Научная статья на тему 'MUSIQA DARSLARIDA BOLALAR MUSIQA TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISH'

MUSIQA DARSLARIDA BOLALAR MUSIQA TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
743
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
musiqa / ta’lim tizimi / faoliyat turlari / musiqa savodi / musiqa tinglash / ijodkorlik / musiqa ijrochiligi. / music / education system / activities / music literacy / listening to music / creativity / music performance.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Karimova, Dildora Anvarovna

Mazkur maqolada musiqa darslarida bolalarning musiqiy his-tuyg‘usini rivojlantirishda faoliyat turlarining ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, bolalarda musiqiy emtosionallikni kuchaytirish to’g’risida fikr-mulohazalar yurutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING CHILDREN'S SENSE OF MUSIC IN MUSIC LESSONS

This article provides detailed information on the importance of activities in the development of children's musical sensibilities in music lessons. There were also suggestions to increase children's musical emotionality.

Текст научной работы на тему «MUSIQA DARSLARIDA BOLALAR MUSIQA TUYG‘USINI TAKOMILLASHTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

MUSIQA DARSLARIDA BOLALAR MUSIQA TUYG'USINI

TAKOMILLASHTIRISH

Karimova Dildora Anvarovna

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti dotsenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada musiqa darslarida bolalarning musiqiy his-tuyg'usini rivojlantirishda faoliyat turlarining ahamiyati haqida batafsil ma'lumotlar berilgan. Shuningdek, bolalarda musiqiy emtosionallikni kuchaytirish to'g'risida fikr-mulohazalar yurutilgan.

Kalit so'zlar: musiqa, ta'lim tizimi, faoliyat turlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, ijodkorlik, musiqa ijrochiligi.

IMPROVING CHILDREN'S SENSE OF MUSIC IN MUSIC LESSONS

ABSTRACT

This article provides detailed information on the importance of activities in the development of children's musical sensibilities in music lessons. There were also suggestions to increase children's musical emotionality.

Keywords: music, education system, activities, music literacy, listening to music, creativity, music performance.

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОГО ЧУВСТВА ДЕТЕЙ НА

ЗАНЯТИЯХ МУЗЫКОЙ

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена подробная информация о значении деятельности в развитии музыкальной чуткости детей на уроках музыки. Были также предложения по повышению музыкальной эмоциональности детей.

Ключевые слова: музыка, система образования, деятельность, музыкальная грамотность, слушание музыки, творчество, музыкальное исполнительство.

KIRISH

Barkamol avlodni ma'naviy ongini shakllantirishda barcha fanlar qatori musiqaning ham alohida o'rni bor. Bugungi kun musiqa ta'limining eng muhim maqsadlaridan biri nazariy va amaliy jihatdan bilimli, ijodkor, qobiliyatli yoshlarni

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyalab yetishtirishdir. Shu bois musiqa ta'limining sifat va samaradorligini oshirishning turli metodik jarayonlarini yangi ta'lim mazmuniga qo'yilgan talablar asosida ishlab chiqish malakalari alohida mavzu sifatida tahlil etilmoqda. Shuningdek, musiqa darslarida o'quvchilarning musiqiy his-tuyg'ularini rivojlantirish va takomillashtirishda ularning psixologik-fiziologik xarakterlariga oid hamda yosh xususiyatlariga mos musiqiy asarlar haqida ma'lumotlarni umumlashtirish, o'rganish va tahlil qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, o'quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy - g'oyaviy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir Al-Farobiy «Bu fan tanning sog'ligi uchun foydalidir», degan edi, bobomiz Shayx Sa'diy esa «Musiqa odam ruhining yo'ldoshidir» deb ta'kidlaydilar. Musiqa insonga tez ta'sir etuvchi emotsional hissiyotni rivojlantiruvchi vositadir.

Musiqa ta'limi o'quvchi - yoshlarga nafaqat qo'shiq kuylash, musiqa tinglash malakalarini shakllantiradi, musiqiy savodxonligini o'stiradi. Shuningdek musiqiy qobiliyatini tarbiyalashda hissiyotni o'stirishda, diqqat, xotirani rivojlantirishda, taassurot olamini boyitishi, tafakkur ko'lamini shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Musiqa o'quvchilar shaxsiyatini, umuman inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, o'quvchilarning ma'naviy, badiiy va axloqiy madaniyatini shakllantirishga, milliy g'urur va vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga, ijodiy mahorat, nafosat va badiiy didni o'stirishga, fikr doirasini kengaytirishga, musiqiy his-tuyg'usini rivojlantirishga, mustaqillik va tashabbuskorlikni tarbiyalashga xizmat qiladi. Musiqa darsi o'quv predmeti umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan barcha o'quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog'liqdir. Barcha o'quv fanlari qatori musiqiy ta'limda ham Davlat ta'lim standartining joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to'laqonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq kuy va qo'shiqlarida, xonanda va sozandalarning, ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmaqom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatda o'z aksini topdi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda, ularning barkamol bo'lib yetishlarida o'ziga xos va takrorlanmas manba bo'lib xizmat qiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o'zbek musiqa ta'lim-tarbiyasi, pedagogikasi va uning mukammal uslubiyotlari ustoz - shogird an'analari misolida takomillashib borgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Musiqa ta'limidan davlat ta'lim standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o'quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tasavvur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi hislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Shu bois, musiqa madaniyati ta'limining yangi mazmuni yosh avlodni musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi.

Bunda o'quvchilar musiqa san'atini butun nafosati bilan o'rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari, musiqani badiiy didini idrok etish, yakka va jamoa bo'lib qo'shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi. Shuningdek, o'quvchilar musiqiy iqtidorini rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqini oshirish, musiqa san'atiga qiziquvchi o'quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta'lim-tarbiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jahon xalqlarining umuminsoniy musiqiy qadriyatlarini ham chuqur o'rganish yosh avlodni xalqaro nufuzga molik bo'lgan madaniy durdonalardan bahramand bo'lishini ta'minlaydi.

Musiqa madaniyati o'quv fanining mazmuniga bo'lgan minimum talablar nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topib, ular quyidagi mavzularni belgilaydi. Boshlang'ich musiqa savodi, musiqiy asarlar ijodkorlari faoliyati, musiqa ijrochilari, musiqa ijrochiligi, ashula, xor, ansambl, orkestr va simfonik orkestrlar faoliyati, musiqiy sahna asarlari, xalq va professional musiqasi, bastakorlar va kompozitorlar ijodini, o'zbek xalq cholg'u asboblarini bilishni, mashhur o'zbek xalq sozanda va xonandalar ijodiy faoliyati, musiqiy atama va iboralar, musiqa janrlari, ustozona mumtoz musiqa, Sharq va jahon xalqlari musiqasi, ularning taniqli namoyondalari, maqom va shashmaqom, uning mashhur ijrochilari faoliyati, o'zbek musiqasida mahalliy va uning mashhur ijrochilari, o'zbek milliy musiqasida zamonaviylik va zamonaviy musiqa, milliy estrada musiqasi va uning ijrochilari kabi mavzular asosida milliy musiqa madaniyatimizni o'zlashtirishni nazarda tutadi.

Bu mavzular dars jarayonida quyidagi o 'quv faoliyatlarida nazariy ham amaliy mashg 'ulotlar vositasida bajariladi:

1. Musiqa tinglash.

2. Jamoa bo 'lib kuylash.

3. Musiqa savodi.

4. Musiqa ijodkorligi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Musiqa tinglash va kuylash ta'lim mazmunining asosini tashkil etadi. Ularni kuylash, tinglash faoliyatlari vositasida o'rganish bilan bir qatorda cholg'uchilik, musiqali harakatlar, ijodkorlik faoliyatlari bilan har tomonlama o'rganish va o'zlashtirish, musiqiy tavsiflarni ifodalash imkoniyati yaratiladi. O'zbek xalq musiqasi o'zbek bastakorlari va kompozitorlari, qardosh va jahon xalqlari kompozitorlari musiqiy asarlaridan namunalar, shashmaqom sho'balari, mahalliy musiqa uslublaridan namunalar tinglanadi.

Jamoa bo'lib kulyash faoliyati o'quvchilarni musiqiy o'quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quvchi o'z ovoz ijrosini boshqarishni, ustozlarni ijrosini eshitish, kuzatishni hamda ular bilan bahamjihat jo'rnavozlik qilishga intiladi.

O'zbek xalq qo'shiqlari, o'zbek bastakorlari va kompozitorlari qo'shiqlari mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo'shiqlari, jahon va qardosh xalqlari kompozitorlari qo'shiqlari, mahalliy musiqa uslublariga oid folklor qo'shiqlari, maqom aytim yo'llaridan namunalar kuylaydilar.

Musiqa savodi barcha bilimlarni nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsdan qaysi faoliyat mashg'uloti (tinglash, ijro etish, musiqiy harakatlar) bo'lmasin, berilgan mavzudagi asar o'rganiladi va uning xususiyatlari (janri, shakli, tuzilishi, ijrochiligi) haqida yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota yozuvlarini o'rganishdan iborat bo'lmay, balki o'quvchilarning umumiy musiqiy bilim saviyasini tarkib toptiruvchi umumiy bilim, tushunchalar majmuasini (ijrochiligi, xalq va bastakorlik musiqasi, ularning farqlari, milliy musiqaning mahalliy uslublari, klassik musiqa, nota savodi) tashkil etadi.

Musiqa savodida musiqiy atamalar, an'analar, templar (sur'at), intervallar, alteratsiya belgilari, dinamik belgilar, musiqaning ifoda tili, oddiy musiqa shakllari va musiqa janrlari, major va minor ladlari haqida tushuncha beriladi. Musiqa tinglash yakkanavoz va jo'rovozlikni ajrata bilish, ansambl va orkestr ijrosini farqlay bilish, sozlar va sozlar tembrini ajarata olish, musiqiy did va idrokni rivojlantirish. O'zbek, qardosh va jahon xalqlari bastakorlari asarlaridan namunalar tinglash kabilarni o'z ichiga oladi.

O'quvchilar ijrochiligini shakllantirishda musiqa ijrochiligi, qo'shiq ijrochiligi, sozlar ijrochiligi, raqs ijrochiligi, yakka va jamoa bo'lib ijro etish, xalq va kasbiy musiqa: bolalar kuy va qo'shiqlari, ommaviy xalq kuy - qo'shiqlri, maqom, dostonlar, zamonaviy musiqa ijodi, xalq sozanda va xonandalari ijodini bilish. Musiqaning ifodaviy tili: kuy, garmoniya, ritm-usul, sur'at, o'lchov, registr, dinamik belgilar bilan tanishish. Major va minor ladlarini farqlay olish. Oddiy musiqa shakllari: bir qismli

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ikki qismli va uch qismli musiqa shakllari: ko'pletli, ronda, sonata, syuitalar haqida tushunchaga ega bo'lish. Musiqiy janrlar: ashula, raqs, vals, marsh, opera, balet, musiqiy drama, cholg'u musiqasi kontata, kvartet, simfoniya kabi janrlarni farqlay olish. Asosiy musiqiy faoliyat turlari: bastakor, kompozitor, ijrochi, sozandalar ijodi bilan tanishish. Ijrochilar: ansambl, orkestr, xalq va professional sozandalar ijrochiligi haqida tushunchaga ega bo'lish. Xor ijrochiligi: bolalar, ayollar, erkaklar, xalq xorlari va davlat xorlari ijrochiligi bilan tanishish. Partiya ovozlari: soprano, alt, tenor, bas, ovozlarini farqlay olishga erishish muhimdir. Shuningdek, musiqa san'atining boshqa san'at turlari, me'morchilik, rangtasvir, haykaltaroshlik, adabiyot, kino, teatr kabi san'atlar bilan bog'liqligi. Ustozona, mumtoz musiqa: Sharq xalqlari, qardosh va jahon xalqlari musiqasi, atoqli o'zbek bastakorlari va kompozitorlari, atoqli o'zbek xalq sozanda va xonandalari, mashhur ansambllar, orkestrlar va xor jamoalari, shashmaqom va uning ijrochilari, o'zbek musiqasida mahalliy uslublar, ularning ijrochilari, musiqada zamonaviylik va zamonaviy musiqa, estrada musiqasi va uning ijrochilari haqida tushunchani dars jarayoni hamda darsdan tashqari amaliy mashg'ulotlar orqali amalga oshirish nazarda tutiladi.

Yuqori sinf o'quvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo 'yiladigan talablar:

Milliy musiqa amaliyotida mahalliy uslublar va ularning mahalliy shevalari, boshqa madaniy-maishiy an'analari bilan bog'liqligi, har bir mahalliy uslubda o'ziga xos ijrochilik uslublari va cholg'u asboblarini bilish, Farg'ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik va b.q.)ni bilish ularning mahshur ijrochilari, ashulachilar, maqom haqida tushuncha, shashmaqom, cholg'u va aytim yo'llari. O'zbekiston sarhadida ustozona musiqaning ko'p tarmoqli va mahalliy an'analarga ega ekanligi ularning o'xshashligi va mosligi, mahalliy musiqiy an'analarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon bo'lishini bilish.

Ikki ovozli qo'shiqlarni sof ohangda kuylash major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab o'tish, kuylashda forte va piano dinamik belgilarini bajarish, o'zi va o'rtoqlari ijro etgan qo'shiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish, to'rt lokal mintaqada mavjud musiqiy mahalliy uslublarga ko'ra farqlay bilish, baxshilar ijrolarini cholg'u jo'rlari (do'mbira, dutor, tambur, tor) va ovoz ishlatish (bo'g'iq va ochiq) uslublarga ko'ra ajrata bilish, mashhur xalq qo'shiq-kuylari, kasbiy musiqa janrlariga doir ashula, katta ashula, doston ashulalarning ijro usullarini farqlay bilish. Mashhur qo'shiq va ashulalar, yor-yorlar, ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini ajratish o'zbek klassik musiqasida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mahalliy uslub variantlarini ajratish, o'zbek klassik musiqasida mahalliy uslublarning mujassamligini anglash, vokal xor mashqlarini kuylashda berilgan intervallarini aniqlash, raqs ijodkorligini bajarishdan iborat.

Ta'lim mazmuniga qo'yilgan bu talablarning barchasi o'quvchilarning bilimini, ijodiy qobiliyatini o'stirishda, ularda musiqiy his-tuyg'ularini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, musiqa ta'limining barcha faoliyatlari umumiy musiqa ijrochiligi bilan bog'liqdir. O'quvchi tomonidan ijro etilayotgan cholg'u kuyi, dars davomida o'rganilayotgan qo'shiq ohangi bularning barchasi, o'quvchilarning his-tuyg'ularini rivojlantira borib, ularda mantiqiy fikrlash jarayonini yuzaga keltiradi.

O'quvchilarning musiqiy tuyg'usini rivojlantirish va takomillashtirishda musiqiy faoliyat turlarining barchasi birdek xizmat qiladi. Musiqa mashg'ulotlari davomida quyidagi musiqa faoliyatlariga amal qilinadi. Musiqa darsida barcha faoliyatlar muayyan mavzu zamirida mantiqan o'zaro bog'lanadi, natijada darsning mantiqan bir butunligi vujudga keladi. Musiqa savodi barcha faoliyatlarini nazariy birlashtiruvchi faoliyat sifatida muhimdir. Darsda qaysi faoliyat mashg'uloti qo'llanilmasin, uning amaliyotida foydalanilayotgan asar o'rganiladi va uning xususiyatlari haqida yangi tushunchalar hosil bo'ladi. Shu bois, musiqa savodi faqatgina nota savodi uslublaridan iborat bo'lib qolmay, balki o'quvchilarning umumiy qismi, musiqiy bilim doirasini tarkib toptiruvchi, umumiy bilim-tushunchalar majmuasini singdirib borishdan iborat.

Shuni alohida e'tiborga olmoq zarurki, o'quvchilarning musiqiy tuyg'usini rivojlantirish va takomillashtishda, musiqa idroki (tinglash) va musiqa savodi faoliyatlarining o'rni alohidadir. Bu ikkala faoliyat bir-biriga uzviy bog'lanish bilan qolgan barcha faoliyatlar amaliyotiga yetakchilik qiladi. Kuylash faoliyati o'quvchilarning musiqa - o'quv qobiliyati hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun zarurdir. Sinfda jamoa bo'lib kuylash jarayonida o'quvchi o'z ovoz ijrosini boshqaradi, o'rtoqlari ijrolarini eshitib kuzatadi va ular bilan birga jo'r bo'lib kuylashga intiladi.

Zotan, tinglash va kuylash o'quv materiallari ta'lim mazmunini tashkil etadi. Ularni tinglash va kuylash faoliyatlari vositasida o'rganish bilan birga, cholg'uchilik, musiqali harakatlar hamda ijodkorlik faoliyatlari bilan ham har tomonlama o'zlashtirish va musiqiy tavsiflarni ushbu faoliyatlar vositasida ifodalash imkoniyatlari yaratiladi.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

REFERENCES

1. Abralova M, Galiyeva D. Qo'shayev A. O'qituvchilar uchun metodik qo'llanma. Toshkent, G'. G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi., 2008;

2. Avliyoqulov N. X. Zamonaviy o'qitish texnologiyalari. Toshkent, 2001;

3. Begmatov S., D. Karimova 6 sinf. «Musiqa» darsliklari T.,2008

4. Hasanov A. «Musiqa va tarbiya»., Toshkent., «O'qituvchi» .,1993;

5. Ismailov Tohir Xushnudbek o'g'li; «Formation of student aesthetic competition by teaching the works of Russian classic composers in music culture classes»; «Молодой ученый» №17 (359), апрель 2021 г. https://moluch.ru/archive/359/80355/.

6. Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). PI CHAYKOVSKIY "YIL FASLLARI" ASARINING MAZMUN-MOHIYATI BILAN TANISHISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(3), 1460-1475.

7. Karimova D. «Musiqiy pedagogik mahorat asoslari» T., TDPU.,2008

8. Mansurov A, Karimova D. «Musiqa» 5 - sinf uchun dasrlik. , Toshkent .;

9. Ismailov, T. K. (2021). THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE. Экономика и социум, (1-1), 93-95.

10. Kh, I. T. (2021). Musical currents and the formation of Russian classical music. Вестник магистратуры, (5-1 (116)), 7-8.

11. Kharatova, S. K., & Ismailov, T. X. O. G. L. (2022). Use of innovative technologies in the educational process. Science and Education, 3(3), 713-718.

12. Nishonova Z. T. «Bolalar psixik taraqqiyoti muammolari bo'yicha psixologik maslahatlar berish», Toshkent., 1997;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.