Научная статья на тему 'YOSHLARNI MA’NAVIY RUHDA TARBIYASHDA BAXSHICHILIK SAN’ATINING O‘RNI'

YOSHLARNI MA’NAVIY RUHDA TARBIYASHDA BAXSHICHILIK SAN’ATINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
482
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Doston / soqi / sannovchi / jirov / qalandar / darvesh / shaman / folklor / san’at / epos / afsona / asotir / xikoyat / dev / pari / ajdar

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Rahmonov Ulug‘bek Karimovich

O‘zbek xalqining tarixini o‘rganishda dastlab ma’naviy qadriyatlarni xolisona ilmiy taxlil qilish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning asosini an’anaviy dostonchilik va baxshichilik san’atining tarixi, xalkning etnik tarixi bilan uzviy holda, an’anaviy dostonchilikning rivojlanishi og‘zaki ijodning asrlar davomida shakllanib kelgan chuqur ijtimoiy tafakkur olami bilan chambarchas bog‘liqligi alohidadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI MA’NAVIY RUHDA TARBIYASHDA BAXSHICHILIK SAN’ATINING O‘RNI»

YOSHLARNI MA'NAVIY RUHDA TARBIYASHDA BAXSHICHILIK

SAN'ATINING O'RNI

Rahmonov Ulug'bek Karimovich Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: O'zbek xalqining tarixini o'rganishda dastlab ma'naviy qadriyatlarni xolisona ilmiy taxlil qilish muhim ahamiyatga ega bo'lib, uning asosini an'anaviy dostonchilik va baxshichilik san'atining tarixi, xalkning etnik tarixi bilan uzviy holda, an'anaviy dostonchilikning rivojlanishi og'zaki ijodning asrlar davomida shakllanib kelgan chuqur ijtimoiy tafakkur olami bilan chambarchas bog'liqligi alohidadir.

Kalti so'zlari: Doston, soqi, sannovchi, jirov, qalandar, darvesh, shaman, folklor, san'at, epos, afsona, asotir, xikoyat, dev, pari, ajdar.

THE ROLE OF THE ART OF FORGIVENESS IN THE SPIRITUAL EDUCATION OF YOUNG PEOPLE

Rakhmonov Ulugbek Karimovich Fergana State University

Abstract: When studying the history of the Uzbek people, it is important to objectively analyze spiritual values, which are based on the history of the traditional art of epic and bakshi, in harmony with the ethnic history of the people, the development of traditional and traditional is closely connected with the deep world of social thought that has developed over the centuries.

Keywords: Doston, sagas, sannovchi, fats, qalandar, dervish, shaman, folklore, art, epos, legend, myth, story, giant, fairy, dragon

O'zbek musiqa madaniyati qadimiy va rang-barang, ayni paytda yangi zamon an'analarini o'zida mujassam etgan holda rivoj topmoqda. Bunda avvalo benazir xalq musiqasi, mumtoz musiqiy meros, milliy bastakorlik, hozirgi zamon bastakorligi, shuningdek, xalq xavaskorligi hamda jo'shqin dostonchilik ya'ni, baxshichilik ijodiyoti kabi shaklan va usluban nixoyatda serjilo jabhalar namoyon bo'ladi. Istiqlol sharofati bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga bo'lgan diqqat-e'tibor, unutilayozgan an'analarimiz tari-xan qisqa muddat ichida qayta tiklanishi, muttasil taraqqiy ettirish maqsadidagi yangilanish, isloh etish jarayonlarida ustuvorlik kasb etdi, Shuningdek, qo'shni va uzoq xorijiy mamlakatlar bilan madaniy musiqiy aloqalarni o'zaro boyitish yo'lida rivojlantirish sa'iharakatlari ham dolzarb

I icclT^^^^H 296 http://oac.dsmi-qf.uz

ahamiyatga ega bo'ldi. Insoniyat yaratgan bebaho madaniyat durdonalari eng avvalo har qaysi millatning folklor san'atida mujjassam topgani hammamizga yaxshi ma'lum. Turli xalqlarning milliy o'zligini, ularning tili va hayot tarzini, an'ana va urf odatlariniifoda etadigan baxshichilik san'ati umumbashariy madaniyatning uzviy qismi sifatida barchamiz uchun qadirlidir. Jahon madaniy merosining bu o'lmas asarlari bizga insoniyatning naslu nasabi, tarixiy ildizlari, olijanob ideallari bir ekanini, binobarin, turli millat va elat vakillarining kelajak sari intilishlari ham mushtarak ekanini anglatadi. Xalqimizning yuksak badiiy ijodiyoti asosida yaratilgan nomoddiy madaniy meros durdonalarini asrab avaylash, xalq og'zaki ijodining qadimiy an'analarini tiklash va milliy qariyatlarni izchil rivojlantirish, baxshi va dostonchilar ijodining eng yaxshi namunalarini targ'ib qilish borasida yurtimizda keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Har bir kishi farzandim mard, halol, o'qimishli, el koriga yaraydigan komil inson bo'lsin, deb niyat qiladi. Komillika etish uchun, avvalo, odamning ruhiyati tetik, ongi va tafakkuri sog'lom, qalbi esa shijoatga limmolim bo'lmog'i darkor. Tetik ruhiyat va shijoatkor qalb sohibining shakllanishida ta'lim tarbiya, ma'naviyat va ma'rifat bilan birgalikda san'atning ham o'rni beqiyos. Qadimiy san'at turlaridan bo'lmish baxshichilik uzoq o'tmishdai ham qadr topgan.

Baxshi so'zining ma'nosi mo'g'ulcha va buryatcha baxsha, bag'sha ustod, ma'rifatchi, sanskritcha bikshu qalandar, darvesh degan ma'noni beradi deb izohlanadi.1 O'zbekistonda qo'shiq va dostonlarni yoddan kuylovchi, aytuvchi, avloddan avlodga etkazuvchi san'atkor. Baxshi so'zi ba'zan shaman ma'nosida ham qo'llanadi, umuman, dostonchilar, doston aytuvchilarni esa yuzboshi, soqi, sannovchi, jirov deb ataydilar. Baxshilar, asosan, ikki toifaga ijrochi va ijodkor baxshilarga bo'linadi. Ijrochi baxshilar, asosan, ustozdan o'rgangan dostonlarni juz'iy o'zgarishlar bilan aynan kuylasalar, ijodkor baxshilar og'zaki epik an'ana asosida yangi dostonlar xam yaratadilar. Bunday baxshilar shoir baxshilar deb xam yuritiladi. Jumladan, Ergash shoir, Fozil shoir, Po'lkan shoir, Abdulla shoir, Xidir shoirlar misol tariqasida e'tirof etish mumkin.2 Baxshilar doston va qo'shiqlarni qo'biz, do'mbira, dutor kabi sozlar jurligida kuylaydi. Chunki, baxshichilik so'zi va ohang uyg'unligida yoshlarning mard, jasur va vatanparvar inson bo'lib ulg'ayishida katta o'rin tutgan. Og'zaki ma'lumotlarga ko'ra, sarkardalar urush safarlarida askarlarning shijoati va jasoratini, Vatanga sadoqatini yuqori darajadaga ko'tarish maqsadida o'zlari bilan baxshilarni olib yurgan.

Baxshichilik sa'natiga oid an'anaviy musika madaniyati boy va xilma-xil, u bir necha maxalliy baxshichilik uslubdan tashkil topgan. Baxshichilik musiqa ijodida mehnat, maishiy va marosim qo'shiqlarida "Mayda", "Yor-yor", "Naqsh" "Alla",

1 I.Akbarov. Musiqa lug'ati.

2 B.Sobirov. Folkorshunoslik maktablari.

"Boychechak", "Sadr", "Marsiya" kabi, lirik qo'shiqlardan "Muxammas" "Bayt" kabilar qatorida laparlar, bastakorlar ashula va kuylari, xalq va professional sozlardan dutor, gijjak, chang, nay, surnay, qo'shnay, doira va boshqalar asosiy o'rin tutadi.3 "Falak" qo'shiq turkumlari lirik-falsafiy mazmundagi forscha she'rlarga yakkaxon xonanda tomonidan soz jo'rligida aytiladi. O'zbekistonda baxshichilik maktablari xalqimizning turmush tarzini yuksalishida xalq og'zaki ijodining ahamiyati katta bo'lib, asrlar davomida boy ma'naviy e'tikodga ega meros to'planib, yosh avlod tarbiyasiga munosib hissa qo'shib kelmokda. Xalq og'zaki ijodining muhim yo'nalishi bo'lgan dostonlar juda chuqur tarixiy ildizlarga ega bo'lib, uzok asrlar davomida yaratilib kelingan va turli ijtimoiy-iqtisodiy sharoit-larda kuylangan. Ilk dostonlar Yunonistonda paydo bo'lgan, ularda afso-naviy qaxramonlarning jasorati, xudolarning karomati haqida kuylangan. Gomerning "Iliada", "Odisseya", Abulqosim Firdavsiyning "Shoxnoma" Aligeri Dantening "Ilohiy komediya" asarlari doston janrining qadimgi namunalaridir. Dostonlar, o'z mohiyatiga ko'ra, qaxramonlik masalan, "Alpomish", "Farhod va Shirin", sarguzasht detektiv "Sab'ai sayyor», ishqiy romantik "Toxir va Zuxra", "Layli va Majnun", jangnoma "Yusuf va Axmad", "Saddi Iskandariy", tarixiy-memuar "Shayboniynoma", "Jizzax qo'zg'oloni", falsafiy "Xayrat ul-abror", fantastik allegorik "Lison ut-tayr", didatik "Qutadg'u bilig" turga bo'linadi.4

Qaxramonlik dostonlarida xalq, jamiyat taqdiri tasvirlansa, ishqiy romantik dostonlarda oshiq ma'shuqlarning sarguzashti bosh o'rinda turadi. Tarixiy memuar yoxud tarixiy-biografik dostonlarda biror tarixiy shaxs-lar ramziylashtirilib, bo'rttirib tasvirlanadi. Umuman, dostonlarda ideallashtirish, mubolag'ali tasvir ustun bo'ladi, ularda turli afsonalar, asotirlar, xikoyatlar, dev, pari, xizr, ajdar, ajabtovur otlar, sehrjodu ko'p ishtirok etadi. Xalq dostonlari baxshi, dostonchi va xalq shoirlari tomonidan dutor, dumbira va boshqa xalk cholg'u asboblari jo'rligida ijro etiladi. Folklordagi dostonlar bilan yozma adabiyotdagi dostonlar shakl-shamoyili jihatidan bir xil kurinishda bo'lsada, yozma adabiyotdagi doston-lar yozuvchining dunyoni o'ziga xos tarzda idrok etishi, baholashi va o'z fikr-g'oyalari, orzu-armonlarini ifodalash tarzi, usuli, uslubida farqlanadi. Garchand, Navoiyning aksar dostonlari, jumladan, "Layli va Majnun", "Sad-di Iskandariy" asarlari asosida folklor mavzui turgan bo'lsada, shoir ularni o'z estetik qarashlari va badiiy niyatidan kelib chikib, tubdan qayta yaratgan. Dostonlar mazmunan qaxramonlik, jangnoma, tarixiy, romantik, maishiy turmush yunalishlarida bo'lgan. Dostonlarni ijro etishda baxshi shoirlar muhim o'rin tutgan. Mamlaktimizda doston kuylash an'anasi qadimda uch yo'nalishda rivojlangan. Birinchi yo'nalishi - Bulung'ur, Qo'rg'on, Shaxrisabz, Qamay, Narpay, Sherobod, Janubiy Tojikistonda yashovchi o'zbek laqay

3 A.Nurmuhammadjonov. Bolalar folkor o'yinlar to'garaklarning ahmiyati.

4 B.Sobirov Baxshichilik san'atining rivojlanishida xalq og'zaki ijodari va unin o'ziga xos xusisiyatlari.

I fafli^^Bl 298 http://oac.dsmi-qf.uz

dostonchilik maktablarida do'mbira chertib, yakka holda, bo'g'iz ovoz bilan ijroetilgan. Ikkinchi yo'nalish Xorazmda tor, dutor, g'ijjak, bulamon, qo'shnay, doira jo'rligida ba'zan yakka, ba'zan juft holda, ochiq ovoz bilan kuylangan. Uchinchi yo'nalish Farg'ona vodiysiga xos bo'lib, unda dutor jo'rligida ochiq ovozda aytilgan.

Dostonchilik Surxondaryo va Qashqadaryo vohalarida, Xorazmda hamda Samarqand viloyatida keng rivojlangan. Bu davrda doston kuylovchi baxshi-lar repertuarida 150 dan ortik xalq dostonlari bo'lgan. Xalq orasida Yuldosh bulbul, Ergash Jumanbulbul o'g'li, Fozil Yuldosh o'g'li, Po'lkan, Islom shoir, Berdi baxshi, Bola baxshi, Ahmad baxshi kabi doston kuylovchilar mashhur edi. Favqulodda xotira qudratiga ega bo'lgan Po'lkan shoir etmishdan ortiq dostonni yoddan bilgan. Har bir doston ikki uch ming satrdan tortib, o'n-o'n besh, xatto yigirma ming misragacha she'rni o'z ichiga olganligi xalq baxshilarining katta salohiyatga, kuchli xotiraga, yod olish va esda saqlash qobiliyatiga, ijod qilish qudratiga ega bo'lganligidan dalolat berar edi. Fozil Yuldosh o'g'li otmishta, Ergash Jumanbulbul o'g'li ellikta dostonni yoddan ayta olganlar, baxshilarning ba'zilari faqat doston aytsa, ba'zilari o'zlari ham dostonlar to'qiganlar.5

Doston eshitish uchun maxsus kechalar uyushtirilgan, to'y hashamlar ham baxshilarsiz o'tmagan, tinglovchilar baxshini to'rga o'tkazib, uni diqqat bilan tinglaganlar. Iqtidorli dostonchilar ikki uch kecha mobaynida doston kuylay olganlar, chunki dostonlarning hajmi ham ikki uch kecha muttasil ijro etishni taqozo etgan. Baxshilardan Shernazar Berdinazar o'g'li yetti kecha davomida doston ayta olgan. Dostonchilik kechalariga tashrif buyurgan baxshilar o'z iqtidorlari, so'zga chechanligi, soz chalishdagi mahorati bilan o'zaro bellashganlar. Mintaqada o'ziga xos an'analarga ega bo'lgan dostonchilik maktablari shakllangan. Ayniqsa Bulung'ur, Narpay, Qo'rg'on, Xorazm, Shaxrisabz, Sherobod kabi yirik dostonchilik maktablari mashhur bo'lgan.

Ular repertuarlari, uslubi, ma'lum ijod tamoyili va ijro usullariga ko'ra bir-biridan ajralib turgan. Bulung'ur dostonchilik maktabi "Alpomish" dostonini kuylash mahorati bilan ajralib turgan, bu erga boshqa baxshilar kelib o'z mahoratlarini oshirganlar. Uning vakili Amin baxshi "Alpomish" dostonini uch oygacha kuylay olgan. Qashqadaryo vohasidagi Qamay qishlog'ida shakllangan Qamay dostonchilik markazi Dehqonobod va G'uzor tumanlari atrofida yashovchi oltmishga yaqin baxshilarni birlashtirgan. Qo'rg'on dostonchilik maktabi Mangishtovdan Nurotaga qadar cho'zilgan tog'lar etaklarida yashagan baxshilarni birlashtirgan. Qo'rg'on dostonchilik maktabi-ning eng iste'dodli vakillaridan biri Ergash Jumanbulbul o'g'li (1868-1937) va Po'lkan shoir (1874-1941) bo'lib, ulardan "Alpomish", "Yakka Axmad", "Oysuluv", "Kuntug'mish", "Go'ro'g'lining tug'ilishi", "Yunus pari", "Miskol pari", "Avazxon", "Xasanxon" kabi dostonlari yozib olingan. Bu

5 U.Raxmonov. Xalq ijoldiyotining rivojlantirishda miliy udumlarni o'rnini.

dostonchilik maktabida Ergash Jumanbulbul o'g'lining ota bobolari, Sulton kampir, Tilla kampir, Jodmon baxshi kabi o'nlab dostonchilar faoliyat yuritishgan.

Dostonchilik xalq og'zaki poetik ijodidagi qadimgi epik an'ana. Dastlab qo'shiq shaklidagi, musiqa asbobisiz kuylanadigan asarlar yaratilgan. X-XI asrlarda dostonlarni do'mbira jo'rligida aytiladiganlari yuzaga kelgan. Dostonning bunday namunalari Kaspiy va Orol dengizlari buylaridagi qadimgi ko'chmanchi turkiy kabilalar orasida vujudga kelgan. Epik dostonlarni yaratuvchi va kuylovchi badihago'ylar ko'payib borgan sari ustoz shogirdlik an'analari vujudga kela boshladi. Natijada XV-XVI asrlarga kelib kupgina dostonchilik maktabi paydo buldi. XVII-XVIII asrlar doston taraqqiyotida jiddiy ko'tarilish bosqichi, XIX-XX asrlar esa uning eng rivojlangan davri hisoblanadi. Bu davrda baxshilar repertuarida 150 dan ortik xalq dostonlari bo'lib, ularni Tilla kampir, Sulton kampir, Jolmon baxshi, Bo'ron shoir, Jumanbulbul, Jossoq, Xonimjon xalfa, Buvi shoira, Suyav baxshi, Amin baxshi, Yuldoshbulbul, Sultonmurod, Kurbonbek, Yuldosh shoir, Suyar shoir, Sherna Yuzboshi kabi mashhur baxshilar kuylab kelganlar. Lekin, hozirgi kunda qo'biz cholg'usi vohada udumdan chiqib ketgan, xuddi shunday holat urma-zarbli asbob dap (daf, ya'ni childirma)ga ham tegishlidir.6 Dap doiraga o'xshash bo'lib, gardishi (kashnok, asli qasmoq) o'rik yoki yong'ok yog'ochidan yasalgan va echki terisi bilan qoplangan. Gardishi (doira, aylana atrofi) da xalqachalar osilmagan, uning tovushi past va jarangsizroq bo'lib, baxshi xonishiga hamohanglik kasb etgan. Boysunda kasal va bemorlarni davolash maqsadida o'tkaziladigan "jahr" marosimida asosan dap (talaffuzda dapp, ya'ni doira) keng qo'llangan. Xususan, Karomat baxshi, Said baxshilar o'z aytimlarida dapdan istifoda etishib, "jahr" marosimlarini o'tkazib kelishgan.

Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati, eng avvolo, uning og'zaki ijodi folklor san'atida, doston va eposlarida mujassam bo'lib, ular millatning o'zligini anglash, uning o'ziga xos milliy qariyatlari va an'-analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tomonidan qabul qilingan "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qarori o'zbek milliy baxshtchilik va dostonchilik san'atining noyob namunalarini asrab-avaylash va rivojlantirishda asosiy omil bo'lib xizmat qiladi. Dostonlar xalqimizning uzoq o'tmishidan habar beruvchi noyob manbalar hamdir. Yoshlarni ma'naviy ruhda tarbiyalashda va ularni keng o'rganishda, targ'ib qilishda imkon beradi. Shuning uchun ham mustaqillik yillarida xalq dostonlarini izlab topish va tadqiq etishga e'tibor kuchaydi.

6 U.Rahmonov. Musiqa folkor to'garakning tashkilashtrishda yoshlarning bo'sh vaqtlarini band etishning o'rnini va ahamiyati.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mirziyoev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent. O'zbekiston. 2017 yil.

2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligi garovi. Toshkent. O'zbekiston. 2017 yil.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 1 noyabrdagi "Xalqaro baxshichilik san'ati festivalini o'tkazish to'g'risida"gi qarori. Xal so'zi gazetasi. 2018 yil 2 noyabr soni.

4. Akbarov I.A. Uzbekskiy muzikalniy folklor. Toshkent. O'zdavnashr, 1974

yil.

5. Alaviya M. O'zbek xalq qo'shiqlari. Toshkent. O'zdavnashr, 1959 yil.

6. Alimboev K. O'zbek xalq qo'shig'i.Toshkent. O'zdavnashr. 1955 yil.

7. A.Navoiy. Uchinchi tom. Xazoyin ul maoniy. Toshkent. Fan. 1988 yil.

8. Dulgarova I. O'zbek xalq qo'shiqlari. Toshkent. O'zadabiy nashr. 1960 yil.

9. A.Fitrat. O'zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent. Fan. 1993 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.