Научная статья на тему 'OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI VA ULARNING MILLIY MADANIYATIMIZ RIVOJIDAGI AHAMIYATI'

OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI VA ULARNING MILLIY MADANIYATIMIZ RIVOJIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7307
329
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy madaniyat / musiqa / cholgʻu / san’at / ijro / xalq ogʻzaki ijodi

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baratov Bahodir, Abdiraximov Javohir, Gʻofurov Mirmuhsin

Mazkur maqolada milliy cholgʻularimiz tarixi va ularning bugungi kunda milliy madaniyatimizni rivojlantirshdagi oʻrnini haqida fikr-mulohaza yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEK XALQ CHOLGʻULARI VA ULARNING MILLIY MADANIYATIMIZ RIVOJIDAGI AHAMIYATI»

O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARI VA ULARNING MILLIY MADANIYATIMIZ RIVOJIDAGI AHAMIYATI

Baratov Bahodir Abdiraximov Javohir Ilmiy rahbar: G'ofurov Mirmuhsin O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Mazkur maqolada milliy cholg'ularimiz tarixi va ularning bugungi kunda milliy madaniyatimizni rivojlantirshdagi o'rnini haqida fikr-mulohaza yuritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy madaniyat, musiqa, cholg'u, san'at, ijro, xalq og'zaki ijodi.

UZBEK FOLK INSTRUMENTS AND THEIR IMPORTANCE IN THE DEVELOPMENT OF OUR NATIONAL CULTURE

Baratov Bahodir Abdirahimov Javohir Research advisor: Gopurov Mirmuhsin Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses the history of our national instruments and their role in the development of our national culture today.

Keywords: National culture, music, instruments, art, performance, folklore.

Insonning qalbida go'zallik tuyg'usini taraqqiy ettirmay turib, ma'naviy barkamol inson haqida gapirib bo'lmaydi. Shunday ekan qudratli kuchga ega bo'lgan musiqa, o'z jozibasi bilan inson qalbini qamrab oladi, uni go'zallikga yetaklaydi. Shu boisdan ham musiqani xalqning, millatning qalbi deb, bejiz aytilmaydi. "Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning boy tarixiy qadryatlari, ming yillikni qamragan betakror va jozibali madaniyatimiz tiklana boshlandi.

Jumladan milliy urf-odatlarimiz, an'analarimiz, milliy san'atimiz, xalq ijodiyoti va musiqamiz singari xalq ma'naviyatini ifodalovchi barcha qadryatlarimiz qad rostlamoqda[3].

Prezidentimizning madaniyat va san'at sohasini rivojlantirishga qaratayotgan katta e'tibori tufayli milliy musiqa san'ati o'zining yangi rivojlanish davrni boshlab berdi. Bu islohatlarning amaliy natijasi sifatida Respublikamizning turli hududlarida o'tkazilib kelinayotgan yirik xalqaro festival va ko'rik tanlovlarni alohida takidlash joyiz. Xususan, Shahrisabzda o'tkazilgan "Xalqaro maqom anjumani", Surxondaryoda

va Qoraqalpog'iston Respublikasida bo'lib o'tgan, "Xalqaro baxshichilik san'ati" festivallari, Marg'ilondagi "Buyuk Ipak Yo'li" Xalqaro folklor musiqasi festivali, Qo'qonda bo'lib o'tgan Xalqaro Hunarmandchilik festivali kabi yirik madaniy tadbirlarning tashkil etikishi milliy madaniyatimizni dunyo hamjamiyati oldida namoyon qilish va ular bilan madaniyat va san'at sohasida tajriba almashish, madaniy -ma'naviy munosabatlarni mustahkamlash, xalqaro miqyosda madaniy aloqalarni kengaytirish va o'zbek milliy madaniyati va san'atini keng yoyishda xizmat qiladi.

Toki odamzod o'zini qurshab turgan tashqi olamda, o'zi yashayotgan jamiyatda ozi muloqotda bo'layotgan kishilarda, tarixan shakllangan va muayyan davrda amal qilayotgan badiiy ijod namunalarida mujassamlashgan go'zallikni his qila olmas ekan, hech qachon ma'naviy barkamol inson darajasiga ko'tarila olmaydi. Musiqa insonga estetik zavq berish bilan birga, yon-atirofidagi go'zallikni his etish imkoniyatini beradi.

Musiqa ana shu nozik tuyg'ularni shakllantirish va tarbiyalashning qudratli vositalaridan biridir. Musiqiy cholg'ular esa, insoniyat ma'naviyatini ohanglarda tarannum etuvchi vosita, ya'ni inson ijodiyoti mahsuli bo'lib, har bir xalqning ijtimoiy-madaniy hayot jarayonlarini ifodalovchi asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Cholg'ulardan taraladigan ohanglar esa xalqning ruhiyatidan kelib chiqib yaratiladi.

O'zbek xalqi qadimiy boy musiqiy merosga ega bo'lib, bunda musiqiy cholg'ularning o'rni alohida ahamiyat kasb etadi. Bizning musiqa cholg'ularimiz xalqimizning moddiy, madaniy boyligi hisoblanib, madaniy tariximizni anglashda va milliy madaniyatimiz rivojida boshqa sohalar singari muhim o'rin tutadi.

Tarixdan ma'lumki, o'z davrida O'zbekiston hududidan G'arb va Sharq mamlakatlarini birlashtirib turuvchi Buyuk Ipak Yo'li o'tganligi, bu esa zaminimizga boshqa xalqlar madaniyatining kirib kelishi va bizning madaniyatimizni boshqa xalqlar madaniyatiga yoyilishiga sababchi bo'lgan. Bu esa o'z - o'zidan barcha sohalar yuksalishiga, hususan musiqa madaniyati ham boshqa sohalar singari rivojlanishi va yurtimiz hududida ko'plab cholg'ularning saqlanib qolishiga zamin yaratib bergan. O'zbek xalq cholg'ulari o'ziga xos tarzda musiqaning barcha tarmoqlariga mos shaklda asrlar osha mukammallashib, rivojlanib keldi.

Tarixiy qo'lyozmalarda O'rta Osiyo xalqlari amaliyotida vujudga kelgan barcha cholg'ular nomlari keltirilgan. Musiqiy risolalarda esa cholg'ularga tegishli (shakl, tuzilish, torlar nisbatlari, tayyorlash mezonlari, cholg'ular yasash uchun ishlatiladigan daraxtlar va h.k haqida) ma'lumotlar keltirilgan. Ularda, torli cholg'ulardan - borbad, ud, rud, qo'biz, g'ijjak, navha, nuzxa, qonun, chang, rubob, tanbur, dutor; damli cholg'ulardan - ruhafzo, shammoma, org'anun, sibizg'a, nayi anbon, chag'ona, bulamon, surnay, nay, qo'shnay, karnay; urma cholg'ulardan - daf, doira, nog'ora, safoil kabi musiqa cholg'ulari haqida turli darajadagi ma'lumotlar keltirilgan.

Davrlarning o'tishi, jamiyat taraqqiyoti mezoniga musiqa cholg'ulari ham hamnafas tarzda rivojlanib, zamonaga mos takomillashib, mukammallashib kelgan.

Tarixiy manba'larda, Qulmuhammd Udiyning ud cholg'usiga to'rtinchi torni taqqanligi yoki g'ijjak cholg'usining avval ikki tori, keyin uchinch va to'rtinchi torlari qo'shilganli kabi ma'lumotlar aynan cholg'ular takomillashishi va murakkablashib kelganligi bilan bog'liqdir. Bu kabi takomillashtirilib istemolga kirgizilgan cholg'ularga ko'plab misollar keltirish mumkin.

"XIX asr oxiri va XX asrda o'zbekona chang, qashqar ruboblari shakllanib iste'molga kirdi. Ud va qonun sozlari qayta tiklanib, ijrochilik amalyotini sezilarli darajada boyitdi. Afg'on rubobi hamda turk cholg'usi bo'lmish - soz ham o'ziga xos jozibasi bilan amaliy jarayondan munosib o'rin oldi.

Zamonaviy musiqa ijodiyoti bilan birga chang, rubob, dutor, g'ijjak kabi xalq cholg'ularining oilaviy namunalari yaratildi. Pirovardida, zamonaviy jarayonga kelib musiqiy cholg'ularning turli yo'nalishlariga mos, xilma-xil tarkiblari yuzaga keldi. Amalyotda an'anaviy, qayta ishlangan, takomillashgan, qayta tiklangan, yangi zamonaviy (hamda elktron) cholg'ularning xillari keng qo'llanilmoqda[7]. Takomillashish jarayonida cholg'ularning shakl va tarannum (ovoz) imkoniyatlarini boyitish katta ahamiyat kasb etgan. Bu ikki mezon cholg'ularning ma'nan va moddiy qiymatini ham belgilashga asos bo'lib xizmat qilgan. Zero, chiroyli cholg'u go'zal ovozga ega bo'lishi, u xalq madaniy-ma'naviy boyligi ekanligini etirof etish lozimdir.

"Biz yashab turgan hududimizda ishlatiladigan milliy musiqa cholg'ularining turlari nihoyatda ko'p. Agar ular nomma-nom sanab chiqilsa, 50 tadan ortiq ekanligining guvohi bo'lish mumkin. Shular ichidagi 18 nomdagi musiqiy cholg'u XX asrning 30-yillari oxiridan boshlab yangidan yaratilgan musiqiy cholg'ular hisoblanadi va ular asosan orkestr va ko'p ovozli ansambllarda foydalanish uchun mo'ljallangan. Bu cholg'ular muqaddam mavjud bo'lgan milliy musiqa cholg'ularining shaklini yiriklashtirish yoki kichikroq ko'rinishga keltirish asosida yaratilgan bo'lib, o'sha cholg'u oilasini yaratish ustida olib borilgan tajribalar natijasida yaratilgan. Takomillashtirilgan cholg'ularda tajribalar olib borildi va chang, rubob, dutor, g'ijjak, qo'biz asboblarining oilasi yaratildi.

O'zbek xalq cholg'ularing rekonstruksiya qilish va takomillashtirishdan maqsad, milliy ohanglarimizni ijro qilishda yanada keng imkoniyat hosil qilish va ularni Yevropa tovush qatori tizimiga o'tkazish kabi vazifalar ustida ish olib borishgan. A.I.Petrosyans rahbarligi qo'l ostida bir guruh ustalar: Usta Usmon Zufarov ko'plab dutor va tanbur, g'ijjaklarning turdosh oilalarini yaratgan bo'lsa, Matyusuf Xarratov chang cholg'usining yuqori registrini qo'shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytirdi. Yunus Rajabiy Usta Usmon Zufarov bilan hamkorlikda dutor bas, g'ijjak bas, g'ijjak alt na'munalarini yaratdilar. Cholg'ularning takomillashtirish natijasida, xalq cholg'ularimiz diatonik tovushqatordan xromatik tovush qatorga o'tkazildi. Bu kabi ijod na'munalari cholg'u ustalarining bevosita sozgarlik sohasida yetarlicha tajriba to'plashganlari, asta sekinlik bilan an'anaviy cholg'ularning eski na'munalari

o'rniga zamonaviy ijrochilikning yuksak talablariga to'la mos kela oladigan yangi na'munalarini yaratish, mavjud cholg'ularni yanada takomillashtirishga urinish bo'ldi.

Bugungi kunda ham yurtimizda bir qancha cholg'u sozgarlari faoliyat olib borayotganligi, milliy musiqachilik sohasida bir qator yutuqlarga erishayotganimizni takidlash joizdir. Hususan, ana shunday o'zining na'munaviy yutuqlari bilan milliy musiqa san'atimiz rivojiga katta hissa qo'shib kelayotgan Andijonlik ustalarbir qancha cholg'ularni qayta tiklashga erishdi va yana yangi cholg'ularni yaratish ustida izlanishlar olib bormoqdalar. Bunga misol tariqasida sozgar usta Abdimalik Madraimov tomonidan Boburiylar davriga oid milliy musiqa cholg'ularidan g'ijjaki boburiy, qo'shtor, dilrabo, dilnavo va shu kabi bir necha cholg'ularni qayta tiklashga erishilganligini takidlash joiz bo'ladi

Milliy madaniyatimizda qo'llaniladigan musiqa cholg'ularini foydalanish o'rinlariga qarab shartli ravishda 2 guruhga - professional ijrochilikda qollaniladigan va folklor cholg'ulari turlariga ajratish mumkin. Professional ijrochilikda qo'llaniladigan cholg'ularning o'zi ham an'anaviy musiqa ijrochiligida ishlatiladigan cholg'ular hamda akademik ijroda ishlatiladigan cholg'ular turlariga bo'linib ketadi[39].

An'anaviy xalq cholg'ulari tarkibidan joy olgan cholg'ular qatoriga tanbur, dutor, sato, rubob, ud, nay, sunray, qo'shnay, karnay, g'ijjak, chang, qonun, doyra, nog'oralarni, folklor ijodiyotida qo'llaniladigan sozlarga changqo'biz, sibizg'a, cho'pon nay, spol nay, safoil, sagat kabilar kiradi. Qayta ishlangan cholg'ularga: rubob, g'ijjak, dutor, chang sozlarining musiqaning soprano, alt, tenor, bas ovozlar mezonlariga ko'ra qayta ishlangan namunalari kiradi. Mazkur cholg'ular asosida o'zbek xalq cholg'u orkestr va ansambillarining faoliyati vujudga kelgan.

O'zbek xalq cholg'u orkestr, ansambllarining tashkil etilish tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, XIX asrning 60 - 70 - yillarida Toshkent, Moskva, Peturburg shaharlari musiqa sohasi ommalashgan yirik madaniy markazga aylanganligi, bu kabi rivojlangan markazlarda mahaliy cholg'uchilar va musiqa ixlosmandlari ishtirokida konsert, madaniy tadbirlar faoliyatlari faollashishiga o'z tasirini o'tkazgan. 1877 -yildan boshlab esa Turkiston diyori (Toshkent, keyinroq Samarqand va Farg'ona)ning boshqa markazlarga yetuk musiqa jamoalari, gastrollar va dramatik guruhlarning tashrif buyura boshladi. Bu esa rus cholg'ularining demokratik an'analari Turkistonda baynalmilal aloqalarning o'rnatilishiga ko'maklashgan. Keyinroq tezda Toshkent, Buxoro, Samarqand shaharlarida kasbiy musiqiy o'quv yurtlarining tashkil etilishiga ma'lum darajada asos bo'lib xizmat qildi.

1884 - yilda Toshkentda Eyxgori tashabbusi bilan "Musiqa jamiyati" tashkil qilinib, N. Shletinskiy bu jamiyatning birinchi raisi bo'ldi. Xalqning musiqaviy ma'rifatini yuksalishiga yordam ko'rsatgan L.A. Shadurenskiy va N.L. Trusovlar jamiyatning faol a'zolari edilar. Shu tariqa XIX asrning 80 - yillarida Toshkentda

orkestr jamoasi tuzilgan va orkestr tuzishning asosiy maqsadi, o'zbeklarning xalq musiqasini Nijniy Novgoroddagi Butunrossiya qishloq xo'jalik ko'rgazmasida namoyish etish bo'lgan.

Keyinchalik o'zbek musiqashunoslari dekadalarda faol ishtirok etib, ancha tajriba to'plagan. Ular qardosh xalqlar cholg'ulari, kuy-qo'shiqlarini o'rganib mahalliy bayram va tantanalarda foydalangan. Shu bilan birga boshqa o'sha davrdagi Butunittifoq xalqlari ham O'zbek madaniyati va san'atiga yuqori qiziqish bildirib, uni o'rganganlar.Mustaqilliqga erishgach bu jarayonlar yanada jadallashdi.

Hozirgi kunda ham O'zbek madaniyat va san'at dunyo xalqlarini o'ziga maftun etib kelmoqada. Respublikamizda o'tkazilayotgan xalqaro festival, anjuman va bayram tantanalari esa xalqaro madaniy hamkorlika yo'l ochdi. Madaniyat sohasiga berillayotgan bu kabi imkoniyatlar biz yosh avlod vakillari ruhida shukuronalik ruhini uyg'otmasdan qolmaydi va yaratilgan sharoit, e'tibordan oqilona foydalanib, bunga javoban munosib yuksak yutuqlarga erishib, vatanimiz rivojiga o'z hissamizni qo'shishimiz kerakligini unutmasligimiz kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Asqar F. Musiqa va inson ma'naviyati. - Toshkent.: O'zbekiston milliy entsiklopediyasi, 2000.

2. S. Begmatov O'zbek an'anaviy cholg'ulari. - Toshkent: Yangi nashr, 2008.

3. Toshmatov O'., Turatov S., Ko'hna cholg'ular ijrochiligi. - Toshkent: "Tafakkur nashriyoti, 2016.

4. Jumayev S. Milliy cholg'ular tarixi va evolyutsiyasi. - Toshkent: "Kamron Press" 2017.

5. Toshmatov O'., Beknazarov X. Cholg'uchunoslik. - Toshkent: Turon-Iqbol, 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.