Научная статья на тему '“ORKESTR SINFI” FANIDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI O‘QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O‘RNI'

“ORKESTR SINFI” FANIDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI O‘QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
939
133
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Dirijyor / dirijyorlik cho‘pi / partitura / partiyalar / ansambl / birgalikdagi ijro / orkestr guruxlari / dirijyorlik ishoralari / transpozisiya / kalit turlari.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — A.Yuldashyev

Ushbu maqola o‘zbek xalq cholg‘ulari o‘quv orkestri sinfi fanida orkestr guruhlari bilan ishlash, ularni ansambl ijrochiligi borasida bir-birini his qilishi, ijro sofligiga erishish, texnik mahorat talab qiladigan qismlar ustida ishlash haqidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“ORKESTR SINFI” FANIDA O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI O‘QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O‘RNI»

"ORKESTR SINFI" FANIDA O'ZBEK XALQ CHOLG'ULARI O'QUV ORKESTR GURUXLARI BILAN ISHLASHNING IJROCHILIK MAXORATINI OSHIRISHDAGI O'RNI

A.Yuldashyev

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqola o'zbek xalq cholg'ulari o'quv orkestri sinfi fanida orkestr guruhlari bilan ishlash, ularni ansambl ijrochiligi borasida bir-birini his qilishi, ijro sofligiga erishish, texnik mahorat talab qiladigan qismlar ustida ishlash haqidadir.

Kalit so'zlar: Dirijyor, dirijyorlik cho'pi, partitura, partiyalar, ansambl, birgalikdagi ijro, orkestr guruxlari, dirijyorlik ishoralari, transpozisiya, kalit turlari.

THE ROLE OF UZBEK FOLK INSTRUMENTS IN THE SUBJECT "ORCHESTRA CLASS" IN DEVELOPING PERFORMING SKILLS WITH EDUCATIONAL ORCHESTRA GROUPS

A.Yuldashyev

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article is about working with orchestral groups in the classroom of the Uzbek Folk Instruments Academic Orchestra, how they feel about each other in terms of ensemble performance, achieving purity of performance, working on parts that require technical skills.

Keywords: Conductor, conductor's stick, score, parties, ensemble, joint performance, orchestral groups, conductor's gestures, transposition, key types.

Musiqa - inson ma'naviy olamining tarjimoni, u inson tuyg'usiga ta'sir etish bilan kishini ma'naviy jihatdan tarbiyalaydi. Bugungi kunda musiqa san'ati insonlarga va ayniqsa yoshlarga ko'tarinki ruh berishi, ularni ijodkorlikka, bunyodkorlikka yo'naltirishi bilan ahamiyatlidir.

XX asrning qirqinchi yillarida O'zbekiston madaniy hayotida tub o'zgarishlar va isloxotlar yillari bo'ldi. 1936 yili O'zbekiston Davlat filarmoniyasi tashkil etildi.

Bu ijodiy birlashma O'zbekistonda musiqa va san'atni targ'ib qiluvchi, respublikamiz musiqiy xayotida tub burilishlarga olib keluvchi ijodiy jamoalarni tashkil qilinishiga, ko'p ovozga asoslangan musiqiy asarlarni ijro etishga va jahon opera, balet, simfoniya va shu kabi boshqa san'at asarlarini ijro qiluvchi badiiy jamoalarni (dastlab bunday jamoalarni sexlar deyilgan) tashkil etilishiga olib keldi.

Shunday jamoalardan biri To'xtasin Jalilov tamonidan tashkil qilingan O'zbek milliy cholg'ular ansambli edi. 1937 yili ushbu bir ovozlik - unison ansambl tarkibidan musiqiy ma'lumotga ega bo'lgan 24 kishini taniqli musiqa arbobi N.N.Mironov ajratib olib ko'p ovozli milliy cholg'ular orkestriga asos soldi.

Dastlab oddiy-oddiy ritmik ko'rinishdagi kichik-kichik milliy musiqalarni, rus va boshqa xalqlar musiqalarini asta sekinlik bilan ko'p ovozli qilib qayta ishlab ijro qilina boshlandi, shu davrdan ko'p ovozli O'zbek xalq cholg'ulari orkestriga asos solindi. Ushbu ijodiy jamoa hozirgi davrdagi To'xtasin Jalilov nomidagi O'zbek Davlat Akademik xalq cholg'ulari orkestri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda va O'zbekistondagi shu turdagi ijodiy jamoalarni tashkil etilishiga turtki va na'muna bo'lib xizmat qilib kelmoqda. Keyinchalik o'rta maxsus va oily musiqa ta'lim dargoxlari ochildi va ular qoshida ham milliy cholg'ular orkestrlari tashkil etildi.

Bu o'quv orkestrlari ham ko'p ovozli ijro orqali O'zbek, rus va boshqa jahon xalqlari musiqa san'ati asarlarini mahorat va zo'r qiziqish bilan o'rganib o'z konsert repertuarlariga kiritishmoqda.

"Xalq ijodiyoti" kafedrasida professional cholg'u yo'nalishining "Orkestr sinfi" fani bo'yicha ta'lim-tarbiya berishning asosiy maqsadi-talabalarni o'zbek xalq cholg'ulari o'quv orkestri sinfi bo'yicha ijrochilik mahoratlarini oshirish, ularni musiqaviy dunyoqarashlari va fikrlashlarini, kompozitorlar tamonidan qayta ishlangan o'zbek xalq musiqalari va shu orkestrlar uchun maxsus yozilgan turli janrlardagi asarlar bilan bir paytda, milliy cholg'ular orkestri uchun qayta ishlangan va moslashtirilgan MDX davlatlari va jahon musiqa madaniyati durdonalarini ijro qilish jarayonida ularni musiqiy idrok qilish, kasbiy mahorat sirlarini rivojlantirish, boyitishlardan iboratdir.

Orkestrda dirijyorlik qiluvchi dirijyor albatta ushbu ijodiy jamoaning ijrochilik imkoniyatlarini ba orkestrda cholg'ularninig joylashuv o'rinlarini mukammal bilishi ta'lab etiladi. O'zbek xalq cholg'ulari o'quv orkestrlarini sozlash jarayoni ham umumiy qabul qilingan qoida-damli, simfonik va boshqa orkestrlar kabi sozlanadi.

O'zbek xalq cholg'ulari orkestri beshta mustaqil guruxga bo'lingan bo'lib bular: Puflama, mezrobli torli va chertib chalinuvchi, urma va kamonli cholg'ular guruhlaridir.

Orkestr sinfi o'qituvchisi-talabaning asosiy tarbiyachisi hisoblanadi. U butun o'quv-tarbiya jarayonining asosiy rahbari bo'lib, bo'lajak yetuk sozanda-ijrochining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega.

Ushbu kasbiy malakalarni egallashda o'zbek xalq cholg'ulari o'quv orkestri guruhlari bilan alohida-alohida ishlashning ahamiyati juda kattadir.

Ma'lumki badiiy jamoalar bilan talabalardan tashkil topgan orkestr jamoalari o'rtasida birmuncha obektiv va subektiv farqlarga olib keluvchi sabablar bor, bular turli ijrochilik maktablaridan kelganligi, musiqiy cholg'u asboblarini turli xil

malakaga ega bo'lgan ustalar tamonidan yasalganligidur. Har doim ham cholg'u tayyorlaydigan ustalar ushbu yasagan cholg'usida o'zlari ijro etish malakasini egallamagan, yohud kam darajada bilishlari natijasida yasalgan cholg'u asboblari professional ijroga xalal berishi, mukammal ijrochilikka erishishda qiyinchilikka olib kelishi mumkin.

Dirijyordan, ya'ni o'zbek xalq cholg'ulari o'quv orkestri rahbaridan chuqur malakaviy bilim va ko'nikmadan tashqari mahoratli psixolog bo'lishni, talabalar bilan umumiy til topishni va bularni pirovard natija-ijrochilik maxoratiga erishishga olib keluvchi muxim omillardan biri sifatida qarashini taqozo qiladi.

Dirijyor turli intonatsion oxanglar, kichik-kichik musiqiy jumlalar, mashqlarni, turli yo'nalish va xarakterdagi, ma'lum ijrochilik mahoratini namoyish etuvchi badiiy musiqa asarlari bilan tanishtirib, ularni mohirona ijro eta bilish va talaba shaxsini rivojlantirishga harakat qilish orqali muvoffaqiyatlarga va ko'zda tutilgan maqsadga erishishi lozimdir.

Ta'lim uslublarini tanlashda har bir darsning vazifasidan kelib chiqib yondoshish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun dars oqilona tashkil etilishi, pedagog tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishi o'rganilib, ta'lim jarayonida faolligini mutassil ta'minlanishi, o'quv materiallarini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochib berishda har bir uslubdan o'z o'rnida foydalanish, ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

Gammalarni tersiya intervallari bo'yicha ijro qilish talabalarda bir-birlarini eshitish, jo'r bo'lish, hamoxanglikda chalish kabi muhim kasbiy talablarni egallashda katta ahamiyat kasb etadi.

Damli-puflama cholg'ularda sozni ushlash, umumiy tonlikda ijro etish, boshqa guruhlar bilan hamoxang bo'lishga erishish ham ko'p mehnat talab qiladigan jabhadir.

Butun notalarda sekin tempda mashqlar va gammalar ijrosini asta-asta murakkablashtirib turli ritmik jihatdan qiyinchiliklar tug'diruvchi mashqlar va asarlar ijrosiga qarab olib borish orqali yuqorida aytib o'tilgan ijrodagi qiyinchiliklarni asta sekinlik bilan bartaraf qilishga erishishni asosiy maqsad qilib olish kerak.

Jarang torli cholg'ular-changlar oilasi ham orkestrda katta kuchga egadir.Lekin bularda ham yuqorida ta'kidlab o'tilganidek birxillikdagi ijroga erishish ko'p mehnat talab qiladigan jarayondur.

Ma'lumki o'zbek milliy cholg'ulari orkestri tarkibida "Mezrobli cholg'ular" guruhi katta kuchga ega bo'lib, aynan shu tarkibdagi cholg'uchilar bilan orkestr ijrosidagi ansamblga erishish, bir tembr va registrlarda ijro etishga o'rgatish o'ziga xos qiyinchiliklar tug'diradi. Dirijyor ushbu qiyinchiliklarni shunday mohirlik va psixologik yondoshuvlar bilan hal qilishi kerakki, bunda talabalar bir-birlarini va raxbar topshiriqlarini ongli tushungan xolda yagona maqsad-mukammal ijrochilik

darajasiga va muallif qo'ygan talablarni bajarish jarayoniga qarab ketayotganliklarini anglashlari kerak.

Bir xil ijrochilik uslubida (shtrixlarda), bir xil applikatura va bir xil registrlarda ijro etishga erishish boshida bir muncha qiyinchiliklar va e'tirozlarga olib kelishi mumkin, shunday hollarda orkestr rahbari ushbu pozitsiya to'g'ri ijroga olib keluvchi omil ekanligini talabalarga turli musiqiy misollar orqali singdirishi kerak bo'ladi.

Zarbli musiqiy cholg'ular guruxlari bilan to'g'ri tashkillashtirilgan mashg'ulotlar olib borish muvaffaqiyatlar garovidir va o'ziga xos qiyinchiliklarga ega ekanligini doimo his qilib turish o'rinlidir. Zarbli cholg'ularning ayrimlarini aniq musiqiy balandlikka ega bo'lgan cholg'ular va ritm, xarakter beruvchi cholg'ulari guruxi bilan alohida-alohida ishlash yaxshi samaraga olib keladi.

Orkestr guruhlari bilan alohida ishlashda "Kamonli" cholg'ular guruhi, ya'ni, g'ijjak-primalar, g'ijjak-altlar, g'ijjak (qobus) bas va g'ijjak kontrabaslar ham o'ziga xos yondoshuvni talab etadigan cholg'ular ekanligini, ushbu gurux bilan ishlaganda doimo his qilib turishni dirijyor doimo yodda tutishi muhumdir. Bir xil applikatura va shtrixlarga erishish uchun dirijyor ushbu guruh ijrochilari bilan ko'p ish olib borishi maqsadga muvofîqdir. Fanni o'zlashtirish uchun katta omil bo'ladigan zamonaviy axborot texnologiyalaridan va internet tarmog'laridan keng foydalanishning ahamiyatini va o'rnini benihoya zaruriy kuch ekanligini doimo yodda tutib, o'z ish faoliyatida to'g'ri qo'llay bilish ham yuksak mahorat talab etadi.

Aloxida orkestr guruhlari bilan ish olib borayotgan dirijyor albatta o'zi o'rgatmoqchi bo'lgan asarni musiqiy matinini, asarda yoritilgan mavzuni, ruxiyatini, ushbu musiqiy asarni o'rgatishdan ko'zlagan maqsadini aniq bilishi zaruriy jixatlardan biridir.

Orkestr guruhlari bilan ishlashda dirijyor albatta o'zgaruvchan (transpozitsiya qiluvchi) cholg'ularga katta axamiyat berishi maqsadga muvofiqdir. Ma'lumki O'zbek xalq cholg'ulari orkestrida ettita o'zgaruvchan cholg'ular bo'lib, dirijyor ish jarayonida ushbu cholg'ular sozlarini, kerakli registrda chalinayotganligini doimo diqqat markazidan qochirmasligi muximdir.

Ozbek xalq cholg'ulari o'rkestri raxbari-o'qituvchining turli cholg'ulardagi ijrochilik usullarini, orkestr guruxlarining tovush chiqarish yo'llarini bilishi dars jarayonini professional darajada tashkil etishga, talabalarda maxsus sinflarda o'tilgan artikulatsiya, shtrix kabi ko'nikmalarni yanada mustaxkamlashga yordam beradi.

Ayrim shtrixlar, ijro usullari turli guruxlarda o'xshash nomlar bilan yuritilsada, cholg'ularning tuzilish imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda tovush chiqarish jixatlari bilan bir-birlaridan farq qiladi.

O'rkestr cholg'uchilarining guruhlardagi bir xillikdagi yaxlit ansambl ijrochiligiga erishishlari, o'zaro bir-birlarini xis qilib, uyushgan xolda musiqiy asarni o'rganishga kirishishlari samarasi kelgusida erishilajak ulkan yutuqlar va

muvoffaqiyatlarga olib keluvchi eng to'g'ri va uzoq yillar davomida sinalgan va tajribalardan o'tgan mashaqqatli va zaruriy yo'ldir.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlamoqchi edimki, o'rkestr sinfi fanidan muvoffaqiyatlarga erishishning asosiy shartlaridan biri bo'lgan guruxlararo ansambl, tinimsiz mehnat, rejallashtirilgan asosda Respublikamizdagi va boshqa davlatlardagi turli orkesr jamoalarining konsert dasturlari, ijrochilik maxoratlari, musiqiy asarlar partituralari bilan tanishib turish, ijrochilik amaliyotida o'zaro xamkorlik ruxida birgalikda olib borilgan ishlar pirovard yakunida albatta o'z samarasini berishi, buning natijasida uzoq yillik sermashaqqat mehnat, ijrochilik maxoratlarini tinimsiz oshirib borish orqali yuksak ijrochilik, o'zaro bir-birlarini to'g'ri tushunadigan va ijodiy muxit ustunlik qiladigan va bular orqali kelajakda yuksak marralarni ko'zlab to'g'ri pedagogik yondoshuvda ketayotgan badiiy ijrochilk jamoasiga olib boruvchi yo'ldir.

Zero to'g'ri va mustaxkam qo'yilgan pydevor juda qadim davrlardan beri hayotning barcha bo'g'inlarida bir necha marotadan tasdiqlangan qudratli, inkor qilinmaydigan hayot qonunidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sh.Mirziyoyev. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: O'zbekiston nashriyoti. 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. - Toshkent: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

3. Mirziyoyev SH.M. Tanqidiy tahlil, kat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. - Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 104 b.

4. Azimov K. O'zbekiston dirijyorlari. T.2001y.

5. Abdurahimova F. Orkestr sinfi. T. G.Gulom. 2012y.

6. G'ofurov M. Orkestr sinfi. T.2011y.

7. 0'.Toshmatov,X.Beknazarov.Cholg'ushunoslik.T."Turon-Iqbol"2018 y.

8. G.Kuznesova, F.Sadikov "Государственный оркестр народных инструментов Узбекистана имени Тухтасина Джалилова". Ташкент. " Узбекистан" -1980

9. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

10. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

11. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

12. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

13. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

14. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

15. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

16. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

17. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

18. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

19. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

20. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

21. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

22. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

23. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

24. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

25. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

26. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

27. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.

28. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

29. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

30. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

31. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

32. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

33. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

34. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

35. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

36. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

37. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

38. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.