Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQ CHOLG’U SOZLARINING MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI'

O’ZBEK XALQ CHOLG’U SOZLARINING MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
593
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
cholg’u / dutor / tanbur / Farobiy / Ibn Sino / an’ana / ustoz-shogird / chang / moslashtirish / prezident qarori

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xasanova Qubonova Barno Akmal Qizi

Xalq cholg’ular har bir millatning ma’naviy boyligidir. Ular yillar davomida o’ziga xos tarzda shakllanib rivojlanib kelgan. Shu bilan birga hozirgi kunga kelib ham o’z nufuzini yo’qotmay kelmoqda. O’zbek xalq cholg’ulari haqiqatdan ham milliy madaniyatimizning noyob xazinasi hisoblanadi. Shuning uchun ularni ma’nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang barang ekanligini e’tirof etish joizdir. Milliy cholg’ularimizning rivojlanib borishi ham buning yorqin dalilidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQ CHOLG’U SOZLARINING MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI»

O'ZBEK XALQ CHOLG'U SOZLARINING MILLIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHDAGI AHAMIYATI

Xasanova (Qubonova) Bamo Akmal qizi [email protected] O'zbekiston davlat konservatoriyasi

Annotatsiya: Xalq cholg'ular har bir millatning ma'naviy boyligidir. Ular yillar davomida o'ziga xos tarzda shakllanib rivojlanib kelgan. Shu bilan birga hozirgi kunga kelib ham o'z nufuzini yo'qotmay kelmoqda. O'zbek xalq cholg'ulari haqiqatdan ham milliy madaniyatimizning noyob xazinasi hisoblanadi. Shuning uchun ularni ma'nan va moddiy nuqtai nazardan boy hamda rang barang ekanligini e'tirof etish joizdir. Milliy cholg'ularimizning rivojlanib borishi ham buning yorqin dalilidir.

Kalit so'zlar: cholg'u, dutor, tanbur, Farobiy, Ibn Sino, an'ana, ustoz-shogird, chang, moslashtirish, prezident qarori

THE IMPORTANCE OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS IN THE FORMATION OF NATIONAL VALUES

Hasanova (Qubonova) Barno Akmal kizi barnobarno [email protected] Uzbekistan State Conservatory

Abstract: Folk instruments are the spiritual wealth of every nation. They have evolved over the years. At the same time, it has not lost its prestige to this day. Uzbek folk instruments are truly a unique treasure of our national culture. Therefore, it is fair to say that they are spiritually and materially rich and colorful. The development of our national instruments is a bright proof of this.

Keywords: instrument, dutar, tanbur, Farobi, Ibn Sina, tradition, teacher-student, chang, arrangement, presidential decree

Sharqning musiqiy cholg'u sozlari eng qadimiy, o'ziga xos va jonli san'atdir. Bizgacha yetib kelgan arxeologik topilmalar, qadimiy tasvirlar va O'rta asrlardagi cholg'u sozlarining tavsiflari ularning qadim-qadimlardan buyon mavjud ekanligini tasavvur qilish imkonini beribgina qolmay, shu bilan birga u yoki bu musiqa sozlarining o'zbek xalqi ajdodlari orasida azaldan taomilada bo'lganligi xususida ham ma'lumotlar beradi.

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

Azaldan o'zbekning mehmonxonasida dutor yoki tanbur kabi biron-bir cholg'uning doimo osig'liq turishi xalqimizning san'atga cheksiz hurmati va ixlosidan dalolat beradi. Jonli merosimiz, ustoz san'atkorlarning bilim va tajribalariga murojaat qilish hamda ular bilan uzoq yillar davomida bevosita muloqotda bo'lish ko'p jihatlardan yangi, noyob va ishonchli ma'lumotlar to'plash imkonini beradi. Xususan, milliy cholg'ularimizning ohanglari rang - barangligi va boyligi xalqning turmush tarzi, madaniyati, shakllanishi qirralarini o'zida aks ettirgan bo'lib, sharq xalqlari musiqiy tafakkurining nafis jilolarini o'zida mujassamlashtirgan. Yuksak estetik fazilatlarga, mohirona ijrochilik an'analariga ega bo'lgan va o'ziga xos tarovatni yorqin ifodalab kelayotgan o'zbek xalq cholg'ulari shu davrlarda ilmiy asosda maxsus tadqiqot obyekti sifatida e'tiborga tushgan.

O'zbek xalqining boy musiqa merosini o'rganish va uni keng omma ichida targ'ib qilish ishlari san'atimizning jonkuyar tashabbuskorlari, mohir ijrochilari zimmasida bo'lmog'i zarur. Chunki bizning davrimizgacha yetib kelgan ulkan musiqiy merosni ustozdan-shogirdga bevosita o'tishida tabarruk zotlar ko'prik vazifasini o'tashi bilan birga o'zlarini ijodlari bilan ham namuna bo'lganlar.

Tarixga nazar tashlar ekanmiz, albatta har bir davrda milliy musiqa san'at bobida o'zidan o'chmas iz qoldirgan buyuk insonlar yashab o'tganliklariga amin bo'lamiz. Yuqorida nomlari zikir etilgan, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrda o'zbek milliy musiqa san'ati tarixi zarvaraqlaridan munosib o'rin egallagan ko'plab ulug' san'at namayondalarini hayotlari ijodlarini o'rganish, ularni qoldirgan meroslariga e'tiqod va sadoqat bilan yondoshish, qalbida milliy g'ururi bor bo'lgan har bir mutaxassis vatandoshimizning insoniy burchi desak o'rinli bo'ladi.

Uzoq o'tmishdan bizgacha yetib kelgan musiqiy merosni o'rganish uni mukammal fan darajasiga olib chiqishda Abu Nasr Muxammad al-Farobiyning xizmatlari beqiyosdir. Al-Farobiy qadimgi musiqa namunalarini ijrosi va tahliliga juda katta ahamiyat berib o'tgan. Izlanishlar samarasi sifatida musiqa nazariyasi fanini yaratdi. "Kitabul al-kabr"1 (Musiqaga doir katta kitob), "Kilamu fil-musiqiy" (Musiqa uslublari haqida kitob), "Kitabul-musiqiy" (Musiqa kitobi) kabi risolalar bevosita musiqa ijrochiligi tahliliga bag'ishlangandir.

Bu borada Al-Farobiy ananasini davom ettirgan olimlardan yana biri Abu Ali ibn Sino edi. Uning "Kitabush-shifa" (Shifo kitob), "Donishnoma" (Bilim kitobi), "Risolatun fi ilmil musiqiy" (Musiqa ilmi haqida risola) asarlari bevosita musiqa ilmi, ijrochilik uslublari, mavjud kuy va ashulalar tahlili haqidadir.

IX-X asr musiqa madaniyati tarixida O'rta Osiyodan chiqqan buyuk olim Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf al-Kotib al-Xorazmiyning "Mafatixul-ulum" (Ilmlar kaliti) ensiklopediyasining musiqa

1 "Musiqa ijodiyoti masalalari I". "Qatortol - Kamolot", Toshkent, 1997.

65

nazariyasiga bag'ishlangan qismida kuylar qatori xalq cholg'ulari ijro namunalari tahliliga katta ahamiyat berib o'tgan.

Keyinroq yashab ijod etgan olimlar - Safauddin Abdulmo'min, Mahmud bin Masud ash-Sheroziy, Xuja Abdulqodir Marog'iy (XIV, "Jamiul - alhon" "Maqasidul-alhon" risolalar muallifi), Al Xusayniy, Abduraxmon Jomiy (XV) va kuplab musiqa ilmi olimlari risolalarida yanada rivojlantirildi.

Bular ichida o'z mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy Hazrat sozanda, xonanda, bastakorlarga homiy, murabbiy, murshid bo'lgan. Bu haqda Mirzo Bobur shunday yozadi: "Ahli fazl va ahli hunarg'a Alisherbekcha murabiy va muqavviy ma'lum ermaskim, hargiz paydo bo'lmish bolg'ay. Ustoz Qulmuhammad, Shayhi Noiy va Husayin Udiykim, sozda saromad edilar. Bekning tarbiya va taqviyati bilan muncha taraqqiy va shuhrat qildilar"2. Alisher Navoiy "majolis un-nafois"da Pahlavon Muhammad, Hoja Abdulvafoiy Xorazmiy, Hofiz Sharbatiy, Kamoliddin Udiy kabi musiqada ham o'z iqtidorini namoyon etgan o'nlab fozillarga xayrixoh bo'lganini bildiradi.

O'rta Osiyo o'tmish musiqashunos olimlari kuylar bilan birga cholg'uchilik muammolar ustida tahliliy muhokamalar olib borganlar va risolalar yaratganlar.

XIX asrning oxirlari va XX asrda soha mutaxassislari, sozanda va musiqashunoslari tomonidan milliy cholg'ularimizni zamonaviy amaliyotga joriy etish masalalariga oid qator izlanishlar olib borilgan. XX asr 20-yillariga kelib musiqa va san'at sohasida cholg'u ijrochiligi zamonaviy talablar asosida ikki yo'nalish - xalq an'anaviy ijrochiligi san'ati va akademik ijro san'atiga bo'lindi. Ayni chog'da, milliy cholg'ularni yevropacha yo'nalishdagi ko'p ovozli musiqa uslubi o'quv dargohlari va konsert muassasalarida joriy qilina boshladi.

XX asrning ko'zga ko'ringan sozandalari Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdug'aniyev, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Shorahim Shoumarov, Matyusuf Xarratov, Matpano Xudoyberganov, Madrahim Yoqubov (Sheroziy), Yunus Rajabiy, Domla Xalim Ibodov, Usta Olim Komilov, Orifxon Xotamov va boshqalar ustozdan shogirdga o'tib kelayotgan asriy an'analarni davom ettirib, yangi mazmun, yangi g'oyalar bilan payvand qila olgan tabarruk zotlardir.

Bu davrlarda bastakorlik hamda kompozitorlik san'ati paydo bo'lgandan so'ng musiqa keng va chuqur ma'noda ko'p ovozli polifonik ko'rinishda va gomofon-garmonik uslubda yangray boshlaganligi barchaga ma'lum. Xalq musiqiy merosiga boy mamlakatlarda ijrochilik asosan og'zaki yo'l bilan, "ustoz-shogird" uslubida ajdodlardan avlodlarga o'tib kelgan va kelmoqda. Xalq ijodiyotini yozib olish har qanday madaniyat rivojlanishida dolzarb masala bo'lgan. Bunday jarayonlar

! fflaMcneB n. "BoöypHOMa" T. ro^gy3na. 1989

musiqada ham kuzatilgan. Xususan, O'zbekistonda bunday merosni notaga olish XIX asr oxirlaridayoq boshlangan. Xalq kuylarini qayta ishlash - bu professional musiqa hisoblanmish - bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotining bir yo'nalishidir. Namunalari muayyan janr sifatida qabul qilinganligiga ham ancha vaqt bo'ldi. Dastlab ijodiyotga kirib kelgan "garmoniyalash" tushunchasi endilikda yanada chuqurroq, yanada keng ma'noda "Aranjirovka" deb nomlanayapti va u nima ekanligini yangi zamon kishisi, u yosh bo'ladimi yoki keksa yaxshi biladi. Ta'kidlash joizki, xalq kuylarini qayta ishlash yuqoridagilarga nisbatan birmuncha murakkab va mas'uliyatliroq ijodiy jarayondir. O'z paytida To'xtasin Jalilov, Yunus Rajabiy kabi ustozlarimiz mumtoz kuy va ashulalarimizni qayta ishlab, zamonaviy sayqal berib "qayta ishlash"ning monodiya zaminidagi yuksak namunalarini yaratishganligi endi musiqa san'ati tarixidan ham o'rin oldi. Bunday ijodiy izlanishlar O'zbekistonda musiqali drama, opera, balet, kamer musiqa janrlari o'zlashtirilishida muhim omil bo'ldi. Xalq kuylarini qayta ishlashda B.Nadejdin, T.Sodiqov, B.Gienko, M.Leviyev, D.Zokirov, Sayfi Jalil, F.Alimov izlanishlari alohida e'tirofga loyiq bo'lgan. Hozirgi davrda bu ustozlarning ishini R.Abdullayev, H.Rahimov, Mustafo Bafoyev, Nadim Norxo'jayev, Avaz Mansurov kabilar va ularning shogirdlari ham samarali davom ettirishmoqda. "Moslashtirish" tushunchasi ham "xalq kuylarini qayta ishlash"ga juda yaqin bo'lgan ijodiy ishni anglatadi. Notaga olingan har qanday xalq musiqa merosiga taalluqli kuyni ma'lum bir cholg'uda yoki turli cholg'ulardan tuzilgan ansambllar tarkibiga moslab ijro etish mumkin. Hamma gap shundaki, bir ovozli biror kuyning notasini puflama, tirnama, chertma, zarbli, torli-urma yoki torli-kamonli cholg'u uchun alohida yozib chiqadigan bo'lsangiz, ularning nota ko'rinishi biroz farq kilishi mumkin. Chunki monodik kuyni turli cholg'ular uchun o'ziga xos uslubda notaga tushirish lozim. Masalan, dutorda o'sha kuy albatta ikkala simda, ya'ni 2 ovozda yangrashi kerak, puflamalarda nafas bilan, torlilarda barmoqlar harakati bilan bog'liq holda nota yozuvi echim topadi. Demak, barcha cholg'ularimizda o'ziga xoslik mavjud, "moslashtirish"ning ham o'zgacha nozik tomonlari borligi hamisha e'tiborimizda bo'lishi darkor. Qayta ishlangan yoki ma'lum bir cholg'ular ansambli tarkibida ijro uchun moslashtirilgan kuylardan namunalar ko'p yillardan buyon konstert-pedagogik repertuarlarga kiritib kelinmoqda. Ta'kidlash joizki, chang cholg'usi uchun Ahmadjon Odilov, nay uchun Mirza Toirov, dutor uchun G'ulomjon Qo'chqorov kabi ustozlarimiz ham ijodiy izlanishlarga qo'l urib, bir talay namunalarni yangi avlod sozandalarini tarbiyalash uchun nota to'plamlarida e'lon qilishgan.

Milliy musiqaning tarixi, uning rivojlanishi, ijrochilik an'analarini o'rganar ekanmiz, oddiy xalq ijodiyoti xavaskor ijrochiligidan professionalizmga tomon ravnaq topayotgan bir necha yo'nalishlarning kelib chiqish tarixidan tortib bugungi kundagi ahamiyati haqida to'xtalmasdan ilojimiz yo'q. Chunki, bu sohalar allaqachon

I [ccñ^^BI 67 http://oac.dsmi-qf.uz

Oliy o'quv dargohlarining birlamchi mutaxassislik fanlari sifatida mutasaddi vazirliklar tomonidan o'quv amaliyotiga joriy qilingan. Xususan bu harakatlar o'zbek xalq cholg'u ijrochiligi san'atini asrab avaylash, dunyoga tanitish, uni bus butunligicha avlodlarga yetkazish va rivojlantirish kabi mas'uliyatli vazifalar aynan biz yoshlarga yuklatilmoqda. Shu bois madaniyat va san'at rivoji millat imidjida muhim j arayondir.

2022-yil 2-fevral kuni muhtaram Prezidentimiz tomonidan imzolangan

"Madaniyat va san 'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo 'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"3gi qarorida soha rivojiga qaratilgan chora-tadbirlar o'z aksini topdi.

Tarixdan ma'lumki, har bir Uyg'onish davrida jumladan, birinchi, ikkinchi Renesans davrida ham madaniyat va san'atning o'rni alohida bo'lgan. Mazkur hujjatning qabul qilinishi yurtimizda uchinchi Renesans davri boshlanishida muhim dasturulamal bo'lib xizmat qiladi.

Maktablarda milliy cholg'ularimizni mukammal o'rgatish masalasi qarorda alohida qayd etilgan. Bu yoshlarda milliy merosimiz haqida bilimlarning shakllanishiga, ma'naviy saviyasi oshishiga xizmat qiladi. Jumladan:

- mazkur qarorga 1-ilovadagi ro'yxatda keltirilgan milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasida kuy ijro etish mahorati o'rgatiladi hamda bu haqda ularning ta'lim to'g'risidagi hujjatiga (shahodatnoma) tegishli qayd kiritiladi;

- musiqa fani uchun haftasiga belgilangan bir o'quv soati hamda unga qo'shimcha ravishda har hafta milliy musiqa cholg'ularida kuy ijro etish amaliy to'garaklari va fakulbtativ darslari o'tkaziladi;

- mazkur qarorga 1-ilovadagi ro'yxatda keltirilgan milliy cholg'ulardan kamida bittasida, 2023/2024 o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasida kuy ijro etish mahoratiga ega bo'lish musiqa fani o'qituvchilari uchun majburiy hisoblanadi;

- musiqa fani uchun ajratilgan o'quv soatlari doirasida "Hayotimga hamrohdir cholg'u" shiori ostida cholg'u ijrochiligi dars mashg'ulotlari yo'lga qo'yiladi;

- notalar to'plamlari va maxsus musiqiy adabiyotlar bilan ta'minlash umumta'lim maktablarini darsliklar va o'quv-metodik qo'llanmalar bilan ta'minlash tizimiga kiritiladi;

Bu qarorning yana bir muhim jihati shundaki, 4-ilovada keltirilishicha, O'zbekiston Davlat Filarmoniyasi tasarrufida O'zbekiston Jazz orkestrini tashkil etish, O'zbek va jahon adabiyotining sara namunalari asosida maxsus ovoz yozish studiyalarida taniqli san'atkorlarga o'qitgan holda "Siz sevgan ijodkordan tuhfa" turkumida audiokitoblar tayyorlash, madaniyat va san'at sohasida ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-uslubiy manbalarni yaratishni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash ham

3 Mirziyoyev Sh. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son

ko'zda tutilgan. Bir so'z bilan aytganda, bu qaror sohamiz mutasaddilari uchun cheksiz e'tibor va madaniyatimizga bo'lgan samimiy hurmat sifatida kelajak avlodni tarbiyalashning eng maqbul usuli sifatida qabul qilindi desak mubolag'a bo'lmaydi. Prezidentimiz ta'kidlaganidek, adabiyot, san'at va madaniyat yashasa, millat va xalq, butun insoniyat bezavol yashaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoyev Sh. - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 02.02.2022 yildagi PQ-112-son

2. Sh.M.Mirziyoyev. "5 muhim tashshabbus" 19.03.2018.

3. Mirziyoev SH. M. "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz". -T., "O'zbekiston", 2017.

4. I. Rajabov "Maqomlar masalasiga doir" - O'zSSR davlat badiiy adabiyoti nashriyoti. Toshkent 1963

5. B.Matyoqubov "Doston navolari" - Ilmiy nashr. Toshkent 2009

6. G.Muhammedova "Dutor" - Sharq nashriyoti. Toshkent 2004

7. Matyakubov Shavkat Botirovich "An'anaviy ijrochilik tarixi". T.,2018

8. Davron Qodirov "An'anaviy qo'shiqchilik". Iqtisod - moliya nash. T., 2007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.