Научная статья на тему 'QADIMGI DUNYO MUSIQA SAN’ATINING TARAQQIYOT JARAYONLARINI O’RGANISH MASALALARI'

QADIMGI DUNYO MUSIQA SAN’ATINING TARAQQIYOT JARAYONLARINI O’RGANISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1623
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / san’at / ijro / janr / tarixiy / musiqachi / ijodkor / ijod / sozanda / qo‘shiq

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Iqlas Erkinovich Xojanov

Maqolada qadim dunyo musiqa san’atining rivojlanishi va bashariyat ma’naviy-madaniy hayot tarizini yuksaltirishdagi o‘rni tarixiy omillar orqali chuqur o‘rganilgan. Musiqa san’ati zamonlar osha ezgulikka, yaxshilikka da’vat etuvchi ilohiy kuch sifatidagi xarakteristikasiga alohida urg‘u berilgan va uni yanada o‘rganish orqali sohada yangi ilmiy tadqiqotlarni kashf etish masalalari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QADIMGI DUNYO MUSIQA SAN’ATINING TARAQQIYOT JARAYONLARINI O’RGANISH MASALALARI»

QADIMGI DUNYO MUSIQA SAN'ATINING TARAQQIYOT JARAYONLARINI O'RGANISH MASALALARI

Iqlas Erkinovich Xojanov O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: Maqolada qadim dunyo musiqa san'atining rivojlanishi va bashariyat ma'naviy-madaniy hayot tarizini yuksaltirishdagi o'rni tarixiy omillar orqali chuqur o'rganilgan. Musiqa san'ati zamonlar osha ezgulikka, yaxshilikka da'vat etuvchi ilohiy kuch sifatidagi xarakteristikasiga alohida urg'u berilgan va uni yanada o'rganish orqali sohada yangi ilmiy tadqiqotlarni kashf etish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, san'at, ijro, janr, tarixiy, musiqachi, ijodkor, ijod, sozanda, qo'shiq.

PROBLEMS OF STUDYING THE PROCESS OF DEVELOPMENT OF

ANCIENT WORLD MUSIC ART

Iqlas Erkinovich Khojanov Nukus branch of the Uzbek State Institute of Arts and Culture

Abstract: The article explores the role of ancient world music in the development of music and the development of human spiritual and cultural life through historical factors. Emphasis is placed on the characterization of the art of music as a divine force that promotes goodness and goodness over time, and explores new scientific research in the field through its further study.

Keywords: music, art, performance, genre, history, musician, artist, creator, musician, song.

Etnografik va arxeologik tadqiqotlarga tayangan ko'plab olimlar musiqa san'ati insoniyatni ibtidoiy jamiyat davrida shakllanishi, uning bevosita mehnat va dam olish jarayoni, diniy marosimlar va harbiy yurishlar bilan bog'liq holda rivoj topishini ta'kidlaydilar.

Arxeologik qazilmalar asosida qadimgi devoriy suratlarda aks etib bitilgan chizma rasmlar orqali o'lim marosimlarida ijro etiluvchi yig'i-marsiyalar, harbiy marshlar, allalar, cho'pon kuy va qo'shiqlari shu singari aynan ko'plab musiqiy janriar mavjud bolgani xususida asos yaratgan. Sharq mamlakatlarming rivojlanish davrida (mil. V-III ming yil avval) musiqa madaniyaitning ajralmas bo'lagiga aylanganligiga guvoh bo'lamiz. Qadimgi Misr, Suriya, Shumer, Bobil, Hindiston va

I ibiSi^^Bl ®52 http://oac.dsmi-qf.uz

Xitoy mamlakatlarining saroy marosimlari musiqasiz o'tkazilmagan. Musiqaga ilohiy va afsungar qudratga ega bo'lgan tirik jonzotlar, xudolar, tabiat va koinotga o'z ta'sirini o'tkazuvchi mo'jizakor kuch sifatida qaralgan.

Bizning asrimiz boshida musiqa haqida tasavvurlarni aks ettiruvchi ko'plab diniy, axloqiy va nazariy risolalar paydo bo'ldi. Ko'pincha musiqa san'atining barcha kichik bolaklari xususida, jumladan, tovushqator, parda asosi, ton va musiqiy cholg'ular haqidagi tasavvurlar aniq timsoliy va ramziy ma'no o'rnida izoh etilgan.

Saroy va diniy maskanlaring oliy tabaqador va noziktaab musiqa san'atiga nisbatan qarama-qarshi oddiy avom xalqning sodda qo'shiq-kuylari, raqs va aytimlari taqqoslangan. Asta-sekin professional musiqachilar doirasi shakllanib, ularning atrofida maktablar rivojlanib borgan. Qadimgi Yunon musiqa madaniyati haqidagi tasavvurlar arxeologik qazilmalardan topilgan buyumlar, qadimgi yozma manbalar, adabiyot yodgorliklari va maxsus musiqiy parchalar tahlilida shakllanib keldi. Qadimgi Yunon musiqasining rivoji taxminan miloddan avvalgi ikki ming yillikdan tortib, avvalgi V asrga qadar bolgan davrni qamrab oladi. Qadimgi Yunon musiqasining xalq qo'shig'i janrlari haqida ma'lumotlar hozirda ham mavjud. Xususan, "georgiki" - dehqon qo'shiqlari, "epitalama" va "gimenei" - to'y qo'shiqlari, "trena - yig'i qo'shiqlari, "embateriya" - safar qo'shiqlari, "skolli" -davra qo'shiqlari va yana bir qator qo'shiqlar turlari yunonlaring amaliy hayotidan keng o'rin olgan. Bu esa, o'z o'rnida, folklor musiqasi ma'lum darajada rivojlanganining belgisidir.

Qadimgi Yunon musiqasida xudolar sharafiga ijro etiluvchi qo'shiqlar alohida o'rin egallaydi. Eng qadimgi qurbonlik marosimi "spondey" - sinkretik janr bo'lib, asosan musiqa va raqs harakatidan tarkib topadi. Ilk bor musiqani yaratgan va ijro etgan san'atkorlar - "aed" deb nomlanib, u bir vaqtning o'zida shoir, bastakor, qo'shiqchi va jo'rnavoz (torli asbob jo'rligida) vazifasini bajarar edi.

Mashhur musiqachilar ijodi Qadimgi Yunon afsonalarida (Olimp, Orfey, Famirid, Marsiy) va epik poemalarida (Gomeming "Odisseya"sida, Demodok va Femiy asarlarida) tilga olinadi. Tantanali aytim va rivoyatlami kuylovchi professional va mohir xonandalar - aedlar xalq orasida katta hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan.

Agar jismoniy kuch va iroda Olimpiya yig'inlarida namoyish etilgan bolsa, xonanda va sozandalar, shoirlar uchun alohida musobaqa - Pifiya yig'inlarida tashkil qilingan. Ko'p san'at ahli Pifiya o'yinlarida ishtirok etib, Olimpiya sport ustalari kabi musobaqada g'oliblikni qolga kiritsagina, g'oliblik nishoni bolmish - lavr gulchambarlari bilan mukofotlanar edi. Antik madaniyatning eng yuksak yutuqlaridan biri o'z ichida drama va she'riyat, musiqa va raqsni mujassam etgan qadimgi tragediyalar (fojialar) boldi. Ayniqsa, Esxil, Sofokl, Yevripid qalamiga mansub tragediyalar dunyoda nihoyatda mashhur bolgan.

553

http://oac.dsmi-qf.uz

Bugunda ulaming nomisiz jahon hamda Yevropa drama va musiqa teatrlari rivojini tasavvur qilib bolmaydi.

Buyuk tragiklar - Esxil, Sofokl, Yevripid va komediyachi Aristofan o'z durdonalarida musiqaga muhim dramaturgik vazifani yuklaganlar.Ushbu davrda musiqa tilida burilish yasagan xor lirikasi yunon adabiyot vakillari va dramaturglari -Timofey, Friniya, Kreks, Melanippida ijodiy izlanishlarida ro'y beradi. Qadimgi Yunon musiqasi aynan ellinistik davrda (miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarimidan boshlab) keng miqyosda O'rta dengiz yerlarida tarqab boradi. Qadimgi Yunon musiqasi amaliyotida turli xil cholg'u asboblar keng qo'llab kelinganligi ma'lum: torli guruh - lira, kifara, forminga, kinir, barbiton, lirofeniks, sambika, spadiks, psalteriy, magadis, pektida, epigoniy, nabl; damli guruh - avlos turli xillari (bombiks, borim, kalam, gingr, niglar, elim), siringlar (bir-ikki va ko'p trubali) va truba (salpinga, keras); urma guruh - timpan, sistr, kimval, krotal, psifir, roptr. Aleksandriyalik mexanik Ktesibiy (miloddan avvalgi III-II asrlar) birinchi suvli organ - gidravlos asbobini kashf etgan.

Qadimgi Yunonistonda, shuningdek, musiqiy nazariya va musiqiy estetika sohalari mukammal darajada rivoj topadi. Pifagor va pifagorchilar maktabi musiqaning bir qator akustik qonuniyatlarini ilmiy darajada izohlab berdilar. Aristoksen ilmiy izlanishlarida interval va tovushqatomi empirik-eshitish hissiyotini o'rganib chiqqan. Musiqa nazariya ilmidagi keyingi tadqiqotlarni - Nikomax, Klavdiy Ptolemey (miloddan avvalgi I-II asrlar), Aristid Kvintilian, Porfiriy, Allipiy (miloddan avvalgi III-IV asrlar) muvaffaqiyatli amalga oshirganlar. Musiqaning etik masalalari, shuningdek, ushbu yo'nalishdagi konsepsiyani bir qator antik olimlar o'rganib chiqqanlar. Ular orasida Platon va Aristotel izlanishlari alohida e'tiborga loyiq.

Shuni ta'kidlash joizki, qadimgi Yunonistonning gullab-yashnagan davrida Yevropa badiiy madaniyati rivoj i uchun tamal toshi solingan. Bugungi kunga qadar biz o'sha uzoq davrda iste'molda bo'gan va qollanilgan ko'plab musiqiy tushunchalar hamda atamalardan foydalanib kelmoqdamiz. Qolaversa, "musiqa" so'zining ma'nosi ham uning so'z o'zagi bolmish "muza" dan olingan bo'lib, qadimgi yunonlarning asosiy bosh xudosi bolmish - Zevsning qizlari nomi bilan qiyoslanishi bejiz bolmagan. Qadimgi Rim badiiy madaniyatining shaklanishi bevosita mazkur an'analar vorisligi (etrus, yunon, ellinistik) va Rim davlatining (miloddan avvalgi III asr oxiridan, to avvalgi V asrgacha) kengligi bilan uzviy bog'liq edi. Qadimgi Rim madaniyati nisbatan mustaqil ravishda rivojlangan bo'lib, mazkur davlatning musiqaga taalluqli ma'lumotlari juda kam.

Bu davrlarda maishiy musiqiy-shoirona janrlar (tantana, to'yona, davra, zikr kabi qo'shiqlar), asosan damli asboblar, rog va trubalarda ijro etilgan harbiy musiqa hamda "salio" va "arvaliyali aka-ukalar" aytimlari mashhur bo'lgan.

I fcclT^^^^HI 554 http://oac.dsmi-qf.uz

Miloddan avvalgi V asrdan e'tiboran, Rim davlati san'atida yunon san'atiga moslashuv harakati kuzatiladi (xususan, bu mifologik mavzulami qollanishida, ritorik maktablarda yunon tilida dars o'tilishi, yunon san'at buyumlarini xarid qilish va h.k.). Yunoniston kabi Rimda ham poetik asarlarni (Goratsiy odalari, Vergiliy ekloglari, Ovidiy poemalari) tibiya va kifara asboblari jo'rligida ijro etish san'ati keng targ'ib qilindi. Keng qo'llanilgan cholg'ular orasida arfa va liraning xilma-xil turlari, gidravlos (suvli organ cholg'usi), kimval va boshqalami e'tirof etish joiz[1:11,14].

Pantomima teatri tarkibida ishtirok etgan yakkaxon-raqqos va unga jo'r bo'lgan xor hamda turli-tuman cholg'u asboblarining katta guruhi kelgusida aynan cholg'u musiqa sohasi rivojida muhim rol o'ynadi. Qadimgi Rim madaniyati yunonga nisbatan, o'z demokratik rivojidan chetlashib, endilikda tomoshabop - orombaxsh shaklu shamoilida rivoj topdi. Musiqaning gedonistik tushunchasiga bo'lgan. katta qiziqish Rim zodagonlari orasida havaskorlikning rivojlanishiga olib keldi (imperator Neron "yunon musobaqalarini" tashkil qiladi va bu yerda o'zi ham qo'shiqchi va kifarachi sifatida qatnashadi).

Miloddan avvalgi I asr yakunida imperator Domitsian yunon "Pifiya o'yinlari" kabi shoirlar, xonanda va sozandalar orasida "Kapitoliy musoboqalarini tashkil etdi. Rim imperiyasining taniqli musiqachilari - Anaksenor, Tigelliy, Menekrat, Mezomed, Terpniy, Diodor nomlari elga tanildi. O'z qudrati va saltanatini kengaytirib borgan, Qadimgi Rim madaniy hayotida (gullash davri mil. avval III asrdan boshlab, to milodiy III asrga qadar davom etgan) musiqa ijtimoiy ahamiyatga ega hodisa bolgan.

Musiqa san'ati, shakl va janrlari barcha bayram va marosimlar, qadimgi va mashhur bolgan gladiatorlar kurashlari, sirk va teatr tomoshalari, pantomima san'atlariga jo'r bo'lib kelgan. Ko'plab mamlakatlar va davlatlarga g'alabali yurishlarni qilgan Rim harbiylari tarkibiga bir necha yuz yilliklar davomida katta sonli harbiy orkestr kirgan. Rim va yunon zodagonlarining oilalarida farzandlariga shartli ravishda musiqa va raqsdan bilim berganlar, ularni o'rgatgan ustozlarni esa, jamiyatda va xalq orasida katta obro'-e'tiborga loyiq deb topganlar.

Musiqa - san'at turlaridan biridir. Rassomchilik, me'morchilik, teatr va boshqa san'at turlari bilan bir qatorda musiqa inson hayotida muhim o'rin tutadi. Musiqa san'ati asarlari ma'naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi, ularga ma'naviy ozuqa bo'ladi va estetik didini tarbiyalaydi.

Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan dam maroqli bo'ladi. Kishilarning bayramlari, to'y-tomoshalari ham, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o'tadi.

Qadimgi Rim imperiyasining sharqiy va g'arbiy qismlarga parchalanib ketishi (395-yil), so'ngra g'arbiy Rim davlatining xonavayron bolishi (476-yil) Antik davlat botishidan dalolat berdi. Xristian dini Rim imperiyasiga yangi madaniyat, yangicha

I [ccñ^^BI 555 http://oac.dsmi-qf.uz

tafakkur, yangi g'oyaviy olamni olib keldi. Bu madaniyat "butparastlik" madaniyatidan tubdan farq qilgan. Milodiy II asrdan boshlab Qadimgi Rim musiqasining rivojini ilk xristian musiqasi bilan birlashtiradi. Shu bilan Yevropa qit'asidagi musiqa tarixida yangi davr boshlanib, u O'rta asr davri bilan e'tirof etildi.

Musiqa san'ati juda qadimda paydo bo'lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar, kuylashni o'rganganlar, dastlabki cholg'u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha bu sozlar takomillashgan, ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobilyatlarga ega bo'lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san'atini boyitganlar. Musiqa san'ati paydo bo'lgandan boshlab bugungi kungacha ikki yo'nalishda rivojlangan, degan fikr o'rinli. Birinchi yo'nalish - xalq musiqiy ijodi. Ikkinchi yo'nalish - kompozitorlik ijodi.

Xalq musiqasi, birinchi navbatda, kishiga ruhiy yengillik baxsh etish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi dunyoga estetik munosabatda bo'lishini shakllantiradi (masalan, gul va bulbul, kamalaklar rangi, raqsdagi nafislik va boshqalar), uchinchi tomondan esa tarbiyaviy ta'sir vazifalarini ham bajaradi. Xalq musiqasi tabiat, jamiyat hodisalari va inson hulq-atvoridagi guzallikni idrok etishga, ulardan zavqlanishga xizmat qiladi.

Xalq musiqasi ommaviy tarzda rivojlangan bo'lib, ularning ko'pchiligi mehnat va turmush shart-sharoitlari hamda biror-bir marosimga bog'liq ravishda vujudga kelgan. Mehnat va marosim qo'shiqlari muayyan sharoitdagina yuzaga keladi va hayotning o'zidan olinadi. Xalq musiqasi kishilar ongiga san'at asarlarining eng ta'sirchan vositasi sifatida tevarak-atrofda ro'y berayotgan voqea hamda hodisalarni singdirishga yordam beradi. Bu jarayon kishining estetik kechinmalariga ta'sir etish orqali amalga oshiriladi.

Demak, kishilarning ma'naviy ehtiyojlarini qondirishda ana shunday an'anaviy xalq musiqasi, qo'shiq va folklor tomoshalarining ahamiyati nihoyatda kattadir. Shuning uchun xalq musiqasiga boy bo'lgan bayramlar, sayillar va turli xil tomoshalar inson ma'naviyati shakllanishi va taraqqiyotida asosiy manba hisoblanadi[2:22].

Qadimda xalq orasida xonanda va sozandalar yashagan. Ular kuy va qo'shiqlar yaratganlar. Bu asarlar nota yozuvi bo'lmaganligi sababli og'izdan-og'izga o'tib bizgacha etib kelgan. Kim yaratganligi noma'lum bo'lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli deyiladi. Ma'lumki yaratuvchanlik, ijod, insonga xos fazilatdir. Har bir avlod kuy va qo'shiqlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritgani uchun bu asarlar xalqniki degan fikr asoslidir. Kompozitorlik ijodi nota yozuvi paydo bo'lgandan so'ng rivojlangan. Kompozitorlar o'z asarlarini nota bilan yozadilar. Bu erda muallif aniq bo'lgani sabab ularning asarlari xalq musiqiy ijodi namunalaridan alohida turadi.

I icclT^^^^H 556 http://oac.dsmi-qf.uz

Har bir san'at turining o'z janrlari bo'lgani kabi musiqa san'atining ham o'z janrlari bor. "Janr" so'zi frantsuzcha bo'lib "san'at asarining turi" degan ma'noni bildiradi. Masalan, rassomchilikda portret, natyurmort, peyzaj kabi janrlar bor. Musiqa san'ati janrlari ikki xil:

1. Xalq musiqa ijodi janrlari.

2. Kompozitorlik ijodi janrlari.

Har bir xalqning o'z musiqa san'ati bor. Boshqa san'at turlari bilan bir qatorda musiqa ham xalq ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi hisoblanadi. Musiqa san'ati asarlarida xalqning hayoti, turli davrlardagi ijtimoiy turmushi, urf-odatlari, din-diyonati, ahloqi haqidagi qarashlar o'z aksini topgan [3:5].

Foydalanilgan adabiyotlar

1. R.Tursunova, G.Tursunova. Jahon musiqa tarixi. -T.: "Voris-nashriyoti", 2017,152 bet.

2. Feruza Asqar. Musiqa va inson ma'naviyati. -T.: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi'', 2000-96 b.

3. Yakubov B. R. Ma'ruzalar matni. - Farg'ona. 2015. - 164.

4. O'zbek sovet entsiklopediyasi. T.9. 1976 y

5. Muzikalno entsiklopedicheskiy slovar. M. 1990.

6. Proxorova I.Muzikalnaya literatura zarubejnix stran. M.1985.

7. V.Galackaya. Muzikalnaya literatura zarubejnqx stran. M.1970.

557

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.