Научная статья на тему 'SOZANDALIK VA SOZGARLIKNING O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDAGI AHAMIYATI'

SOZANDALIK VA SOZGARLIKNING O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2569
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
renessans / mumtoz / namuna / tushkun / bulamon / karnay / tanbur / dutor / do‘mbira / renaissance / classics / melisma / depression / bolamon / karnai / tanbur / dutar / doira

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A.Isroilov

Maqolada o‘zbek musiqa san’ati rivojida sozandalik va sozgarlikning ahamiyati yoritililadi.Yangi O‘zbekistonda III Renessens poydevorini mustahkamlashning eng ustuvor vazifalaridan biri yosh avlodda milliy g‘urur,milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini tarbiyalashni nazarda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF INSTRUMENTAL SCIENCE AND INSTRUMENTALISM IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC

The article highlights the importance of music and harmony in the development of Uzbek music. One of the priorities in strengthening the foundations of the Third Renaissance in New Uzbekistan is to instill in the younger generation a sense of national pride and respect for national values.

Текст научной работы на тему «SOZANDALIK VA SOZGARLIKNING O‘ZBEK MUSIQA SAN’ATI RIVOJIDAGI AHAMIYATI»

SOZANDALIK VA SOZGARLIKNING O'ZBEK MUSIQA SAN'ATI RIVOJIDAGI

AHAMIYATI A.Isroilov

AnDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.6717831

Annotatsiya. Maqolada o'zbek musiqa san'ati rivojida sozandalik va sozgarlikning ahamiyati yoritililadi. Yangi O'zbekistonda III Renessens poydevorini mustahkamlashning eng ustuvor vazifalaridan biri yosh avlodda milliy g'urur,milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini tarbiyalashni nazarda tutadi.

Kalit so'zlar: renessans, mumtoz, namuna, tushkun, bulamon, karnay, tanbur, dutor, do'mbira

РОЛЬ ИНСТРУМЕНОВЕДЕНИЕ И ИНСТРУМЕНТАЛИЗМА В РАЗВИТИИ

УЗБЕКСКОЙ МУЗЫКИ

Аннотация. В статье подчеркивается значение музыки и гармонии в развитии узбекской музыки. Одним из приоритетов укрепления основ Третьего Возрождения в Новом Узбекистане является воспитание у подрастающего поколения чувства национальной гордости и уважения к национальным ценностям.

Ключевые слова: ренессанс, классика, мелизм, депрессия, боламон, карнай, танбур, дутар, дойра

THE ROLE OF INSTRUMENTAL SCIENCE AND INSTRUMENTALISM IN THE DEVELOPMENT OF UZBEK MUSIC

Abstract. The article highlights the importance of music and harmony in the development of Uzbek music. One of the priorities in strengthening the foundations of the Third Renaissance in New Uzbekistan is to instill in the younger generation a sense of national pride and respect for national values.

Key words: renaissance, classics, melisma, depression, bolamon, karnai, tanbur, dutar,

doira

KIRISH

Yangi O'zbekistonda III Renessens poydevorini mustahkamlashning eng ustuvor vazifalaridan biri yosh avlodda milliy g'urur,milliy qadriyatlarga hurmat tuyg'usini tarbiyalashni nazarda tutadi.

Zero, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimidagi nutqida: «Bu noyob boylikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylash, undan dunyo ahlini bahramand qilish, kelgusi nasllarga bezavol etkazish turli qit'a va mamlakatlar vakillarini bu go'zal maskanda mujassam etgan anjumanimizning asosiy maqsadidir» - deya ta'kidlashi zamirida san'atimizni chuqur o'rganish, uning nozik sir-asrorlarini targ'ib etishga alohida e'tibor qaratilgan. Bu bejiz emas, albatta. Prezidentimizning 2017 yil 17 noyabrdagi «O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi hamda 2018 yil 6 apreldagi «Xalqaro maqom san'ati anjumanini o'tkazish to'g'risida»gi qarorlari o'zbek mumtoz musiqasi tarixida yangi davrni boshlab bergan muhim o'zgarishlardan biri bo'ldi. Bu hujjatlarda maqom san'atining nasr, cholg'u yo'llarini yanada

rivojlantirish hamda uni butun dunyo bo'ylab tan olinishiga imkon yaratish borasida muhim vazifalar belgilab berildi.

Shubhasiz, tarix saboqlari asosida o'zbek musiqa san'ati rivojini ta'minlash bugungi taraqqiyotimiz uchun zamin yaratadi. Shu bois o'zligini tiklamoqqa azm qilgan har bir millat milliy musiqa san'atiining o'ziga xosligi, uning avlodlar tarbiyasidagi ahamiyati va mustaqil rivojlanish yo'lini tanlaydi va jamiyatimiz kelajagi hisoblanmish komillik sari barcha illatlardan forig' bo'lish, ezgu fikrlarga va ezgu amallarga tayanish, jamiyat manfati yo'lida ilm -ma'rifatga intilish orqali boradi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbek musiqa san'ati, uning sozandalik va sozgarlik kasbiy yo'nalishi qadim-qadimdan boy va murakkab tasviriy imkoniyatlarga egadir. O'zbek sozandalik va sozgarlik o'ziga xos tarixi va an'analarga boy meros sifatida asrlar osha bizgacha etib kelgan ushbu cholg'ular ijrochilik mahoratining ajoyib namunalari o'zining rango-rang jilosi, ohangrabo kuylari bilan kishilarga olam-olam shavq-zavq hamda huzur baxsh etib kelgan.

Miloddan oldingi va eramizning dastlabki asrlarida ikki daryo oralig'ida qurilgan inshoatlar: Ayritom, Zartepa, Bolaliktepa, Dalvarzintepa, Xolchayon, Afrosiyob, Panjikent, Pop va qadimgi Xorazm hududidagi Xumbuz tepa (miloddan oldingi VI-IV asr), Qo'y qirilgan qal'a (miloddan oldingi IV -III asr), Burgutqal'a, Jonbosqal'a, Bozorqal'a (miloddan avalgi IV asr) kabi qal'a va qo'rg'onlardan topilgan devorlarga chizilgan rasmlar, budda ma'budasining haykalchalari, «Tuproq qal'a» - (I-III asr), «Qirq qiz qal'a» (V- VI asr) kabi istehkomlaridan topilgan nay, qo'shnay, chiltor, qo'shtor, qo'shkosa, ud, daf va nog'oraga o'xshash asl nomlari saqlanmagan cholg'u sozlarini ushlagan mutriba ayol va erkaklar tasvirlangan tangachalar, ganch haykalchalardagi cholg'ular tasviridan ularning qaysi turga mansubligini aniqlashimiz mumkin.

V-VII asrlarga taalluqli- Namanganning Pop tumanidan topilgan, «Bo'yradan to'qilgan sag'analar» orasida qamishdan yasalgan olti teshikli qo'shnay va boshqa arxeologik topilmalarni sozandalik va sozgarlik san'ati rivojidagi asosiy omil sifatida e'tirof etish mumkin.

Bu sozandalik va sozgarlik san'ati bo'yicha torli (torli chertim, torli plektor, torli kamonli va torli urma), puflama-damli (naysimon, tilsimon va karnaysimon) va urma-zarbli (teri bilan qoplangan va o'zi sado beruvchi) cholg'ular guruhi va turlariga bo'linadi. Har bir cholg'u o'z tuzilishi, tasviriy vositalarining xarakteri xususiyatlari va ijrochilik uslublari bilan ajralib turadi. O'zbek musiqa cholg'ulari an'anaviy (nay, sibizgi, qo'shnay, g'ajir nay, surnay, bulamon, karnay, tanbur, dutor, do'mbira, qonun, qo'biz, sato, chang-qo'biz, doyra, nog'ora, doul va boshq.) va qayta ishlangan (g'ijjak, qashqar va afg'on ruboblari, chang, ud) xillariga bo'linadi. Bu cholg'ularning har biri ijro etiladigan musiqa asari xususiyatlari va vazifalariga qarab yakkasoz yoki ma'lum ansambl tarkibida ishlatiladi. SHu tufayli an'anaviy yakkasoz va ansambl ijrochiligi yuzaga kelgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Ma'lumki, Navoiy asarlarida o'z ifodasini topgan eng muhim masalalardan biri musiqa cholg'ulari yoki sozlar masalasidir. Ba'zan Navoiy sozlarni tasvirlar ekan, ularning sadosi kishining qulog'ida jaranglayotgandek tuyuladi. Navoiy hazratlari o'zining boy ijodiy merosida cholg'ularning ilohiy va falsafiy jihatlardan kelib chiqib tashbehlar, ya'ni, o'xshatishlar asosida badiiy talqin etadi hamda musiqaning o'ziga xos parda yoki ohang xususiyatlariga alohida ta'rif beradi. Navoiy asarlarida o'z zamonasida iste'molda bo'lgan va ijro amaliyotida keng

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qo'llanilgan bir qator cholg'ular ta'riflangan. Ular orasida bizga ma'lum va noma'lum bo'lgan nay, chang, g'ijjak, tanbur, ud, rubob, qo'buz, daf, chag'ona, rud, musiqor, ayolg'u, nog'ora kabi cholg'u nomlarini uchratish mumkin. [3.B.57] Muhimi shundaki, Navoiy o'z asarlarida musiqiy cholg'ularning shaklu shamoyili, ko'rinishlaridan to ijro mezoni, ohang tarannumi xususiyatigacha falsafiy qarashlar bilan ta'riflaydi va ma'nolar tizimiga xos mukammal bayon qilib beradi. Uning musiqiy iboralar bilan uyg'unlashgan har bir satrlari chuqur ma'noli, musiqiy atamalarning asar g'oyasi bilan qorishib ketganligi bilan alohida ajralib turadi. U o'z g'azallarida qaysi cholg'uga murojaat etmasin, albatta, cholg'u tabiati har tomonlama in'ikosini topadi. Xush ovoz xonandalarni xalqimiz juda qadrlaydi, ularni nafaqat ovozi balki shirin suhbatlaridan ham bahra olishga harakat qilishadi.

MUHOKAMA

Sozgarlik san'ati qadimdan hozirgi kungacha e'zozlangan kasbiy yo'nalish sifatida o'z ijodkori qadrini sarbaland etib keldi. Masalan, XX asr 30-yillarning boshlaridagi sozgar Usta Usmon Zufarov (1892 -1981 yil) ko'plab dutor, tanbur, g'ijjaklarning turdosh oilasini yaratdiki sozlar hozirgi kungacha har bir davrning ma'naviy-ma'rifiy talablariga javob bergan holda, ayni vaktda inson faoliyatining ko'pgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning o'zaro etik va estetik ta'sir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtaraklik kasb etib kelmoqda.

Shuningdek,O'zbekiston radiosi qoshidagi xalq cholg'ulari milliy ansamblning rahbari YUnus Rajabiy, Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas (katta dutor) g'ijjak bas (katta g'ijjak) g'ijjak alt namunalarini ma'naviy iste'molga kiritilar.

Matyusuf Xarratov changni takomomillashtirish ustida sabot bilan ishlab yaxshi natijalarga erishdi. Qadimiy chang kichik hajm (diapazon) ga ega edi. Izlanishlar natijasida M.Xarratov changning yuqori registrini qo'shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytirdi.

Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro'zimat Isaboev (18851964 yil) boshchilik qildi. U ijrochilar tomonidan keng qo'llanilgan bir necha yarim tonli xromatik chang yasadi. Buxorolik Usta Hoji ota, Usta Tohirjon Davlatov, Usta Najmiddin Nasriddinov, Usta Ma'rufjon Toshpo'latovlar bir qancha o'zbek xalq cholg'u asboblarini hozirgi zamonaviy yangi turlarida musiqiy tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalari, muvaqqat nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda o'z aksini topdi.

Toshkentda qo'shnay va surnay asbobini taniqli sozandalar Xayrulla Ubaydullaev, Usta Qayum surnaychi takomillashtirishga erishdilar. XX asr 30-yilning o'rtalaridan boshlab o'zbek xalq cholg'u asboblarini tizimli tarzda takomillashtirish ishlari qizg'in tus oldi.

Ushbu yo'nalishda bir necha o'n yillardan beri sozgarlik faoliyati bilan bog'liq andijonlik - Abdumalik Madraimov, Muhammadjon Turdiev va Kozimjon Nizomutdinovlarning izlanishlari o'zbek musiqa san'ati rivojiga ulkan hissa bo'lib xizmat qilmoqdadair.

Andijon shahridagi "G'ijjaki Boburiy" oilaviy korxonasi raxbari "Hunarmand" uyushmasi Andijon viloyat boshqarmasi faxriy a'zosi milliy cholg'u asboblari ustasi Madraimov Abdumalik Aduraimovichning ijodiy xamda ilmiy ishlari yuqoridagi fikrimizning yorqin dalilidir.

A.Madraimov 1999 yildan buyon xalq hunarmandchiligining milliy musiqa sozlarini ta'mirlash va yaratish ishlari bilan shug'ullanib kelmoqda.

A.Madraimov 1999 yildan buyon olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida IX-XII asrlarda ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan "Qo'shtor", "G'ijjaki Boburiy», "Dilrabo,

"Dilnavo", "Xushnavo", "Meros" kabi mumtoz musiqa asboblarini qaytadan tiklab, milliy musiqa san'ati rivojiga katta xissa qo'shdi.

2010-2012 yillarda ustoz shogirdlari bilan 400 dan ortiq musiqa asboblarini qaytadan ishlab shaxsiy jamg'armasi xisobidan "Meros" dastasini tashkil qildi. Dasta ijrosidagi betakror kuylardan butun mamlakat ahlini baxramand etib, O'zbekiston teleradiokampaniyasining ko'chma ovoz yozish studiyasini Andijonga olib kelib "Meros" dastasining mumtoz sozlarda ijro etgan 50 dan ziyod qo'shiqlar yozib olinishini ta'minladi. Ushbu kuylar respublika radiosining "Oltin fondidan" joy oldi.

Shuningdek, sozgar ustaning ijodi va faoliyati xaqida O'zbekiston teleradiokompaniyasi tomonidan "Moziydan sadolar", "Bugun tushlarimga kirmish Andijon", "Mushkulot", "Usta", "Soz sehri", va "Yurtdoshlar" filmlari suratga olingan.

Usta A.Madraimov 1996 yida Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan "G'ijjaki Boburiy» yohud "Temuriylar sulolasi davridagi o'zbek musiqa sozi" haqidagi risola chop etildi va Hozirda risolaning ikkinchi qismi nashrga tayyorlanmoqda.

O'zbekiston Fanlar Akademiyasi qoshidagi Temuriylar tarixi davlat muzeyining doimiy ko'rgazmasidan o'rin olgan. Shuningdek, bugunda Londondagi Qirollik muzeyi, Parij va Tokio davlatlari muzeylarining doimiy eksponatlari qatoridan munosib joy egallagan. Amerika, Angliya, Italiya, Koreya, Xitoy, Afg'oniston kabi davlatlardagi ko'rgazmalarda ijod namunalari namoyish etilgan.

"Tashabbus-1997", "Tashabbus-2005" ko'rik tanlovlarida ishtirok etib, viloyatda 1-o'rinni va respublika bosqichida "Eng yahshi hunarmand" nominatsiyasi laureati bo'lgan. "Tashabbus-2013" ko'rik tanlovining respublika bosqichida 3-o'rinni egallagan.

Turdiev Muxammadjon asosan, g'ijjak, skripka va chang cholg'ulari, shuningdek, milliy cholg'u asboblarini yasash va ta'mirlash hamda cholg'u asboblarini sadaf bilan bezatish ishlari bilan shug'ullandi. SHundan so'ng o'ndan ortiq shogirdlar tayyorladi. Muhammadjon ustoz o'nlab musiqa asralari yaratib, O'zbekiston televideniesi tomonidan suratga olingan "Sato" nomli hujjatli filmga muhrlangan.

Kozimjon Nizomutdinov yoshligidan cholg'u asboblarini chalishga va ta'mirlashga qiziqqan. 9-sinfda ta'lim olayotgan davridan boshlab, maktabdagi musiqa to'garagiga qatnashgan hamda ustozi Azamatjon Bekmirzaev rahbarligida musiqa san'ati sirlarini qunt bilan o'rgangan.

1971 yili Andijon musiqa bilim yurtini tamomlab, tahsilni Toshkent davlat konservatoriyasida "Dutor bas" mutaxasisligi bo'yicha davom ettirgan. Toshkent davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir vaqtda Kozimjon Nizomutdinov ustozlari Xirojiddin Muxitdinov va Abdunabi Abdug'ofurovlardan saboq olgan.

XULOSA

Xulosa tarzida aytish mumkinki, o'zbek musiqa san'ati rivojida sozandalik va sozgarlik uzoq o'tmishimizning ma'naviy-ijtimoiy madaniyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatgan o'ziga xos nafosat olami bo'lib, bu noyob merosdan yangi O'zbekiston yoshlarini bahramand etish dolzarb masalalardandir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Х,асанбоев Ж., Туракулов Х. Педагогика назарияси фанидан изохли лугат. -Тошкент.: «Фан», 2008. -Б.182.

2. Мирзиёев Ш.М. Янги Узбекистан стратегияси. -Тошкент.:Узбекистон. 2021. -Б. 232

3. Авлакулов А.М. Техноген цивилизация ва таълим-тарбия жараёнлари. -Тошкент.: 2016. -Б. 12.

4. Ибрагимов С. Таълим олувчиларнинг креатив кобилиятларини ривожлантиришнинг ахамияти. // Academic research in educational sciences. VOLUME 1. ISSUE 4. 2020. -Р. 408.

5. Bakhromovich SI. The impact of managerial professional development on the effectiveness of Higher Education institution management. Academicia: an international multidisciplinary research journal. 2020;10(12):1014-20.

6. Siddikov, I. B. (2019). Философско-педагогические аспекты развития интеллектуальной культуры студентов. Вестник Ошского государственного университета, (3), 38-42.

7. Bakhromovich, S. I. Development trends and transformation processes in academic mobility in higher education in Uzbekistan and the world.

8. Bakhromovich, S. I. (2021). A comparative induction of the epistemological and theological views of medieval Islamic oriental scholars. Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities, 1(1.7 Philosophical sciences).

9. Bakhromovich, S. I. (2021). Views on the role of science in human and society life in islamic teaching. International Journal of Philosophical Studies and Social Sciences, 1(3), 79-86.

10. Bakhromovich, S. I. (2020). Effects of Objective and Subjective Factors to Develop Intellectual Culture of Youth. Canadian Social Science, 16 (2), 55-59 p.

11. Bakhromovich, S. I. (2018). Social and philisophical performance of making youth's intellectual culture. European science review, (7-8).

12. Bakhromovich, S. I. (2020). Analysis Of Modern Approaches To Ensuring The Effectiveness Of Management In Higher Education Institutions. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(12), 364-369.

13. Bakhromovich, S. I. (2021). Philosophical comparative studies of the epistemological and theological views of medieval eastern scholars. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation. Turkey, 2021. №32 (3), (Scopus) - P. 30338-30355

14. Bakhromovich, S. I. (2022).Dialectical and synergetic features of the development of theological and epistemological views in medieval eastern islam. European Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA), - Las Palmas, Spain, Volume 3, Issue 2 February, 2022. - P. 79-83

15. Nurullayevna, N. M., & Muhlisa, T. (2021, December). SOME PROBLEMS AND SHORTCOMINGS IN THE HIGHER EDUCATION SYSTEM. In Archive of Conferences (pp. 61-62).

16. Nasritdinova, M., & Khokimova, K. (2021, October). LANGUAGE IS THE MIRROR OF THE NATION. In Archive of Conferences (pp. 92-94).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.