Научная статья на тему 'MUSIQANING HAYOTIMIZDAGI OʻRNI'

MUSIQANING HAYOTIMIZDAGI OʻRNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
12205
291
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
musiqa / san’at / madaniyat / hayot / inson / marosim / music / art / culture / life / man / ceremony.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sarvinoz Polatovna Obidova, Dinara Pulatovna Sultanova

Inson kamolotida uning koʻpchilik narsalarga zarurati tugʻiladi. Deylik kundalik sharoitidagi zaruriyatlari: u aqliy mehnat bilan shugʻullangandan keyin dam olib xordiq chiqarmogʻi, odatiy 3 uch mahallik tamaddi qilmogʻi, shu jumladan jismoniy mehnat bilan ham shugʻillanmogʻi lozim. Ulardan tashqari inson aqliy salohiyatini, ma’naviyatini chiniqtirishda va boyitishda koʻproq oʻqishi, baxsli mavzularda koʻproq muloqot qilmogʻi kerak. Insonning yana bir ajib qirrali tomoni borki, u ham ozuqaga muxtoj boʻladi. Bu uning ruhiy holati, ruhiy tomoni hisoblanadi.Ruhiyat insoning koʻpgina imkoniyatlarini namoyon boʻla olishida va oʻziga boʻlgan ishonchini ta’minlashida eng muhim tomonlardan biri. Odamning barcha mavhum his tuygʻulari uning ruhiyati asosida kelib chiqadi. Ruhiyatning ozuqasi esa bevosita musiqa hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PLACE OF MUSIC IN OUR LIVES

In human perfection there is a need for many things. Suppose he has the necessities of daily life: he must rest after mental work, eat the usual three or three meals a day, including physical labor. In addition, one should read more in order to strengthen and enrich one's mental capacity and spirituality, and communicate more on controversial topics. There is another aspect of human beings that needs food. This is his state of mind, his mental side. Spirituality is one of the most important aspects of a person's ability to express his many potential and self-confidence. All abstract human emotions are based on his psyche. The food of the soul is direct music.

Текст научной работы на тему «MUSIQANING HAYOTIMIZDAGI OʻRNI»

MUSIQANING HAYOTIMIZDAGI O'RNI

Sarvinoz Polatovna Obidova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi

Dinara Pulatovna Sultanova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Musiqa ta'limi yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Inson kamolotida uning ko'pchilik narsalarga zarurati tug'iladi. Deylik kundalik sharoitidagi zaruriyatlari: u aqliy mehnat bilan shug'ullangandan keyin dam olib xordiq chiqarmog'i, odatiy 3 uch mahallik tamaddi qilmog'i, shu jumladan jismoniy mehnat bilan ham shug'illanmog'i lozim. Ulardan tashqari inson aqliy salohiyatini, ma'naviyatini chiniqtirishda va boyitishda ko'proq o'qishi, baxsli mavzularda ko'proq muloqot qilmog'i kerak. Insonning yana bir ajib qirrali tomoni borki, u ham ozuqaga muxtoj bo'ladi. Bu uning ruhiy holati, ruhiy tomoni hisoblanadi.Ruhiyat insoning ko'pgina imkoniyatlarini namoyon bo'la olishida va o'ziga bo'lgan ishonchini ta'minlashida eng muhim tomonlardan biri. Odamning barcha mavhum his tuyg'ulari uning ruhiyati asosida kelib chiqadi. Ruhiyatning ozuqasi esa bevosita musiqa hisoblanadi.

Kalit so'zlar: musiqa, san'at, madaniyat, hayot, inson, marosim

THE PLACE OF MUSIC IN OUR LIVES

Sarvinoz Polatovna Obidova Dinara Pulatovna Sultanova

Student of music education at Chirchik Student of music education at Chirchik

State Pedagogical Institute in Tashkent State Pedagogical Institute in Tashkent region region

ABSTRACT

In human perfection there is a need for many things. Suppose he has the necessities of daily life: he must rest after mental work, eat the usual three or three meals a day, including physical labor. In addition, one should read more in order to strengthen and enrich one's mental capacity and spirituality, and communicate more on controversial topics. There is another aspect of human beings that needs food. This is his state of mind, his mental side. Spirituality is one of the most important aspects of a person's ability to express his many potential and self-confidence. All abstract human emotions are based on his psyche. The food of the soul is direct music.

Keywords: music, art, culture, life, man, ceremony.

KIRISH

Musiqa - san'at turlaridan biridir. Rassomchilik, me'morchilik, teatr va boshqa san'at turlari bilan bir qatorda musiqa inson hayotida muhim o'rin tutadi. Musiqa san'ati asarlari ma'naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi, ularga ma'naviy ozuqa bo'ladi va estetik didini tarbiyalaydi. Musiqa inson hayoti davomida unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan dam maroqli bo'ladi. Kishilarning bayramlari, to'y-tomoshalari ham, fojiali motam marosimlari ham musiqa bilan o'tadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Musiqa san'ati juda qadimda paydo bo'lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar, kuylashni o'rganganlar, dastlabki cholg'u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha bu sozlar takomillashgan, ulardagi ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobiliyatlarga ega bo'lgan kishilar ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san'atini boyitganlar.

Musiqa san'ati paydo bo'lgandan boshlab bugungi kungacha ikki yo'nalishda rivojlangan, degan fikr o'rinli. Birinchi yo'nalish - xalq musiqiy ijodi. Ikkinchi yo'nalish - kompozitorlik ijodi.

Qadimda xalq orasida xonanda va sozandalar yashagan. Ular kuy va qo'shiqlar yaratganlar. Bu asarlar nota yozuvi bo'lmaganligi sababli og'izdan-og'izga o'tib bizgacha etib kelgan. Kim yaratganligi noma'lum bo'lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli deyiladi. Ma'lumki yaratuvchanlik, ijod, insonga xos fazilatdir. Har bir avlod kuy va qo'shiqlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritgani uchun bu asarlar xalqniki degan fikr asoslidir.

Kompozitorlik ijodi nota yozuvi paydo bo'lgandan so'ng rivojlangan. Kompozitorlar o'z asarlarini nota bilan yozadilar. Bu erda muallif aniq bo'lgani sabab ularning asarlari xalq musiqiy ijodi namunalaridan alohida turadi.

Har bir san'at turining o'z janrlari bo'lgani kabi musiqa san'atining ham o'z janrlari bor. «Janr» so'zi frantsuzcha bo'lib "san'at asarining turi" degan ma'noni bildiradi. Masalan, rassomchilikda portret, natyurmort, peyzaj kabi janrlar bor. Musiqa san'ati janrlari ikki xil:

1. Xalq musiqa ijodi janrlari.

2. Kompozitorlik ijodi janrlari.

Masalan o'zbek musiqasida xalq musiqa ijodi janrlari quydagilardir: qo'shiq, maqomlar, dostonlar, katta ashula va boshqalar. Kompozitorlik ijodi janrlariga quyidagilar kiradi: opera, balet, simfoniya, sonata va boshqalar. Xalq musiqa ijodi va kompozitorlik ijodini solishtirganda xalq ijodi balandroq turishini e'tirof etish zarur. Xalq ijodi doimiy

ravishda kompozitorlarga namuna bo'lib kelgan. Kompozitorlik ijodi xalq musiqiy merosi namunalari ta'sirida rivojlangan.

Har bir xalqning o'z musiqa san'ati bor. Boshqa san'at turlari bilan bir qatorda musiqa ham xalq ma'naviy taraqqiyotining ko'zgusi hisoblanadi. Musiqa san'ati asarlarida xalqning hayoti, turli davrlardagi ijtimoiy turmushi, urf-odatlari, din-diyonati, axloqi haqidagi qarashlar o'z aksini topgan.

MUHOKAMA

Musiqa qachon va qayerda paydo bo'lgan? Uning shakllanishi va rivojlanishi qanday kechgan? Musiqa san'atining yuzaga kelishida qanday omillar muhim ahamiyatga ega bo'lgan? Shu kabi savollar azaldan insoniyatni qiziqtirgani ma'lum. Turli xalqlarda bu borada xilma-xil rivoyat va afsonalar, og'zaki ijod turida ertak va dostonlar shakllangan. Musiqa san'ati yaratgan parvardigorning qudrati ila bu olamda paydo bo'ldi degan birlamchi g'oyalar ham ilgari surilgan. Yunon mifalogiyasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, ularni nuqtai nazarida musiqa bu ilohiyot bo'lib, u bilan xudolarni ulug'lashda va ularga hamdu sanolarini musiqa (qo'shiq) orqali ifodalashgan. Masalan, "peana" va "noma"-Apallon, "parfenii" va "yupingi"-Artemida, "difiramb", "iobakx" va "fallik"-Dionis, "iula"-Demetra, "metroa"-Kibela va yana bir qator hudolar sharafiga ijro etilgan qo'shiqlar mavjud bo'lgan. Undan tashqari alohida musiqa xudolari ham bo'lgan. Osiyo mintaqamizda esa musiqa tabobatning bir bo'lagi sifatida qaralgan degan taxminlar ham bor. Shamanlar har xil chiltonlaru dutorsimon musiqiy asboblar ijro etib odamlar ichiga kirgan ins-u jinslarni qaytarishgan.

NATIJA

Demak musiqa insoniyat bilan necha asrlardan beri hamrohlikda kelmoqda. Insoniyatning dunyo qarashi tafakkuri boyigani sari uning musiqasi ham o'zgarib bordi. Har bir zamonda insoniyat musiqani o'ziga moslashtirib keldi. Shuning uchun musiqani har kim o'zicha har xil tushunadi. Kimdir uchun musiqa bu oddiy tovushlar yig'indisi, kimdirlar uchun esa fizik xodisa namunasi, kimdir uchun hayotini ajralmas bir qismi bo'lib hizmat qiladi Uning hayotimizdagi o'rni beqiyos. Musiqani eshitmaydigan uni tinglamaydigan odam bo'lmaydi mening nazarimda. Sababi hech bir qalb yo'qki musiqa uning eshiklarini ochib kira olmagan bo'lsa. Inson suvga tashna bo'lgani kabi uning ruhi ham musiqaga tashna bo'ladi. Bu insonning o'ziga sezilishi yoki sezilmasligi ham mumkin. U jismoniy hamda aqliy mehnatdan keyin insonga ketgan ruhiy energiya ba'zasi to'ldirib, asab tizimini tinchlantirish xususiyatiga ega. Bu hususiyat nafaqat insoniyatga balki hayvonot olami vakillariga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Qadimda odamlar yirtqich hamda yovvoyi hayvonlarni ovlashda va ularnk qo'lga o'rgatishda ham musiqa sadolaridan foydalanishgan. Musiqani yana bir

xususiyati borki u bevosita odamni raqsga tushishga undaydi. Agar musiqa quloqni qiyomatga keltirgudek bo'lsa u odamni vahimaga, qo'rquvga solib qo'yadi. Buyuk Sarkarda sohibqiron Amir Temur bobomiz ham yurishlarida karnaychi va nog'orochilarni va zarbli cholg'uchilarni o'zi bilan olib yurgan, yurish qilayotgan hududiga dastlab erta tongda musiqachilarni yuborgan, ular quloqni qiyomatga keltirib odamlarda vahimani uyg'otgan, bundan qal'a ichkarisidagilar gangib qolgan, ruhiy zarba olgan qo'shin tabiiyki jangga kirisha olmagan. Sohibqiron esa kam yo'qotishlar evaziga o'lkalarni qo'lga kiritgan.

XULOSA

Ilk musiqa namunalari ham insonning mehnat faoliyati asosida kelib chiqqan. Undan tashqari har xil marosimlarda ham musiqa yetakchi o'rinda bo'lgan. Hozir ham hech bir udum va marosimlarimiz musiqa sadolarisiz o'tmaydi. Misol uchun to'y marosimlari, udum va an'analar, turli bayramlarimiz musiqa sadolarisiz o'tmaydi.

REFERENCES

1. Jahon musiqasi tarixi fanidan o'quv qo'llanma: G'arb musiqa san'atining XVIII asrgacha shakillanish va rivojlanish davri/ G. va R. Tursunova - Toshkent 2017

2. O'zbek musiqasi tarixi/ T. E. Solomonova - Toshkent "O'qituvchi" 1891

3. Doston navolari/ B. Matyoqubov - Toshkent 2009

4. Mahkamova, S. R. (2021). MAKTAB O'QUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATI DARSLARINING INTEGRALLASHUVI. Scientific progress, 1(5).

5. Xalilova, M. M. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA MUSIQA TALIM TARBIYASINING DOLZARBLIGI. Scientific progress, 1(5).

6. Mahkamova, S. R., & Shahzod, G. (2021). O 'QUVCHILAR TARBIYASIDA MUSIQA FANINING TUTGAN O 'RNI. Scientific progress, 1(5).

7. Mahkamova, S. R., & Obidova, S. P. (2021). MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASALARIDA BOLALARNI MUSIQIY TARBIYALASH VA TA'LIM BERISH. Scientific progress, 1(3).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.