Научная статья на тему 'QORAQALPOQ MILLIY MUSIQA SAN’ATI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

QORAQALPOQ MILLIY MUSIQA SAN’ATI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1785
164
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
milliy musiqa / san’at / madaniyat / tadqiqot / tarixiy jarayon / ijodkorlik / rivojlanish

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Ayjamal Kamiljanovna Turemuratova

Maqolada qoraqalpoq milliy musiqa san’atini o‘rganish masalalari va tadqiqot jarayonining tarixiy bosqichlari haqida so‘z yuritilgan. Qoraqalpoq musiqa san’atini ilmiy o‘rganishda faol qatnashgan olimlar haqida ma’lumotlar berilgan va ularning asarlari tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ MILLIY MUSIQA SAN’ATI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

QORAQALPOQ MILLIY MUSIQA SAN'ATI TARIXIGA BIR NAZAR VA UNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Ayjamal Kamiljanovna Turemuratova O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Maqolada qoraqalpoq milliy musiqa san'atini o'rganish masalalari va tadqiqot jarayonining tarixiy bosqichlari haqida so'z yuritilgan. Qoraqalpoq musiqa san'atini ilmiy o'rganishda faol qatnashgan olimlar haqida ma'lumotlar berilgan va ularning asarlari tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: milliy musiqa, san'at, madaniyat, tadqiqot, tarixiy jarayon, ijodkorlik, rivojlanish.

A LOOK AT THE HISTORY OF KARAKALPAK NATIONAL MUSIC ART

AND ITS FEATURES

Ayjamal Kamiljanovna Turemuratova

The State Conservatory of Uzbekistan

Abstract: The article describes the historical stages of the study of the art of Karakalpak national music and the research processes. Information was given about the scientists who actively participated in the scientific study of the art of Karakalpak music, and their works were analyzed.

Keywords: national music, art, culture, research, historical process, creativeness, development.

Qoraqalpoq milliy musiqa san'ati tarixining taraqqiyot bosqichlari. Yoshlarning ma'nan yetuk kamol topishida ularga jahon musiqasi qatorida o'z xalqining milliy musiqa asarlarini ham chuqur o'rgatish, yoshlar hayotiga hamroh qilish, singdirish doimo musiqashunos olim-u ziyolilarning oliy maqsadi va targ'ibot-tashviqot ishlarining asosiy yo'nalishlaridan bo'lib kelgan. San'at va madaniyat sohasi vakillari yuksak intellektual salohiyatga ega shaxslar bo'lmog'i kerak, albatta. Milliy madaniyatimizni, o'zligimizni anglashda milliy musiqa san'atining roli va ahamiyati beqiyos. Musiqa - ilohiy kuchga ega bo'lgan san'at turi. U inson qalbining ruhiy quvvatlanishida, komil inson bo'lib shakllanishida o'z ta'sirini sezilarli o'tkazadi. U bashariyatning hamisha ijodiy yo'ldoshi bo'lib, uning quvonchli, shod-u hurram, hattoki, qalbiga hasrat to'lgan, tushkunlikka tushgan vaqtlarida ham madad beradi, taskin beradi.

I icclT^^^^H 122 http://oac.dsmi-qf.uz

Musiqa - turli tovushlar bilan obraz yaratib beruvchi, g'oyaviy emotsional mazmunga ega bo'lgan san'atlarning bir turi. Bu holatlarni musiqa estetikasi fani o'rganadi. Chunki u musiqa san'atining keng va chuqur ma'nodagi mohiyati, badiiy shakl-shamoyillar va singdirish uslublarini o'rganadigan fan1.

Jahon musiqa madaniyatida o'zbek musiqasining, qoraqalpoq musiqasining ham o'rni bor, ahamiyati katta, buni inkor etib bo'lmaydi. Shu o'rinda qoraqalpoq xalq musiqasi bir yo'nalishi qo'shiq janridir. Xalq qo'shiqlarining asosi uzoq o'tmishdan moziy sado kabi yangrab, xalqning hayotiy kechinmalarini o'zida aks ettirib, madaniy meros sifatida e'tirof etiladi.

Xalq o'zining boshidan kechirgan har xil tarixiy voqealarga boy turmush tarzini, ma'naviy ko'ngil kechinmalarini va xalq psixologiyasini qo'shiqlar orqali ifoda qilgan. Qo'shiqlarda oddiy xalqning hayot haqiqati ro'yi-ro'st ko'rinadi. Og'ir davrlar vaqtida yaratilgan bu kabi ijod namunalari o'zining qadr-qiymatini hozirga qadar yo'qotmagan. Xalq o'z qo'shiqlariga hurmat bilan qaragan va qadrlab saqlay olgan. Ajdodlarimizga ruhiy madad baxshida qilgan og'zaki xalq ijodiyoti namunalarining hisobi yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Filologiya fanlari doktori N.Dauqaraev: "Qoraqalpoq xalqi - o'zining qayg'uli kunlarida ham, quvonchli kunlarida ham qo'shiqsiz, soz-suhbatsiz, og'zaki poeziyasiz yashay olmadi2", - deya ta'kidlab o'tgan.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham qoraqalpoq san'atiga katta mehr qo'ygan ekanlar. Uchrashuvlarning birida: "... institutimizda o'tkaziladigan turli tadbirlar, bayramlarda Qoraqalpog'iston yoshlari juda faol qatnashar edilar. Ayniqsa, Jizzax, Sirdaryo viloyatlariga paxta terimiga chiqqanimizda, ishdan keyin, kechqurunlari gulxan atrofida qoraqalpoq qizlarimiz, yigitlarimiz Kunxo'ja, Ajiniyoz, Berdaq kabi shoirlardan she'r o'qib, qo'shiq aytib, raqsga tushganlarida barchamiz qoyil qolar edik. Men o'shanda "Bo'zatov", "Aydinlar", "Dem bermes" degan qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini birinchi marta eshitib, o'zimni bamisoli sehrlanib qolgandek his qilganimni hozir ham yaxshi eslayman... Qoraqalpoq diyori o'zining dunyoda o'xshashi yo'q, betakror san'ati bilan barchamizni hayratga solib keladi3", -deya ta'kidlab o'tgan edi.

Haqiqatan ham, qoraqalpoq milliy musiqa san'ati asrlar davomida sayqallanib, zamonlar o'tsa hamki o'zining ohangraboligi va dilga yaqin sozlarining jilokorligini yo'qotmasdan durdona darajasida bizgacha yetib kelgan. Endi bu asarlarni yoshlar hayoti va tarbiyasiga olib kirish, yoshlarga eshittira olish vazifasi tom ma'noda biz kabi yosh ijodkorlarning zimmasidagi ham qarz, ham farz, shu bilan birga sharafli vazifadir.

1Шарипова Г., Ходжаева З. Мусина укитиш методикаси. - Тошкент: "НИФ МШ". 2020. 136 б. 2Надирова А. Каракалпак музыка тарийхы. - Ташкент: "Сано-стандарт". 2018. 384-б.

3Мирзиёев Ш. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халкимиз билан бирга курамиз. Тошкент: "Узбекистан" НМИУ, 2017. - 488 б.

I ВДП^^В! http://oac.dsmi-qf.uz

Qoraqalpoq xalq ijodiyotining shakllanishi uzoq davrga borib taqaladi. Qoraqalpoq folklorshunosligi esa, XX asrning boshlarida paydo bo'lgan. Ya'ni, dastlabki qoraqalpoq folklor asarlari A.I.Belyaev, A.Divayevlar tomonidan ilmiy jihatdan o'rganilgan. Qoraqalpoq xalq ijodiyotini yozib olish va nashr qilinishida mahalliy olimlar A.Begimov, N.Dauqaraev, Q.Ayimbetov, O.Kojurovlarning mehnati katta samara bergan. Ular bu asarlarni baxshi, jirov, qissaxon, tarixchi-etnograf va xalq vakillaridan yozib olgan. Bu asarlar qoraqalpoq folklorining yuz jildligining yuzaga kelishidagi bosh tamoyil hisoblanadi. Mazkur ijod mahsullarining unsurlari negizida shakllangan xalq qo'shiqlari xalqimiz orasida qadim zamonlardan beri keng tarqalgan. Qo'shiq insonga tug'ilgan vaqtidan boshlab yo'ldosh bo'lgan.

Qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini yig'ish va nashr etish, ilmiy tadbiq etish sobiq ittifoq davrida boshlangan. Mazkur ishlarni amalga oshirishda Q.Ayimbetov, N.Dauqarayev, N.Japaqov, I.Sag'itov, Q.Maqsetov, A.Tajimuratov, M.Nizamatdinov, O'.Yerpolatov, N.Kamalovlar xalq qo'shiqlarini yig'ish, nashr etish va ilmiy tabdiq etishda katta hissa qo'shgan. Ulardan A.Tajimuratov revolyutsiyagacha davrdagi xalq qo'shiqlarini, N.Kamalov ikkinchi jahon urushi davridagi, M.Nizammatdinov urushdan keyingi davrdagi, O'.Yerpolatov urushdan avvalgi davrdagi xalq qo'shiqlarini maxsus yo'nalishda tadqiq qilganlar. Istiqlol yillarida xalq qo'shiqlarini S.Bauetdinova, hozirgi davr qoraqalpoq urf-odat qo'shiqlarini S.Qozoqboyevlar o'rgangan. Keyingi yillarda yangi davrga oid yaratilgan xalq qo'shiqlarini ilmiy jihatdan o'rgangan Yu.Paxratdinov bo'ldi. Bu mehnatlar xalq qo'shiqlarini chuqur o'rganishda nihoyatda katta ahamiyatga egadir. Folklorshunoslar tomonidan yig'ilgan xalq qo'shiqlari asosan dastlabki chiqarilgan ko'p jildlikning beshinchi jildiga kiritilgan. Xalq qo'shiqlarini o'rgangan A.Tajimuratov xalq qo'shiqlarini tasniflaydi. U o'z tasnifida xalq qo'shiqlaridan urf-odat qo'shiqlarini o'z oldiga alohida olib ko'rsatgan. A.Tajimuratovning qoraqalpoq xalq qo'shiqlari bo'yicha ishlab chiqqan tasnifi quyidagicha:

1. Mehnat qo'shiqlari

2. Muhabbat qo'shiqlari

3. Din egalariga oid qo'shiqlar

4. Bolalar qo'shiqlari

5. Termalar

6. To'lg'ovlar

7. Tarixiy jirlar

Endi, urf-odat jirlarini esa:

1. To'y jirlari

2. Mung-qayg'u jirlari

3. Aytimlar

4. Beshik jiri

I ibiSi^^Bl 124 http://oac.dsmi-qf.uz

5. Aytishuvlar4.

Rus olimi A.Belyayev 1903-yili Sankt-Peterburg universitetida beshinchi kurs talabasi bo'lgan paytida folklor namunalarini yig'ish va tadqiq qilish ishlari bilan qoraqalpoq ovullarini kezib chiqqan va xalqning qo'shiqqa ishtiyoqini, ijrochilik mahoratini ko'rib, tan berib "Qoraqalpoqlar - dala bulbullari5" - deya ta'rif bergan. Bu haqiqat ekanligini ko'rgan olimlar bizning xalqimizning qo'shiq bilan yashashiga, qo'shiq bilan dunyodan o'tishiga asoslanib aytgan bo'lishi kerak.

Musiqa xalq turmushidagi har qanday tarixiy o'zgarishlarga qaramasdan xalqning ma'naviy boyligi bo'lib, xizmat qilib kelgan. San'at xalqqa zavqli umr in'om etish bilan birgalikda, o'zining tinimsiz mehnati orqali yaxshi turmush kechirishga talpindirib, ruhiy jihatdan qo'llab-quvvatlab orzu-istaklariga yetaklaydi.

XX asrning birinchi choragida qoraqalpoq musiqa madaniyatidagi ijobiy o'zgarishlarning biri bu badiiy havaskorlarning hukumatimiz tomonidan e'tiborga olinishi edi. Chunonchi, To'rtko'l, Toshkent, Moskva shaharlarida olimpiadalarning o'tkazilishi bo'ldi. Ammo, har zamonning o'zining siyosiy tizimiga bog'liq turmush tarzi bo'lgani kabi hukumatimiz o'sha davrdagi ijrochilardan o'zlarining g'oyasidagi rejalarni xalqning g'oyasiga singdirib yetkazishi uchun foydalangan. O'sha davrdagi musiqa madaniyatining fidoyilari xalq musiqalarini, ularning tarixini, o'sha davrdagi xalqning turmush sharoitiga moslashtirib, ko'plab asarlarni yaratgan. Masalan, xalq orasidagi yangi ko'rinishdagi "Yangi dehqon", "Kolxoz tashkiloti", "Komsomol", "Pioner", "Yangajon", "Qozi ishon" kabi qo'shiqlar yaratilgan.

1936-yili madaniyat sohasidagi iqtidor egalarini ya'ni, baxshilarning repertuarlaridagi qo'shiqlar va kuylarni gramplastinkalarga yozib olish masalasi ko'rib chiqiladi. To'rtko'lda ularning eng mohir ijrochilarini va ko'proq repertuar egalarini aniqlash uchun tanlov o'tkaziladi. Ular orasida yuqori darajadagi qobiliyatga ega baxshilar, xonanda, jirovlardan eng saralari tanlab olinadi. J.Shamuratov, Ye.Qo'spo'latov, I.Patullayev, K.Axmedov shu bilan birga xalq qo'shiqlarining mohir ijrochisi xalq artisti A.Shamuratovalarning asarlari 1939-yili aprel oyida Moskva shahrida plastinkaga yozib olinib, o'zlarining ijro repertuarlarini targ'ib etish va tanishtirish uchun bir nechta konsert-gastrol safarlariga yuboriladi.

Xalq artisti A.Shamuratova bu jarayonlarni quyidagicha eslab o'tgan: "Moskvaga borishdan avval bir oy davomida ijro qiladigan qo'shiqlarimizni yodlab, qayta-qayta takrorlab qo'yamiz. Japaq Shamuratov, Yesjan Qo'spo'latov, Ibrayim Patullaev, Aytjan Xo'jalepesov, Yuldash Bekbergenov, Qo'yli Axmetov va men Moskvaga boradigan bo'ldik... Bir necha kun qatnab, mening plastinkaga yozdirgan

4Каракалпак фольклори. Кеп томльщ. 5 том. - Некие: Каракалпакстан баспасы. 1980. 5Надирова А. Каракалпак музыка тарийхы. - Ташкент: "Сано-стандарт". 2018. 384-б

125

http://oac.dsmi-qf.uz

qo'shiqlarim: "Bo'zatov", "Chimboy shahri", "Kurashda", "Insonning yoshlari", "Oq nozli yor6".

Qoraqalpoq milliy musiqa san'ati tarixiga nazar solar ekanmiz - bu aynan shu davr qoraqalpoq milliy musiqa san'atining tarixiy taraqqiyot bosqichi ekanligini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Chunki o'shandan boshlab qoraqalpoq milliy musiqa san'atining barcha yo'nalishlarida tarixga muhrlash ishlari boshlangan.

Aynan shu 1936-yilda J.Shamuratovning ijrosida shoir T.Seytmuratovning she'riga "Maksim Gorkiy" va qoraqalpoq xalq so'zi "Kuy boshi" I.Patullayevning boschiligida ansambl ijrochiligida "Qora jo'rg'a", "Nar egdirgan" kuylari, A.Shamuratovaning ijrosida "Aruxan", "Bo'zatov", "Qo'ng'irot", "Baland chiqib nazar solsam", "Qauender", "Mungli qiz", "Chimboy", "Zarli qiz", "Aqsungul", "Xansayat", "Nigarim", "Ayjamal", qoraqalpoq xalq qo'shiqlari eshittirilib, gramplastikalarga yozilgan va Moskva shahridagi radio eshittirishlarda tinglovchilarga havola etilgan.

Bu durdona asarlar hozirgi kunda qoraqalpoq musiqa madaniyatining oltin fondidagi bebaho merosimizdir. O'sha davrda bu asarlarning gramplastinkaga yozib olinishi oddiy xalq uchun ham quvonchli holatga aylandi. Xalq bu qo'shiq-kuylarni o'zlarining to'y-tomoshalarida, dam olish joylarida, keng jamoatchilik yig'ilgan joylarda, patefonda tinglagan. Xalq musiqalarini gramplastinkalarga tushirish dastlab Moskvada amalga oshirilgan bo'lsa, keyinchalik bu ishlar 1939-yili Toshkent shahrida ham amalga oshirilgan.

Bunda xalq urf-odatlarini ijro qiladigan qo'shiqchilar va doston ijro qiladigan baxshi va jirovlar ishtirok etgan. Bir jihatdan bu plastinkalar xalqning to'y-tomoshalarida xizmat qilishi bilan birga ularning ma'naviy olamning boyishida va musiqaga bo'lgan qiziqishining ortib borishiga turtki bo'lsa, ikkinchi jihatdan baxshilarning dasturlarini davom ettirib, o'sha zamonga mos asarlar yaratilib boshlagan. Shuningdek, xalq musiqalariga ozgina o'zgarishlar kiritib, shoirlarning she'rlarini qo'shiq qilib ijro qilish ommaviy tarzda urfga aylangan. Yanada ularning ijodiyotida faqat qoraqalpoq xalq musiqasigina o'rin olmasdan, qo'shni xalqlarning ya'ni, turkman, o'zbek, qozoq musiqalaridan foydalanganligini ko'ramiz. Bu bo'lsa xalqning san'atga bo'lgan qiziqishini yanada oshirgan. Musiqa madaniyatiga qaratilgan yana bir e'tiborning ko'rinishi bu baxshi-jirovlarning xizmatini yanada yaxshilash, ularning samaradorligini oshirish maqsadida yuqoridagi kabi olimpiada va dekadalarni tashkil etish yildan-yilga dasturga aylanib borganligida edi.

Bu kabi olimpiadalar avvalo, baxshi-jirovlarning san'atini yaxshilash uchun tashkil etilgan bo'lsa, so'ngra ular bilan bir safda xalqimizga musiqa madaniyatimizning ko'p jihatlarini ko'rsatish va boshqa san'atkorlarni olimpiadaga qiziqtirish uchun ko'plab nominatsiyalar qo'yilib, ulardan qissaxonlar, sozandalar,

6Шамуратова А. Театр - емирим хэм тэгдирим. - Некие: Билим. 2018. 100 б.

ПсГГЙ^^^И 126 http://oac.dsmi-qf.uz

raqqos va raqqosalar, chanqovuzchilar va umumiy xalq musiqasining iqtidor egalari bu jarayonga katta qiziqish bilan qaragan va ishtirok etishni kanda qilmagan.

Ayniqsa, 1939-yili To'rtko'lda o'tkazilgan Respublika badiiy havaskorlarining olimpiadasiga Respublikamizning eng chekka joylarimizdan ham ko'plab talant egalari ishtirok etadi. Hattoki, ularning soni 360 dan ziyod bo'lib ketadi. Mazkur olimpiadaning yana bir afzal tomoni shundaki, ishtirokchilar To'rtko'ldan so'ng O'zbekiston bosqichiga Toshkent shahriga o'tkazilib, Toshkent shahri saralash bosqichidan o'tganlar bo'lsa Moskva shahriga yo'llanma olgan. Bu bir jihatdan xalq orasidan yosh iqtidor egalarini yuzaga chiqargan bo'lsa, ikkinchi bir jihatdan qoraqalpoq milliy musiqa madaniyatini dunyoga tanitishdagi ilk qadamlar edi. Olimpiadaning bir nechta bosqichlaridan o'tgan yosh iqtidor egalari hukumat tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlangan va eng so'nggi bosqichdan ya'ni, Moskva shahridan katta muvaffaqiyatlar bilan qaytgan ishtirokchilar Respublikamizning barcha hududlarida o'zlarining yakkaxon konsertlari orqali o'z san'atini xalqqa in'om etish baxtiga muyassar bo'lgan. Bunday yakka konsertlarning ko'pchiligi A.Shamuratova va milliy madaniyatimizning darg'alari Xo'jambergen Niyazov (O'giz jirov), Yesemurat jirov, Abbaz shoir, Sadiq shoirlar o'zlarining ijodiyoti bilan xalqimiz san'atini va boy adabiyotini bir pog'ona yuqori ko'tarib qoraqalpoq madaniyatini yuksaklarga ko'tarilishida asosiy tayanch vazifasini bajargan.

O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Bastakorlik san'ati" magistratura mutaxassisligining 1-kurs talabasi sifatida men qoraqalpoq milliy musiqasi tarixini, o'ziga xos xususiyatlarini chuqur o'rganish orqali ma'lum bir qo'shiq kuyini tanlab, magistrlik dissertatsiyamning yirik ijodiy asarida ishlatishni maqsad qildim. Shu bois keyingi rivojlanish bosqichlarini ham tubdan o'rgandim.

Ta'kidlaymanki, qoraqalpoq milliy musiqasining o'rganilgan masalalari va tadqiqot jarayonlari yo'lga qo'yilgan yillardan so'ng xalq kuylaridan kompozitorlik ijodiyotida foydalanish orqali yuksak darajada ko'p ovozli musiqa namunalari yaratilgan. Xususan, 1938-yili Qoraqalpog'istonda musiqa san'atini yanada rivojlantirish maqsadida bir qator ijodkorlar ish olib bordilar. Jumladan, kompozitor D.Tumanyan xalq kuylarini qayta ishlab, fortepiano, skripka, violonchel cholg'ulari ijro qilishga moslashtirdi. Baxshi J.Shamuratov bilan birgalikda S.Majitovning "Bag'dagul" pyesasining yangi variantiga musiqa yozdi. Pyesada qoraqalpoq xalq kuylari: "Bo'zatov", "Adingnan", "Diydim aman", "Zarli qiz", "Muxalles", "Besperde", "Ayjamal", "Oh, nozli yor", "Azizim", "Dad alingnen", "Ne foyda" va boshqa asarlar yangi ohang-bo'yoqlar bilan, og'ishma va nolalar bilan boyitilib, ko'p qismli musiqa yaratildi.

1950-1960-yillari qoraqalpoq musiqa madaniyati uchun o'zgarish va yangiliklarga to'la davrlar bo'ldi. Qoraqalpoq musiqasida yirik janrlarning paydo

I jbÔÛ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

bo'lishi kompozitor J.Shamuratov bilan A.Xalimovning ijodida yaqqol ko'zga tashlanadi. Mazkur janrlarning milliy musiqamizga ta'siri va o'rganilishiga rus kompozitorlarining simfoniya, kantanta va konsert asarlari namuna sifatida xizmat qilgan. Xususan, A.Xalimovning ijodi milliy musiqamizning tadqiqot ishlari va rivojlanish istiqbollari sifatida hozirgacha alohida e'tirof etiladi.

A.Xalimovning boshqa kompozitorlardan farqli jihati shunda, u Qoraqalpog'istonda o'z ijodini katta janrlardan boshladi. Kompozitorning yuksak muvaffaqiyatlaridan biri - polifonik usul imkoniyatlarni xor asarlarida qo'llanuvchi kompozitorlarning birinchilaridan edi. O'sha davrdayoq 30 dan ortiq ko'p ovozli xorlarning muallifi bo'ldi. Ularning ichida 1956-yili S.Xo'janiyazov she'riga yozilgan "Erkinlik ovozi" xori murakkab musiqasi xor janrining qoraqalpoq musiqashunosligi rivojidagi noyob ijod mahsuli bo'lib qolmasdan, kompozitorning musiqa san'atiga qo'shgan katta hissadir.

Uning bu asari dastlabki ko'p ovozli qoraqalpoq xori bo'lib unda milliy koloritni o'zida jamlagan milliy qoraqalpoq qo'shiq ijrochiligi usullarining qo'shimchalari asosida yozilib, ikki davr musiqasini uyg'unlashtira olgan. Mazkur asar solist, xor va orkestr uchun yozilgan. A.Xalimov xor asarlari bilan birga simfoniya janridagi ijodiy ishlari bilan ham katta hurmat-ehtiromga sazovor bo'lgan.

Xalq kuylari bilan musiqalarini notalashtirib, jamlab to'plam etib chiqarish masalasini kompozitor A.Xalimov o'z tajribasida sinab ko'radi. Lekin bu notalar baxshi, jirovlarga uchun mos emasdi. Uning kitobida musiqalari tovushda faqat melodiyalarigina berilgan bo'lib, ularning barchasida dutorda chertishga to'g'ri kelavermagan. Dutor sozlarining ijro jarayonida ayrim vaqtlari uning ba'zi dastalari, qochirmalari bir-biriga o'xshab ketadi. Vaqtning o'tishi bilan ular sozandaning yodidan chiqib ketish xavfi ham vujudga keladi. Shunga qarab boshqa musiqa unsurlarida xato yuzaga kelishi mumkin. Bu xato-kamchiliklar xalqning milliy musiqasini o'rganishdagi xatoliklarga yo'l ochib, hattoki katta konsertlarda ham ko'zga tashlanib turgan. O'sha davrda musiqashunoslar uchun ishlab chiqilgan qo'llanmalarining hammasi ham ta'lim muassasalaridagi o'quvchilarga, talabalarga musiqa darslarining barcha turlarini nota orqali o'tadigan bo'lsa hamki faqat qoraqalpoq milliy musiqasi uzoq yillar og'zaki o'rgatish usuli bilan o'rgatilgan.

Maktablarda aniq turdagi davlat standartga asoslangan stabillashgan o'quv darsligi bo'lmaganligi sababli o'quvchilargagina emas, ustozlar ham katta tushunmovchiliklarga duch kelib, o'zlarining tushunchasi bo'yicha har qaysisi har xil turda o'qitgan7.

1957-yili qoraqalpoq musiqasining rivojlanishida va tadqiq etilishida nihoyatda ahamiyatli masalalar qayta ko'rib chiqiladi. Chunki Toshkent shahrida dekada o'tkazilishi rejalashtirilgan edi.

7Каранг. Алланазаров Д. Каракалпак хальщ сазлары. - Некие: Каракалпакстан. 2002 136 б.

128 http://oac.dsmi-qf.uz

Uni bartaraf etish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish zaruriyati yuzaga keladi. O'sha yilning o'zida Toshkent shahrida qoraqalpoq madaniyat va adabiyot kunlari o'tkaziladi. 1957-1966-yillari O'zbekiston kompozitorlari uyushmasining Qoraqalpog'iston bo'limining tashkil etilishi va qoraqalpoq xalq sozlari orkestrining tashkil etilishi madaniyat va san'atimiz tarixida ulkan iz qoldirgan.

Orkestrning tashkil etilishida O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Respublikalarida xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, taniqli kompozitor, dirijor, ustoz Abdreyim Sultanovning xizmatlari beqiyosdir8. Shu bilan birga, 1959-yili O'zbekiston Fanlari Akademiyasining Qoraqalpog'iston filiali qoshida san'at tadqiqoti bo'limi ochilib, bu yerda olimlar tomonidan xalq musiqalari bilan birga kompozitorlarning asarlari yig'ilib ularni yozib olish va ilmiy jihatdan tadbiq etish ishlari olib borila boshladi.

Qoraqalpoq musiqa madaniyatida musiqashunoslik ilmi rivojlanib, qoraqalpoq musiqa san'atining o'rganilish masalalari va tadqiqot jarayonlarini mutaxassislar, tanqidchilar va musiqashunoslar T.Adambayeva, K.O'tegenov, S.Levchenko, O.Xomyakova, N.Maksimova, A.Malikov, Q.Qurbanov, G.Kamalovalar o'z ilmiy ishlarida yozib qoldirgan. Qoraqalpoq musiqa san'atining o'rganilish jarayonlari haqida gapirar ekanmiz, bunda sohaning birinchi yetuk olimasi Tajigul Adambayevaning ilmiy va ijodiy faoliyatiga to'xtab o'tish o'rinlidir. Tajigul Adambayeva (1931-2008) - Respublikamizda san'atshunoslik fanlarining birinchi nomzodi. U urush yillarida bolalar uyida tarbiyalanib, To'rtko'ldagi musiqa maktabida tahsil olgan. 1943-yili Qoraqalpog'istondan to'rt o'quvchi Toshkentdagi Gliyer nomidagi musiqa maktabiga yuboriladi. Ularning orasida Tajigul fortepiano sinfi bo'yicha ta'lim olib, 1950-yili bitirib chiqadi.

O'sha yilning o'zida Toshkent davlat konservatoriyasining tarix-nazariya fakultetiga o'qishga kirib, 1955-yili tamomlaydi. 1959-yildan boshlab O'zbekiston Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog'iston filiali N.Dauqarayev nomidagi tarix, til va adabiyot institutida san'atshunoslik sektorida faoliyat olib boradi. Yosh musiqashunos qoraqalpoq milliy musiqasining o'rganilish masalalari va tadqiqot jarayonlarini filolog olimlar N.Dauqarayev, Q.Ayimbetov, I.Sag'itov, M.Nurmuxammedovlardan namuna olishdan boshlagan bo'lsa, keyinchalik, T.A.Jdanko va Baskakovlarning tarixiy asarlarini o'rganadi. T.Adambayeva keyingi tadqiqot ishlari Markaziy Osiyo musiqasiga e'tibor qaratib, tadqiqotchi A.Eyxgorn, A.Zatayevich, V.Belyayev, A.Jubanov, V.Vinogradov, B.Yerzakovich, Ya.Pekker, T.Vizgo, I.Akbarov, F.Karamatov mehnatlarini chuqur o'rgandi. Ularning ba'zilari bilan uzviy aloqa o'rnatib, o'zining ilmiy tajribalarini yanada mukammallashtiradi. Qoraqalpoq musiqasining tarixini chuqurroq tadqiq etishga bel bog'ladi.

Uzoq yillar davomida T.Adambayeva xalq musiqasini magnit lentaga yozib olish uchun shaharma-shahar, ovulma-ovul kezib yurib xalqimizning bebaho

8Надирова А. Каракалпак музыка тарийхы. - Ташкент: "Сано-стандарт". 2018. 384-б.

ПсГГЙ^^^И http://oac.dsmi-qf.uz

merosini notaga tushirish, jirov-baxshilardan o'tgan zamonning xalq ijodkorlari, ijrochilari va sozandalari haqida tarixiy ma'lumotlar to'plash, ularni ma'lum tizimga tushirish va ilmiy-amaliy konferensiyalar o'tkazishda, jamoatchilik ishlarda faol qatnashgan. 1967-yili "Erta davrdagi qoraqalpoq xalqining musiqa madaniyati" nomli mavzuda Almata shahrida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qiladi. Shu yillardan keyin to'plagan va tadbiq qilgan mehnatini 1976-yili "Revolyusiyagacha qoraqalpoq musiqasi" nomi ila Nukus shahridagi "Qoraqalpog'iston" nashriyotidan kitob qilib chiqaradi. Mazkur kitobda xalq qo'shiqlarining janrlari va tarkibi, kompozitorlarining ijodi, qoraqalpoq musiqasining boshqa qardosh xalqlar musiqasi bilan bog'liqligi haqida keng turda tarixiy, nazariy va amaliy jihatdan tushunchalar berilgan.

1985-yili "Qoraqalpog'iston" nashriyotidan chiqqan "Qoraqalpoq sovet musiqasining tarixidan" nomli kitobi ham qoraqalpoq musiqashunosligida ahamiyatli manba bo'lib xizmat qilgan. Tajigul Adambayeva A.Xalimovning keng diapazonli ijod yo'lini, A.Sultanovning "Ajiniyoz" lirikasiga bag'ishlangan musiqalar siklini, T.Turdiqulov, A.Xayratdinovning ommaviy qo'shiqlari va musiqalarini, N.Muxammeddinov, G'.Demenisov va M.Jiyemuratovning simfonik asarlarini, D.Djanabayeva, G'.Amaniyazovlarning kamer va S.Palvanov, Q.Zaretdinovlarning xor janrida erishgan muvaffaqiyatlarini ma'lum darajadagi ilmiy nuqtayi nazardan o'quvchilarning badiiy didini qiziqtira oladigan darajadagi adabiy obrazlar bilan ifodalay olgan. Adambayevaning ilmiy ishlari musiqiy oqartuv va musiqiy madaniyat muvaffaqiyatlarini ommaga yetkazishda ilmiy maqola va kitoblarini O'zbekiston, Qozog'iston, Moskvada nashr etib turgan. Tajigul Adambayeva qoraqalpoq musiqashunoslik ilmida katta ijodiy maktab yaratgan olima sifatida e'tirof etiladi.

Albatta qoraqalpoq xalq qo'shiqlari ham ko'p janrli bo'lganligi sababli musiqasiga, she'r satrlariga va xarakteriga qarab ajratishni musiqashunoslar maqul ko'radi. Bunday tadqiqot ishlari qoraqalpoq xalq kuylarini musiqiy jihatdan tahlil qilish ishlarida o'zbek musiqa tadqiqotchisi I.Akbarov o'zining "Qoraqalpoq xalq kuylari" jildida bir qator fikrlarni bildiradi. "Qo'shiqlar" va "dostonlar" deb u qoraqalpoq musiqalarini ikki guruhga ajratadi. Kuylarning xususiyatlari haqida undagi kuyni o'zgacha etib turgan melizmlar, ritmika tasviri, ladi va bu kuylarning boshqa qardosh xalqlar musiqasi bilan bog'liqligi haqida musiqa tahlillariga zarur bo'lgan bir nechta nazariyalarni keltirib o'tgan. Qoraqalpoq musiqalari ko'pincha murakkab holatda, keng diapazonda har tomonlama rivojlanib, irg'oqlari milliy koloritga mos bo'lib keladi.

Qoraqalpoq xalq qo'shiqlari bir nechta turlarga bo'linadi. Lirik, epik, tarixiy, ijtimoiy qarshilik ko'rsatish, zavqli-raqsbop va sozlar singari. V.Shafrannikov "Karakalpakskie narodnie pesni" kitobida xalq kuylarini shunday ajratib ko'rsatishni ta'kidlab o'tgan. Bu qo'shiq to'plamida tadqiqotchi V.Shafrannikov qoraqalpoq

I jbÄÜ^^Bl 130 http://oac.dsmi-qf.uz

musiqasining har xil jihatli bo'lganligi uning koloritining jozibadorligi va har xil xarakterga boy ekanligini hisobga olib, qo'shiq jumlalariga qaraganda kuylarga ko'proq e'tibor bergan.

Ikkinchi Jahon urushi yillari Respublika markazi bo'lgan To'rtko'l shahriga kelgan Kiyev Konservatoriyasining professori G.I.Komponees (1946-1973-yillargacha mehnat qilgan) va V.G.Shafrannikov Qoraqalpoq xalq merosini saqlab qolishda va musiqa san'ati rivojiga o'z hissalarini qo'shdilar. Jumladan, 100 ga yaqin qoraqalpoq xalq kuylarini folklor ekspeditsiya jarayonlarida yozib olib, V.Belyayevning tahriri ostida to'plam ko'rinishida nashr etiladi. Hamda ushbu kuylar asosida V.Shafrannikov yangi musiqiy asarlar yaratishga muvaffaq bo'ldi. Xususan, to'plamning 18 ta kuyi musiqa asboblari - bayan va akkordeon uchun qayta ishlanib, "Narodnaya muzika karakalpakii" nomi bilan Moskvada nashr yuzini ko'rdi. Aynan V.Shafrannikov Qoraqalpog'iston ijodkorlari tomonidan jahon musiqa janrlari va shakllarini o'zlashtirish uchun mutaxassislarni jalb qilgan va hozirgi zamon kompozitorlik maktabini poydevoriga asos solgan shaxslardan biri hisoblanadi9.

Ularni o'zi ishlab chiqqan tizimga to'g'ri joylashtirishga harakat qilgan. Yanada Sharq xalqining musiqalarini tadbiq etuvchi taniqli rus olimi, professor V.Belyayev o'zining ilmiy tadqiqot ishida o'zbek va turkman xalq musiqalarining qoraqalpoq musiqasi bilan yaqinligi haqida fikrlar bildiradi.

U mazkur o'xshashliklarni aytib o'tish bilan birga qoraqalpoq xalq musiqalarining originalligiga, milliy xususiyatlariga eng asosiy diqqatini qaratadi. Masalan, frigiy ladda intonatsiyaning ko'p bo'lishi orttirilgan sekunda intervalining kam qo'llanilishi va h.k. o'ziga xos xususiyatlarning bor ekanligini ta'kidlab o'tgan.

Qoraqalpoq xalqi boshqa xalqlar kabi o'zining boy folklor meroslariga egadir. Qoraqalpoq milliy musiqasining o'rganilish masalalari va tadqiqot jarayonlariga nazar tashlar ekanmiz, xalq og'zaki adabiyotini, boy ijodiy asarlarini avloddan-avlodga yetkazib berishda jirovlarning o'rni nihoyatda katta bo'lgan. Jir so'zi jir, jirlov degan so'zdan kelib chiqqan bo'lib, jirovlar qo'biz bilan qahramonlik dostonlarini, termalarni, to'lg'ovlarni ijro qilganlar. Jirovlar xalq orasida, omma yig'ilgan joylarda, to'y-marakalarda qo'biz bilan doston, to'lg'ov va o'z jirlarini ijro qilgan va asarlarida Vatanni sevishga, yurtni qo'riqlashga, odamiylik or-nomus va insoniy qadr-qimmatni asrashga da'vat qilgan. Qoraqalpoqlarda jirovchilik san'ati ko'p asrlardan beri mavjud, ammo ularning xat yuzasiga tushmaganlikdan unutilib ketgan10.

9М. Азизхонова., Э.Крбилова. Ёшларни мусщий маданияти ва маънавиятни шакллантиришда мусщий тарбиянинг а^амияти. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1. March 2022

10Айымбетов К. Хальщ даналыгы. - Некие: Карацалпакстан,1988; 79-бет.

ГГлЦ^^Ш! 131 http://oac.dsmi-qf.uz

Qoraqalpoq xalq musiqasi ijrochilarning bo'linishi va asarning spesifik xususiyatlariga qarab aniqlanadi. Qoraqalpoq xalq qo'shiqlarining turlari nihoyatda ko'p. Ular keng ko'lamli bo'lib, kuyning oddiyligi, murakkabligi va tuzilishi yanada ijrochilik usuli jihatidan ikki guruhga: tor diapazonli qo'shiqlar va keng diapazonli qo'shiqlar bo'lib bo'linadi. Qo'shiqlar o'zining janrli tabiati bo'yicha badiiy so'z san'atining lirik turiga kiradi. Qoraqalpoqlar qo'shiqqa boy xalqlarning biri. "Qoraqalpoqlar sahrodagi birinchi shoirlar va qo'shiqchilar" - deya XIX asrda yashagan taniqli ma'rifatparvar, folklorshunos va tarixchi olim Sho'xan Valiyxanov (1835-1865) bekorga aytmagan.

Chunonchi, qoraqalpoq xalq qo'shiqlari mavzulik jihatidan ma'lum darajada falsafiy fikrlashni taqoza etadi. Qoraqalpoq lug'atida qo'shiqning ma'nosi "Qosiq" so'zidan vujudga kelgan bo'lib, qo'shiq aytish ya'ni sozga, kuyga qo'shib aytish degan ma'noni bildiradi. Qo'shiqning asosini, tarixini o'rgangan olimlar uning termini sifatida turkiy xalqlarning badiiy so'z san'atida qadim davrlardan beri qo'llanilgan deb ta'kidlab o'tgan. Jumladan, Mahmud Qoshg'ariyning "Turk so'zlarining kitobi" (Devoni lug'atit turk), Yusuf Hos Hojibning "Baxtga boshlovchi bilim" (Qutadg'u bilik) kitoblarida bayon etilganligini ta'kidlaydi.

1965-yili A.Tajimuratov "Qoraqalpoq xalq qo'shiqlari" nomli kitobni qoraqalpoq tilida nashrdan chiqardi. Muallif tomonidan qoraqalpoq xalq qo'shiqlarini "Turmush urf-odat qo'shiqlari", "Beshik jiri va bolalar qo'shiqlari", "Qizlar qo'shiqlari", "Muhabbat qo'shiqlari", "Mung-qayg'u qo'shiqlari", "Diniy", "To'lg'ovlar va termalar", "Tarixiy qo'shiqlar", "Yuqori qoraqalpoqlardagi xalq qo'shiqlari" kabi nomlar bilan mazmunan tasniflanadi11.

Qoraqalpoq musiqa madaniyatida, O'rta Osiyoning boshqa xalqlari singari, o'zining murakkab ichki tuzilishiga ega bo'lgan asosiy qatlamlari: an'anaviy musiqa va Yevropa kompozitorlik ijodiyoti asosida rivojlangan professional (yozma) turdagi zamonaviy musiqa san'ati misolida gavdalanadi. Xususan, Qoraqalpog'iston musiqa hayotida folklor va an'anaviy musiqa san'ati janrlari (baxshi, jirov, qissaxonlik) va yangi ijro janrlari (simfonik musiqa, balet, opera) rivojlanib bormoqda. Zero, an'anaviy musiqa madaniyatining boshqa turlari va janrlari bilan birga, jirov va boshqalar ijodi Qoraqalpoq xalqining asl milliy madaniy qadriyatlarining ifodasi sifatida o'zining madaniy ahamiyatiga ega. Tarixga nazar tashlasak, eramizning birinchi asriga tegishli ajoyib madaniy meros sifatida "Ayirtam"dan topilgan "Ud" asbobi, 1946-yili arxeologik ekspeditsiya natijasida "Topiraq qal'adan" toshga o'yib chizilgan rasmda "Arfa" chalib turgan musiqachini ham 1947-yili yana shu tuproqlardan ikki torli dutor turidagi cholg'u asbobini ushlab turgan inson fragmentini topilishi buning yaqqol dalilidir. Mana shu musiqa asboblarining rasmi

11Жэримбетов К. Низаматдинов Ж. алламбергенова И. Каракалпак; фольклори. - Ташкент: "нано-стандарт". 2018. 256 б.

ГГлЦ^^Ш! 132 http://oac.dsmi-qf.uz

chizilgan yodgorlikning, shuningdek og'zaki va yozma bitiklardan qoraqalpoq xalqining ota-bobolarimizning makonidan topilishi ham keng tarmoqli qoraqalpoq xalqining boshqa tug'ishgan millatlar xalqlardagi singari, musiqa madaniyatiga ega bo'lganligidan darakdir12.

Ming afsuski, hozirda milliy musiqa san'ati sohasida yuqori malakali bakalavr va magistrlarni, shuningdek, ushbu sohada chuqur tadqiqotlar olib borish salohiyatiga ega bo'lgan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash va musiqashunoslik, san'atshunoslik, teatrshunoslik sohalarga falsafa fanlari nomzodlarini (PhD) tayyorlab berish tizimini soddalashtirish zarur. Ilmiy tadqiqotlar natijalari bo'yicha ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy-ommabop adabiyotlarni tayyorlash va nashr qilish tizimi Qoraqalpog'istonda deyarli rivojlanmagan. San'atshunoslik fanlari bo'yicha ilmiy darajalar beruvchi ya'ni OAKning jurnallari umuman yo'q.

Mazkur yo'nalishda tahsil olayotgan talaba yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda ularning xorijda ta'lim olishi, ilmiy-ijodiy ishlar bilan shug'ullanishini samarali tashkil etish, hamkorlikdagi konsert dasturlarini muntazam asosda yo'lga qo'yishda yangicha tizim ishlab chiqish zarur. Kadrlar ilmiy salohiyatini oshirish, ilmiy-ijodiy faoliyatni yanada rivojlantirish, iqtidorli talaba yoshlarni ushbu yo'nalishga keng jalb etish va soha mutaxassislarini xorijiy turdosh oliy ta'lim muassasalarida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shuningdek, stajirovka o'tashlarini tizimli tashkil etishda bir qator kamchiliklar mavjud.

Biz qoraqalpoq milliy musiqasining o'rganilish masalalarini tahlil qilar ekanmiz, hali sohada o'rganilishi lozim bo'lgan ilmiy ishlar va tadqiqot jarayonlari talab darajasida emasligini anglaymiz. Bizga mutaxassislar yetishmaydi. Mavjud mutaxassislarni esa ma'lum darajada qo'llab-quvvatlashimiz kerak. Yurtimizda sohaga oid OTMning ochilganligiga hali 20 yildan ortiq vaqt bo'lmaganligini hisobga olsak, hali sohani mukammal o'rganadigan, yetuk olim-ziyolilarimiz yetishib chiqishiga ishonamiz. Bu - davr talabidir!

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Allanazarov D. Qaraqalpaq xaliq sazlari. - Nókis: Qaraqalpaqstan. 2002 136

b.

2. Nadirova A. Qaraqalpaq muzika tariyxi. - Tashkent: "Sano-standart". 2018. 384-b.

3. M. Azizxonova., E.Qobilova. Yoshlarni musiqiy madaniyati va ma'naviyatni shakllantirishda musiqiy tarbiyaning ahamiyati. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1. March 2022

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

12M. A3H3X0H0Ba., Э.Kp6нflова. Em^apHH MycH^HH MagaHHaTH Ba MatHaBnaTHH maKraaHTHpumga MycH^HH Tap6nHHHHr a^aMHaTH. "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 1. March 2022.

I icclT^^^^H 133 http://oac.dsmi-qf.uz

4. Ayimbetov Q. Xaliq danaligi. - Nokis: Qaraqalpaqstan,1988; 79-bet.

5. Jarimbetov Q. Nizamatdinov J. Allambergenova I. Qaraqalpaq folklori. -Tashkent: "Nano-standart" 2018. 256 b.

134

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.