Научная статья на тему 'XALQ CHOLG’ULARI ORKESTRI UCHUN YARATILGAN REPERTUARLAR MUAMMOLARI VA YECHIMLARI'

XALQ CHOLG’ULARI ORKESTRI UCHUN YARATILGAN REPERTUARLAR MUAMMOLARI VA YECHIMLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
730
84
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq cholg’ulari / orkestr / Petrosyans / musiqa ta’limi / ansambl / repertuar / metodika. / folk instruments / orchestra / Petrosyans / music education / ensemble / repertoire / methodology

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Karimov, Inoyat Allamovich

Mazkur maqolada xalq cholg’ularini takomillashish tarixi va hozirgi davrdagi ahvoli haqida ma’lumot keltirilgan. Shuningdek, xalq cholg’ulari orkestri uchun yaratilgan repertuarlar muammolari va yechimlari to’g’risida fikr-mulohazalar yurutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROBLEMS AND SOLUTIONS OF REPERTOINTS FOR FOLK INSTRUMENT ORCHESTRA

This article provides information on the history of the development of folk instruments and the current state. There was also a discussion of the problems and solutions of the repertoire created for the orchestra of folk instruments.

Текст научной работы на тему «XALQ CHOLG’ULARI ORKESTRI UCHUN YARATILGAN REPERTUARLAR MUAMMOLARI VA YECHIMLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

XALQ CHOLG'ULARI ORKESTRI UCHUN YARATILGAN REPERTUARLAR MUAMMOLARI VA YECHIMLARI

Karimov Inoyat Allamovich

Urganch Davlat Universiteti San'atshunoslik fakulteti Musiqa ta'limi kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada xalq cholg'ularini takomillashish tarixi va hozirgi davrdagi ahvoli haqida ma'lumot keltirilgan. Shuningdek, xalq cholg'ulari orkestri uchun yaratilgan repertuarlar muammolari va yechimlari to'g'risida fikr-mulohazalar yurutilgan.

Kalit so'zlar: xalq cholg'ulari, orkestr, Petrosyans, musiqa ta'limi, ansambl, repertuar, metodika.

ABSTRACT

This article provides information on the history of the development of folk instruments and the current state. There was also a discussion of the problems and solutions of the repertoire created for the orchestra of folk instruments.

Keywords: folk instruments, orchestra, Petrosyans, music education, ensemble, repertoire, methodology.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлена информация об истории развития народных инструментов и современном состоянии. Также состоялось обсуждение проблем и решений репертуара, созданного для оркестра народных инструментов.

Ключевые слова: народные инструменты, оркестр, Петросяны, музыкальное образование, ансамбль, репертуар, методика.

KIRISH

O'zbek Xalq cholg'ularini takomillashtirishdagi ilk tajribalar, o'tgan asrning 20-30-yillarga to'gri keladi. Bu g'oyani birinchi bo'lib, mashhur san'atkor Xorazmlik ustoz Matyusuf Xarratov, Toshkentlik mashhur sozgar Usta Usmon Zufarovlar amalga oshirganlar. Ularning o'z oldiga qo'ygan vazifalari musiqa cholg'ularining ovoz jarangdorligini oshirish va Has pardalar yordamida cholg'u diapazonini oshirish ( eng past tovushdan, eng yuqori tovushgacha) kengaytirishdan iborat edi. Hammamizga ma'lumki milliy musiqiy cholg'ularimiz azal - azaldan faqatgina hona sharoitida ijro etishga mo'ljallangan edi. Ularning tembr hususiyati ham aynan shunga mos edi. Asta - sekin cholg'ularda keng davralarda va katta

394

Scientific Journal Impact Factor

saxnalarda ijro etishga tog'ri keladi. Yaratilgan mazkur cholg'ular esa talabga javob bermay qoladi. Shu sababli ular cholg'ular tovushini kuchaytirish kerakligini tushunib yetadilar va o'zlarinig ilk g'oyalarini amalga oshiradilar.

Shuningdek, Usta Usmon Zufarov birinchilardan bo'lib, To'xtasin Jalilov buyurtmasiga asosan Orkestr jamoasi uchun past registorlik cholg'ular ya'ni kata g'ijjak, katta tanbur va katta dutorlarni bir necha turlarini yasay boshladilar. Ular, 1934 - 1936 yillar T. Jalilov raxbarligidagi unison orkestri tarkibida qo'llaniladi va kutilgan natijaga erishilmagandan so'ng jamoa tarkibidan chiqarilib tashlanadi. Shundan so'ng U.Zufarov faqatgina cholg'uning turli - tuman shakllarini yaratgan va ilmiy izlanishlarida o'z hissasini qo'shgan. Ushbu ilk marotaba yasalgan cholg'ular hozirgi kunda O'zbekiston Davlat Konservatoriyasining " Miliy cholg'u" ilmiy ishlab chiqrish eksperementall labaratoriyasi misiqa cholg'ulari muzeyida ekspanat sifatida saqlanmoqda. Mazkur izlanishlar davomiyligi A.I.Petrosyans raxbarligida bir guruh ustalar Ramanchevkov, Kevxoyans, Didenko, Andreyev ish tajribasiga tayangan holda torli chertma cholg'ularni 12 bosqichli teng temperatsiyalangan prinsib asosida ijrochilikning zamonaviy va talab darajasiga moslashga kirishadilar.

Shu paytni o'zida Petrosyansda cholg'ular oilasini yaratish fikri paydo bo'ladi. 1938 - yilda Petrosyans rahbarligida To'xtasin Jalilov nomidagi Xalq cholg'ulari orkestri tashkil ettiriladi. Jamoa tarkibida birinchi bo'lib kamonli cholg'ular oilasi kiritiladi. Asta - sekin boshqa torli cholg'ularning ham oilasi yaratila boshlanadi. Jamoa uchun kompozitorlar o'zbek xalq kuylarini qayta ishlab orkestr uchun moslashtiriladi. Shu tariqa To'xtasin Jalilov nomidagi orkestr o'z faoliyatini boshladi. Orkestrlar tashkil etilishi jadal rivojlanib bordi. 1957 - yilda Dono Zokirov Orkestr o'zining ijodiy faoliyatini boshlaydi. Ikki ijodiy orketr jamoalarining o'ziga yarasha vazifalari mavjud bo'lib; To'xtasin Jalilov orkestrining asosida vazifasi: o'zbek xalq qo'shiqlarini kompozitorlar tomonidan qayta ishlangan ko'rinishini va dunyo xalqlari klassik kompozitorlari kuylarini ijro etishdan iborat bo'lgan bo'lsa, Dono Zokirov orkestr jamoasining asosiy vazifasi: O'zbek xalq kuy qo'shiqlari va bastakorlar tomonidan yartilgan asarlarni ijro etish vazifalari bilan jamoalar bir - biridan ajralib turganlar. Ikki orkestr jamoalari 2014 - yilning oktabr oyiga keib bir jamoa bo'lib, Akademik xalq cholg'ulari orkestrini tashkil topishiga asos bo'ldi. Shu tariqa rivojlanish bosqichlarida bastakorlik ijodiyotidagi asarlar yaratilib, professional ijro qilish darajasi yanada yukasaklashib bordi.

Yosh avlodni musiqa yo'lida tarbiyalashda milliy musiqiy merosimiz va milliy cholg'u kuylarimiz muhim ahamiyat kasb etadi. Musiqiy cholg'ularda ijrochilik

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 2 | ISSUE 1

educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

san'ati insoniyat ma'naviyatini tarannum etuvchi vosita, ya'ni xalq ijodiyoti maxsuli bo'lib, azal - azaldan omma orasidan shakllanib, moxir soz ustalari tomonidan yasalib, tobora mukammallashib kelayotgan mo'jizaviy va ifodaviy vositadir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarixdan ma'lumki, an'anaviy o'zbek musiqasida - vokal musiqasi ham, cholg'u musiqasi ham bir ovozli ya'ni inson ijrochiligi yaratilgan. Ushbu an'ana hozirgacha saqlanib qolgan. Xo'sh, unda ko'p ovozli musiqaning ahamiyati qanday? O'zbek xalq cholg'ularini ko'p ovozli musiqaga moslashtirishning nima keragi bor? -kabi savollar yuzaga kelishi tabiiydir.

Respublikamizda musiqa san'atning yangi shakli va janrlari kirib kelishi bilan xalq cholg'ulari orkestr ro'lini qayta anglash, ularga yangi, yozma ko'p ovozli tipdagi musiqa san'ati namunalarini ijro etish davr talabi edi. Professional kompozitorlik ijodiyoti yuzaga kelishi va shu bilan bog'liq ravishda yozma an'anadagi ijrochilik madaniyatining o'zbek milliy cholg'u asboblarida ilgari mavjud bo'lmagan ijrochilik prinsiplari vujudga keldi. Bu yo'ldagi vzifalardan asosiysi - umum qabul qilingan no'tali tizimda yozilgan kopozitorlik asarini ijro etish uchun cholg'u asboblarini o'n ikki bosqichlik bir maqomdagi xromatik temperatsiya negizida takomillashtirilgan janlardan iborat edi. Buning natijasida ko'p ovozlik orkestr ijrochiligi yuzag keldi. Sekin astalik bilan esa cholg'ularning oilalari yaratildi. O'tgan asrning boshlarida ko'plab musiqashunos, etnograf olimlar bu yo'lda bir qator tajribalar o'tkazishgan. O'zbek xalq cholg'ulari hozirgi kunga yetib kelgunga qadar juda uzoq va mashaqqatli yo'lni bosib o'tgan. Avvaliga o'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari ijrosi tinglovchilarda har xil fikr uyg'otib, turli tanqidlarga ham uchragan.

Keyinchalik yuqorida ta'kidlab o'tkanimizdek O'zbekiston radiosi qoshidagi D.Zokirov nomli O'zbek xalq cholg'ulari orkestri va O'zbekiston Davlat Flarmoniyasi qoshidagi T.Jalilov nomli O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari ijodiy faoliyati orqali o'zbek xalq cholg'ulari orkestri ijrochiligi yoshlar orasida sevib tinglanib asta-sekin ommalashdi. Ular nafaqat respublikamiz, balki qo'shni Davlatlar bo'ylab ham ijodiy gastrollarda ko'plab muvoffaqqiyatlarga erishganlar. Bu jamoalar o'zbek xalq cholg'ulari orkestr ijrochiligiga tamal toshini qo'ygan, desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbek xalq cholg'ularida orkestr ijrochiligi juda katta o'rin egallagan. O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari o'zbek xalq milliy musiqasi, kompozitorlik ijodi va jahon kompozitorlari asarlarini ham o'zbek xalq cholg'ulariga moslashtirib professional darajada ijro eta oladi. Shunisi diqqatga sazavorki, hozirgi kunda O'zbek xalq

cholg'ulari orkestrlarida zamonaviy estrada musiqiy namunalari ham ijro etib

396

Scientific Journal Impact Factor

kelinmoqda. Yosh sozandalarning proffessional ijrochi bo'lib yetishishida ko'p ovozlilikning, ya'ni orkestr va ansambllarning o'rni beqiyosdir. Bunda ijrochi eshitish qobilyati ijro maxorati no'ta o'qish va jamoa birligini o'rganadi. Yurtimizda o'zbek xalq cholg'ulari ijrochiligida kodrlar tayyorlash masalasiga katta e'tibor qaratilgan. Albatta musiqa bu ijtimoiy xayotning mustaql bir soxasi bo'lib jamiyatning barcha tomonlariga ta'sir o'tkazadi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari bilan aloqaga kirishadi. Musiqa inson ongidagi uning qalbidan jo'sh urib chiqadigan mo'jizaviylikdir. Aynan ushbu mo'jizaviylik ijodkorlari bu bizning Kompazitorlarimizdir.

Shu o'rinda aytib o'tishimiz kerakki: kompazitorlarimiz ijodi Orkestr repertuarlarida aloxida o'ringa egadir. Orkestrda asardagi ijro mohiyatni o'stirishda eng avvalo kompazitor tomonidan yaratilgan asarlar muxim ro'lni egallaydi. Men aynan Repertuar so'ziga o'z ta'rifimni bayon etadigan bo'lsam, Repertuar - bu Orkestrning ozuvqaviy manbayi undan kegin esa ularni boshqaruvchi dirijyordir. Nafaqat Orkestr repertuarlarida balki barcha sozlar uchun yaratilgan asarlar cholg'u va ijrochi uchun eng asosiy ozuvqa manbayi xisoblanadi. Hozirgi kunda Xalq cholg'ulari orkestrida ijro etilayotgan asarlarning aksariyati 80-85 yillardagi asarlar hisoblanadi. 90-yillardagi, ya'ni mustaqlligimizdan kegingi yillarda yaratilgan asarlarning ijro etilgani juda ham kam. Shu tariqa xozirgi davrga kelib kompazitorlarimiz tomonidan aynan Xalq cholg'ulari uchun yaratilayotgan asarlar kamayib ketayotganligi va yaratilayotgan yangi asarlarning kamligi bu o'z-o'zidan repertuarimiz boyligiga sekin astalik bilan erishayotganligimizdan darak beradi.

To'g'ri hozirda yosh kompazitorlarimiz tomonidan yartilayotgan asarlar juda xam chiroyli va mukammal darajada. Lekin juda ko'p aksariyat asarlar hozirda aynan Simfonik Orkestr uchun yaratilayotganligi muammoli vaziyatni yuzaga chiqaradi. Tog'ri, ushbu fikr doirasida yosh kompozitorlarimiz Simfonik orkestrlari uchun asarlar yaratilishligi betarafdori emasmiz. Biz shunchaki, o'zbek yosh kompozitorlarimiz eng avvalo o'zimizni o'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari uchun asarlar yaratilish jarayonini birinchi o'ringa qo'yib, O'zbek xalq cholg'ulari orkestrlari repertuarini eng yuqori darajaga ko'tarilishi tarafdorimiz.

So'ngra buning sababini topish uchun Xorazmlik kompozitor ijodkorlarimizga repertuar muammosi haqidagi o'zimni qiziqtrgan savollarimga javob oldim. Uning aytishicha: bizda xalq cholg'ularining tarixiy taraqqiyoti va uning qanday sozlanishi kerakligi haqida bizga bakalavr bosqichida bir yil davomida mukammal tarzda o'tiladi. Biz turli xil asarlar yozganmiz ansambl va orkestlar uchun, undan so'ng esa birinchi bosqich magstrligida bizda "o'zbek xalq kuylarini qayta bastalash" kabi dars

Scientific Journal Impact Factor

soatlarimiz va bizga ushbu dars bo'yicha o'qituvchi biriktirilgan. Biz ko'p asarlar yozganmiz deya javob berdi. Faqatgina bizning viloyatimizda manashu asarlarimizni ustida ishlab beruvchi O'zbek xalq cholg'ulari orkestri yo'q, lekin simfonik kuylarimizni ijro etilishida bizga yordam beradigan Simfonik orkestr mavjud edi, xozirgi kunga kelib Simfonik orkestr ham yo'q. Aynan shuning uchun ham biz ko'proq simfonik orkestrlarga asrlarni ko'proq yozar edik...

Albatta bunday jarayon muammo ekanligi meni anchagina sarosimaga soldi, chunki biz baribir O'zbekiston farzandlarimiz, biz O'zbekistonda ijod qilyapmizmi demak eng avvalo o'z cholg'ularimizni mukammal darajada o'zlashtirishimiz kerak. Ustozlarim ko'magida biz ushbu muammoni yechimini topdik. Ya'ni bitiruvchi Kompazitorlarimizning bakalavr bosqichi bitiruv malakaviy ishlariga bittadan Xalq cholg'ulari uchun maxsus yaratilgan asar yaratilishi va yozilgan asrarni qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar katta asarmi yoki kichikroq bo'lishidan qa'iy nazar, kuylarni ijro etib bera oladigan Xalq cholg'ulari orkestrini tashkil etib, unda manashu yangi sarlarni ijrosi va taxlili ustida ishlash masalasini o'rtaga tashlasak, yani hozirda repertuarimizni boyitish maqsadida kafedramizda qilinayotgan to'g'ri ishlarimizdan biri, Xalq cholg'ulari orkestrini shakillantirish kafedramiz talabalari oldiga qo'ygan vazifadir. Aynan manashu ikkinchi asar o'rniga yosh kompozitorlarimiz tomonidan yaratilgan asarlarni olib, uni kompozitor ustozi va o'zi hamkorligida yangi asarni kashf etilishida, Xalq cholg'ulari orkestri repertuarida yangi bebaho durdona asarning paydo bo'lishi zamin yaratadi. Kompozitorlik faoliyatini olib borayatgan hozirgi yosh talabalarda asosan Xalq cholg'ulari orkestri uchun yaratilajak asarlar bilan repertuar boyligimizni oshirish va yuqori savyada ekanligini ta'minlash.

O'zbek xalq cholg'ulari, xususan, ko'p ovozli orkestr ijrochiligi yo'lida hali juda ko'p qilinadigan ishlar bor. Xozirgi cholg'ularimiz va ijrochilgimiz ham o'z -o'zidan paydo bo'lib qolgan emas. O'zbek xalq cholg'ularini yanada sifatini yaxshilash, ijrochilik maxoratini oshirish, yangi uslubiyat va repetuarlarni boyitish, biz kabi ijodkor yoshlardan izlanish, o'z ustida tinmay mehnat qilishni taqazo etadi. Inson hayotida qo'shiq - kuyning hamisha o'z o'rni, o'z vazifasi mavjud - u ermak uchun to'qilmagan, bekorchilikdan eshitilmaydigan ma'naviy manbaadir. Qo'shiq va kuylar insonlarni yashashga xattoki kurashga chorlagan, mehnatga, muxabbatga ruhlantirgan, dard-u qayg'usiga malham, baxt- u quvonchiga sherik bo'lgan mo'jizakor ohang sexridir. U xalq orzu - umidlarining ifodasi, xalq ruhiyatining ko'zgusi hisoblanishi shundan. Lekin, afsuski hozirda yoshlar tarbiyasida musiqa san'atidan foydalanishning dolzarbligi ayanchli holdir.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA

Xulosa o'rnida aytishimiz mumkun, San'at ilohiy tushuncha, u insoniyat dunyoga kelgan kundan boshlab uning ong- u shuuriga, yuragiga singib boradi. Bu yorug' olamni ko'zimiz bilan ko'rgan kundan boshlab, qulog'imiz ostida jarang sochgan ona allasi ohangining sexri bilan biz ona Vatanni, ona Tabiatni, Oilani, Ota-ona singari tushunchalarni anglay boshlaymiz, qalbimizda mehr - oqibat, do'stlik, muhabbat, g'amxo'rlik hislari paydo bo'la boshlaydi.

REFERENCES

1. Toshmatova O. "Ijrochilik san'ati tarixi" T. 2002 y.

2. Hasanboev J.Yu. Pedagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.

3. Mansurva G. Xorshunoslik va xor jamoalari bilan ishlash uslubiyoti. O'quv metodik qullanma- Toshkent. 2008;

4. Ismailov Tohir. "MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA RUS KOMPOZITORLARI IJODI ORQALI O'QUVCHILARNING ESTETIK DIDINI RIVOJLANTIRISH" SCIENCE AND EDUCATION IN VOLUME #2 ISSUE #4, APRIL 2021;

5. SHaripova G. Musiqa va uni o'qitish metodikasi (metodik qo'llanma). Toshkent -2006.

6. Ismailov Tohir "CHARACTERISTICS OF KHOREZM DOSTON ART" "Экономикаисоциум" №3(82) 2021 www.iupr.ru

7. Akbarov I. Musiqa lug'ati. Toshkent - 1997.

8. Ismailov Tohir. "THE IMPORTANCE OF RUSSIAN CLASSICAL COMPOSERS IN CLASSES OF MUSIC CULTURE" "Экономикаисоциум" №1(80) 2021 www.iupr.ru.

9. Ismailov Tohir. "Musical currents and the formation of Russian classical music". "Вестник магистратуры" 2021. №5 (116) ISSN 2223-4047;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.