta ashula. / pride / emotion / heir / environment / archeology / source / objects / creativity / epic / great singing

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Qirg’izov, Imyamin

Maqolada o’zbek musiqa san’ati rivojining asosiy omillari hisoblanmish tirixiy yozma manbaalar, arxeologik ashyolar, xalq og’zaki ijodiyoti, dostonchilik, katta ashula va mumtoz musiqa san’ati haqida fikrlar bayon etiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MAIN FACTORS OF THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSICAL ART

The article tells about the main factors of the development of Uzbek musical art: living sources, archaeological artifacts, folk oral art, epic, great singing and classical musical art.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJINING ASOSIY OMILLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'ZBEK MUSIQA SAN'ATI RIVOJINING ASOSIY OMILLARI

Imyamin Qirg'izov

FarDU dotsenti, ped.f.n.

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek musiqa san'ati rivojining asosiy omillari hisoblanmish tirixiy yozma manbaalar, arxeologik ashyolar, xalq og'zaki ijodiyoti, dostonchilik, katta ashula va mumtoz musiqa san'ati haqida fikrlar bayon etiladi.

Kalit so'zlar: g'urur, tuyg'u, voris, muhit, arxeologiya, manbaa, ashyolar, ijodiyot, dostonchilik, katta ashula.

АННОТАЦИЯ

В статье рассказывается об основных факторах развития узбекского музыкального искусства: письменних источниках, археологических артефактах, народном устном творчестве, эпосе, большом пении и классическом музыкальном искусстве.

Ключивые слова: гордость, эмоция, наследник, окружающая среда, археология, источник, объекты, творчество, эпос, великое пение.

ABSTRACT

The article tells about the main factors of the development of Uzbek musical art: living sources, archaeological artifacts, folk oral art, epic, great singing and classical musical art.

Keywords: pride, emotion, heir, environment, archeology, source, objects, creativity, epic, great singing.

KIRISH

Yangi O'zbekistonda III Renessans poydevorini mustahkamlashning eng ustuvor vazifalaridan biri yosh avlodga milliy g'urur, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini tarbiyalashdan iboratdir.

Shubhasiz, tarix saboqlari asosida o'zbek musiqa san'ati rivojini ta'minlash bugungi taraqqiyotimiz uchun zamin yaratadi. Shu bois o'zligini tiklamoqqa azm qilgan har bir millat milliy musiqa san'atiining o'ziga xosligi, uning avlodlar tarbiyasidagi ahamiyati va mustaqil rivojlanish yo'lini tanlaydi va jamiyatimiz kelajagi hisoblanmish komillik sari barcha illatlardan forig' bo'lish, ezgu fikrlarga va ezgu amallarga tayanish, jamiyat manfati yo'lida ilm - ma'rifatga intilish orqali boradi.

Shunga ko'ra, har bir xalqning musiqa san'ati shu xalqning umumiy tarixidan, ijtimoiy muhitidan kelib chiqib, asrlar davomida toblanadi va rivojlanib boradi. Zero,

331

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

musiqa san'ati har kanday jamiyat, millat, xalqning o'z ildizi va tamal toshidir. O'zbekiston kishilik tarixi va madaniyatining eng qadimgi maskanlaridan biri hisoblanib, ushbu hududda so'nggi vaqtlarda olib borilgan arxeologik qazish ishlari, tarixiy taxlillar, ilmiy izlanishlar, jaxon ijtimoiy sivilizasiyasining boshqa makonlari bilan qiyosiy tahlillar shunday fikrga kelishimizda asosiy omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Aytish mumkinki, eng qadimgi davrlarda yashagan turli xalqlar madaniyati, shuningdek musiqa san'ati ham bir-biridan keskin farq qilmagan. Chunki, ibtidoiy odamlar hayotida moddiy-iqtisodiy turmush muommolari ustivor xususiyatga ega bo'lib, shakllanib kelayotgan madaniyat va san'at esa ularning o'sha ustivor yo'nalishidagi mehnat faoliyati samaralari bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Bu narsa ko'proq ular hayotidagi ruhiy holatlar, kechinmalar asosida paydo bo'lgan.

Ma'lumki, o'zbek musiqa san'atining paydo bo'lishi, shakllanishi, rivojlanishi ham xalqimiz boshidan kechirgan tarixiy jarayonlar bilan bevosita bog'liq holda kechgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek musiqa san'atining qadimgi tarixini o'rganish uchun xozirgi davrda ma'lum izlanishlar olib borilar ekan, bunda eng asosiy omillardan birinchisi arxeologik topilmalar, ikkinchisi yozma ma'lumotlar, uchinchisi xalq og'zaki, ijodi, to'rtinchisi doston va baxshichilik, beshinchisi Shashmaqom- ustozona san'atidir.

O'zbek musiqa san'ati rivojida Sharq mutafakirlarining musiqa xaqidagi fikrlari manbaalarda ko'plab keltirilgan. Shulardan biri Forobiy qomusiy olim bo'lishi bilan buyuk musiqashunos xam edi.Forobiy musiqaning aksariyat xollarda insonning nozik sezgilari tug'ma iste'dod va salohiyatining hosilasi ekanligini ta'kidlash bilan birga uning o'z navbatida inson manaviyati va marifatini ongi va tushunchalarini to'ldiruvchi ruxiy ne'mat ekanligini uqtiradi.

Ayniqsa, uning " Kitob al-musiqiy al-Kabir" ("Katta musiqa kitobi") olim nomini musiqa nazariyotchisi va amaliyotchisi sifatida faqat sharqqa emas, g'arbga xam malum qildi.

Ikki daryo oralig'ida yashagan xalqlarning qadimgi antik madaniyati qanday bo'lganligini turli osori atiqal'ar va me'moriy yodgorliklardan topilgan ashyoviy dalillardan bilsa bo'ladi. Miloddan oldingi va eramizning dastlabki asrlarida ikki daryo oralig'ida qurilgan inshoatlar- Ayritom, Zartepa, Bolaliktepa, Dalvarzintepa, Xolchayon, Afrosiyob, Panjikent, Pop va qadimgi Xorazm hududidagi Xumbuz tepa (miloddan oldingi VI-IV asr), Qo'y qirilgan qal'a (miloddan oldingi IV -III asr), Burgutqal'a, Jonbosqal'a, Bozorqal'a (miloddan avalgi IV asr) kabi qal'a va

332

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qo'rg'onlardan topilgan devorlariga chizilgan rasmlar, Budda ma'budasining haykalchalari, «Tuproq qal'a» - (I-III asr), «Qirq qiz qal'a» - (V- VI asr) kabi istehkomlaridan topilgan nay, qo'shnay, chiltor, qo'shtor, qo'shkosa, ud, daf va nog'oraga o'xshash asl nomlari saqlanmagan cholg'u sozlarini ushlagan mutriba ayol va erkaklar tasvirlangan tangachalar, ganch haykalchalardagi cholg'ular tasviridan ularning qaysi turga mansubligini aniqlashimiz mumkin. Samarqandning Urgut tumani Mo'minobod qishlog'idan topilgan miloddan uch ming uch yuz yil oldingi suyakdan ishlangan to'rt teshikli nay qisman saqlangan bo'lib, o'sha davrda bunday tovush ko'lamiga ega bo'lgan cholg'uda qanday kuylar chalinganligini tasavvur qilsa

V-VII asrlarga taalluqli- Namanganning Pop tumanidan topilgan, «Bo'yradan to'qilgan sag'analar» orasida qamishdan yasalgan olti teshikli qo'shnay va boshqa arxeologik topilmalarni o'zbek musiqa san'ati rivojidagi asosiy omil sifatida e'tirof etish mumkin.

O'zbek musiqa san'ati rivojida dostonchilik san'ati asosiy omil sifatida katta ahamiyatga egadir.

Ma'lumki, o'zbek musiqa san'ati rivojida ulkan vazifani ado etgan dostonchilik san'atidir.

Dostonlar yaratilish usuliga ko'ra ikki xil bo'ladi. Birinchi turi yozma adabiyot vakillari tomonidan har bir bandi masnaviy - ikki misradan iborat, faqat she'riy shaklda yaratiladi. Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig», Navoiyning «Xamsa» asaridagi beshta doston va hokazolar. Yozma adabiyotdagi dostonlar aruz vaznida yozilgan bo'lib, individual ijod mahsuli hisoblanadi. Binobarin, yozma adabiyotdagi dostonlar yakka shaxs ijodi an'analari asosida vujudga keladi. Ikkinchi tur dostonlar og'zaki ijod mahsuli sifatida folklor an'analariga bo'ysungan holda yaratiladi. Filologiya fanlari doktori, professor M.Saidov ta'rificha, og'zaki ijoddagi dostonlarda she'riy va nasriy parchalardan iborat badiiy manba - matn bo'lishi kerak. Ikkinchidan, dostonning muzikasi bo'lishi lozim. Uchinchidan, dostonni bir kishi ijro etganligi tufayli kuylovchi do'mbira, yoki qo'biz chala bilishi zarur. To'rtinchidan, dostonni kuylayotgan baxshi yaxshi ovozga ega bo'lishi va qo'shiq aytish mahoratini egallagan bo'lishi zarur .

Farg'ona-Toshkent ijrochiligida o'ziga xos ijro maktabiga ega bo'lgan katta ashula ijrosidir. Katta ashula mashhur ijro yo'li bo'lib, Farg'ona vodiysida, qisman Toshkentda ijro etiladi. Katta ashula ikki, uch, ba'zan to'rt hofiz tomonidan kuylanadi. Ashula so'zlari ijro yo'nalishiga qarab bo'lib olinadi va ma'lum joylarda birga kuylanadi va birga tamomlanadi. «Rabbano dodimga yet», «Aylansin quling»,

bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

«Bir kelsun», «Shafoat», «Adashganman», «Yey dilbari jononim», «Yovvoyi Chorgox» singari patnisaki ashulalar juda mashhurdir. Keyinchalik «Bog' aro», «Kirib bo'stonni kezdim», «Kanalim», «O'zbekistonim» kabi katta ashulalar ham shu qatorga qo'shiladi. Hamroqul qori To'raqulov, Xolqora hofiz, Erka qori Karimov, Haydarali Hikmatov, Sherqo'zi Boyqo'ziyev, Boltaboy Rajabov, Mamadbobo Sattorov, Jo'raxon Sultonov, Ma'murjon Uzoqov singari mashhur hofizlar katta ashula san'ati rivojiga ulkan hissa qo'shganlar.

Tarixdan ma'lumki, yer yuzida yashovchi barcha xalqlarning o'z madaniyati va san'ati, shuningdek, musiqiy madaniyati mavjud bo'lib, ularning ma'naviy boyligi hisoblangan. Ayniqsa, Sharq xalqlarining musiqiy madaniyati har bir xalq milliy musiqasining asosini tashkil etgan, nazariy va amaliy ijrochilik maktabiga ega bo'lgan.

Maqom turkumlari, «Shashmaqom» ham o'zbek va tojik xalqlarining ulkan musiqiy boyligi hisoblanib, xalq bastakorlari ijodi natijasida shakllangan va boyib borgan. Hozirga kelib, bu turkum ijrolarining aniq shakliga, harakteriga va an'anaviy ijro uslublariga to'liq egamiz deb ayta olamiz. Albatta, buning boisi, o'tgan maqomdon va bastakor ustozlarning bu borada qilgan ulkan ijodiy mehnatlarining natijasidir.

Xalqimizning ma'nanaviy durdonasi bo'lmish maqom san'atini qalbiga singdirish orqali O'zbekiston jamiyati uchun yangi nafosat yog'dusi bilan yo'g'rilgan ma'naviy muhit barpo etish hamda bu mo'jizaviy ohang vositasida dunyo xalqlarini odamiylik fazilatidan bahramand etish yangi O'zbekiston jamiyati ma'naviy siyosatining dolzarb masalalardan hisoblanadi. Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimidagi nutqida: «Bu noyob boylikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol yetkazish turli qit'a va mamlakatlar vakillarini bu go'zal maskanda mujassam etgan anjumanimizning asosiy maqsadidir» (Xalq so'zi, 2018, 7 sentyabr, 1-bet) - deya ta'kidlashi zamirida san'atimizni chuqur o'rganish, uning nozik sir-asrorlarini targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi «O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda 2018 yil 6 apreldagi «Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida»gi1 qarorlari o'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim o'zgarishlardan biri bo'ldi. Bu hujjatlarda maqom san'atini yanada

1.Xa^K cy3H, 2018, 7 ceHTa6pb, 1-6eT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

rivojlantirish va uni butun dunyo bo'ylab tan olinishiga imkon yaratish borasida muhim vazifalarni belgilab berildi.

«Maqom san'ati o'zbek xalqining musiqiy ensiklopediyasidir. Unda xalqimizning qadimiy tarixi, ma'naviy dunyosi, badiiy falsafasi, ruhi mujassam. Shu bois necha asrdirki, maqom bebaho madaniy meros sifatida ardoqlanib kelmoqda. Dunyoda milliy maqomchilik an'analarini yarata olgan xalqlar sanoqli» 2 - deb ta'kidlagan edi O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev O'zA muxbiriga bergan intervyusida.

Xulosa sifatida aytish o'rinliki, o'zbek musiqa san'ati rivojining negizidagi bosh omil - ma'naviy faollik va tovushlarda ifodalangan go'zallikdan bahramand etish bo'lib, ma'lum ruhiy holatga olib kirish va uning ta'sirida haqiqatni anglash sifatida har qanday katta-kichik badiiy asar yaxlit yoki ko'p qismli turkum o'zbek musiqa san'ati rivojining asosiy omillaridan hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi «O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 apreldagi «Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida»gi1 qarori

3. Mualliflar guruhi. "O'zbekiston san'ati". T.: "Sharq" nashriyot matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2001 yil.

4. Jabborov A., Boyqo'ziyev A. O'zbeknavo: ustozlar yulduzlar, shogirdlar. T.: "Cho'lpon" nashriyoti, 2000 yil.

5. Jo'rayev A. Yurak bo'ronlari. T.: G'.G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1987 yil.

6. Shashmaqom. 5 jildli (yozib oluvchi Yunus Rajabiy). 1-jild. - Toshkent, Badiiy adabiyot, 1966. - B. 64.

7. Komilov Najmiddin. Tasavvuf. -Toshkent: MOVAROUNNAHR -O'ZBEKISTON, 2009. - B. 156.

8. O'zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev O'zA muxbiriga bergan intervyusi

2.Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH MagaHHHT Ba3Hpn Eaxraep Can^y^aeB Y3A Myxönpnra 6epraH HHTepBbMCH

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

10. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

11. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

12. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

13. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

14. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

15. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

16. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

17. Мамазияев, Х. А. У. (2022). МА^ОМ САНЪАТИДА МУСИКД ЧОЛГУЛАРИНИНГ ТАДРИЖИ. Science and innovation, 1(C3), 7-14.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.